Microsoft Word faoliyat va xulq-atvor motivatsiyasi



Yüklə 302,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/8
tarix16.11.2022
ölçüsü302,87 Kb.
#69452
  1   2   3   4   5   6   7   8
“Umumiy psixologiya” fanidan




O`zbеkiston Rеspublikasi 
Oliy va O`rta maxsus ta'lim vazirligi 
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi 
Andijon davlat univеrsitеti 
Ijtimoiy-iqtisodiyot fakelteti 
Pedagogika psixologiya ta’lim yo’nalishi 
III bosqich talabasi Nuriddinov Rasuljonning 
“Umumiy psixologiya” fanidan 
KURS ISHI 
Andijon – 2016 yil 



MAVZU: FAOLIYAT VA XULQ-ATVOR MOTIVATSIYASI.
 
Mundarija
Kirish qismi.
I.bobFAOLIYAT VA MOTIVATSIYA PSIXOLOGIK 
VOQELIK SIFATIDA. 
I.1-§.Shaxs faoliyatning umumiy xarakteristikasi. 
I.2-§.Jahon psixologiyasida motiv vamotivatsiya muamosi. 
II. bob. MOTIVLAR KLASSIFIKATSIYASI 
II. 1-§. Psixologiyada motivlar va ularni guruhlarga ajratish 
II. 2-§.Motivatsiya: maqsad, emotsiya va qiziqish - Xulosa. - 
Foydalanilgan adabiyotlar. 
 
 



Kirish. 
Mustaqil Respublikamizdagi ulkan iqtisodiy, siyosiy va ma'naviy-mafkuraviy 
o`zgarishlar odamlar psixologiyasi qalbida ham o`z aksini topmoqda. Jamiyatning 
yangilanishi esa davlatning kеlajagi buyuk bo`lishidan darak bеrib turibdi. 
Yurtboshimiz Islom Karimov yoshlarga murojat qilib. –“ O’zimiz istagan 
zamon uchun kurashish, kerak bo’lsa o’zimizni, butun borlig’imizni berishimiz 
lozim. Shunday intilish bilan yashasak, nafaqat o’z hayotimiz, balki kelajak 
avlodlarimiz hayotini, ularning ertangi yorug’ kunini o’zimiz, o’z qo’limiz bilan 
barpo etgan bo’lamiz … 
Shu nuqtai nazardan qaraganda, eng to’g’ri yo’l – ta’lim-tarbiya tizimini 
yanada rivojlantirish, yanada mustahkamlash yo’lidir . Biz bu yo’ldan hech qachon 
qaytmaymiz.“ 
Yurtboshimizning yuqoridagi fikralarida milliy mafkuramiz asoslanadigan 
masalalar qatoriga xalqimizning ruhiyati, tafakkurini ham kiritib psixologlar oldiga 
ham vazifalar qo`ydi. Yuksak insoniy, umumbashariy his-tuyg‘ular fuqarolar xatti-
harakatlarining, 
fe’l-atvorlarining 
regulyatori 
(boshqaruvchisi) 
vazifasini 
(funksiyasini) bajara boshlagan daqiqalardan e’tiboran umumiy, ijtimoiy-
psixologik negizlarga asoslanuvchi ommaviy harakatlar, qarashlar, g‘oyalar, 
motivatsiyalar namoyon bo‘ladi va har bir insonda shu umumiyat ishiga o‘zining 
shaxsiy ulushini qo‘shish istagi, mayli, xohishi vujudga keladi. Mamlakatimiz 
fuqarolarining yurtimizda va uning tashqarisida sodir bo‘laetgan ijtimoiy,
ijtimoiy-psixologik voqelikka, shaxslararo va millatlararo muomala xususiyatiga, 
maromiga, umuminsoniy hamda milliy qadriyatlarga nisbatan munosabatlari
ijtimoiy muhitni (makro, mikro, mezo ) harakatlantiruvchi kuchni o‘zida 
mujassamlashtiradi. 
Xalq ommasining jamiyatga, tabiatga, yakka shaxsga nisbatan munosabatlari 
ehtiyojlarda, xohish-istaklarda, qiziqishlarda, xulq-atvor (faoliyat, muomala) 
motivlari yoki motivatsiyalarida, iymon-e’tiqodda, qarashlarda, g‘oyalarda, milliy 
an’analarda o‘z ifodasini topadi.Munosabatlar negizida esa inson ongidagi 
timsollar, tasvirlar, tasavvurlar, taassurotlar, kechinmalar, irodaviy xislatlar, 



xarakter sifatlari, yuksak his-tuyg‘ular, aql-zakovat, barkamol shaxsning barqaror 
fazilatlari yotadi. Milliy istiqlol mafkurasining mustaqilligi, mustahkamligi, 
barqarorligi,qudratliligi mamlakatimiz fuqarolarining istagi, intilishi, faoliyat 
rejasi, xulq-odobi, 
muomala 
maromi, 
yaqqol vazifasi bilan bevosita 
uyg‘unlashuviga bog‘liq. 
SHuni ta’kidlash joizki, insonning ijtimoiy hodisalarga, holatlarga, 
voqeliklarga nisbatan munosabatining psixologik mohiyati uning ongli, faol, 
yaxlit, maqsadga yo‘naltirilgan, ijtimoiy shartlangan shaxsiy tajribasining tizimiga 
asoslangan muvaqqat aloqalarining hamda sub’ktiv jabhalarning majmuasidan 
iboratligidadir. 
“Ta’lim qonun”i, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Milliy g‘oya va milliy 
istiqlol mafkurasi” kabi davlat hujjatlarida motiv va motivatsiyaning roli 
masalasiga alohida e’tibor berilgan. Ma’lumki, bilimlarni ta’lim sub’ekti 
tomonidan o‘zlashtirish, kasbiy amaliy ko‘nikmalarni egallash, mutaxassislikka oid 
malakalar bilan qurollanish, shaxsni mustaqil fikrlashga, mustaqil faoliyatni tashkil 
qilishga o‘rgatish, yuzaga kelayotgan vaziyatga muvofiq ravishda xulq-atvorni 
amalga oshirishga tayyorlanish motiv va motivatsiyasiz ro‘yobga chiqishi mumkin 
emas. Jahon psixologiyasida motiv va motivatsiya muammolari atroflicha 
o‘rganilganiga qaramay, ular etnopsixologik nuqtai nazaridan qariyb tadqiq 
qilinmagan. SHuningdek, turli o‘quv fanlari negizida shakllantirish muhim 
ahamiyatga ega. Ayniqsa, ularning etnopsixologik xususiyatlari, motiv va 
motivatsiyani takomillashtirish, ularni egallash uchun oqilona yo‘llardan 
foydalanish o‘qitish, o‘qish samaradorligini oshirishning kafolati sanaladi. 
O‘quv motivatsiyasini talabalarda shakllantirish oliy maktab psixologiyasi, 
pedagogik psixologiya tarmoqlarining markaziy va dolzarb muammolaridan biri 
bo‘lib hisoblanadi. Xuddi shu bois hozirgi zamon ta’lim va tarbiya tizimining 
muhim jabhasi-motivatsiya(motiv) masalasini tadqiq etishdir. O‘quv jarayonining 
motivatsion saboq oluvchilarida uzluksiz ravishda o‘zgaruvchi, ba’zida tubdan zid 
tuzilishga 
ega 
bo‘lgan 
turli 
xususiyatli 
turtki, 
qo‘zg‘atuvchi, 
hatto 
boshqaruvchi(regulyator) sifatida gavdalanadi. SHuningdek, etakchi, ustuvor, 



dominant motiv o‘rnini ta’limiy shart-sharoitlarga, vaziyatlarga bog‘liq bo‘lgan 
boshqa qo‘zg‘atuvchi, turtki, sabab(vaj) egallaydi. O‘quv jarayonining 
muvaffaqiyatli, samaradorligi, mahsuldorligini ta’minlash uchun motivatsiya 
doirasi tuzilishini inobatga olish, uning har qaysi jabhasi, jihatiga ta’sir o‘tkazishni 
nazarda tutish maqsadga muvofiq. 
Ta’lim tizimini yuksak darajaga ko‘tarish uchun talabalarda anglanilgan, 
yuqori ko‘rsatkichli, indikator xususiyatli o‘quv motivi va motivatsiyani 
shakllantirish davr talabi. Ma’lumki, faoliyat va xulq-atvor motivsiz, 
motivatsiyasiz faollikka, muayyan yo‘nalishga, o‘ziga xos mahsuldorlikka, 
muvaffaqiyatga ega bo‘lmaydi. SHuning uchun turli yoshdagi saboq oluvchilarni 
motiv, motivatsiya mohiyati bilan tanishtirish mutaxassislarning kasbiy 
tayyorgarligini zaruriy sharti hisoblanadi. Motivlarning turlari, motivatsiyaning 
o‘ziga xosligi, ularning tuzilishi, tarkiblari, ularni shakllantirishning muhim 
omillari yuzasidan talabalarga ma’lumot berish, ulardan foydalanish yo‘l-
yo‘rig‘larini tushuntirish-faoliyat sub’ktlarida individual uslubni egallashga 
mustahkam asos hozirlaydi. 

Yüklə 302,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin