Mundarija: I bob. Kirish



Yüklə 153,35 Kb.
səhifə1/11
tarix16.05.2023
ölçüsü153,35 Kb.
#114357
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Manzura


MUNDARIJA:
I Bob.Kirish..............................................................................................................

    1. Kurs ishining dolzarbligi, maqsadi va vazifalari.



II.Bob. Asosiy qism……………………………………………………………….
2.1. 2.1. Kimyodan masalalar yechishni tashkil etish hamda bajarishda individual va differensial yondashuv ……….……………………………….
2.2. Eksperimental masalalar yechishning nazariy asoslari……………
2.3. Kislotalarning xossalari mavzusi bo’yicha masalalar yechish ……


Xulosa.......................................................................................................................
Foydalanilgan adabiyotlar .....................................................................................

KIRISH
Bugungi kunda axborot asrida zamon bilan hamnafas ravishda rivojlanish asosiy maqsad boʻlib qolmoqda. Chunki texnika va texnologiya juda tez rivoj topayotgan vaqtda, yosh avlodni talab darajasida tarbiyalash dolzarb sanaladi. Sanoatlashuv jarayoni, chiqindisiz texnologiyalar, zamonaviy asbob va uskunalarning yaratilishi, ta’lim sohasida ham islohatlarni doimiy ravishda rivojlantirib borishga turtki boʻladi. Rivojlangan davlatlar bilan sanoat, texnika, iqtisodiy, ta’lim, madaniy va ma’naviy sohalarda hamkorlik olib borar ekanmiz, kelajak avlodning ongu-tafakkurini, bilimini va tarbiyasini yanada mukammalashtirish chora tadbirlarini izlash asosiy maqsad hisoblanadi. Turli sohalarda yoʻlga qoʻyilayotgan xalqaro hamkorlik garchi oʻz samarasini berayotgan boʻlsada, biroq, milliy mustaqillikni har jihatdan mustahkamlash, erishilgan yutuqlarni boyitish, mavjud kamchiliklarni tezkor bartaraf etish jamiyat a’zolaridan alohida fidokorlik, jonbozlik, shijoat va qat’iyat koʻrsatishni talab etmoqda.


Hozirgi ilm-fan, texnika, sanoat jadal rivojlanayotgan bir vaqtda, ta’lim jarayonida ta’lim mazmuning yangi loyihasi ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qoʻllash zarurati vujudga keldi. Ta’lim jarayoniga oʻqitishning yangi texnika vositalari, eng soʻnggi kompyuterlar, axborot-kommunikatsion texnologiyaularning kirib kelishi nafaqat ta’lim oluvchilar, balki ta’lim beruvchilarning ham oʻz ustida muntazam ishlashi, pedagogik bilim saviyasi, malaka va koʻnikmalarini doimiy ravishda oshirib borishi zarurligini koʻrsatmoqda.
Har bir dars talabalarning bilimga qiziqishlarini va mustaqil ravishda ishlash koʻnikmalarini rivojlantirishga yordam berishi uchun innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalangan holda oʻqitish samaradorligini va talabalarни mustaqil ishlash funksiyalarini toʻxtovsiz oshirish hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi.
Ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqish va kimyo fani boʻyicha mashg‘ulotlarda innovatsion ta’lim texnologiyalarni qoʻllash dolzarb ilmiy muammo sifatida maxsus tadqiqotlar olib borishni koʻzda tutadi.
Ushbu kurs ishi “Umumiy kimyo” fanining tarkibiy qismi hisoblangan kimyoviy tushuncha ва qonunlari boʻlimining “Kislotalarning xossalari mavzusi bo’yicha masalalar yechish” mavzusiga bag‘ishlangan boʻlib, unda mavzu boʻyicha eng zamonaviy nazariy materiallar va mavzuni oʻqitish jarayonida ta’lim texnologiyalaridan foydalanishga oid metodik tavsiyalar keltirilgan.

Yüklə 153,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin