Mavzu: Rivojlangan davlatlarda davlat va huquqga oid fanlarning mazmuni va uni o‘qitishda ilg‘or tajribalar



Yüklə 113,5 Kb.
səhifə1/16
tarix14.06.2023
ölçüsü113,5 Kb.
#130328
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Rivojlangan davlatlarda ta\'lim


Mavzu: Rivojlangan davlatlarda davlat va huquqga oid fanlarning mazmuni va uni o‘qitishda ilg‘or tajribalar.
Reja:
1.Rivojlangan davlatlarda davlat va huquqga oid fanlarning mazmuni va uni o‘qitishda ilg‘or tajribalar. Finlandiya ta’lim tizimi.
2.Germaniyada ta’lim tizimi.
3. Janubiy Koreya ta’lim tizimi.

Tayanch so’zlar: Rivojlangan davlat; Finlandiya; majburiy ta’lim; «o‘rta» bosqich; 7 tamoyil; tenglik; bepul; individuallik; amaliyot; ishonch; istak-xohish; mustaqillik; elektron tizim; Germaniya; o‘rta maktab tiplari; asosiy maktab; real maktab; aralash maktab; gimnaziya; Janubiy Koreya;

1. Finlyandiya dunyodagi eng bolajon mamlakat, desak, yanglishmagan bo'lamiz. Unda jismoniy imkoniyati chegaralangan bolalar oddiy bog'cha va maktablarga borishadi. Bu erda nogiron va sog'lom bolaga ajratish qabul qilinmagan. O'yin bolani rivojlantiruvchi asosiy vositadir. Ota-onalar ham bunga katta e'tibor berishadi. Shuning uchun ham barcha ta'lim muassasalari hamda jamoat joylari o'yingohlar va maydonchalar, bolani ovqatlantirish uchun maxsus xonalar, kafelarda maxsus bolalar uchun taomnomalar, jamoat transporti esa bolalar o'rindiqlari bilan jihozlangan.
Fin jamiyatida jinslar tengligiga qat'iy amal qilinadi. Ota va ona farzandiga birday mas'uldir. 18 yoshga qadar bolaning alkogol ichimliklar iste'mol qilishi yoki tamaki mahsulotlarini chekishi ta'qiqlanadi, shunga qaramay, ular jamiyatning to'laqonli a'zosi hisoblanadi va o'z hayotlariga doir qarorlarni o'zlari qabul qilish huquqiga egadirlar.
Balog'at yoshiga etgach, farzand uyini tark etadi va o'zining oilasini qurmagunicha ota-onasidan alohida yashaydi. Ota-onalarning o'z farzandlariga nisbatan munosabati jarayonidan doimo ijtimoiy xizmat xodimlari xabardor bo'lib turishadi. Biror ishkal chiqsa yoki qo'shnilar farzandga nisbatan nohaqlik bo'layotgani haqida arz qilsa, ota-onalar javobgarlikka tortiladi.
Nufuzli Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti tomonidan uch yilda bir o‘tkaziluvchi xalqaro tadqiqotlarga ko‘ra, finlyandiyalik maktab ta’lim oluvchilari dunyodagi eng yuqori bilimlar darajasini namoyish etishadi. Ular shuningdek dunyodagi eng ko‘p kitob ta’lim oluvchi bolalar hamdir. Bundan tashqari, finlyandiyalik maktab ta’lim oluvchilari tabiiy fanlar bo‘yicha - dunyoda ikkinchi, matematika bo‘yicha esa beshinchi o‘rinni egallashadi. Biroq pedagogik jamiyatni quvontiradigani birgina bu natijalar emas. SHunisi ajablanarliki, dunyo miqyosida yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etishlariga qaramay, finlyandiyalik maktab ta’lim oluvchilari darslarga u qadar ko‘p vaqt ajratishmaydi.

Yüklə 113,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin