Ogzaki va yozma nutqning o‘ziga xosligi og‘zaki nutq



Yüklə 410,64 Kb.
səhifə1/13
tarix13.03.2022
ölçüsü410,64 Kb.
#53678
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
13-мавзу (3)


13- mavzu OGZAKI VA YOZMA NUTQNING O‘ZIGA XOSLIGI
Og‘zaki nutq: Mavzuga oid matnni o‘qib tushunish. Matndagi ko’chirish qoidalari

yozilgan s o‘zlarning ma’nosini izohlash.


Yozma nutq: Ko’chirish qoidalari yozilgan s o‘z qismlariga namunalar yozish.
Tayanch so‘z va iboralar: Yozma nutq, nutq og‘zaki, so‘zlovchi, shakll, kishilik jamiyati
OGZAKI VA YOZMA NUTQNING O‘ZIGA XOSLIGI
M a’lumki, nutq og‘zaki va yozma shakllarga ega. Og‘zaki nutq so‘zlovchi gapirib turgan vaqt biriligidagina mavjud bo‘lib, bu jarayon tugashi bilan nutq ham tugaydi. Ammo nutq ta’sirida uyg‘onadigan hayajon, berilgan axborot ma’lum vaqtgacha tinglovchi ongida saqlanishi, uning xulqiga ta’sir etishi mumkin.

Yozma nutq va uning o‘ziga xos xususiyatlari

Tildagi birliklar va hodisalarning reallashuvi, mustahkamlanuvi hamda me’yorlashuvida yozuvning xizmati katta bo‘lib kelayotganligi, shubhasiz. Nafaqat tilning me’yorlashuvi, balki dunyo xalqlari taraqqiyotida ham yozuvning o‘rnini chetlab o‘tib bo‘lmaydi. Zero, har bir xalq, millat sivilizatsiyasi u yaratgan yoki foydalangan yozuvga ham bog‘liq.

O‘zbek davlatchiligining shakllanishi hamda xalqimizning dunyo fani va madaniyatida, binobarin, til va nutq madaniyatida tutgan o‘rni, egallagan mavqyei haqida so‘z yuritganda bu xalqning necha ming yillar davomida foydalanib kelgan oromiy, sug‘d, xorazm, pahlaviy, urxun (runik), uyg‘ur, arab, lotin, rus (kirillsa) yozuvlarini va yana lotin yozuvi asosidagi o‘zbek alifbosiga o‘tayotganligimizni eslash kifoya. Shunday ekan, o‘zbek adabiy tilining shakllanishi, shubhasiz, o‘zbek xalqi asrlar davomida foydalanib kelgan yozuv madaniyatining takomili hamdir.

Yozuv muayyan bir tilda qabul etilgan va kishilar o‘rtasidagi muloqatga xizmat qiladigan yozma belgilar yoki tasvirlar tizimidir. Yozuv – kishilik jamiyati madaniy taraqqiyotining boshlanishi, bashariyatning uzoq va murakkab tadrijiy takomili jarayonidagi omillarning eng asosiylaridan biri. Yozuv tildanancha keyim paydo bo‘lgan (tovush tili 400—500 ming yillar ilgari yuzaga kelgan, yozuvningpaydo bo‘lganiga esa 4-5 ming yillar bo‘lgan). Og‘zaki til (nutq)ning zamon (vaqt) va makon (masofa) nuqtai nazaridan cheklanganligi va uni bartaraf etish zaruriyati yozuvning paydo bo‘lishiga olib kelgan.


Yüklə 410,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin