O’quv motivatsiyasi va o’quv faoliyatini boshqarish.
O’qishning mohiyati va uning qonuniyatlari.
O’qishga munosabat
Inson hayoti davomida qandaydir faoliyatni amalga oshirar ekan, faoliyatni samarali bo’lishi insonning mazkur faoliyatga nisbatan intilish, hohish yoki istaklariga bog’liq bo’ladi. Bu o’rinda motivatsiya masalasi muhim ahamiyat kasb etadi. Psixologik ilmiy adabiyotlarda o’quvchilarning o’quv faoliyatlarini bavosita va bevosita boshqarish imkoniyatlari qayd qilib utilgan,o’quv faoliyatlarini boshqarishning eng muhim xususiyatlaridan biri-bu turli usullarni tadbiq etish, maxsus ravishda o’qitishni joriy qilish, har xil xususiyatga molik didaktik metodlardan foydalanishdan iboratdir.

D.B.Elkonin o’quvchilarning o’quv faoliyatini boshqarishga o’rgatish uchun: A) topshiriqni yechish uchun vositalar tanlash;
B) psixologik topshiriqni echish uchun o’z-o’zini nazorat qilishni amalga oshirish;
V) bilimlarni o’zlashtirish darajasini baholash;
G) o’z-o’zini tekshirish;
D) o’z oldiga maqsad qo’ya olish;
E) simvollar bilan predmetning yoki munosabatlari mavjudligini tushunish kabi jihatlarga e'tibor qilishni uqtirib o’tadi;
O’quv faoliyatini boshqarish deganda maqsadga yo’naltirilgan, rejalashtiriladigan, nazorat qilinadigan, tizimlashtiriladigan, tashkil qilinidigan mustaqil bilim olishga qodir bo’lgan faoliyat tushuniladi va uni tizimli ravishda mana bunday shaklda aks etirish mumkin.