Tarbiyani tug`ilgan kundan boshlamoq, vujudimizni quvvatlantirmoq
axloqimizni kuchlantirmok zexnimizni ravshanlantirmoq lozim.
Hadis
REJA:
KIRISH
I - bob. Maktabgacha yoshdagi bolalar shaxsining shakllanish muammosi - psixologik tadqiqotlar predmeti sifatida. 1.1. Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishining umumiy xususiyatlari
1.2. Maktabgacha yoshdagi bolalarning psixologik taraqqiyoti
II - bob. Maktabgacha yoshdagi bolalar shaxsining shakllanishiga ta’sir etuvchi omilar
2.1. Maktabgacha yoshdagi bolalar shaxsining shakllanishida oilaning ta’siri
2.2. Maktabgacha ta’lim muassasalarining bola shaxsi shakllanishidagi axamiyati
2.3. Maktabgacha yoshdagi bolalar shaxsining shakllanishida oyinning ahamiyati
Xulosa va tavsiyalar. Foydalanilgan adabiyotlar
Ilovalar.
Bugun Respublikamizda amalga oshirilayotgan isloxotlarning yangi yonalishi –maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish davlat siyosati darajasida olib borilmoqda.Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan islox qilish,rivojlantirish dasturlari Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan qaror va farmonlar asosida ishlab chikildi va shiddat bilan amalga oshirilmokda. Pirovard maqsad bola shaxsining shakllanishida tayanch tizim bo’lgan maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini jahon talablari darajasida yuksaltirish,maktabgacha ta’lim muassasalari tarmogini kengaytirish,uning moddiy-texnik bazasini mustaxkamlash,nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari tarmogini ham kengaytirishga qaratilgan.
Zero prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning quyidagi fikrlari ushbu sohadagi o’zgarishlarni, yangilanishlarni yanada jadallashtiradi. ”Qaysi sohani olmaylik biz zamonaviy yetuk kadrlarni tarbiyalamasdan turib biron-bir o’zgarishga,farovon hayotga erisha olmaymiz. Bunday kadrlarni,millatning soglom genofondini tarbiyalash,avvalo maktabgacha ta’lim tizimidan boshlanadi.”
Bu sohada qator qaror va farmonlar e’lon qilindi. Jumladan 2016 yil 29 dekabrda “2017-2021 yillarda M.T.M. ni takomillahstirish chora-tadbirlari tog’risida” giqaror, 2017 yil 15 sentyabrda “Nodavlat ta’lim xizmatlari ko’rsatish faoliyatini yanada rivojlantirish chora- tadbirlari to’g’risida”gi qaror,
2017 yil 9 sentyabrda “Maktabgacha ta’lim muassasalarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaror, 2017 yil 30 sentyabrda “O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi qaror hamda 2017 yil 30 sentyabrda “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmon.
Kursni tugatish ishining dolzarbligi- maktabgacha yoshdagi bolalarning psixik rivojlanish jarayonini , shaxsning shakllanishi hamda o’zaro munosabati qonuniyatlarini o’rganishdir.Tadqiqot ob’ekti- turli psixik jarayonlar-sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol va xokazolar rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlarini hamda maktabgacha yoshdagi bolalarning har xil faoliyati- o’yin, o’qish, mehnat jarayonlarida bolalarni o’rganish.
Bola ruxiyatining rivojlanish davrlarini aniqlash va shu sohadagi ma’lumotlarni to’plash kursni tugatish ishining mavzu bahsiga kiradi.
Kursni tugatish ishining vazifasi- maktabgacha yoshdagi bolalarning kamol topish qonuniyatlari, bu davrda vujudga keladigan psixik faoliyat , xolat va shart-sharoitlagning o’zaro ta’siri xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
Kursni tugatish ishining predmeti- bola shaxsi.Kursni tugatish ishining ob’ekti-maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar.
Kursni tigatish ishning maqsadi-maktabgacha yoshdagi bolalarning shaklanish xususiyatlarini hamda maktabgacha ta’lim muassasalarida buning uchun yaratilgan shart-sharoitlarni o’rganish. Davlat ta’lim standarti asosida, jaxon talablari darajasida bolalarga ta’lim-tarbiya berish.
1.1. 3-7 yoshgacha bo’lgan davr maktabgacha ta’lim yoshi davri xisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasida juda tez sifat o’zgarishlari bo’lishini inobatga olgan xolda 3 davrga (3-4yosh) kichik maktabgacha davri(4-5yosh)kichik Maktabgacha ta`lim yoshi maktabgacha davri( urta Maktabgacha ta`lim yoshi) 6-7 yosh va katta maktabgacha davr katta Maktabgacha ta`lim yoshlarga ajratish mumkin.Bola rivojlanish jarayonida odamlarning ilgari o’tgan avlodlari tomonidan yaratilgan predmet va xodisalar olami bilan aloxida maxsus munosabatga kirishadi.Bola insoniyat qo’lga kiritgan barcha yutuqlarni faol ravishda o’zlashtirib,egallab boradi.Bunda predmetlar olamini,hamda ular yordamida amalga oshiriladigan hatti – xarakatlarni, tilni , odamlar orasidagi munosabatlarni egallab olishi, faoliyat motivlarining rivojlanishi, qobiliyatlarning o’sib borishi, katta yoshli kishilarning bevosita yordamida amalga oshirilib borilmogi kerak . Asosan mana shu davrdan boshlab bolaning mustaqil faoliyati kuchaya boshlaydi. Maktabgacha ta`lim yoshdagi bolalarga beriladigan tarbiya ularning murakkab xarakatlarini takomillashtirish, elementar gigiena, madaniy va mehnat malakalari xosil qilish, nutqini o’stirish hamda ijtimoiy axloq va estetik didning dastlabgi kurtaklarini yuzaga keltirish davridir.
Mashxur rus pedagoglaridan biri Lesgaftning fikricha insonning Maktabgacha ta`lim yoshdagi davri shunday bir davrki, bu davrda bolada kelgusida qanday xarakter xislatlari paydo bo’lishi belgilanadi va axlokiy xarakterning asoslari yuzaga keladi.
Maktabgacha ta`lim yoshdagi bolalarning ko’zga tashlanib turuvchi xususiyatlaridan biri ularning serharakatligi va taqlidchanligidir. Bola tabiatinining asosiy qonunini shunday ifodalash mumkin:bola uzluksiz faoliyat ko’rsatishni talab qiladi,lekin u faoliyat natijasidan emas, balki faoliyatning bir xilligi va bir tomonlamaligidan charchab qoladi.Mana shu so’zlardan Maktabgacha ta`lim yoshidagi bola tabiatning asosiy qonuni bo’lmish serxarakatligini ortiq cheklab tashlamay,balki maqsadga muvofiq ravishda uyushtirish kerakligini yaqqol ko’rsatib turibdi.
Kattalar va tengdoshlari bilan bo’lgan munosabat orqali bola axloq normalari, kishilarni anglash, shuningdek, ijobiy va salbiy munosabatlar bilan tanisha boshlaydi. Maktabgacha ta`lim yoshidagi bola endi o’z gavdasini juda yaxshi boshqara boshlaydi. Uning xarakati muvofiqlashtirilgan xolda bo’ladi. Bu davrda bolaning nutqi jadal rivojlana boshlaydi. U yangiliklarni egallashga nisbatan o’zi bilganlarini mustaxkamlashga extiyoj sezadi. O’zi bilgan ertagini qayta-qayta eshitish va bundan zerikmaslik shu davrdagi bolalarga xos xususiyatdir
Maktabgacha ta`lim yoshdagi bolalar extiyoji va qizikishlari jadal ravishda ortib boradi. Bu avvalo keng doiraga chiqish extiyoji, munosobatda bo’lish, o’ynash extiyojlarining mavjudligidir. Maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalar nutqni bir muncha to’la o’zlashtirganlari va haddan tashqari xarakatchanliklari tufayli ularda o’zlariga yaqin bo’lgan katta odamlar va tengdoshlari bilan munosobatda bo’lish extiyoji tugiladi. Ular tor doiradan kengrok doiradagi munosobatlarga intila boshladilar. Ular endi qo’ni-qo’shnilarning bolalari bilan ham jamoa bo’lib o’ynaydilar.
Hamma narsani bilib olishga bo’lgan extiyoj kuchayadi. Maktabgacha ta`lim yoshidagi bola tabiatiga xos bo’lgan kuchli extiyojlardan yana biri uning xar narsani yangilik sifatida ko’rib bola uni xar tomonlama bilib olishga intilishidir.
Maktabgacha ta`lim yoshdagi bolalar xayotida va ularning psixik jixatidan o’sishida qiziqishning roli ham kattadir.Qiziqish xuddi extiyoj kabi bolaning biror faoliyatga undovchi omillardan biridir. Shuning uchun ham qiziqishni bilish jarayoni bilan bogliq bo’lgan murakkab psixik xodisa desa bo’ladi.
Bolaning kamol topishida qiziqishning axamiyati shundaki, bola qiziqqan narsasini mumkin qadar chuqurroq bilishiga intiladi va binobarin uzok vaqt davomida qiziqqan narsasi bilan shug`ullanishdan zerikmaydi. Bu esa o`z navbatida bolaning diqqati hamda irodasi kabi muxim xislatlarni o`stirishga va. mustaxkamlashga yordam beradi.