BBB (bilardim, bilmoqchiman, bilib oldim ) metodi. Bu metodni yangi bilim beruvchi tipdagi darsda foydalanish mumkin.
1-qadam: doskaga yangi mavzu yoziladi va o’quvchilarga daftariga “Bilardim” deb yozib, yangi mavzu bo’yicha bilganlarini yozishlari taklif etiladi. Yozishlari uchun vaqt beriladi. Taqdimot o’tkaziladi. Taqdimot davomida o’quvchilar yangi mavzu bo’yicha bilganlarini aytib beradilar. Taqdimot davomida fikrlarni guruhlar tomonidan qaytib takrorlamaslik qoidasiga qat’iy rioya qilinadi.
2-qadam: o’quvchilarga daftarlariga “Bilmoqchiman” deb yozib yangi mavzu bo’yicha nimalarni bilishni hohlashlarini yozish taklif etiladi. Vaqt beriladi. Taqdimot o’tkaziladi.
3-qadam: yangi mavzu bayonidan so’ng o’quvchilarga daftarlariga “Bilib oldim” deb yozib qo’yib, yangi mavzu bo’yicha tushunganlarini yozishlari taklif etiladi. Yozishlari uchun vaqt beriladi. Belgilangan vaqt o’tgandan so’ng taqdimot o’tkaziladi. Yangi mavzuni o’quvchilar qanchalik tushunganliklarini bilib olish mumkin.
Barcha qadamlarda o’quvchilar bir- birini tinglash qoidasiga rioya qiladilar. Yoki bu usulda boshqa ko’rinishda ham foydalanish mumkin. Ya’ni, dars mavzusi e’lon qilinganidan so’ng o’qituvchi tomonidan o’quvchilarga
1-tushuncha (qonun, hodisa)
2-tushuncha (qonun, hodisa…)
3-tushuncha (qonun, hodisa…)
Bilaman
Bilmoqchiman
Bilib oldim
ko’rinishdagi jadval taqdim etiladi. O’quvchilar uni dars davomida to’dirib boradilar. Masalan, o’quvchilar 1-tushunch ato’g’risida avval ma’lumotga ega bo’lsalar bilaman so’zini to’g’risidagi katakka “+” belgisini qo’yadilar. Agar bilmoqchi yoki bilishga qiziqayotgan bo’lsalar bilmoqchiman so’zi to’g’risiga “+” belgisini qo’yadilar. Agarda bu tushunchani o’quvchilar dars davomida o’zlashtirgan bo’lsalar, u holda bilib oldim so’zi to’g’risiga belgi qo’yadilar.Dars so’ngida o’qituvchi tomonidan bajarga ishlari yig’ib olinadi. Bu usul yordamida o’qituvchi nafaqat o’quvchilarni balki o’zining darsni qay darajada yoritib berganligini ham baholashi mumkin.
“FSMU” texnologiyasi. Ushbu texnologiya tinglovchilarni o’z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va o’z fikrini boshqalarga o’tkazishga, ochiq holda bahslashishga, egallangan bilimlarni tahlil qilishga, qay darajada egallaganliklarini baholashga hamda tinglovchilarni bahslashish madaniyatiga o’rgatadi.
Tarqatma materialining taxminiy nusxasi: