Moliyaviy nazoratni tashkil etish. Reja



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/8
tarix19.05.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#117121
  1   2   3   4   5   6   7   8
Moliyaviy nazoratni tashkil etish.



 
Moliyaviy nazoratni tashkil etish. 
 
 
 
Reja: 
 
1. Moliyaviy nazoratning mazmuni va ahamiyati
2. Moliyaviy nazoratning obyektlari, subyektlari va usullari 
3. Davlat moliyaviy nazoratining mazmuni
4. Davlat moliyaviy nazorati organlari 


1. 
Moliyaviy nazoratning mazmuni va ahamiyati 
Nazorat iqtisodiy tizimning zarur elementi sifatida butun insoniyat 
sivilizatsiyasi bilan birga rivojlanadi, evolyutsion taraqqiyot va inqilobiy to‘fonlar 
jarayonida, jamiyat iqtisodiy formatsiyasi, siyosiy tizimi, davlat va xo‘jalik 
boshqaruvi, qonun chiqaruvchi, ijroiya va sudlov hokimiyati organlari almashinuvi 
jarayonida o‘zgarib boradi.
Nazorat - jamiyat iqtisodiy hayotidagi obyektiv hodisa va har qanday davlat 
boshqaruvining muhim bo‘g‘inidir. Shu bilan birga u ko‘p ming rahbar va 
mutaxassislar, mehnat jamoalari, jamoat va davlat tashkilotlarining subyektiv ijod 
sohasidir.
Moliyaviy nazorat - butun nazorat tizimining tarkibiy qismi bo‘lib, uning 
yo‘nalishi davlat moliya siyosatini muvaffaqiyatli amalga oshirish, tarmoqlar 
iqtisodiyotidagi barcha soha va bo‘g‘inlarda moliyaviy resurslarni shakllantirish va 
samarali foydalanishga qaratilgan bo‘ladi. Bozor munosabatlari rivojlangan 
taqdirda ham moliyaviy nazoratning salohiyati pasaymasdan, balki oshib boradi.
Moliyaviy nazorat - moliyaning nazorat funksiyasini amalga oshirish 
ko‘rinishida namoyon bo‘lib, u moliyaviy nazoratning mazmuni va yo‘nalishini 
belgilab beradi. Shunday bo‘lsada, moliyaviy nazoratning mazmuni va yo‘nalishi 
jamiyatdagi ishlab chiqarish kuchlari va munosabatlarining o‘zgarishidan kelib 
chiqqan holda o‘zgarib turadi. Masalan, korxonalarning xo‘jalik yuritish 
huquqlarining kengayishi, ularning moliyaviy faoliyatini olib borishdagi 
mustaqilligi, tadbirkorlikning rang-barang ko‘rinishdagi mulk shakllarining 
vujudga kelishi moliyaviy nazoratning mazmunini boyitishga olib keladi.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin