Mavzu: Chaqaloqlik va go’daklik davrining o’ziga xos psixologik xususiyatlari Reja



Yüklə 27,32 Kb.
səhifə1/5
tarix12.12.2022
ölçüsü27,32 Kb.
#74184
  1   2   3   4   5
Mavzu Chaqaloqlik va go’daklik davrining o’ziga xos psixologik


QO’QON UNIVERSITETI
GO’DAK YOSHIDAGI BOLALARNING RIVOJLANISHI
fanidan
E S S E

Guruh:MS-1


Bajardi: Abdurasulova Dilafruz

QO’QON-2021


Mavzu: Chaqaloqlik va go’daklik davrining
o’ziga xos psixologik xususiyatlari
Reja:
I. Kirish:
1. Chaqaloqlik davrining psixologik rivojlanish xususiyatlari
II. Asosiy qism:
1.Chaqaloqlik davrining psixologik xususiyatlari
2.Go’daklik davrining psixologik xususiyatlari
3.Bola psixikasini o’rganish printsiplari
III. Xulosa:
1. Bolalar psixologiyasining asosiy va yordamchi metodlarini o’rganishning ahamiyati haqida


Chaqaloqlik davrining psixologik xususiyatlari
Bolaning chaqaloqlik davri jismoniy jihatdan juda tez rivojlanish davridir. Odatda odamning yoshi tug‘ilgan kunidan boshlab hisoblanadi. Lekin aslida odamning dunyoga kelishi, rivojlanishi tug‘ilmasdan ilgarigi, ya’ni ona qornidagi davridan boshlanadi. Bola onaning qornidaligi davrida, ya’ni to‘qqiz oy mobaynida juda tez va juda murakkab taraqqiyot davrini boshidan kechiradi, uning keyingi rivojlanishi ona qornidagi taraqqiyoti bilan uzviy bog‘liqdir. Shuning uchun bolaning tug‘ilgunga qadar bo‘lgan taraqqiyotiga ham diqqat-e’tibor bilan qarash lozim, chunki tug‘ilgunga qadar ham bolaga tashqi muhit ta’sir qiladi. Lekin bu ta’sir faqat ona orqali, onaning organizmi orqali bo‘ladi. Homiladorlik davrining har jihatdan normal o‘tishi bolaning ona qornidagi normal taraqqiyoti va har jihatdan to’kis bo’lishini ta’minlaydi. Bolaning tug‘ilgandan keyin bir yoshgacha davri nisbatan kam harakat va “nutqsiz” taraqqiyot davridir. Bu davrda bolaning o‘sishi va taraqqiyoti tor — oila va yasli doirasida kechadi. Ammo shunday bo’lsa ham bu davr har jihatdan juda tez rivojlanish davridir. Bu davrda bola deyarli faqat ona suti bilangina ovqatlanadi, u hali gapira olmaydi va mustaqil harakat qila olmaydi. Bu davrda bola ojiz bo’lib, kattalarning doimiy va to‘g‘ri parvarish qilishlariga muhtoj bo’ladi. Yangi tug‘ilgan va bir yoshgacha bo’lgan bolalarning tashqi qiyofalari katta odamlarning tashqi qiyofalaridan ancha farq qiladi. Yangi tug’ilgan bolaning boshi gavdasiga nisbatan juda ham katta (gavdasining to‘rtdan bir qismiga barobar), bo‘yin deyarli yo‘q darajada qisqa, gavdasi uzun, oyoq-qo‘llari gavdasiga nisbatan qisqa bo’ladi. Katta yoshli odamning boshi gavdasining sakkizdan bir qismiga to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari chaqaloq bolaning yuzi juda kichkina bo’ladi, chunki yuqorigi va pastki jag‘lari hali ishlamaganligi tufayli rivojlanmagan bo‘ladi. Chaqaloq bolalar ichki organlarining holati va faoliyati ham katta odamlarnikidan anchagina farq qiladi. Masalan, o‘pkadagi havo kiradigan mayda pufakchalarning soni miqdor jihatdan katta odamlarniki bilan barobar bo‘lsa, ular juda mayda bo’ladi (katta odamlarnikiga nisbatan uch barobar kichik bo’ladi). Shuning uchun chaqaloq bolalar katta odamlarga nisbatan uch barobar tez nafas oladilar. Chaqaloq bola bir minutda 50-60 marta nafas olsa, katta yoshdagi odam xuddi shu vaqt ichida 14-16 marta nafas oladi. Chaqaloq bola jismoniy jihatdan juda tez o‘sayotganligi tufayli sof havoga ayniqsa muhtoj bo’ladi. Ilk yoshdagi bolalarning taraqqiyotida, buni albatta hisobga olish zarur. Normal tug’ilgan bolaning o‘rtacha vazni 2800-3500 g, bo‘yi 45-52 santimetr bo’ladi, bir yil davomida uning vazni va bo‘yi ayniqsa sezilarli o‘zgaradi. Normal o‘sib ulg‘ayayotgan bola yarim yoshga yetganida uning vazni ikki barobar, bir yoshga yetganida esa uch barobar ortadi. Bolaning vazni dastlabki oylarda, ayniqsa, bir-uch oyligida tez ortadi. Keyinroq borib vaznning ortishi birmuncha sekinlashib boradi va bir yoshga to’lgach, bolaning vazni 9 kg ga yetadi. Agar bola bir yoshga to’lguncha taxminan 25 sm ga o‘ssa, keyingi ikki yil ichida faqat 18 sm ga o‘sadi.



Yüklə 27,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin