1. Tog„li sharoitlarda yo„l poyini qurish. Tog„ sharoitining yo„l poyi qurilishiga ta‟siri.
2. Burg„ulash va portlatish ishlari.
3. Qoya tog„ jinsli gruntlardan yo„l poyini qurish texnologik jarayonlari.
4. SHo„rlangan gruntlar va sho„rxoq gruntlardan yo„l poyini qurish texnologik jarayonlari.
5. Ko„chuvchi qumli hududlarning xususiyati.
6. Ko„chuvchi qumli hududlarda yo„l poyini qurish texnologik jarayonlari va qo„llaniladigan mashina-mexanizmlar.
7. Sun‟iy sug„oriladigan tumanlar xususiyatlari.
8. Sun‟iy sug„oriladigan tumanlarda yo„l poyini qurish texnologik jarayonlari, qo„llaniladigan mashina-mexanizmlar turlari va ularni ish unumdorligi hisobi.
9. Sovuq haroratli kunlarda yo„l poyini qurish. Qishda er ishlarini bajarish xususiyatlari.
10. Yo„l poyini qurish ishlarni tashqil qilish.Yo„l poyini qurish ishlarini tashqil qilish usullari.
11. Yo„l poyini qurish bo„yicha ishlar hajmini aniqlash va zarur bo„lgan mashina- mexanizmlar otryadini shakllantirish.
12. Yo„l poyini qurish ishlari texnologik xaritalari va chiziqli kalendar grafigi. 13. Yo„l poyining geometrik o„lchamlarini nazorati.
14. Yo„l poyini qurishda ishlar sifatini nazorat qilish va ishlarni qabul qilish.
Tayanch iboralar:murakkab sharoit, tog„ yon bag„ri, burg„ulash, portlatish, qo„chuvchi qumlar, sho„rlangan gruntlar, sug„oriladigan erlar, qishda er ishlari, ishlar hajmi, texnologik xarita, chiziqli kalendar grafik, geometrik o„lchamlar, ishlar sifati, ishlarni qabul qilish.
Tog„ yonbag„rida yo„l poyini qurishda (67 rasm) ishning texnologiyasini uni konstruktiv xususiyatlari va joyning grunt-gidrologik sharoiti belgilaydi. Qurilish uchun eng yarokliysi o„yma yoki yarim o„ymadir (2.52, a, b rasm). Tikka va baland qiyaliklarda qiyalikdan va tog„ yon bag„rini yuzasidan tushayotgan
67- расм. Йулни тоғён бағридаги намуновий кундаланг кесими gruntni ushush uchun yuqori berma yoki tayanch devorli berma kuriladi.
Qiyalikning yuqoriqismi yoki yon bag„ri kerakli darajada turg„unbo„lmasa
yuqorigi tirgak yoki koplovchi devor (67 a rasm) kurittt kerak bo„ladi. YUqorigi (67.drasm) va shuningdek pastki (67v, g) tirgak devorlarni ayrim seksiya xolida yilning eng quruq davrida ya‟ni gruntlarni turg„unligini bo„zilishini oldini oluvchi tadbirlar kullab kuriladi. Konstruktiv echimlarning tez-tez o„zgarishi va to„xtovsiz gruntgeologiya sharoitini o„zgarishi, gruntlarni zichlashni kiyinligi qurilish texnologiyasini kiyinlashtiradi, yuqori kvalifikatsiyali ishchini, engzamonoviy texnikani va bajariladigan ishlarni eng sifatli nazoratini talab qiladi.
Mashinani ishini joyni xususiyatiga qarabtashqil qiladi. Masalan, buldozer qiyalikdan pastga qarab ishlaganda ish unumdorligi oshadi, tepalikka ishlaganda kamayadi. Tog„ yon bag„rida ishlaganda xovfsizlik tadbirlarini saklashga aloxida etibor beriladi, ekskavator bilan ishlashda gruntdan kozeryok xosil bo„lishiga yo„l kuyilmaydi, mashinalarni surilishiga va agdarilishiga karish tadbirlar ishlab chiqiladi. Ayrim xollarda ishchi proezd polkasini qurishga va ish frontini
rivojlantirishga tuskinlik qiluvchi o„tish kiyin bo„lgan qiyaliklarni o„tiladi.
Yo„l poyini qurish o„z ichiga trassani tiklash, yo„lovchi yo„lakchasini qurish, ishchi proezdni ta‟minlash va yo„l poyini to„liq ko„ndalang kesimini oladi.
Yo„lovchi yo„lakchasini qurish kurilayotgan yo„lning yo„l poyisini yuqori balandlik sathi (2.53, a rasm), yuqoriqismi (2.53, b rasm) va loyihaviy kesim atrofida (2.53, v rasm) amalga oshiriladi. Ayrim xollarda koya tog„ jinsari, jarliklar va boshqa o„tish kiyin bo„lgan joylar bo„lgani uchun yo„lovchi yo„lakchasini
loyixdviy kesimdan, ko„p incha tog„ yon bag„ri yuqorisida tashqariga chiqariladi.
Ishchi proezdni ko„p incha yo„lovchi yo„lakchasini buldozer yordamida 3,5- 4,0 m kengaytirish bilan (68 g rasm) amalga oshiriladi, bu o„tuvchi transportlarni va yo„l mashinalariniishi bir erga yig„ilgan joyga borishni ta‟minlaydi.
Buldozerni ish unumdorligini oshirish uchun pichokni vertikal kesuvchi chetini bir tomonlama emirilib ketmasligi uchun tishlar bilan ko„chaytiriladi. Agar kovlanayotgan gruntda toshli qo„shimchalar bo„lsa, buldozerning pichog„ini gorizontal kesuvchi chetini ham tish bilan jigozlanadi. Bunday qo„shimchalar ko„p bo„lsa gruntni bushatish (bushatgich yoki portlatvchi modda yordamida) bilan buldozerni ish unumdorligini sezilarli oshiriladi. Ishchi o„tuvchi polkani suvdan vaqtinchalik o„tkazgichlar bilan jixozlanadi; agar imkoni bo„lsa, loyiha kengligini yarmiga bo„lsa ham, doimiy suv o„tqazuvchi inshootlar qilinadi.