“Men Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot yo momot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir” degan fikrini ko’p mushohada qilaman.
Buyuk ma’rifatparvarning bu so’zlari asrimiz boshida millatlarimiz uchun qanchalar muhim va dolzarb bo’lgan bo’lsa, hozirgi kunda biz uchun ham shunchalik, balki undan ham ko’ra muhim dolzarbdir.
Fidoyi jadidlarimiz hayoti biz uchun о‘rnak, yoshlarni istiqlol, vatanparvarlik, milatparvarlik, insonparvarlik ruhida tarbiyalashsa muhim ahamiyatga ega, ularning bosib о‘tgan kurash yо‘lini о‘rganish zarur.
Milliy Uyg‘onish va jadidchilik ma’naviyati.
Milliy Uyg‘onish va jadidchilik ma’naviyati.
Mavzu: Jadidchilik qarashlarini milliy davlatchilik g’oyalarining o’rni
1.1. Chorizm tomonidan Turkistonning bosib olinishi
1.2. Chor Rossiyasining Turkistonda maorif va madaniyat sohasidagi mustamlakachiligi va uning salbiy oqibatlari
II bob. XIX asrning oxiri – XX asr boshlarida Turkistonda milliy davlatchilikni tiklash va ozodlik uchun olib borilgan jadidchilik harakati.
2.1. Jadidlarning davlatchilik konsepsiyasi
2.2. Milliy g’oya – jadid dramaturgiyasining asosi.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar va manbalar ro’yxati
MAVZUNING DOLZARBLIGI.
Jadidlar Turkistonda milliy – davlatchilik g`oyalarini ilgari surib, xalqimizning mustaqilligi va ozodligi uchun kurashdilar, bu bilan istiqlol tantanasi uchun zamin hozirlandi. Ular orzu qilgan chinakam milliy davlatchiligimizga esa istiqlol yillaridagina asos solindi. Tanlangan mavzu ushbu masalalarni o`zida mujassam etganligi bilan ham dolzarb ahamiyat kasb etadi. Hurmatli Prezidentimiz I.A.Karimov o`z ma’ruza, maqola, suhbatlarida – “fidoyi jadidlarimiz hayoti biz uchun o`rnak, yoshlaning istiqlol, vatanparvarlik, millatparvarlik, insonparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega, ularning bosib o`tgan kurash yo`lini o`rganish zarur deb ta’kidlaganlari barchamizga ma’lum. Mazkur bitiruv malakaviy ishi ushbu da’vatga imkon qadar javob tariqasidagi harakatlardan biri sifatida maydonga keldi.