Mualliflik shartnomasi germaniya va fransiya davlati tajribasida



Yüklə 389,33 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix13.12.2023
ölçüsü389,33 Kb.
#174853
  1   2   3   4
Mualliflik shartnomasi Germaniya va Fransiya PDF




O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI 
TOSHKENT DAVLAT YURIDIK UNIVERSITETI 
OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI HUQUQI YO`NALISHI 
Magistranti 
ZIYODINOVA AZIZAXON YOQUB QIZINING 
Mualliflik huquqi fanidan 
 
MUALLIFLIK SHARTNOMASI GERMANIYA VA FRANSIYA DAVLATI 
TAJRIBASIDA. 
mavzusida yozgan oraliq nazorat ishi 
TOSHKENT- 2023 



KIRISH QISMI 
Mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni himoya qilishda muhim 
ahamiyatga ega bo’lgan hujjatlar mavjud bo’lib, ular davlat hamda xalqaro 
konvensiyalar tomonidan tartibga solinadi. Butun dunyo bo’yicha turli xil davlatlar 
tajribalari mavjud, hamda turli konvensiyalar, shartnomalar va qonunlar ishlab 
chiqilgan. Har bir davlat o’z qonunlariga rioya qilganidek, tuziladigan 
shartnomalariga ham rioya qiladi. Germaniya va Fransiyadek rivojlangan 
davlatlarda mualliflik huquqi va mualliflik shartnomalarini tajribalarini tahlilini 
ko’ramiz va O’zbekiston Respublikasi tajribasi bilan taqqoslaymiz. “Mualliflik 
huquqi va turdosh huquqlar to’g’risidagi qonun” milliy va xalqaro 
qonunchiliklarini o’rganamiz. 
Muallif kim? Germaniya Mualliflik huquqi va turdosh huqular to’g’risidagi 
qonunida muallif asar yaratuvchisi deb yozilgan, O’zbekiston davlati qonunida esa 
“muallif — ijodiy mehnati bilan asar yaratgan jismoniy shaxs”.
1
Germaniya 
Federativ 
Respublikasining 
Konstitutsiyasida 
intellektual 
mulk 
atamasi 
yozilmagan va himoya qilish bo'yicha aniq qoidalar ko’rsatilmagan, biroq, u 
mulkni himoya qilish bilan bog'liq umumiy qoidalarni o'z ichiga oladi. Shu sababli 
"Mulk" atamasi intellektual mulkni o’z ichiga ham qamrab oladi. Mualliflik huquqi 
intellektual mulkning obyektlaridan biri deb hisoblanadi. Germaniyada mualliflik 
huquqiga nazar soladigan bo’lsak, u xalqaro qonunchilikning barcha qabul qilingan 
normalariga mos keladi va u kontinental Evropaning yuragi sanaladi, shu bois bu 
yerda mualliflik huquqi iqtisodiy manfaatlarga xizmat qilishdan ko'ra ko'proq 
mualliflarning manfaatlarini himoya qilish, individual ijodkorlikni himoya qilish 
uchun mo'ljallangan.
2
Bu anglo-sakson huquq turiga ega bo'lgan mamlakatlarga 
ko'proq xosdir, va Germaniya davlati tajribasiga nazar solinsa mualliflik huquqi 
nemis tilida “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to'g'risidagi qonun” va 
“Mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni qo'llash to'g'risidagi qonun” bilan 
1
Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to’g’risida qonun - O’zbekiston: 23.03.2006
2
Gerhard Schricker / Ulrich Loewenheim (Hrsg.): Urheberrecht. 4. Auflage. C.H. Beck, München 2010, ISBN 978-3-406-59033-7.
 



tartibga solinadi. Ikkala qonun ham 1965 yilda qabul qilingan va keyinchalik bir 
necha bor o'zgartirilgan. Qonun normalarining so'nggi yangilanishlari 2017 yil 
sentyabr oyida bo'lib o'tdi. Mualliflik huquqi to'g'risidagi qonun 5 qism, 143 
moddadan iborat va mualliflik huquqining barcha jihatlarini, shu jumladan 
kompyuter dasturlarining mualliflik huquqini himoya qilish va turdosh huquqlarni 
himoya qilish qoidalarini qamrab oladigan keng qamrovli huquqiy vositani tashkil 
etadi.
3
Fransiya mualliflarning huquqlariga taalluqli huquqiy normalar yagona 
hujjat - intellektual mulk kodeksiga to'plangan kam sonli mamlakatlardan biridir. 
Bu ilgari mavjud bo'lgan ikkita qonunning birlashishini anglatadi: 1957 yildagi 
adabiy va badiiy mulk mualliflik huquqini himoya qilish to'g'risidagi qonun, 1985-
yilda ijro etuvchi artistlar, fonogramma va videogramma ishlab chiqaruvchilar 
hamda audiovizual eshittirish tashkilotlarining mualliflik huquqlari va huquqlari 
to'g'risidagi qonun. Fransiya davlati mualliflik huquqiga alohida e’tibor qaratgan, 
shu boisdan mualliflik huquqi va patent huquqlarini milliy darajada himoya qiladi. 
U ko'plab qoidalarni almashtirdi va huquqlarni tasdiqlash, ulardan foydalanish va 
himoya qilish bo'yicha yagona qoidalarni o'rnatdi va u 1992-yil 1-iyul qabul 
qilingan, 2 qism va 811 moddadan iborat.
4
3 bo’limidan boshlab mualliflik 
shartnomasi to’g’risida bayon qilingan. Fransiyada mualliflik huquqi nafaqat 
mahalliy yozuvchilar va boshqa asarlarning yaratuvchilariga tegishli. Fransiya 
hududida yoki Bern va Jeneva konventsiyasida ishtirok etgan boshqa 
mamlakatlarda asarni nashr etgan yoki yaratgan chet elliklar ham o'z ijodlarini 
himoya qilishlari mumkin. O’zbekiston Respublikasida esa roman-german huquq 
turi qullaniladi va mualliflarning huquqiy himoyasi qonun bilan 2006-yil 23-mart 
Qonunchilik palatasi tomonidan “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar 
to’g’risida”gi qonun qabul qilingan, Senat tomonidan shu yil 9-iyunda 
ma’qullangan. O’zbekiston Respublikasida “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar 
3
Gerhard Schricker / Ulrich Loewenheim (Hrsg.): Urheberrecht. 4. Auflage. C.H. Beck, München 2010, ISBN 978-3-406-59033-7.
 
4
Code de la propriété intellectuelle - France: 01.07.1992



to’g’risidagi qonun” qismlardan emas, balki boblardan iborat, boblar soni 6ta, 
moddalar soni 70.
5

Yüklə 389,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin