Mavzu: Aholi ehtiyojini va chakana tovar ayirboshlashni prognozlash



Yüklə 202 Kb.
səhifə1/10
tarix16.02.2023
ölçüsü202 Kb.
#84531
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Samarqand iqtisodiyot va servis



Mavzu:Aholi ehtiyojini va chakana tovar ayirboshlashni prognozlash.


Mundarija:
KIRISH
I.BOB.PROGNOZLASHTIRISH TIZIMI.
1.1.Aholining turmush darajasi ko‘rsatkichlari.
1.2.Ijtimoiy rivojlanishni prognozlashtirish tizimi .
II.BOB.Aholi ehtiyoji va chakana tovarlar.
2.1.Aholi ehtiyojini va chakana tovarlarni prognozlash.
2.2. Ehtiyoj va uning turlari. Iqtisodiy resurslar.
2.3.CHakana savdo aylanmasi va talabni prognozlash.Aholi ehtiyojini va chakana tovar ayirboshlashni prognozlash.
2.4.Chakana tovar aylanishini uzoq muddatga prognozlash tahlili.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi.Ehtiyojlar nihoyatda turli tuman bo`lib, ularga turli jihatdan yondashish mumkin. Ko`pgina iqtisodchilar u yoki bu xususiyatlariga ko`ra ehtiyojlarni turli guruhlarga ajratib tushuntirishga harakat qilishgan. Alfred Marshall nemis iqtisodchisi Germanning fikriga asoslanib, ehtiyojlarni absolyut va nisbiy, minimal va maksimal darajadagi ehtiyoj, qondirilishi zarur va qondirilishi kechiktirsa bo`ladigan, bevosita va bilvosita qondiriladigan ehtiyojlar, joriy va kelajakda qondiriladigan ehtiyojlarga bo`ladi. Ayrim adabiyotlarda birlamchi - eng zarur ehtiyojlar, ikkilamchi - qondirilishi kechiktirsa bo`ladigan ikkinchi darajadagi ehtiyojlarga bo`linadi. Birlamchi ehtiyojlarga insonning eng zarur bo`lgan oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa shunga o`xshash ehtiyojlari, ikkilamchi ehtiyojlarga insonning ma`naviy, intellektual faoliyati bilan bog`liq bo`lgan bilim olish, san`at, turli ko`ngil ochar tadbirlarga qatnashish ehtiyojlarini kiritish mumkin. Lekin bunday ajratish shartli. Ular har-bir inson uchun individual bo`lib, bir inson uchun kiyim-kechak, turar joy birlamchi bo`lsa, boshqasi uchun bunday bo`lmasligi mumkin. Birov uchun kiyim-kechakdan ko`ra bilim olish zarurroq, boshqasi uchun aksincha, yoki bir kishi uchun ma`naviy ehtiyoj hasham bo`lsa, boshqasi uchun kundalik ehtiyoj bo`lish mumkin, yoki ma`lum vaqt o`tgach oddiy extiyojlarga aylanishi mumkin.
Inson ehtiyojlari tarkibiga turli jihatdan yondashib, uni har-xil guruhlarga ajratish mumkin:
1.Ehtiyojlarning sub`ektlariga 6 ko`ra: individual, guruhiy, umumjamiyat ehtiyojlariga bo`linadi.
a) Individual ehtiyoj har bir insonning ehtiyojini ifodalaydi. U fiziologik ehtiyojlar, sotsial kontaktda bo`lish, o`zining har tomonlama kamol topishiga bo`lgan extiyojlar va boshqalarini o`z ichiga oladi.
b) Guruhiy ehtiyoj - bu oilaviy yoki kishilarning biron maqsadda birlashgan guruhlari (mehnat jamoasi, turli uyushmalar) ehtiyojlari bo`lib, birgalikda yashash, faoliyat yuritish jarayonida vujudga keladigan umumiy ehtiyojlardir.
v) Umum jamiyat ehtiyoji - bu mamlakat miqyosida, qolaversa er shari miqyosida insonlarning bir butun bo`lib tarkib topgan ehtiyojlaridir. U o`z ichiga birinchidan, barcha turdagi individual va guruhiy ehtiyojlarini olsa, ikkinchidan jamiyatni yaxlit organizm sifatida yashab turish uchun zarur ehtiyojdir. Bularga tabiiy resurslarni asrash, mudofaa, jamiyatni boshqarish va hokazolarni kiritish mumkin. Jamiyatning ehtiyoji turli ijtimoiy toifa va guruhlariga mansub kishilar ehtiyojining yaxlitligi sifatida namoyon bo`ladi. Tabaqalanish darajasiga qarab ehtiyojlar ham farqlanadi.
2.Ehtiyojlar ob`ektiga ko`ra: moddiy ehtiyojlar, sotsial-ma`naviy ehtiyojlarga bo`linadi.
Moddiy ehtiyojlar azaliy, ular inson paydo bo`lishi bilan vujudga kelgan. Ular tabiiy ehtiyojdir. Moddiy ehtiyojlar eng zarur va hayotiy ehtiyojlardir. Oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy, transport va hokazo kabi qator ehtiyojlardan iborat bo`lib, ularning qondirilishi
Lotinchadan olingan «sub`ekt» so`zi ega, «ob`ekt» esa predmet ma`nosini anglatadi. O`zbek tilining izohli lug`atida ko`rsatilishicha sub`ekt deganda, aql-zakovat, iroda egasi, borliqni bilishga, o`zgartirishga qodir, faollik bilan harakat qiladigan shaxs yoki guruh.
Ob`ekt esa kishining faoliyati, diqqat-e`tibori qaratilgan va o`z faoliyatini shunga qaratgan predmet, hodisa tushuniladi. yashashning birlamchi shartidir. Moddiy ehtiyojlar albatta moddiy ko`rinishga ega, masalan: oziq-ovqatga ehtiyoj, aniq: un, guruch, yog`, go`sht, shakar va boshqalar kabi moddiy shaklga ega. Kiyimlarga bo`lgan ehtiyoj: tufli, paypoq, kastyum-shim, ko`ylak, palto, kurtka boshqalarga bo`lgan ehtiyoj tarzida yuzaga chiqadi.
Sotsial-ma`naviy ehtiyojlar azaliy bo`lmay jamiyat taraqqiyotining ma`lum bosqichida, tsivilizatsiya paydo bo`lishi bilan yuzaga keladi. Jamiyat rivojlangan sari sotsial-ma`naviy ehtiyojlar tabiiy zaruratga aylana boradi, hamda borgan sari yuksala boradi. Sotsial-ma`naviy ehtiyojlar asosan turli xizmatlardan foydalanishga bo`lgan ehtiyojlar tarzida yuzaga chiqadi. O`qituvchi, vrach, san`at arbobi, sport va boshqalar xizmatidan foydalanib, inson axloqiy, ma`naviy, estetik, jismoniy jihatdan tarbiyalanadi, bilim oladi, kasb egallaydi, har tomonlama kamol topadi. Bu ehtiyojlar yaqqol moddiy ko`rinishga ega emas.

Yüklə 202 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin