Mavzu: Faoliyatning psixologik nazariyasi. Mundarija : I.KIrish…………………………………………………………………………2-3 II.Asosiy qism ………………………………………………………………..4-31 1. Faoliyat tushunchasi psixologiyada faoliyat yondashuvi. 2. Faoliyatning psixologik nazariyasi va uning asoslari 3. Faoliyatning psixologik nazariyasi 4. Faoliyatning psixologik nazariyasining uch darajasi Xulosa……………………………………………………………………….31-32 Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………………33
Kirish Milliy istiqlol mafkurasini yoshlar ongiga singdirish ta`lim-tar-biyaning turli shakllari orqali amalga oshiriladi. Buning uchun ta`lim muassasalarida bolalar va talabalarning yoshiga mos ravishda, milliy istiqlol mafkurasini singdirishning differensial pedagogik-psixologik dasturini yaratish lozim. Milliy istiqlol mafkurasining asosiy g`oyalari xalqimizning mustaqil taraqqiyot yoiidagi bosh g`oyasidan kelib chiqadi va o`zining mazmun-mohiyati, falsafasi, jozibasi bilan uni xalqimiz ongiga yanada chuqurroq singdirishga xizmat qiladi.
Mehnat jamoalari inson umrining asosiy qismi o`tadigan, uning tafakkuri, hayotga munosabati shakllanadigan ijtimoiy-ma`naviy mu-hitdir. Ular kishida jamoa ruhi, mehnatsevarlik, omilkorlik, adolat tushunchasi, mehr-oqibat tuyg`ularini tarbiyalaydigan o`ziga xos maskan hisoblanadi.
Mehnat jamoalari turli millat va dinga mansub odamlarni do`stlik va hamjihatlik, o`zaro manfaatdorlik asosida hamkorlik qilish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni uyg`unlashtirishga o`rgatadi. Bu esa, o`z navbatida, sogiom ma`naviy muhitni vujudga keltirishda muhim omil vazifasini bajaradi.
Psixologiya fani uchun eng murakkab muammolar qatoriga uning asosiy kategoriyalari bo`lmish shaxs, motivatsiya, faoliyat, muomala, ong tavsifi, ularning takomillashuv bosqichlari, xususiyatlari, aks ettirish imkoniyatlari, hukm surish qonuniyatlari va mexanizmlari bo`yicha aniq fikrlarni bildirish masalalari va vazifalari kiradi.Shu munosabat bilan, umumiy psixologiya faniga kirish vazifasini bajarsa, ikkinchi tomondan, talabalarni, awalo, shaxs psixolo-giyasi, uning faoliyati va jamoadagi munosabati haqida, uni tadqiq qilish metodlari to`g`risida, ong va psixika, asosiy psixik jarayonlar ning qonuniyatlari haqida tegishh bilimiardan xabardor etgan holda ularni professional ishga nazariy va amaliy jihatdan tayyorlashdan iborat aniq vazifani o`z zimmasiga oladi.
Tiirik mavjudotlarning atrofdagi olam bilan hayotiy ahamiyatga molik bog`lanishlar bo`lishini ta`minlaydigan faoliyati ularga xos yalpi xususiyat hisoblanadi. Faollik tirik mavjudotda «o`z kuchi bilan javob qilish» qobiliyatining borligidir.
Jonli mavjudotni muayyan tarzda va muayyan yo`nalishda harakat qilishga undaydigan ehtiyojlar uning faolligi manbai bo`lib hisoblanadi. Ehtiyoj jonli mavjudotning hayot kechirishidagi aniq shart-sharoitlarga uning qaramiigini ifoda etuvchi va bu shart-sharoitlarga nisbatan uning faolligini vujudga keltiruvchi holatdir.Kishining faolligi ehtiyojlarining qondirilishi jarayonida namoyon boiadi.` Xuddi shu o`rinda odam bilan hayvonning xatti-harakatlari faolligi o`rtasidagi tafovutlar ayon boiadi. Hayvon o`z ehtiyojlarining obyektini egallab olish uchun faol intilishga da`vat etishi ehtimoli borligini o`zining tabiiy tuzilishiga ko`ra bamisoli oldindan bilishi tufayli faollik bilan harakat qiladi.
Odamning faolligi va faollikning manbai bo`Igan insoniy ehtiyojlari tamomila boshqacha manzara kasb etadi. Kishining ehtiyoji uni tarbiyalash, ya`ni kishilik madaniyati olami bilan yaqinlashtirish jarayonida shakllanadi.Kishining o`z ehtiyojlarini qondirish jarayoni ijtimoiy taraqqiyot bilan belgilanadigan faoliyat shaklini egallashning faol, muayyan maqsadga yo`naltirilgan jarayoni sifatida alohida ajralib turadi.Ehtiyojlar qondirilishi jarayonida rivojlanib va o`zgarib boradi. Kishining ehtiyojlarini to`liq qondirish uni har tomonlama rivojlan-tirishning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi.Kishining ehtiyoj lari ham ijtimoiy, ham shaxsiy xususiyatga ega-dir. Bu, bifihchidah, hatto shunchaki tor ma`riodagi shaxsiy xususiyatga ega b`o`li`b tuyuladigan ehtiyojlarni qondirish uchun ham ijtimoiy mehnat`taq`simbtining mahsulidan foydalanilishida o`z ifodasini to-padi. Ikkinchidari, kishi odz ehtiyojlarini qondirish uchun mazkur ijtimoiy rnuhitda tarixan tarkib topgan vositalar va usullardan foydala-nadi hamda muayyan shart-sharoitlarga ehtiyoj sezadi. Nihoyat, uchinchidan, kishining ko`pgina ehtiyojlari uning tor ma`riodagi shaxsiy taiab-ehtiyojlaridan ko`ra ko`proq kishi o`zi mansub bo`Igan va birgalikda mehnat qiladigan jamiyatning, jamoaning, guruhning ehtiyojlarini ifodalaydi - jamoa ehtiyojlari kishining shaxsiy ehtiyojlari tusini oladi.Ehtiyojlar kelib chiqishiga ko`ra tabiiy va madaniy boiishi mum-kin. Tabiiy ehtiyojlarda kishining faollik kasb etayotgan faoliyati uning hayoti va avlodining hayotini saqlash uchun zarur boigan shart-sharoitlarga bo`ysunganlikda ifodalanadi. Barcha odamlarda ovqatla-nish, suv ichish, qarama-qarshi jinsning mavjud boiishi, uxlash, so-vuqdan va haddan ziyod issiqdan saqlanish kabilarga tabiiy ehtiyoj boiadi. Agar tabiiy ehtiyojlardan qaysi biri maium darajada uzoq vaqt davomida qondirilmasdan qolsa, odam muqarrar ravishda halok boiadi yoki sulolasini davom ettirish imkoniyatidan mahrum boiadi.
Madaniy ehtiyojlarda odamning aktiv faoliyati insoniyat mada-niyatining mahsuliga bog`liq ekanligi ifodalanadi. Uning ildizlari butunlay kishilik tarixining sarhadlariga borib taqaladi. Turli iiqtisodiy va ijtimoiy tuzum sharoitida kishida uning tarbiyasiga va xulq-atvor-ning keng yoyilgan hamda udum boigan odatlari va shakllarini o`zlashtirishiga bog`liq turli madaniy ehtiyojlar tug`iladi. Agar kishining madaniy ehtiyojlari qondirilmasa, u halok boimaydi, lekin undagi odamiylik sifatlari jiddiy zararlanadi.