Mavzu: personalni boshqarish tizimlarini takomillashtirish



Yüklə 378,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/32
tarix07.01.2024
ölçüsü378,29 Kb.
#202480
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Reja Kirish. Personalni boshqarishning mohiyati, maqsad va vazi



MAVZU: PERSONALNI BOSHQARISH TIZIMLARINI 
TAKOMILLASHTIRISH 
Reja: 
Kirish. 
1.
Personalni boshqarishning mohiyati, maqsad va vazifalari, 
tamoyillari hamda uning tashkiliy tuzilmasi.
2.
Personalni rivojlantirish.
3.
Personalni boshqarishda axborot texnologiyalari.
4.
Personalni tashkil etish va boshqarishda xorij tajribasi. 
Xulosa. 
Adabiyotlar. 


Kirish 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir korxona yoki tashkilot, albatta yuqori 
daromad olishga intiladi. Buning uchun esa ulardan samarali boshqaruv
jarayoni hamda mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalanish talab etiladi. 
Yuqori daromad olishga hamda raqobatda g‘olib chiqishga sabab bo‘luvchi eng
asosiy omillardan biri esa aynan inson omilidir.
Har qanday korxona yoki tashkilotning kuch-qudrati unda faoliyat olib 
borayotgan xodimlar, insonlar bilan, ularning soni va intellektual potensiali bilan 
o‘lchanadi. Chunki bozor iqtisodiyoti fazalari hisoblangan ishlab chiqarish
taqsimlash, ayirboshlash va is’temol jarayonlarining ham boshqaruvchisi ham 
boshqariluvchisi aynan inson omili, personal hisoblanadi. 
Bugungi kunda barcha sohalarda, xususan moliya institutlarida personalni 
tog‘ri boshqarish orqali samaraga erishish masalasi tashkilotlar oldida turgan eng 
muhim vazifalar qatoridan joy olishi tabiiy holdir. Chunki har bir
jarayonning bevosita va bilvosita ishtirokchisi bo‘lgan inson, uning
psixologiyasi juda murakkabdir. Ayniqsa bugungi kunda personal faoliyatini
to‘g‘ri tashkil etish va boshqarish orqali yuqori natijalarga erishish har bir
rahbarning asosiy maqsadi bo‘lishi lozim.
Barcha sohalarda bo‘lgani kabi moliya sohasining asosiy institutlaridan biri 
bo‘lgan tijorat banklarida ham bank personalini t o‘gri tashkil etish va boshqarish 
orqali ko‘plab ijobiy natijalarga erishilmoqdi: “O‘tgan yili bank tizimini
yanada mustahkamlash, banklarning kapitallashuv darajasini oshirish va
investitsiyaviy faolligini kengaytirish ta’minlandi. Bank tizimining jami
kapitali 2014 yilga nisbatan 23,3 foiz ko‘payib, 7 trillion 800 milliard
so‘mga etdi. So‘nggi 5 yilda mazkur ko‘rsatkich 2,4 barobar o‘sdi. Bank 
tizimi kapitalining yetarlilik darajasi qariyb 24 foizni tashkil qildi. Bu umumiy 
qabul qilingan xalqaro standartlardan 3 marta, bank likvidligi esa eng yuqori 
ko‘rsatkichlardan 2 marta ko‘pdir” 


7

Yüklə 378,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin