Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix04.04.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#92940
  1   2   3   4   5   6
O\'zbek Folklorlari



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ALISHER NAVOIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT 
O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI UNIVERSITETI
T.Mirzayev, Sh.Turdimov, M.Jo‘rayev, 
J.Eshonqulov, A.Tilavov
O‘ZBEK FOLKLORI
(Darslik)
Toshkent – 2020
1
1


UO‘K:
KBK:
Filologiya fanlari nomzodi
Omonilla MADAYEVning umumiy tahriri ostida
Taqrizchilar: Darmonoy o‘rayeva
Filologiya fanlari doktori, professor
Munisa JO‘RAYEVA
Filologiya fanlari nomzodi
Mazkur darslikda xalqimizning boy ma’naviy merosi hisoblangan 
og‘zaki ijod namunalari tadrijiy tamoyilda, sodda, ravon yoritilgan.
Har mavzu nazariy ma’lumotlarni mustahkamlovchi misollar, ilmiy 
adabiyotlar bilan boyitilgan. 
Talaba folklorshunoslikning eng so‘nggi yutuqlari, shuningdek, 
tahlil va talqindagi yangicha ilmiy-nazariy qarashlardan bahramand 
bo‘ladi. 
In this textbook the rich and cultural heritable Uzbek folklore ex-
amples are described with gradual leaning and easy ways. Every topic is 
become enriched with theoretical information, many examples and sci-
entific literatures. 
The student can get the useful information about successful achieve-
ments of folklore, as well as, the new point of scientific-theoretical views.
В данном учебнике освещены примеры фольклора, которые 
считаются богатого духовного наследия нашего народа. 
Каждая тема обогащена примерами, перечню научной 
литературы, которые усиливают значение теоретических 
материалов. 
Студент с посредством учебника узнает самые последние 
достижения, познакомится с новыми научно-теоретическими 
взглядами в фолклороведении.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirli-
gi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan.
2
2


O‘ZBEK FOLKLORI
Mualliflardan
O‘zbek xalqining jahon xalqlari orasida tutgan o‘rni, 
insoniyat tamaddunlariga qo‘shgan munosib hissasi, avvalo, 
xalq og‘zaki ijodi namunalari misolida yaqqol ko‘rinadi. 
O‘zbek forklorini yozib olish, nashr qilish, tadqiq etish ishlari 
o‘tgan asr avvallaridan boshlangan bo‘lsa-da, xalq og‘zaki 
ijodini chinakam, har tomonlama o‘rganish, mukammal 
nashrlarini amalga oshirish, ularning tariximiz va bugungi 
kunimizdagi ahamiyatini ko‘rsatish, anglab yetish bevosita 
mustaqillik sharofati bilan ro‘y berdi. Ushbu xayrli ishlarning 
bosh sababchisi mustaqilligimiz bo‘ldi. 1990-yilda Navro‘z 
bayramining umumxalq tantanasi darajasida nishonlash 
an’anasining boshlanishi, «Alpomish» dostonining 
1000 yillik to‘yi va eng ulkan tarixiy voqea O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2016-yil 13-maydagi «Alisher 
Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti 
universitetini tashkil etish to‘g‘risida»gi farmonining 
e’lon qilinishi va bu ishning amalga oshishi til, adabiyot 
qatorida o‘zbek folklorining ham har tomonlama o‘rganish 
ishlariga keng imkoniyatlar yaratdi. «Folklorshunoslik va 
dialektologiya» kafedrasining ushbu universitet tarkibida 
tashkil topishi fikrimizni dalillaydi. «O‘zbek folklori» 
fanining yangi talablar asosida o‘qitilishi ushbu kafedra 
faoliyatining muhim bir qismi hisoblanadi. I.Karimovning 
2008-yil e’lon qilingan «Yuksak ma’naviyat – yengilmas 
kuch» kitobida: «Ajdodlarimiz tafakkuri va dahosi bilan 
yaratilgan eng qadimgi toshyozuv va bitiklar, xalq og‘zaki 
ijodi namunalaridan tortib, bugungi kunda kutubxonalarimiz 
3
3


xazinasida saqlanayotgan ming-minglab qo‘lyozmalar, 
ularda mujassamlashgan tarix, adabiyot, san’at, siyosat, 
axloq, falsafa, tibbiyot, matematika, mineralogiya, 
kimyo, astronomiya, me’morlik, dehqonchilik va boshqa 
sohalarga oid qimmatbaho asarlar bizning buyuk ma’naviy 
boyligimizdir»
1
. Xalq ijodi, xususan, og‘zaki ijod namuna 
yurtboshimiz to‘g‘ri ta’kidlaganlaridek ajdodlarimiz tafakkuri 
va dahosini namoyon etuvchi ma’naviy xazina hisoblanadi. 
Bu xazina boyliklarini yosh avlodning ma’nan kamolot 
topishi yo‘lida xizmat qildirish soha xodimlarining asosiy 
vazifasi hisoblanadi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti Sh.Mirziyoyev xalqaro baxshichilik festivali 
ochilishiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida 
ta’kidlaganidek: “...Tengsiz ma’naviy boyligimiz bo‘lmish 
mumtoz san’atni, xalq ijodining nodir namunalarini asrab-
avaylash va rivojlantirish, uni kelgusi avlodlarga bezavol 
yetkazish jahondagi ilg‘or fikrli olimlar va san’atkorlarning, 
davlat va jamiyat arboblari, barcha madaniyat ahlining ezgu 
burchidir”
2
. Ushbu ma’ruza matnlari ayni maqsad yo‘lida 
tuzilmoqda. 
1
Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat, 
2008. – B.31.
2
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning xalqaro bax-
shichilik san’ati festivali ochilishiga bag‘ishlangan marosimdagi nutqi // Xalq 
so‘zi gazetasi, 2019-yil, 7-aprel. – №68(72-98) son. –B.1.
4
4


1-MAVZU. MUSTAQILLIK DAVRIDA «O‘ZBEK 
XALQ OG‘ZAKI IJODI»NI O‘RGANISHNING 
YETAKCHI MASALALARI. FOLKLOR ATAMASI, 
YETAKCHI XUSUSIYATLARI, TUR VA JANRLARI
Reja:
1. Mustaqillik va xalq ijodining o‘rganilishi masalalari, 
mustaqillik davri folklorshunosligining o‘ziga xos xusu-
siyatlari, folklor – milliy ma’naviyati mizning asoslari dan 
biri sifatida.
2. Folklor atamasi, yetakchi xususiyatlari, tur va janrlari.
1. Mustaqillik va xalq ijodining o‘rganilishi masa-
lalari, mustaqillik davri folklorshunosligining o‘ziga 
xos xususiyatlari, folklor – milliy ma’naviyatimizning 
asoslaridan biri sifatida.
Ma’naviyat kecha yoki bugun paydo bo‘lib qolgan 
tushuncha emas, u asrlardan buyon xalqimiz bilan birga 
yashab, birga taraqqiy etib kelayotgan buyuk bir qadriyatdir. 
Inson dunyoga kelgan kunidan boshlab, to hayotining eng 
so‘nggi lahzasigacha o‘zi mansub xalqning qadriyatlari, 
an’analari ichida ulg‘ayadi, kamol topadi. Hatto o‘zini 
folklorga begona deb bilgan, bu atama ta’rifidan mutlaqo 
yiroq bo‘lgan kishi shu an’analar ichida ulg‘aygan, uning 
ongi, shuuri shu qadim an’analari ta’sirida shakllangan 
bo‘ladi. 
Har bir sohaning o‘z tarixi bo‘lganidan, folk lorshunoslik 
borasidagi izlanishlarning ham o‘z ildizlari mavjud. Bu 
izlanishlar ildizi olis o‘tmishga borib taqaladi. Mahmud 
Koshg‘ariy zamonidan to bugungi kungacha xalq og‘zaki 
5
5


ijodi haqida nimaiki aytilgan, yozilgan bo‘lsa bularning bari 
o‘zbek xalq og‘zaki ijodini o‘rganishga o‘zining munosib 
ulushini qo‘shgan. 
Mamlakatimiz mustaqillikka erishish ostonasida birinchi 
Prezidentimiz tomonidan ko‘plab hayotbaxsh farmonlar 
bilan bir qatorda, o‘zbek tiliga davlat tili maqomining 
berilishi va Navro‘z bayramini qayta tiklanishi xalqimizning 
ma’naviy hayotida katta iz qoldirdi. Shubhasiz, aytish 
mumkinki, bugun mamlakatimiz iqtisodiy, madaniy sohada 
nimaiki yutuqlarga, yuksalishlarga erishgan bo‘lsa, ana 
shu sa’yi harakatlarning alohida o‘rni bor. Zero, til millat 
tafakkurini shakllantiruvchi bir mezondir. Til va tafakkur 
bir biriga bog‘liq jarayon. Millatning til ravnaqi, shubhasiz, 
uning badiiy asarlarida namoyon bo‘ladi. Xalq og‘zaki ijodi 
ana shunday tafakkurni shakllantiruvchi asosiy mezonlardan 
biri hisoblanadi.
Folklor turli davrlarda turlicha o‘rganilgan, turlicha 
yondoshuvlar bo‘lgan, biroq mustaqillikdan keyin u tom 
ma’noda yangicha mazmun va mohiyat kasb etdi. 
«Alpomish» dostonining ming yilligi xalqaro miqyosda 
keng nishonlandi, «O‘zbekiston xalq baxshisi» unvoni joriy 
etildi. Bu esa milliy manaviyatimizning asoslaridan biri 
bo‘lgan xalq ijodining yuksalishiga xizmat qildi. 
«Alpomish» dostoni millatimizning o‘zligini namoyon 
etadigan, avlodlardan-avlodlarga o‘tib kelayotgan qahra-
monlik qo‘shig‘idir, – deb yozadi birinchi Prezidentimiz 
Islom Karimov o‘zining «Yuksak ma’naviyat – yengilmas 
kuch» kitobida. – Agarki, xalqimizning qadimiy va shonli 
tarixi tuganmas doston bo‘lsa, «Alpomish» ana shu 
dostonning shoh bayti, desak, to‘g‘ri bo‘ladi».
1
Bu nafaqat 
1
lom Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat, 
2008. – B.32-33. 
6
6


«Alpomish» dostoniga, balki, butun folklor asariga, milliy-
ma’naviyatimizga berilgan yuksak ba hodir. Shuning uchun 
ham mustaqillikka erishgani miz dan keyin folklor milliy 
ma’naviyatimizni shakllan tiruvchi asosiy omillardan biri 
sifatida o‘rganib kelinmoqda. 
Mustaqillik davridan oldin folklor asarlari 
o‘rganilmaganmi, nashr etilmaganmi degan haqli savol 
tug‘ilishi tabiiy. O‘rganilgan, tadqiq etilgan va nashr ham 
etilgan. Biroq, bu nashrlar mukammal nashrlar emasdi. 
Ularda ko‘plab qisqartirishlar, buzib talqin qilinishlarga 
yo‘l qo‘yilgandi. Birgina misol: «Rustamxon» dostonining 
folklor arxivida saqlanyotgan qo‘lyozmasida Sultonxonning 
farzandli bo‘lish oldidan tush ko‘rgani shunday tasvirlanadi: 
«Sultonxon ul kecha yotib tush ko‘rdi. U tushida shunday ayon 
bo‘ldi. Bu Xudoy bergan farzanding, Qurudum mamlakatiga 
safar qilsang, o‘n to‘rt jil deganda borib kelsang shu bolang 
turadi, bo‘lmasa nobud bo‘ladi» (Hodi Zarifov nomidagi 
folklor arxivi. Qo‘lyozma, inv. № 112, 6–7-betlar.).
Bu tush motivi Sultonxonning Qurudum mamlakatiga 
safarga chiqishining sababini hamda tug‘ilayotgan farzand 
Rustamning oddiy farzand emas, ilohiyot bilan bog‘liqligini 
ko‘rsatuvchi muhim bir jihatdir. Aytish mumkinki, doston ana 
tush motivi bilan boshlanadi va doston so‘ngidagi voqealar 
shu tush bilan bog‘liq holda kechadi. Biroq «Rustamxon» 
dostonining 1965-yilgi va 1985-yilgi nashrlarida bu motiv 
tushirib qoldirilgan. Oqibatda Sultonxonning safarga chiqishi 
ham noayon bo‘lib qoladi.
Yoxud qo‘lyozmada: Ko‘rolmaysan, bildim yolg‘iz 
qo‘zingdi, 
Kelgin sarson opa, endi birga jilayik, – deya 
Ximchaoyim Xuroyimga murojaat qiladi. Bu murojaatda 
7
7


«Sarson, sargordan, ya’ni ovvora bo‘lgan opa, kelgin, birga 
yig‘laylik», - deyilyapti. Nashrda esa oxirgi misra: «Kelgin, 
chopson, opa, endi birga yig‘laylik» – tarzida berilganki, 
oqibatda chopson so‘zining misradagi ma’nosi noaniq bo‘lib 
qolgan. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin. 
«Alpomish» dostonidagi poyga epizodini eslang. 
Mustaqillikdan oldinggi yillardagi nashrlarda «bog‘langan 
band»dan Rajabxo‘ja pirning yordamida xalos bo‘lgan 
Qorajonga qarata aytilgan:
Dam bu damdir o‘zga damni dam dema,
Qoldim deb Qorajon, sira g‘am yema, – so‘zlari 
«Otning aytayotgan so‘zi» tarzda berilgan edi.
Folklorni tadqiq etish borasida mafkuraviy tazyiq va 
chegaralanishlar ta’siri yaqqol sezilib turadi. Shuning uchun 
mustaqillik davri folklorshunosligi tamomila bir yangi 
folklorshunoslikdir. Bugungi kunda ham faol ijod qilib 
kelayotgan T.Mirzayev, O.Safarov, O.Madayev, M.Jo‘rayev, 
Sh.Turdimov, J. Eshonqulov kabi folklorshunos olimlarning 
izlanishlarini alohida ta’kidlab o‘tish joiz.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
qarori bilan «O‘zbek xalq ijodi yodgorliklari»ning 100 
jildligi nashr etish yo‘lga qo‘yildi. Bu loyihaning amalga 
oshishi shubhasiz mamlakatimiz ma’naviy hayotida ulkan 
voqea bo‘ladi. 
Bugungi kunda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 
kitobxonlikka, umuman ma’naviyat masalalariga alohida 
e’tibor qaratmoqdalar. Zero, ma’naviyat masalalari hamma 
davrda eng dolzarb mavzulardan biri bo‘lib kelgan. XX asr 
boshida ma’rifatparvar jadidchilar til, adabiyot va tarbiya 
masalasi o‘z davri uchun muhimligini urg‘ulashgan. Bu 
bejizga emas, millatning mavjudligi, erkinligi, ozodligi, 
8
8


taraqqiyoti uning tilidan, tafakkuri – ma’anaviyatidan 
boshlanadi. 
Biz bugun global jamiyatda yashayapmiz. Tilimizga, 
madaniyatimizga, o‘zligimizga bo‘layotgan ma’naviy tahdid 
ko‘lami ham globaldir. 
Biz har qancha ma’naviyat to‘g‘risida qayg‘urmaylik, 
jon koyitmaylik, bizni qurshab turgan muhit ommaviy 
madaniyat ta’siri ostida ekan, bolalarimiz tili va tafakkuri shu 
madaniyat ostida shakllanayotgan ekan bizning qilayotgan 
barcha urinishlarimiz o‘z samarasini bermaydi. Shu ma’noda 
bugungi folklorni o‘rganish masalalari alohida ahamiyat 
kasb etadi. 
Inson ma’naviyatini yuksaltirishda folklorning o‘rni 
haqida gap ketar ekan, aslida bu jarayon bolaning tug‘ilishidan 
boshlanadi. Momolarimiz, onalarimiz aytgan allalar, 
erkalamalar, aytimlar, topishmoqlar, tez aytishlar, ertak va 
qo‘shiqlar bolaning tili, dunyoqarashining shakllanishiga 
xizmat qiladi. Xalq o‘yinlari esa bolaning ham aqlan, ham 
jismonan ulg‘ayishi uchun muhim omillardan biridir. Bola 
ana shu qadim an’ana va qadriyatlar ichida voyaga yetadi, 
biroq bugungi global jamiyatda ulg‘aygani sari go‘yo bu 
muhitga begona bo‘la boshlaydi. Bu begonalik eng, avvalo, 
har qadamda o‘z ta’sir kuchini ko‘rsatayotgan ommaviy 
madaniyat ta’siridan boshlanadi. Bularning barchasi 
ma’naviyat ravnaqiga emas, aksiga xizmat qiladi. Bu 
muammolarni bartaraf etish uchun esa, ta’lim jarayonining 
barcha bo‘g‘inlarida, maktabgacha ta’limdan to oliy o‘quv 
yurtida til o‘qitishda, o‘rganishda folklorga va yana folklorga 
qaytib ish ko‘rish lozim bo‘ladi. 
Xalqning til boyligi birinchi galda uning folkorida 
namoyon bo‘ladi. Biror bir xalqning qanday xalqligini bilish 
9
9


uchun uning folklorini o‘rganish zarur. Folklorda xalqning 
til imkoniyatlari, mushohada tarzi, ijodiy quvvati aks etgan 
bo‘ladi. 
Og‘zakilik, variantlilik folklorning o‘ziga xos xususiyati 
bo‘lib u xalq ijodi namunalari bevosita jonli ijro jarayoni 
bilan bog‘liq ekanligini namoyon etadi, ya’ni folklor 
asarlariga turg‘unlik xos emas, u har galgi ijroda o‘zgaradi, 
yangilanadi, bu esa badiiy til imkoniyatlarining yuksak 
namoyishi demakdir. Shuning uchun aytish mumkinki, 
folklor – shunchaki so‘z san’ati namunasigina emas, balki 
xalqning til zaxirasi, tushuncha va tafakkur tarzini bor bo‘y 
basti bilan o‘zida aks ettirgan, olis o‘tmishdan to bugungi 
kungacha jonli holatda xalqning o‘zi bilan birga yashab 
kelayotgan doimiy harakatdagi tarixi va madaniyati hamdir. 
Folklor asarlarida birinchi navbatda mifologik 
tafakkurdan poetik tafakkurga o‘tish jarayoni aks etgan 
ekan, demak til tarixini o‘rganishda xalq ijodi namunlariga 
suyanib ish ko‘rish lozim bo‘ladi. Tildagi hech bir so‘z o‘z-
o‘zidan paydo bo‘lmaydi, u zarurat tufayli tarixiy taraqqiyot 
jarayonida yuzaga keladi va yoki o‘zlashadi. Qachonlardir 
mifologik tasavvurni ifodalagan so‘z keyinchalik o‘zining 
asl ma’nosini unutib yoki dastlabki ma’no qatlami xiralashib, 
keyingi ma’no qatlamini yuzaga keltiradi. Bizdagi mavjud 
ertak, doston, qo‘shiq va boshqa janrlar tahlilidan kelib 
chiqib shuni aytish mumkinki, folklor asarlarida ko‘proq 
xalqimizning samoviy jismlar, o‘simliklar olami va hayvonot 
dunyosi bilan bog‘liq eng qadimgi tasavvurlari o‘z ifodasini 
topgan. Bu tasavvurlar tilimizdagi ko‘plab so‘zlarning kirib 
kelishiga, obrazli badiiy tafakkur tarzining shakllanishiga 
zamin yaratgan. 
O‘zbek tilidagi «Bo‘ri» so‘zi bugun qaysidir o‘rinda 
10
10


salbiy ma’nodagi so‘z sifatida, ko‘chma ma’nosida 
ishlatiladi. Biroq dostonlarimizda doimiy ravishda keladigan 
«Chopinganda bo‘riday» misralari, jonli tildagi «Bo‘rimi, 
tulki» iborasi «Bo‘ri» so‘zining yuzaga kelish ildizlari 
qadimiy, totemistik tasavvurlar bilan bog‘liq ekanini 
urg‘ulaydi. 
Alloma Hodi Zarifov «Folklor asarlarining ilmiy va badiiy 
qiymati ularning lug‘at boyligi bilan belgilanadi» degan 
edi. Xalq dostonlari o‘zbek tili tarixining serqatlamliligini 
va bo‘yoqdorligini o‘zida to‘la mujassam etadi. Shuning 
uchun xalq dostonlarning tilini tadqiq etish bir tomondan 
til tarixining qadimiy ildizlari haqida kengroq ma’lumot 
bersa, ikkinchi tomondan hozirgi zamon o‘zbek adabiy tilini 
to‘laqonli o‘rganishda, uni boyitishda asosiy omillardan biri 
bo‘lib xizmat qiladi. 
Baxshilarimizning xalq tili imkoniyatlaridan unumli 
foydalanishi, har galgi ijroda bu badiiy til tovlanishi, uning 
yangicha mazmun va mohiyat kasb etishi epik ijodning 
o‘ziga xos xususiyatidir. Chunki, xalq og‘zaki ijodi og‘zaki 
ijro etilgani uchun emas, balki og‘zaki ijro jarayonida 
yuzaga keladigan san’at asari bo‘lgani uchun ham dolzarb 
ahamiyat kasb etadi. Bu esa jonli ijro jarayonini, ya’ni epik 
ijod tilini bilmasdan turib uning badiiyati haqida so‘z yuritib 
bo‘lmasligini ko‘rsatadi. 
O‘zbek tili ijod namunalarida tilimizning 
dialektologiyasi, leksikologiyasiga oid juda ko‘p qimmatli 
so‘z va iboralar mavjud. Bu so‘z va iboralarni, ayniqsa xalq 
ijodining gultoji hisoblangan dostonlarimiz tilini o‘rganish 
nafaqat o‘zbek tili, balki umumturkiy til uchun ham muhim 
ahamiyatga ega. Shunday ekan, dostonlarimiz tili nafaqat 
folklorshunoslarimiz uchun, balki tilshunoslarimiz, barcha 
11
11


til o‘rganuvchilar uchun ulkan manba va tadqiqot obyekti 
bo‘la oladi. 
Folklor asarlari leksikasini tadqiq qilar ekanmiz, biz 
unda hozirda iste’molda bo‘lgan sheva va arxaik so‘zlar 
bilan bir qatorda bugungi kunda qadimiy ma’nosi o‘zgargan 
yoki unutilgan so‘zlarni ham ko‘plab uchratamiz. Demak, 
adabiy til leksikasining shakllanishi, rivojlanish va o‘zgarish 
bosqichlarining xususiyatlarini aniqlashda epik ijod 
namunalari alohida o‘rin tutadi. Ulardagi qadimiy so‘z va 
birikmalarning lug‘atini o‘rganish nafaqat folklorshunoslik, 
balki tilshunoslik oldidagi eng dolzarb vazifalardan biridir. 
Tilni o‘rgatishda folklor asarlarining janriy 
xususiyatlaridan kelib chiqib yondashish talab etiladi. 
Doston, ertak kabi yirik epik janrlar til taraqqiyotida 
qanchalik muhim o‘rin tutsa, qo‘shiqlar, maqol, matallar kabi 
eng kichik janrlar ham birdek qimmatli va ahamiyatlidir. 
Folklorning yozma adabiyotga ta’siri, umuman so‘z 
san’ati haqida gap ketar ekan, folklor ko‘plab san’atlarning 
ibtidosi ekanini, badiiy ijod, musiqa, raqs va tasviriy san’at 
ildizlari folklor bilan chambarchas bog‘liq ekanligini 
ta’kidlab o‘tish joiz. Qaysiki ijodkor folklor an’analari 
ichida yashagan, uni o‘ziga singdirgan bo‘lsa, o‘sha 
ijodkorning asari til jihatdan ham, badiiylik nuqtai nazaridan 
ham ancha mukammal ekanligi kuzatiladi. Zero, milliy 
ong va tafakkurning shakllanishida badiiy asarning o‘rni 
beqiyosdir. Yuksak saviyada ijro etilgan yoxud yozilgan 
har qanday badiiy asar bu, eng avvalo, til hodisasidir. Ona 
tilning eng go‘zal jihatlarini, nozik tovlanishlarini namoyish 
eta olgan asargina mukammal asar hisoblanadi. Har bir 
tilning o‘ziga xos milliy fazilatlari va go‘zalliklari bo‘ladi. 
Ana shu fazilatlar va go‘zalliklarni faqat yuksak saviyadagi 
asarlargina namoyish eta oladi. Bunday asarda til yana bir 
12
12


bor yangilanadi, u yana bir yuksak pog‘onaga ko‘tariladi. 
Bunday asar tafakkurni yangilaydi, tilga mehr uyg‘otadi, 
tilimizni har xil buzilishlardan asraydi.
Xulosa qilib, aytganda, bugungi yoshlarni komil 
inson qilib tarbiyalashda, ma’naviyatini yuksaltirishda 
ko‘plab usullar, vositalar, metodlar mavjud. Biroq bu usul 
va metodlar, birinchi navbatda, so‘z san’atining ibtidosi 
sanalgan folklor namunalariga suyanilgan holda amalga 
oshirilsa, yanada samarali va ta’sirchan bo‘ladi. 
Xalqimizning milliy taraqqiyotida, ijtimoiy, iqtisodiy va 
ma’naviy yuksalishida folklor, umuman badiiy so‘z san’ati 
hamisha tayanch nuqta bo‘lib kelgan. Zero, folklor bu 
millatning quvvati, tirikligi va buyukligidir.
Bugungi global jamiyatda davlat chegaralari 
qo‘riqlangani, muhofaza etilgani kabi millat tili va tafakkuri, 
estetik didi ham xuddi shunday asrab avaylanishga, qattiq 
himoyaga muhtojdir. 
2. Folklor atamasi, yetakchi xususiyatlari, tur va janrlari. 
Folklor atamasini 1846-yilda ingliz olimi Uilyam Toms 
taklif qilgan bo‘lib, «xalq donoligi» degan tushunchani 
ifodalaydi. Aslini olganda, folklor deganda, xalq tomonidan 
yaratilgan hamma san’at namunalari – me’morlik, 
naqqoshlik, ganchkorlik, zardo‘zlik, musiqa, raqs, og‘zaki 
adabiyot namunalari tushuniladi. Har bir san’at sohasida ish 
olib borayotgan mutaxassis o‘zi tanlagan turni «folklor» deb 
ataydi. Masalan, musiqachi xalq kuylarini, xoreograf xalq 
raqslarini, arxitektor xalq me’morchiligini, folklorshunos 
olim xalq dostonlari, ertaklarini folklor asari deb hisoblaydi.
1
Dastlabki vaqtlarda «el adabiyoti», «xalq adabiyoti», 
«og‘zaki adabiyot», «og‘zaki ijod» deb yuritilib kelingan 
o‘zbek xalq og‘zaki poetik ijodi ilk bor H.Zarif (1934-35 
1
Introduction to Folklore. London, 2008. Page7
13
13


yillar) tomonidan qo‘llanilgan «folklor», «O‘zbek folklori» 
sifatida keng ommalashdi. 
O‘zbek xalq og‘zaki poetik ijodi ko‘plab janrlardan 
tarkib topgan og‘zaki so‘z san’ati namunalari bo‘lib xalq 
hayoti, tarixi, orzu-intilishlari, dunyoqarashlarini badiiy 
tarzda o‘zida aks ettiradi, ijro etiladi va ijro jarayonida 
og‘izdan og‘izga, avloddan avlodlarga o‘tib keladi.
Folklor – sinkritik xususiyatga ega bo‘lib, barcha san’at 
turlariga xos elementlarni o‘zida mujassamlashtirgan, so‘z, 
kuy va ma’lum turlarida raqs bilan uyg‘unlikda ijro etiladi.
Folklorda xalq hayoti, tarixi, taqdiri badiiy aks etadi. 
Folklor asarlari mag‘zida xalqning dunyoqarashlari, ibtidoiy 
mifologik tushunchalardan mukammal diniy e’tiqodga 
bo‘lgan tushunchalar tadrijiy ravishda bo‘y ko‘rsatadi.
Folklor asarlari so‘z san’ati sifatida o‘ziga yaqin yozma 
adabiyot namunalari va san’atning boshqa turlaridan bir 
qator xususiyatlariga ko‘ra alohida ajralib turadi. Folklorga 
xos bu xususiyatlar, avvalo, uning jamoaviy (kollektiv) 
ijod ekanligida, shu sababli ham folklor namunalarining 
muallifi xalq ommasi hisoblanadi, ularning aniq ijodkori 
noma’lum – anonimlik ularga xos va xalq orasida avloddan 
avlodga og‘zaki tarzda o‘tib tarqaladi, og‘zaki ijod etilib, ijro 
qilinadi, ijro va ijodda an’analarga rioya etilib, ommaviylik 
tusini oladi, ijro jarayonida variantlarga va davrlar o‘tib 
versiyalarga ega bo‘ladi. Ushbu asosga ko‘ra, folklorga xos 
xususiyatlar sifatida jamoaviylik, anonimlik, og‘zakilik, 
an’anaviylik, variantlilik va versiyaviylik ko‘rsatiladi.
Jamoaviylik – o‘zbek xalq og‘zaki poetik ijodi xalq 
tomonidan yaratiladi. Ammo jamoaviylik shaxsiy ijodkorlik 
imkoniyatini inkor qilmaydi, aksincha, uni zaruriy dastlabki 
shart sifatida qamrab oladi. Tabiatda tomchilardan jilg‘alar, 
jilg‘alardan daryolar paydo bo‘lishini ko‘ramiz, biroq 
14
14


daryodan bir hovuch yoki bir ariq suvni ajratib, bu falon 
jilg‘aning suvi deyish mumkin bo‘lmaganidek, an’anaviy 
xalq qo‘shig‘i, dostoni yoki ertagidan bir band yoki qismni 
ajratib biror individual ijodkorga nisbat berish qiyin. 
Ammo bu ijodkor, albatta, bo‘lgan. Xalq ijodi namunalari 
ana shunday kollektiv ijod mahsuli bo‘lganligi uchun 
asarlarning bosh qahramoni yoki «men»i ham o‘z xarakteri 
jihatidan yozma va og‘zaki adabiyotda sezilarli farqlanadi. 
Folklorning qahramoni tipik holatga kelgan umumiy «men» 
ga, tom ma’noda xalq ommasiga tengdir.
Xalq turmushining, ijtimoiy-siyosiy munosabatlarning 
takomillasha borishi, inson tafakkurining mifologik 
tafakkurdan mifopoetik va badiiy-estetik tafakkurga o‘tish 
jarayonida alohida ijrochilar – qo‘shiqchilar, ertakchilar, 
baxshilar, qiziqchilar va boshqa ijodkorlar, ijro maktablari, 
ustoz va shogirdlik munosabatlari paydo bo‘ldi. Xalq orasida 
o‘z iqtidori ijro san’ati bilan ajralib turuvchi: Tilla kampir, 
Sulton kampir, Jalmon baxshi, Bo‘ron shoir, Jumanbulbul, 
Jassoq shoir, Xonimjon xalfa, Bibi shoira, Suyav baxshi, 
Amin shoir, Yo‘ldoshbulbul, Sultonmurod, Qurbonbek, Xidir 
shoir, Yo‘ldosh shoir, Suyar shoir, Sherna yuzboshi, Mulla 
Xolnazar, Haybat soqi, Qunduz soqi, Ergash Jumanbulbul 
o‘g‘li, Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li, Po‘lkan Jonmurod o‘g‘li, Islom 
Nazar o‘g‘li, Nurmon Abdivoy o‘g‘li, Saidmurod Panoh 
o‘g‘li, Abdulla shoir, Umir shoir, Xolyor Abdukarim o‘g‘li, 
Bola baxshi, Rahmatulla Yusuf o‘g‘li, Qodir Rahim o‘g‘li va 
boshqa namoyandalar yetishib chiqdi. Bu xil ijodkorlarning 
iste’dodi, iqtidori, mehnatlari tufayli kollektiv dahosi bilan 
yaratilgan asarlar avloddan avlodga o‘tdi, sayqallandi, yuksak 
badiiy darajaga yetdi, folklorning mumtoz namunalari bizga 
meros bo‘ldi.
Anonimlik – folklor asarlari mualifining noaniqligi 
15
15


– anonimligi (grek. Anonymis – noma’lum) bilan ajralib 
turadi. Folklorda biror-bir muallif yo‘q. Xalq dostonimi, 
ertakmi yoki marosim qo‘shig‘imi ularni ibtidoda kim 
va qachon yaratgani aniq emas. Har bir asar avloddan 
avlodga o‘tar ekan, vaqt va zamon talablariga ko‘ra 
ma’lum o‘zgartishlarga uchrashi mumkin, lekin uning 
asosi, an’analari o‘zgarishsiz kelaveradi. Folklorda biror-
bir asarni kimdir dastlab yaratgan bo‘lishi mumkin, lekin 
bu asar syujeti, tasvir vositalari, ohang yo‘llari xalq og‘zaki 
ijodi an’analariga tayanilib ijod etilsa, u folklor asari 
bo‘lib qoladi. Vaqtlar o‘tishi davomida xalq ijrochilari 
tomonidan yanada ishlov berilib, chinakam folklor 
namunasiga aylanadi. Folklorshunos Omonilla Madayev 
ta’kidlaganidek: «Anonimlik xalq og‘zaki ijodida xalq 
vakillarining o‘z xalqiga xolis, beminnat xizmat qilish 
namunasi sifatida qadrlanadi».
1
Og‘zakilik – xalq ijodiyotining yashash va yaratilish 
tarzi. Folklor xalqning xotira manbaidan, xotiraning og‘zaki 
ravishda avloddan avlodga, og‘izdan og‘izga ko‘chishidan 
paydo bo‘ladi. Bu o‘rinda umumfolkloriy bilim va folklor 
an’analari asos vazifasini o‘taydi. Xotira manbaiy va folkloriy 
bilim bir yoki bir necha shaxslargagina tegishli bo‘lmay, 
butun bir xalqning bilim va an’analaridan iborat bo‘ladi. Bu 
bilim va an’analar ustozdan shogirdga, avloddan avlodga, 
urug‘dan urug‘ga o‘tib, yangi davr ruhida, yangi ijrochilar 
va ijodkorlar salohiyatidan sayqal topib yashaydi. Bu xil 
sayqallanish u yoki bu folklor asarining shakli va mazmuniga 
qandaydir o‘zgarish kiritishi – nimaningdir qo‘shilishi yoki 
tushirib qoldirilishida bo‘y ko‘rsatadi. Aytaylik, biror-bir 
tarixiy fakt unutilishi sababli asardan tushib qolishi mumkin. 
Yoki dostondagi qo‘shiq qismining unutilishi uning ertak 
shaklida yashashini tayin etsa, aksincha, biror-bir iste’dodli 
1
Madayev. O. O‘zbek xalq og‘zaki poetik ijodi. Toshkent: «Mumtoz so‘z», 2011. – 
B.15.
16
16


ijodkor ijrosi sababli ertak syujeti asosida yangi doston 
paydo bo‘lib an’ana ko‘rinishini olishi mumkin. Bu holatlar 
og‘zakilikning jonli harakatdagi jarayoni sifatida folklorning 
yashash tarziga xos belgilari hisoblanadi. Zotan, folklor 
og‘izdan og‘izga ko‘chib yashasa, adabiyot yozuv vositasida 
yashaydi.Folklor asari og‘zaki ijro etilib kuylansa, adabiyot 
esa faqat o‘qiladi.
Ijrodagi og‘zaki folklor namunasining keng tarqalishiga, 
ommalashishiga yordam beradi. Biroq mohir ijrochining 
biror davrada yuksak badiiy mahorat bilan ijro etgan 
variant, yozib olinmasa, ijodkor vafotidan keyin aynan shu 
namuna ham yo‘qolishga mahkum bo‘ladi. Bu ikki holat 
og‘zakilikning ijobiy va salbiy jihatlaridir.
An’anaviylik – folklorning o‘ziga xos yashash 
tarzini, uslubini, ifoda vositalarini ta’min etuvchi yetakchi 
belgilaridan hisoblanadi. Folklor tom ma’noda an’analar 
san’atidir. An’anaviylik xalq ijodida u yoki bu asar matnining, 
ijro usullarining og‘izdan og‘izga o‘tish jarayonida nisbatan 
barqarorliginigina anglatib qolmaydi, balki o‘sha asarning 
avloddan avlodga o‘tish jarayonida dastlabki ijroga xos 
xususiyatlarini nisbatan o‘zgarmagan holda saqlab qolganini 
ham anglatadi. An’anaviylik – jamoaviy ijod mahsuli va 
yashash tarzi, shu bilan birga folklorning folklor asarini 
jamoaviy holda saqlab qolishning ham o‘ziga xos shakli, 
omili hisoblanadi. Og‘zakilik folklorning ijro usuli va 
yashash tarzi bo‘lib, o‘z navbatida, xotirada ijrochidan ulkan 
xotirani, yoddan aytishni, eslamoqni, vaziyatga mos tayyor 
shakl va ifoda vositalarini badiha qilishni taqozo etadi. Bu 
o‘rinda folklordagi an’anaviylik eng qulay va ishonchli 
quvvat zaxirasi hisoblanadi. O‘zbek baxshi-shoirlari orasida 
ko‘plab an’anaviy dostonlarni, qanchadan-qancha termalarni 
bilgan, kuylagan, yana o‘zi to‘quvchi – badihago‘ylarning 
17
17


borligi – shu an’anaviy ehtiyojning hosilasidir. An’anaviylik 
xalq musiqasi, raqsi va amaliy san’atining ham o‘ziga xos 
belgisi sanaladi.
An’anaviylik o‘zining ijtimoiy-tarixiy manbalariga ega. 
Folklorning ilk namunalari ibtidoiy jamiyatda yaratilgan, 
ularda o‘sha davrga xos dunyoqarashlar, urf-odatlar izlari 
aniq seziladi. Bu hol folklor asarlari shakli, syujeti, obrazlari 
va motivlarining muayyan barqarorlik kasb etishining 
mahsuli hisoblanadi. Masalan: badik, kinna, buray-buray 
janrlari, shuningdek, «Sust xotin», «Choy momo», «Barot 
keldi» marosimlari aytimlarida bu holatni kuzatishimiz 
mumkin.
Ommaviylik. Folklor asari xalq orasida ommaviy 
yashaydi. Folklor asarining ijro etilishi, omma tomonidan 
qabul qilinishida umumiy folkloriy, epik bilimning o‘rni 
katta. Folkloriy bilimning, xususan, epik bilimning unutilishi 
xalq og‘zaki ijodi namunalarining anglanishida ma’lum 
qiyinchiliklarni tug‘diradi. Ayniqsa, folklorga xos timsollar, 
ramzlarning omma xotirasidan ko‘tarilishi bu namunalarning 
mazmunini jo‘n qabul etilishiga sabab bo‘ladi. An’analar 
omma tafakkurida uzoq davrlar davomida yashaydi, omma 
folklor asarlari «loyi»ni pishitib beruvchi, ijodkorlar esa bu 
loydan «imorat»ni har ijroda «qayta» yaratuvchilar sanaladi.
Variantlilik va versiyaviylik – folklor namunalarining 
har bir ijrosi o‘ziga xos variant hisoblanadi. Folklor asari 
ijro jarayoni davomida qaytadan yaratiladi, yangi yashash 
holatiga kiradi va bu holat o‘ziga xos variantni paydo etadi. 
Ya’ni folklor ijro jarayonida xilma-xil variantlarda yashaydi. 
Variantlilik folklorning yashash tarzi. Variantlilik folklor 
tabiati, uning yaratilishi va jonli og‘zaki ijodda yashash 
qonuniyatlaridan kelib chiqqan xususiyat bo‘lib, u folklor 
asarlarining syujeti, obrazliligi, poetikasi, janr xususiyatlarini 
18
18


to‘la qamraydi. Variant – ma’lum bir asarning jonli og‘zaki 
epik an’ana zaminida vujudga kelgan, bir-birini inkor 
etmasdan yonma-yon yashay oladigan va o‘zaro farqlanuvchi 
turli-tuman nusxalaridir. Variantda asar syujeti, motivlar 
tartibi, qahramonlar harakatida umumiylik bo‘lib faqat 
ularni talqin etishda, tasvirlashda, ifoda shakllarida ma’lum 
bir farqlar bo‘lishi mumkin. Ijodkor vaziyatga ko‘ra u yoki 
bu motiv tasvirini cho‘zishi yoki qisqa shaklda kuylashi yoki 
tushirib qoldirishi mumkin.
Variant folklor asarlarining ommaviyligini aniqlashda, 
tarqalish chegaralarini belgilashda, folklorda kechayotgan 
o‘zgarishlarning sabablarini o‘rganishda va ijro jarayoni 
bilan bog‘liq qonuniyatlarni tadqiq etishda boy materiallar 
berishi bilan ham ahamiyatlidir. 
Variantlilikning muhim bir xususiyati ma’lum bir versiya 
ichida mavjud bo‘lishidir. Versiya mohiyatan birmuncha 
keng hodisa bo‘lib, biror-bir asarning turli talqinlarda, 
kompozitsion qurilishda, ba’zan qahramonlarning o‘zgacha 
nomlanishida keluvchi yagona syujet va janr doirasidagi 
namunalarini o‘z ichiga oladi. Versiyalar ma’lum bir urug‘ 
va qabilalarning turli joylarga tarqalib, turli ijtimoiy-siyosiy 
taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tishi u yoki bu asarning o‘zaro 
yonma-yon, qo‘shni yashayotgan xalqlar orasiga yoyilishi 
sababli paydo bo‘ladi. Masalan, «Alpomish» va «Go‘ro‘g‘li»
dostonlarining qarindosh va qo‘shni xalqlar orasida mavjud 
versiyalarini keltirib o‘tish mumkin. 
Folklorda tur va janrlar. Xalq og‘zaki ijodi namunalari 
ham barcha san’at asarlari kabi tuzilishi, ijro o‘rni, ko‘rinishi, 
bajaradigan vazifasi, musiqaga bog‘liqlik darajasi, 
g‘oyaviy-badiiy xususiyatlariga ko‘ra muayyan tur, guruh 
va janrlarga bo‘lib qaraladi. Bu xil tur, guruh va janrlarga 
ajratish, tasniflash nafaqat ijrochilar, balki tinglovchilar, 
19
19


hodisani tadqiq etuvchilar uchun ahamiyatli bo‘lib, folklor 
namunalarining tabiati, shakllanishi, tadrijiy taraqqiyoti, 
u yoki bu tur va janrlarning paydo bo‘lishi, mukkammal 
shaklga kelishi, o‘zgarishlarga uchrashi, o‘rin almashinishi 
va inqirozga yuz tutishi kabi jarayonlarni kuzatish, o‘rganish 
imkonini beradi. Folklor asarlari o‘z tarkibiga ko‘ra uch 
turdan iborat ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Ularni umumiy 
shaklda epik, lirik, dramatik turlarga ajratib tasnif etish 
qabul qilingan. O‘z navbatida bu turlar ichki janrlardan 
tashkil topgan. Epik tur namunalarida voqelik keng ko‘lamli, 
obyektiv syujetli-hikoyaviy shakllarda tasvirlansa, lirik turda 
subyektiv holda insonning voqelikdan olgan taassurotlari, 
ichki his-hayajonlari aks etadi. Dramada esa personajlarning 
nutqi va harakatlari orqali voqelik tasvirlari beriladi. Epik 
tur – doston, ertak, afsona, rivoyat, naql, latifa va boshqa 
janrlardan, lirik tur – marosim lirikasi, mehnat qo‘shiqlari, 
tarixiy qo‘shiqlar, lirik qo‘shiqlar, alla, bolalar qo‘shiqlari, 
dramatik tur esa og‘zaki drama, qo‘g‘irchoq o‘yin, askiya 
kabi namunalarni o‘zida qamraydi. 
Folklorshunoslikda tur deyilganda voqelikni ifodalash 
yo‘li, usuli tushunilsa (epik, lirik, dramatik), janr deganda 
badiiy shakl tiplari (doston, ertak, qo‘shiq, maqol...) 
tushuniladi. Ammo har bir janr ham ichki xilma-xilliklarga 
ega, bu uning mavzu mohiyatidan kelib chiqadi. Masalan, 
ertaklarning ichki ko‘rinishlari sifatida hayvonlar haqidagi 
ertaklar, sehrli ertaklar, maishiy ertaklar kabi xillari mavjud. 
Bir qator mutaxassislar maqol va topishmoqlarni maxsus tur 
sifatida tilga olib o‘tishadi.
Folklor janrlarini ijro xususiyatlari va funksiyalariga 
ko‘ra ikki yirik guruhga ajratib tasnif etish keng tarqalgan. 
1. Marosim folklori janrlari. 2. Marosim bilan bog‘liq 
bo‘lmagan folklor janrlari. Folklor asarlarining kimga 
20
20


mo‘ljallanganligini hisobga olib ham ayrim guruhlarga 
bo‘lish mumkin. Bolalar folklorini alohida olib ajratish 
shundan kelib chiqqan. 
Folklorshunoslikda gohi-gohida turlar aro qorishiq 
holatda uchrovchi namunalarga nisbatanan liro-epik qo‘shiq 
yoki ertak afsona singari atamalar qo‘llanilsa-da, bu holat 
umumiy holat emas.
Xalq badiiy tafakkurining tarixiy taraqqiyot darajasi 
folklor namunalarining tadrijida aks etgani kabi u yoki 
bu janrning yuzaga kelishi, turg‘unlashuvida muhim 
o‘rin egallaydi. Insoniyat mifologik tafakkur bosqichidan 
mifopoetik, so‘ngra badiiy estetik tafakkur tadrijiga erishdi. 
O‘zbek folkloridagi aksariyat janr namunalari aynan badiiy 
estetik tafakkur darajasida mumtoz holatga kelganligi bilan 
ajralib turadi. Shu sababli ham o‘zbek mifologiyasi xususida 
so‘z ketsa, xalq dostonlari, ertaklari mag‘zida turuvchi 
mifologik tasavvurlarni, ularning bu asarlar syujeti, yetakchi 
motivlari va obrazlar qatidan ajratib, tiklab qarash lozim 
bo‘ladi.
O‘zbek folklori janrlar tarkibi boyligi, xilma-xilligi bilan 
alohida ajralib turadi. Bu o‘rinda dunyoning barcha xalqlari 
uchun umumiy bo‘lgan – ertak, maqol, topishmoq kabi 
janrlar qatorida askiya, lof kabi faqat o‘zbek xalq ijodiga xos 
janrlar mavjudligiga ham alohida e’tibor qaratish lozim.
O‘zbek folklori janrlari xilma-xilligi ijodkorlarning 
faoliyati va ularning professionallashuvi bilan ham 
chambarchas bog‘liq. Xususan, doston, ertak, og‘zaki drama, 
askiya kabi janrlar ijrosi maxsus tayyorgarlikni, muayyan 
ustozdan ta’lim olishni talab etadi. Bu janrlar ijrosi maxsus 
maktablarning paydo bo‘lishini, ularning o‘z an’analari 
doirasida shakllanib rivojlanishini ta’minlaydi.
O‘zbek folklori janrlari ijro usullari, ya’ni yakka ijro, 
21
21


jamoaviy ijro, sozli va sozsiz ijroga ko‘ra ham farqlanadi.
Ertak, afsona va rivoyat aytilsa, doston ham kuylash, ham 
ijro etishga mo‘ljallangan. Lapar kuylab va raqsga tushib ijro 
etilsa, og‘zaki drama namunalari so‘z (ba’zan kuylab, kuy 
jo‘rligida) va harakat omuxtaligida ko‘rsatishga, namoyish 
qilishga mo‘ljallangan. O‘lanlar tarafma-taraf kuylangan. 
Latifa va loflar yakka ijro etilgan.
O‘zbek folklorining janrlar tizimi g‘oyaviy-badiiy 
prinsiplarining umumiyligi, tarixan taraqqiy etgan o‘zaro 
mushtarak munosabatga egaligi bilan yaxlit tizimni tashkil 
etadi. Ularning barchasida xalq hayoti, uning o‘zligini 
namoyon etuvchi xususiyatlar, ruhiyat, orzu-intilishlar 
aks etadi. Folklorning barcha janrlari uchun badiiy-
estetik prinsiplar ham umumiy ko‘rinishga kelgan. Sodda 
shakl, donishmandlik, badiiy-tasviriy vositalar tizimidagi 
umumiylik, ramziylik, shartlilik, qahramonlarning yuksak 
axloqiy mezonlar asosida aniq bahoga egaligi, syujet va 
kompozitsion qurilishdagi an’anaviylik ustuvor ko‘rinish 
oladi. 
Xalq bilan birga tug‘ilgan bu xususiyatlar xalqning tarixi, 
madaniyati, turmushi, e’tiqodi va tiliga xos xususiyatlarni, 
milliy o‘ziga xoslikni yorqin ifoda etadi.
Adabiyotlar:
1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – 
Toshkent: Ma’naviyat, 2008. 
2. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajakni mard va olijanob 
xalqimiz bilan birga quramiz. – Toshkent: O‘zbekiston, 2017.
3. Safarov O. O‘zbek xalq og’zaki ijodi. – T., «Musiqa», 
2010. 
4. Madayev O. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi. – T.: «Mumtoz 
so‘z», 2010.
22
22


5. Madayev O., Sobitova T. O‘zbek xalq og‘zaki poetik 
ijodi. – T., 2005.
6. Jo‘rayev M. Folklorshunoslik asoslari. – T., 2009. 
7. O‘zbek folklorshunosligi masalalari. 1-kitob. T., 2006.
8. O‘zbek folklorshunosligi masalalari. 2-kitob. T., 2010.
9. O‘zbek folklorshunosligi masalalari. 3-kitob. T., 2010.
10. Musaqulov A. O‘zbek xalq lirikasi. – T.: Fan, 1995.
11. Turdimov Sh. Etnos va epos. – T.: O‘zbekiston, 2012. 
12. Eshonqul J. Epik tafakkur tadriji. – Toshkent: Fan, 
2006.
Introduction to Folklore. London, 2008. 
23
23


2-MAVZU. MIF VA UNING MOHIYATI. AFSONA, 
RIVOYAT, NAQLLARNING BADIIYATI
Reja:
1. Mif va uning mohiyati. 
2. Miflarning tasnifi va tadrijiy rivoji bosqichlari.
3. Afsona, rivoyat, naql janrlari.
1. Mif va uning mohiyati. Mif qadimgi odamning borliq 
haqidagi ibtidoiy tasavvurlari majmuyi bo‘lib, koinotning 
yaratilishi, inson, o‘simliklar va hayvonot dunyosining 
vujudga kelishi, samoviy jismlarning paydo bo‘lishi, tabiiy 
hodisalarning sabablari va mohiyati, afsonaviy qahramonlar, 
ma’budlar va ilohlar to‘g‘risidagi e’tiqodiy qarashlarni o‘z 
ichiga olgan. Hali o‘zini tabiatdan ajratib olmagan qadimgi 
odam o‘z atrofidagi moddiy mavjudlikning paydo bo‘lish 
sabablarini mifologik tasavvurlar vositasida izohlashga, 
tushuntirishga harakat qilgan. Mif qadimgi odamning 
voqelikka bo‘lgan ongsiz hissiy munosabati ifodasi bo‘lib, 
tabiat va jamiyat hayotining turli qirralari mohiyatini 
tushuntiruvchi eng qadimgi tasavvurlar silsilasidir. Mifologik 
tasavvurlar muayyan voqelik mohiyatini xayoliy uydirma 
vositasida izohlasa-da, mif yaratilgan va ommalashgan 
joyida o‘z ijodkori va ijrochilari tomonidan haqiqatda bo‘lib 
o‘tgan voqealar bayoni sifatida qabul qilingan. 
Qadimgi odamning tabiatni tushunishi va voqelikni 
idrok etishi g‘oyat murakkab tafakkur hodisasi hisoblanadi. 
Ajdodlarimiz o‘zini o‘rab olgan moddiy olamning sir-
asrorlarini tushunishga, tabiiy hodisalarning mohiyatini 
anglashga harakat qilar ekan, butun borliqni borlig‘icha 
qabul qilgan. Moddiy olamdagi voqelikni idrok etishda 
24
24


obrazlilik va poetik ramzlardan foydalanish esa badiiy 
ijodga xos belgi bo‘lib, voqelikka ongli hissiy munosabat 
bildirishga asoslanadi. Dunyodagi moddiy mavjudlikning 
paydo bo‘lishi, muayyan tabiiy hodisalarning ro‘y berish 
sabablari, tabiat va inson munosabati masalalari qadimgi 
odam ongida asotiriy tarzda talqin qilingan. Olam haqidagi 
ana shu eng qadimgi e’tiqodiy qarashlar asosida dastlabki 
mifologik tasavvurlar tizimi kelib chiqqan. Mahmud 
Koshg‘ariy «Devonu lug‘otit turk» asarida «sav.» so‘ziga 
izoh beradi. Olimlarning ta’kidlashicha, bu so‘z ajdodlarimiz 
aytgan birinchi gaplardan iboratdir. «Savlashmoq» esa otalar 
so‘zini eslab suhbatlashmoqdir. Demak, «sav» so‘zining 
ham mif ma’nosiga yaqin jihati bor. Mif – qadimgi odamning 
voqelikka bo‘lgan ongsiz hissiy munosabati ifodasidir.
«Totemizm» so‘zi lug‘at va qomusiy kitoblarda qayd 
etilishicha, «uning urug‘i»dan olingan ekan. Shimoliy 
Amerikada yashovchi qabilalardan biri kishilar bilan 
hayvon va o‘simliklarning muayyan turlari o‘rtasida 
qon-qarindoshlik bor deb hisoblaganlar. U hayvonlar ov 
qilinmagan, o‘ldirilmagan, go‘shti yeyilmagan. O‘simliklar 
esa e’zozlangan. Bu odat dunyodagi hamma xalqlarning 
e’tiqodida ham bor bo‘lib, bugungi kungacha saqlanib 
kelmoqda. Turkiylarda ot, qo‘y, echki kabi hayvonlar, g‘oz, 
o‘rdak, qaldirg‘och kabi qush, parrandalar totem hayvon 
sifatida e’zozlangan. 
«Fetishizm» so‘zi lug‘at va qomusiy kitoblarda 
portugalcha «feitico», fransuzcha «fetiche» – sehrli narsa 
ma’nosini ifodalashi qayd qilingan. Uning asosini qadimgi 
zamon odamlarining jonsiz narsa-predmetlarda ilohiy fazilat 
bor deb tushunishlari tashkil etadi. Ma’lumki, inson hayoti 
davomida o‘zi bilmagani holda quyosh, oy, yulduzlar, tog‘, 
suv kabi narsalar bilan ham munosabatda yashaydi. Ayniqsa, 
25
25


quyosh, suv inson taqdirida muhim ahamiyat kasb etadi. 
Qadim zamonlarda yashagan ajdodlarimiz o‘zlaricha pichoq, 
non, o‘choq, tandir, do‘ppi, kitob, supra, ayniqsa, o‘q, yoy 
kabi narsalarni ham muqaddas hisoblaganlar.
Fetishizm tushunchasida turli narsa-predmetlardan 
tashqari ranglar, tush ham saqlanib qolgan. Oq, qora, ko‘k, 
yashil, qizil, malla kabi ranglar muayyan ma’noni bildirgan. 
O‘zbekiston bayrog‘idagi yashil, oq, ko‘k, ular oralig‘idagi 
qizil, burchakdagi oy va 12 yulduzlarning hammasida ramziy 
ma’nolar mujassamlashgan. Odatda, yashil yoshlik, qizil, bir 
tomondan to‘kilgan qon, ikkinchi tomondan, qizlik g‘ururi, 
oq hayot, qora, bir tomondan fojia, ikkinchi tomondan, 
buyuklik, ulug‘lik, malla yetuklik, balog‘at ma’nolarini aks 
ettirgan. 
«Animizm» lotin tilidagi «anima»dan olingan 
bo‘lib, ilmiy adabiyotlarda jon, ruh ma’nosini anglatishi 
ta’kidlanadi. Animizmga binoan qadimgi ajdodlarimiz 
dunyodagi hamma narsaning joni bor, deb bilganlar. Ibtidoiy 
davrda inson tana va ruhdan iborat hisoblangan. Ular ham 
ruh tanani tark etganda inson o‘ladi, deb o‘ylashgan. Har 
bir narsaga bu tushuncha tatbiq etilgan. Shuning uchun 
mifologiyadagi totemizm va fetishizm hodisalariga ishonch 
bildirishni, ularning mavjudligiga bo‘lgan e’tiqodiy 
munosabatni animizm bilan bog‘lash ma’qul. Soddaroq qilib 
aytganimizda, odamning totemizm va fetishizm hodisalariga 
ishonishi uyg‘un holatda animizmda namoyon bo‘ladi. 
So‘zning magik – mo‘jizaviy kuchidan foydalanib inson 
ruhiyatiga ta’sir etish, uni xastalikdan ozod qilish, tabiatiga 
ruhiy tetiklik bag‘ishlash animizm fazilatlari hisoblanadi. 
Shuning uchun xalq baxshilari deganda baxshilik, ya’ni 
shifo bag‘ishlash ma’nosi saqlanib qolgan.
26
26


Mifologik tasavvurlar olamning yaratilishi, o‘simlik va 
hayvonot dunyosining yuzaga kelishi, odamzotning paydo 
bo‘lishini xayoliy uydirma vositasida izohlasa-da, mif o‘z 
ijodkori va ijrochilari tomonidan bo‘lib o‘tgan voqealar 
bayoni sifatida baholangan. M.I.Steblin-Kamenskiyning 
ta’kidlashicha, «mif – bu muayyan voqelik bayoni bo‘lib, 
unda hikoya qilingan voqea-hodisa nechog‘lik uydirma 
bo‘lmasin, yaratilgan va yashab kelgan joyida u hamisha 
haqiqat, real voqelik ifodasi sifatida qabul qilingan. 
Albatta, mifni o‘rganadigan tadqiqotchi undagi uydirmaga 
ishonmaydi. Shuning uchun ham mif bugungi kunda 
haqqoniy hayotiy voqelik ifodasi sifatida anglashilmaydi. 
Shu tariqa tadqiqotchining mif haqidagi o‘z tasavvuri, ya’ni 
«mif ‒ uydirmadir» degan qarashi yuzaga keladi. Yaratilgan 
va ommalashgan joyida mif aslida real voqelik ifodasi deb 
tushunilgan» (Стеблинь-Каменский М.И. Миф. ‒ Л.: 
Наука, 1976.–C.4-5).
O‘zbek tilida qadimgi ajdodlarimizning tizimli shaklda 
ifodalangan, so‘z (hikoya qilish), harakat (marosimiy raqslar) 
va tasvir (qadimiy osori-atiqalar, qoyatosh suratlari va h.k.) 
orqali bayon etilgan mifologik tasavvurlari o‘zbek tilida 
«asotir», «mif» kabi atamalar bilan nomlanadi. XI asrda 
yashagan buyuk tilshunos olim Mahmud Koshg‘ariyning 
«Devonu lug‘otit turk» asarida mif tushunchasi «sav» so‘zi 
bilan ifodalangan. Bu so‘z qadimgi turkiylar tilida «xabar», 
«maqol», «qissa», «hikoya», «so‘z», «nutq» ma’nolarini 
anglatgan. Mahmud Koshg‘ariy o‘z asari uchun material 
to‘plaganida turkiy qabilalarning mifologik tasavvurlarini 
ham sinchiklab o‘rgangan. Zero, «Devon»da qush tuxumidan 
chiqqan it – «baroq» to‘g‘risidagi mif hamda, Oltin qoziq 
(Temir qoziq) yulduzlari haqidagi samoviy qarashlar 
keltirilganligi ham shu fikrni tasdiqlaydi. «Qazunuq» - qoziq. 
27
27


Qutb yulduzini «Temur qazunuq» deyish ham shundandir. 
«Temir qoziq» demakdir. Chunki osmon buning ustida 
aylanadi» («Devon», 3-jild, 3393-bet), - deb yozadi Mahmud 
Koshg‘ariy. Olim «ko‘k tubulg‘on» so‘ziga izoh berib, 
quyidagilarni yozadi: «ko‘k tubulg‘on – bir qushning nomi. 
Aytishlaricha, bu qushning ikki qanotida po‘lat bo‘ladi 
va qanoti bilan toqqa urib, bir tomondan boshqa tomonga 
o‘tadi. Bu so‘zni menga o‘zim foydalanib yurgan bir kishi 
aytdi» («Devon», 1-jild, 474-bet).
Ko‘rinadiki, bu mifologik afsonada qadimgi turkiylar 
folklorida mavjud bo‘lgan xayoliy qush to‘g‘risidagi xalq 
qarashlari o‘z ifodasini topgan. O‘zbek tilida qattiq patlari 
o‘sib chiqqan qush poloponini «temirqanot bo‘libdi» deb 
ta’riflashda ham ana shu ko‘hna tasavvurlarning izi saqlanib 
qolganga o‘xshaydi.
2. Miflarning tasnifi va tadrijiy rivoji bosqichlari. 
O‘tmishda yashagan ajdodlarimizning olam haqidagi 
tasavvurlarini o‘zida jamlagan, uning dunyoqarashini 
ifodalagan va avloddan avlodga yetkazishga mo‘ljallangan 
miflarning ommalashish usullari ham turlicha bo‘lib, asosan, 
jonli og‘zaki ijro orqali, so‘z vositasida hikoya qilib berilgan. 
Ya’ni mif – afsona janrining badiiy shakli asosida bayon 
etilgan. 
Mifologik tasavvurlar ibtidoiy udum va marosimlarda 
ritual o‘yinlar sifatida namoyish qilingan. Qadimgi 
tasavvurlar asosida yaratilgan osori atiqalar hamda xalq 
hunarmandchiligi va amaliy san’ati asarlaridagi ramziy 
chizgilarda ham mifik syujetlar aks ettirilgan. 
Ajdodlarimizning olam, tabiat hodisalari va ijtimoiy 
hayot xususidagi qadimiy fantastik tushunchalarini o‘zida 
aks ettirgan miflar quyidagi turlarga bo‘linadi. 1) ibtido 
haqidagi miflar (olamning yaratilishi va yerda hayotning 
28
28


paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi miflar); 2) samoviy miflar 
(osmon jismlari va tabiat hodisalarining paydo bo‘lishi 
haqidagi miflar; 3) antropogenik miflar (g‘ayrioddiy xislatga 
ega bo‘lgan afsonaviy personajlar haqidagi miflar - masalan, 
Gerakl, Gilgamesh, Odami Od, Hubbi haqidagi miflar); 
4) kult miflari (muayyan e’tiqodiy inonchlar bilan bog‘liq 
miflar, masalan, hosildorlik kulti, suv kulti, o‘simlik kulti, 
olov kulti haqidagi miflar); 5) totemistik miflar (totem-
ajdod haqidagi qadimgi tasavvurlar asosida kelib chiqqan); 
6) kalendar miflar (yil, oy, kun hisobi bilan bog‘liq miflar 
- masalan, Ayamajuz, Ahman-dahman, chilla, to‘qson 
hisobi bilan bog‘liq miflar); 7) o‘lib-tiriluvchi tabiat kultlari 
haqidagi miflar (masalan, Siyovush haqidagi mifologik 
syujetlar); 8) animistik miflar (jon to‘g‘risidagi qadimgi 
tasavvurlarni o‘zida mujassamlashtirgan miflar): 9) manistik 
miflar (ajdodlar homiyligi haqidagi miflar); 10) dualistik 
miflar (ezgulik va yovuzlik kuchlari o‘rtasidagi kurash 
haqidagi asotiriy qarashlarni o‘zida aks ettirgan miflar); 
11) esxatologik miflar (olamning intihosi, oxir zamon 
to‘g‘risidagi miflar).
Insoniyat tafakkuri taraqqiyotining ilk bosqichi sifatida 
muhim amaliy ahamiyat kasb etgan mifologiya ibtidoiy 
madaniyatning negizi, olamni idrok etishning qadimiy 
vositalaridan biri, badiiy tafakkurning ibtidosi hisoblanadi. 
Mifologiyaning asosini qadimgi odamning koinot, tabiat, 
inson, osmon jismlari, narsa va hodisalarning paydo bo‘lishi 
haqidagi miflar tashkil etadi. 
Mifologiyaning arxaik qatlami quyosh, oy va yulduzlar 
to‘g‘risidagi shamsiy, qamariy va astral miflar, olamning 
paydo bo‘lishi haqidagi samoviy miflar, odamzotning 
yaratilishi haqidagi antropogenik miflar, qadimgi e’tiqodiy 
qarashlarni o‘zida ifoda etgan totemistik, animistik va 
29
29


kult miflaridan tashkil topgan. Dehqonchilik madaniyati 
shakllangan hududlarda esa tabiiy-iqlimiy o‘zgarishlarning 
ramziy-metaforik talqinlari asosiga qurilgan taqvimiy 
(kalendar) miflar va o‘lib-tiriluvchi tabiat kultlari haqidagi 
miflar keng tarqalgan. Xususan, Osiris (qadimgi Misr), 
Adonis (Finikiya), Dionis (Yunoniston), Siyovush (O‘rta 
Osiyo) haqidagi mifologik syujetlar shu tariqa yuzaga 
kelgan. O‘zining ilk taraqqiyot bosqichida eng sodda ibtidoiy 
inonchlardangina iborat bo‘lgan mifologiya insoniyat 
tafakkurining tadrijiy rivoji davomida olam, jamiyat va 
tabiat haqidagi asotiriy syujetlar, mifik obraz va tasavvurlar 
silsilasini o‘z ichiga olgan mukammal tizimga aylangan. 
Ijtimoiy ongning animizm, totemizm, fetishizm kabi 
qadimiy shakllari mifologiya bilan chambarchas bog‘liq 
bo‘lgan. Ibtidoiy dunyoqarash tizimi sifatida shakllangan 
mifologiya qadimgi diniy e’tiqodlarning ilk kurtaklari, 
ajdodlarimizning falsafiy, axloqiy va ijtimoiy qarashlari, 
olam va odam hayotiga doir eng sodda tushunchalari, 
voqelikni ongsiz-hissiy anglash asosiga qurilgan ramziy-
metaforik obrazlar, shuningdek, so‘z san’ati, marosimlar 
tizimi va mifologik tafakkurning turli xil shakllarini o‘z ichiga 
qamrab olgan. U qadimgi odamning borliq olamni idrok 
etishga doir tasavvur va qarashlarini o‘zida jamlagan izchil 
tizim sifatida ibtidoiy mafkuraning yetakchi g‘oyasi bo‘lib 
xizmat qilgan. Mifologiya ibtidoiy insonning qarashlarini 
o‘zida mujassamlashtirgan sinkretik hodisadir. Shu bois, 
mifologiya folklor, yozma adabiyot, san’at va ma’naviy 
qadriyatlarning shakllanishi uchun zamin vazifasini o‘tagan.
Ezgulik kuchlarining xaos(zulmat)ni o‘ziga makon 
qilgan yovuzlikka qarshi kurashini o‘zida aks ettirgan 
qadimgi miflar badiiy tafakkurning shakllanishida muhim 
rol o‘ynagan. Voqelikni estetik kategoriya sifatida idrok 
30
30


etish hamda badiiy so‘z vositasida talqin qilish an’anasi kelib 
chiqqach, qadimgi miflarning asosiy qismi so‘z san’atining 
turli janrlariga singib ketgan. O‘zbek xalq og‘zaki badiiy 
ijodiyotidagi ko‘plab epik syujet va an’anaviy motivlarning 
genetik ildizlari bevosita mifologik tasavvurlar qatlamiga 
borib taqaladi. Miflar «Avesto», «Iliada», «Ramayana», 
«Shohnoma», «Kalevala», «Alpomish», «Go‘ro‘g‘li» kabi 
buyuk badiiy yodgorliklarning yaratilishida ham salmoqli 
o‘rin tutgan.
Qadimgi mifologik tasavvurlar va asotiriy syujetlar 
badiiy tafakkurning shakllanishi hamda taraqqiyotida o‘ziga 
xos sarchashma vazifasini o‘taganligi uchun ham xalq 
og‘zaki badiiy ijodiyoti, yozma adabiyot va san’at asarlarida 
mifologik negizga ega bo‘lgan ko‘plab asotiriy personajlar 
uchraydi. Mifologik tasavvurlar asosida kelib chiqqan 
bunday obrazlar xalq xayoloti va voqelikni fantastik talqin 
qilish an’anasining mevasidir. Mifik obrazlar muayyan 
voqea-hodisaning jonlantirilgan timsoliy ifodasi bo‘lib, 
voqelik mohiyatini metaforik, ramziy va istioraviy holatda 
o‘ziga ko‘chirganligi uchun ham uning shakliy tajassumi 
hisoblanadi. 
Mifik obrazlar ibtidoiy badiiy uydirma ‒ fantaziya 
mahsuli bo‘lib, koinot, tabiat va jamiyatdagi turli-tuman 
hodisalar, qadimgi odam tasavvurida mavjud bo‘lgan 
g‘ayrioddiy kuchlarning kelib chiqish sabablarini izohlashga 
xizmat qilgan. Badiiy tafakkur shakllangach, qadimgi 
mifologiyaning tarkibiy qismi sanalgan asotiriy obrazlar 
adabiyot va san’atga ko‘chgan. O‘zbek mumtoz adabiyoti 
namoyandalarining asarlari, «Alpomish», «Kuntug‘mish», 
«Rustamxon» hamda «Go‘ro‘g‘li» turkumiga mansub 
dostonlar, o‘zbek xalq afsonalari va ertaklaridagi mifologik 
obrazlar shular jumlasidandir. Folklor va yozma adabiyotdagi 
31
31


mifik obrazlar badiiy talqinning to‘laqonli chiqishi hamda 
poetik tafakkurning keng qamrovliligini ko‘rsatish vazifasini 
bajaradi.
Mif qadimgi odamning ishonch-e’tiqodlari, o‘y-
xayollari, diniy qarashlari va ilk ijodiy izlanishlarining 
so‘z vositasida ifoda etilgan ko‘rinishlaridan biridir. Mifni 
ibtidoiy odam ma’naviy olamining muayyan ehtiyojlari, 
ya’ni o‘z dunyoqarashini bayon etish zarurati yuzaga 
keltirgan. Voqelikni badiiy idrok etish an’anasining ibtidosi 
sifatida qadim zamonlarda shakllangan mifologik tasavvurlar 
tizimi folklordagi epik janrlarning syujet silsilasi va obrazlar 
tarkibining yuzaga kelishiga asos bo‘lgan. Demak, mifning 
mohiyati, turlari, o‘ziga xos xususiyatlari, obrazlar tizimi, 
mifologik syujetlarning epik diffuziyasi va folklor asarlari 
tarkibidagi poetik vazifalari kabi masalalarni o‘rganish 
mifshunoslikning asosiy yo‘nalishlarini tashkil etadi.
O‘zbek miflarining yuzaga kelishi va shakllanish 
bosqichlarini quyidagicha tasniflash maqsadga muvofiq, deb 
hisoblaymiz:
1. O‘rol-oltoy qabilalarining mifologik tasavvurlari. 
Ma’lumki, tilshunoslikda «oltoy tillari oilasi», «prooltoy 
tili» kabi tushunchalar mavjud. «Oltoyshunoslik nazariyasi» 
tarafdorlarining fikricha, turkiy, mo‘g‘ul-buryat, tungus-
manchjur (ba’zilar koreys va yapon tillarini ham shu tarkibga 
kiritadilar) xalqlarining qadim ajdodlari aslida yagona bir 
qabilaga mansub bo‘lib, ular «prooltoy tili» yoki «prooltoy 
shevasi»da so‘zlashganlar. 
Biz ham ana shu nazariyaning asosiy xulosalariga 
suyangan holda turkiy-mo‘g‘ul-buryat-tungus-manchjur 
tillarida so‘zlashuvchi xalqlar folkloridagi tipologik 
mushtaraklikni tashkil etadigan epik qatlam bu xalqlar 
og‘zaki ijodiyoti tarixining oltoy davriga mansub qadimiy 
32
32


syujetlar silsilasidan iborat, deb hisoblaymiz. Ana shu 
mushtarak epik an’ananing asosiy qismi arxaik miflarning 
qoldiq holda yetib kelgan ko‘rinishlari bo‘lib, bu asotirlar 
tarixan «prooltoy folklori» yoki «prooltoy mifologiyasi»ning 
tarkibiy qismini tashkil etgan. Mushtarak variantlari yoki 
o‘xshash namunalari mo‘g‘ul-buryat va tungus-manchjur 
xalqlari og‘zaki ijodida ham mavjudligi aniqlangan o‘zbek 
miflari (yoki muayyan syujet elementi, obraz, motiv tarzida 
saqlanib qolgan mif qoldiqlari) «prooltoy mifologiyasi»ga 
mansub asotirlar sirasiga kiradi. O‘zbek mifologiyasi 
rivojining bu davriga oid folklor asarlaridan eng xarakterlisi 
bo‘ri to‘g‘risidagi totemistik miflardir.
2. Qadimgi turkiy qavmlar mifologiyasi. O‘zbek 
folklorida saqlanib qolgan arxaik miflarning asosiy qismi 
qadimgi turkiy mifologiyaning epik diffuziyasi natijasida 
yetib kelgan. Qadimgi turkiy qabilalar og‘zaki ijodiyotida 
olamni mifologik anglash asosida yaratilgan kosmogonik, 
totemistik, animistik, etiologik va etnogenetik miflar asosiy 
o‘rinni egallagan.
3. Zardo‘shtiylik bilan bog‘liq mifologik tasavvurlar. 
Xalq og‘zaki ijodida an’anaviy tarzda qo‘llaniluvchi ajdar, 
dev, pari, Semurg‘, Jo‘mard, Aranja bobo, Axriman, 
aranglar, Zahhok, Siyovush, Hubbi, Ashshadarozi, Sust 
xotin, Haydar kabi ko‘plab asotiriy obrazlarning tarixiy 
asoslari zardo‘shtiylik mifologiyasiga borib taqaladi. 
«Avesto» mifologiyasi va zardo‘shtiylik rituallari 
negizida keyinchalik o‘zbek marosim folkloridagi ayrim 
janrlar shakllangan. Yomg‘ir chaqirish maqsadida o‘tkazib 
kelingan Sust xotin marosimi, Amudaryo suvining mo‘l 
bo‘lishi hamda toshqin halokatining oldini olish maqsadida 
Orolcha avliyo degan joyda shu nom bilan ataluvchi 
afsonaviy homiy sharafiga ho‘kiz so‘yib qurbonlik qilish, 
33
33


Navro‘z bayramini o‘tkazish, sumalak pishirish, bahor 
faslida an’anaviy gul sayllari (boychechak sayli, lola sayli, 
guli surx sayli, qizil gul sayli kabilar)ga chiqish, safar qochdi 
va oxir chorshanba marosimlarini o‘tkazib, olovdan hatlash, 
shamol piri sifatida e’tirof etilgan Haydar yoki Ajdar boboga 
murojaat qilib, shamol chaqirish, sumalak pishirayotganda 
Ashshadarozi o‘yinini tashkil etish, kelin-kuyovni olov 
atrofidan aylantirish, marhumlar mozoriga «qushlar haqi» 
deb bug‘doy sepib qo‘yish, daryodan o‘tayotganda Hubbiga 
sig‘inish va suvga tuz tashlash, dalaga birinchi qo‘sh 
chiqarishdan avval ho‘kizlarning shoxini moylash kabi 
an’anaviy marosim va udumlarimizning tarixiy asoslari 
bevosita zardo‘shtiylik hamda «Avesto» mіfologіyasining 
e’tiqodiy inonchlar tizimidagi talqinlariga bog‘lanadi.
4. Arab-islom mifologiyasi an’analari. Ma’lumki, 
VII asr oxirida Movarounnahr arablar tomonidan fath 
etila boshlangan bo‘lib, bu jarayon VIII asr o‘rtalarida 
nihoyalangan. Natijada bu o‘lkaga yoyilgan islom dini O‘rta 
Osiyoga Sharq xalqlari mifologiyasi va folklorining epik 
an’analariga mansub syujet, motiv va obrazlarni ham olib 
keldi. Garchi islom mifologiyasining tarkibi ko‘pqatlamli 
bo‘lib, o‘zak miflar (arab asotirlari) hamda o‘zlashtirma 
asotirlar (ya’ni keyinchalik fath etilgan xalqlar folklori va 
boshqa diniy qarashlarga aloqador miflar)ni o‘z ichiga olgan 
bo‘lsa-da, uning asosini qadimgi arab qavmlarining og‘zaki 
ijodi namunalari tashkil etgan.
Arab xalq kitoblari, rivoyat va asotirlari syujetining 
epik ta’siri natijasida O‘rta Osiyo xalqlari folklorida ko‘plab 
yangi asarlar yaratilgan. Ajdodlarimizning mifologik 
tasavvurlari arab-islom asotirlariga oid personajlar tizimi 
bilan boyitilgan. Xususan, anqo, jin, g‘ul, Odami Od, Morut, 
Lot, Manot, Ko‘hi Qof, Eram kabi mifologemalarning ilk 
manbai aslida arab folkloridadir.
34
34


Demak, o‘zbek mifologiyasining tarixiy asoslari 
ajdodlarimiz o‘tmishining eng quyi bosqichlariga mansub 
e’tiqodiy qarashlarga borib taqaladi. Mifologik inonchlarning 
ilk qatlami qadim zamonlarda yashagan bobolarimizning 
totemistik, animistik va dualistik tasavvurlari, magik 
inonchlar asosida kelib chiqqan e’tiqodlari, shuningdek, 
tabiatni asotiriy anglash va hosildorlik g‘oyasini o‘zida 
mujassamlashtirgan qadimgi kultlar bilan bevosita bog‘liq 
bo‘lgan. Qadimgi miflarning asrlar davomidagi tadrijiy 
takomili natijasida ezgulik va yovuzlik kurashini aks 
ettiruvchi dualistik miflar, olamning yaratilishi va intihosi 
haqidagi xalq qarashlarini o‘zida ifoda etgan kosmogonik 
miflar, osmon yoritqichlari to‘g‘risidagi astral miflar, 
vaqt hisobi amallarining paydo bo‘lishi haqida bahs 
yurituvchi taqvimiy asotirlar, urug‘-qabilalarning kelib 
chiqishini izohlashga bag‘ishlangan etnogenetik miflar, 
g‘ayrioddiy qahramonlarning sarguzashtlarini bayon etuvchi 
antropogenik miflar tizimi shakllangan. 
O‘zbekistonning istiqlolga erishishi qadimgi tasavvurlar 
bilan bog‘liq folklor asarlari, jumladan, mifologik syujet va 
motivlarni keng ko‘lamda o‘rganishga katta imkoniyatlar 
yaratdi. Xususan, o‘zbek folklorida mifologiya va mifologik 
tasavvurlarning marosim folklori genezisida tutgan 
o‘rni, mifologiyaning o‘zbek xalq eposidagi o‘rni va mif 
diffuziyasi, o‘zbek folklori mifologik obrazlar tizimi keng 
o‘rganildi. Folklorshunoslikka «o‘zbek mifologiyasi» 
tushunchasi olib kirildi va u turkiy mifologiyaning tarkibiy 
qismi bo‘lib, O‘rta Osiyoda istiqomat qilgan qadimgi 
aholining e’tiqodiy qarashlari, tasavvur va inonchlarini 
o‘zida mujassamlashtirganligi ilmiy jihatdan asoslandi. 
3. Afsona, rivoyat, naql janrlari. Har bir fan, sohaning 
muhim nazariy masalalari bo‘ladi. Badiiy adabiyotni 
35
35


o‘rganuvchi fan adabiyotshunoslik deb ataladi. Xalq og‘zaki 
poetik ijodini o‘rganish sohasini folklorshunoslik deymiz. 
Folklorshunoslik adabiyotshunoslik tarkibidagi mustaqil 
fan hisoblansa-da, o‘rganish obyekti badiiy adabiyot 
bo‘lgani sabab bir qator umumiy va mushtarak jihatlar bor. 
Xususan, janrlar masalasi adabiyotshunoslik uchun ham, 
folklorshunoslik uchun ham muhim hisoblanadi. Faqat 
adabiyotshunoslikda yozma adabiyot vakillari qalamiga 
mansub g‘azal, ruboiy, doston, noma kabi (mumtoz adabiyot); 
she’r, hikoya, roman, drama kabilar (zamonaviy adabiyot) 
ning janr xususiyatlari o‘rganiladi. Folklorshunoslikda esa 
xalq og‘zaki adabiyotidagi maqol, qo‘shiq, ertak, doston kabi 
janrlarning o‘ziga xoslik tomonlari tadqiq etiladi. Ammo 
qaysi shaklda yaratilgan adabiyot ekanidan qat’i nazar har 
bir yo‘nalishdagi yutuqlar va kashfiyotlar adabiyotshunoslik 
ilmi taraqqiyotiga qo‘shilgan hissa sifatida baholanaveradi. 
Afsona fors tilidan olingan bo‘lib (ﻪﻨ ﺎﺴﻔ ﺍ) ma’no mohiya-
tida ikki tushuncha yetakchilik qiladi: 1 – biror voqeani, 
lavhani hikoya qilish; 2 – bu hikoya uydirma, to‘qimalardan 
iborat bo‘lishi. O‘zbek tilining izohli lug‘atida so‘zning 
bir necha ma’nolari ko‘rsatilgan: «afsona bo‘lmoq», 
«afsona to‘qimoq», «afsonaviy» va boshqalar. Lekin asosiy 
ma’no tafakkur fantaziyasi bilan bog‘liq bo‘lib, aql bovar 
qilmaydigan uydirma voqealarni hikoya qilish va shu bilan 
shuhratga ega bo‘lish tushunchasi yetakchilik qiladi.
Afsonalar mazmunida eng qadimgi uydirma hodisalar, 
muayyan hudud nomini izohlovchi toponimik ma’lumotlar 
beriladi. «Kuygan yor», «Ellik paysa», «Tuya cho‘kdi», 
«Oshoba», «Qonqus» kabi namunalar ana shunday 
mavzularni o‘zida aks ettiradi. Folklor ekspeditsiyasi 
davomida deyarli har bir qishloq, buloq, tepalik, suv 
manbalari haqida hayratomuz afsonalarni yozib olish 
imkoniyatiga ega bo‘lganmiz. Ertaklardan farqli o‘laroq 
36
36


ularda syujet tizimining barqarorligi kuzatilmaydi. Ularning 
mavzu yo‘nalishini uchga bo‘lib tahlil qilish mumkin:
1. Sof mifologik afsonalar.
2. Tarixiy voqea-hodisalarni izohlovchi afsonalar.
3. Mahalliy hududlardagi geografik nomlar bilan bog‘liq 
afsonalar.
Afsonalar badiiy ijodning dastlabki namunasi sifatida 
odam qalbida ishonch tuyg‘usini hosil qilishga, har bir 
insonning o‘z qobiliyati, harakati natijasida baxtini topishi 
mumkinligiga umid paydo bo‘lishiga xizmat qilgan. Masalan, 
qadimdan taqdir tushunchasi odamlarning ongida mavjud 
bo‘lgan. Har bir ko‘ngilsiz mushkulotni odam taqdir, deb 
qabul qilgan. Ammo shunday afsonalar borki, ularda inson 
xatti-harakati, niyati, ayniqsa, keskin qarori, duosi bilan 
qismatida o‘zgarish yasashi mumkinligi uqtiriladi.
Xullas, afsonalar mazmun jihatdan, asosan, axborot 
yetkazuvchi o‘ta sodda syujetli uydirmalardan tashkil 
topadi. Ularda ijod qilgan millatning, koinotdagi quyosh, oy, 
yulduz, sayyoralarning paydo bo‘lishi, geografik nomlarning 
izohi, turli-tuman tarixiy voqealar, rasm-rusumlar sharhi 
o‘zining ifodasini topadi. Qadim zamonlardan ajdodlarimiz 
o‘z hayotiga tegishli har bir savolga, har bir muammoga, 
an’ana – udumlarga, hatto o‘zi yashayotgan vatanga ongli 
munosabatda bo‘lgan va xalq og‘zaki ijodining boshqa 
janrlari qatori afsonalar vositasida yakuniy xulosasini, 
tajribasini bildirgan. Folklorshunoslikda afsonalarni tadqiq 
etish og‘zaki ijod tarixining nazariy va amaliy jihatlarini 
aniqlash imkonini beradi.
Rivoyatlar. Bu so‘z arab tilidan olingan bo‘lib, hikoya, 
qissa ma’nolarini ifolaydi. Rivoyatlar afsonalardan hayotga 
yaqinligi bilan farq qiladi. Agar afsonalarda ro‘y berishi 
mumkin bo‘lmagan hodisalar hikoya qilinsa, rivoyatlardagi 
37
37


voqealar, ko‘pincha, tarixiy shaxslar, taniqli allomalar, 
davlat arboblarining hayotlaridagi muayyan lavhalar 
yuzasidan xabar beradi. Ba’zan bir voqeani eshitganimizda, 
uning aynan ro‘y berishiga to‘liq ishonamiz, ba’zan alohida 
fantastik tasvirdan xoli bo‘lsa ham hikoyaga ishonmasligimiz 
mumkin. Shuning uchun afsona va rivoyat o‘rtasida keskin 
farqni belgilash qiyin kechadi. Har holda ko‘p yillik 
tajribadan kelib chiqib aytish mumkinki, ishonilgan voqeani 
rivoyat, ishonish mumkin bo‘lmaganini afsona deb qabul 
qilish maqsadga muvofiqdir. Chunki mazmun, syujet tizimi 
jihatdan afsona va rivoyatlarning farqi bo‘lmaydi. Faqat 
rivoyatlar tarixiy dalil, isbot ildiziga ega hisoblanadilar. 
Rivoyatlar o‘zida aks ettirgan voqea bayoniga ko‘ra 
afsonalar kabi epik jinsga mansubdirlar. Ular hajm jihatdan 
qisqa bo‘ladi. Matn hajmi qisqa, ifodalangan voqea lavhalari 
son jihatdan chegaralangan. Badiiy tasvirga ortiqcha urg‘u 
berilmaydi, chunki ularda voqea bayoni ustuvor hisoblanadi. 
Mazmun yo‘nalishiga ko‘ra tarixiy voqelar, ularda ishtirok 
etgan shaxslar jasorati yoki xiyonati asosida yoki yurtimiz 
viloyatlaridagi o‘rin-joylarning nomlanishini izohlash 
maqsadida yaratilgan rivoyatlarga bo‘linadi. Tarixiy 
rivoyatlarda To‘maris, Shiroq, Jaloliddin Manguberdi, 
Temur Malik, Amir Temur kabi yurti ozodligi va mustaqilligi 
uchun jonini qurbon qilgan el farzandlari mardligi, shu bilan 
birga o‘zining o‘tkinchi hirsiy nafsi yo‘lida vataniga xiyonat 
qilgan Dalvarzin, Guldursunga o‘xshagan xiyonatkor 
shaxslar kirdikorlari hikoya qilinadi. Mard, jasurlarning 
ishlari ham, xoinlarning xiyonati ham unutilmaydi.
Rivoyatlarning yana bir turi mahalliy hududlardagi 
o‘rin-joylarning nomiga oidligi bilan ajralib turadi. Muhimi 
shundaki, bunday rivoyatlarda asosiy e’tibor tasvirla nayotgan 
voqeadagi fantastik jihatlarga emas, balki hayotni kuzatish, 
38
38


to‘g‘ri xulosalarga kelish, aqlni ishga solish fazilatlariga 
qaratiladi. 
Rivoyatlar haqida aytilgan fikrlardan shunday xulosalarga 
kelish mumkin:
1. Rivoyatlar afsonalardan farqli ravishda bevosita 
hayotda bo‘lishi mumkin bo‘lgan voqealarga asoslanadi.
2. Ular mavzu jihatdan turlarga bo‘lingan holda yo 
biron tarixiy shaxs hayotidagi ibratli voqeani bayon etadi yo 
geografik o‘rin-joyning nomini izohlaydi.
3. Rivoyatlarda badiiy tasvirdan ko‘ra ro‘y bergan 
voqeani qisqa va ixcham, sodda va ravon tarzda bayon qilishga 
ko‘proq e’tibor beriladi. Aslini olganda, aynan shu fazilatlar 
rivoyatlarning badiiyligini belgilaydi.
Mumtoz adabiyot va zamonaviy o‘zbek adabiyotida 
rivoyatlarning go‘zal namunalarini ko‘rish mumkin.
Naql. Naql atamasi O‘rta Osiyo xalqlari orasida qadimdan 
mavjud bo‘lib, turli xil ma’nolarni anglatgan. Dastlab 
folklorning ayrim janrlari shu nom bilan yuritilgan. U adabiy 
jarayonda yuz berib, turkiy xalqlar madaniyati, axloq falsafasi, 
tafakkuri zamirida paydo bo‘lgan.
Zarbulmasal arabcha so‘z bo‘lib, aybdorni masal bilan 
urmoq (tanqid qilmoq)ni anglatadi. Muhammad Jobalrudi 
(XVII asr) bu so‘zni masal va tamsilning sinonimlari sifatida 
qo‘llagan, boshqa o‘rinda uni ramzli hikoya ma’nosida 
keltirgan. «G‘iyos ul-lug‘at»da uni nutqda u yoki bu ko‘chma 
ma’noni tashuvchi, deb belgilangan. O‘zbek xalq nasrida 
esa masal naql deb atalgan. Zarbulmasal dastlab yozma 
adabiyotning alohida janri bo‘lgan. Keyinchalik u masal 
atamasi bilan yuritilgan. Naql rus folklorida pritcha. Fors 
tilida naql masal, maqol (allegoriya), tojik tilida u ertak, matal, 
masalni bildiradi, turkman tilida naql-topishmoq, qozoq, 
qirg‘iz tillarida metel deb yuritiladi.
Turkiy xalqlar folklorida ham turli xil janrlarga 
39
39


mansub asarlar naql atalgan. Ayniqsa, qadimgi yodnoma, 
xalq kitoblari, qo‘lyozmalarda belgilangan ertak, afsona, 
rivoyat, doston, maqol, matal va hatto, topishmoqni ham 
naql atash hollari uchrab turadi. Shuning uchun bo‘lsa 
kerak, Ozarbayjonda ertak naql deb yuritiladi. Naql og‘zaki 
hikoyani anglatadi. Asosan u arabcha so‘z bo‘lib, uch 
xil ma’noni bildiradi: birinchisi, harakat, ko‘chish, ya’ni 
ko‘chma ma’noli voqea va hodisalar shu nom bilan atalgan. 
Ikkinchisi, voqeani bayon qilish, hikoya qilish; uchinchisi, 
og‘zaki nasriy turning alohida janrlari, qissa, ertak, matal bir 
butun holda naql deb yuritilgan.
Mazkur janrlar bir-biriga yaqin, ularni majoziy ma’no, 
allegoriya tenglashtiradi. Demak, majoziy ma’no naql, matal, 
masal, maqol, topishmoq uchun umumiy, ayni paytda asosiy 
va hal qiluvchi belgi. Naql, asosan, hikmatli fikr, o‘gitlar 
majmui. Binobarin, u hayotiy voqea va hodisalardan falsafiy 
umumlashmalar yaratib, majoziy yo‘l bilan ibratli xulq, 
muomalani bayon etuvchi hikoya. Demak, naql aql, odob, 
donolikni ulug‘lab, anglash va baholash imkonini beradi
O‘zbek mumtoz adabiyoti hamda xalq og‘zaki ijodi 
asarlarida noqil va naql atamasi juda ko‘p uchraydi. Biri 
aytuvchi, bayon etuvchi, ikkinchisi hikoya ma’nosini 
anglatadi. Dastlab, qissa, maqol, ertak, matal, topishmoq, 
dostonlar ham naql deb yuritilgan. Noqil esa o‘rnak olsa 
arziydigan axloq, odob normalari haqida hikoya qiluvchini 
bildiradi.
Naqliy asarlar, asosan, ta’limiy-estetik funksiyani 
ado etadi. Shuning uchun ham uni «Naql – koni aql» deb 
nomlangan. Ertak, doston, maqol, topishmoqlar qadimda bir 
so‘z bilan naql atalgan.
40
40


Adabiyotlar:
1. «Avesto» tarixiy-adabiy yodgorlik. - T.: Sharq 
NMAK, 2001.
2. Akramov G‘. Animatik mifologiya // O‘zbek tili va 
adabiyoti. – Toshkent, 1977. – 3-son. – B.48-53. 
3. Akramov G‘. Totemistik miflar // O‘zbek tili va 
adabiyoti. – Toshkent, 1978. – 3-son. – B.39-42. 
4. Akramov G‘. Manistik mifologiya // O‘zbek tili va 
adabiyoti. – Toshkent, 1979. – 6-son. – B.64-69.
5. Jo‘rayev M. O‘zbek xalq taqvimi va mifologik 
afsonalar. ‒ Toshkent, 1994.
6. Jo‘rayev M. O‘zbek xalq samoviy afsonalari. ‒ 
Toshkent: Fan, 1995.
7. Jo‘rayev M., Shomusarov Sh. O‘zbek mifologiyasi va 
arab folklori. ‒ Toshkent: Fan, 2001.
8. Jo‘rayev M., Narziqulova M. Mif, folklor va adabiyot. 
‒ Toshkent: O‘zbekiston milliy kutubxonasi nashriyoti, 
2006.
9. Jo‘rayev M. Folklorshunoslik asoslari. – Toshkent: 
Fan, 2009. – B.75-96.
10. Jo‘rayev M., Rasulova Z. Mif, marosim va ertak. ‒ 
Toshkent: Mumtoz so‘z, 2014.
11. Imomov K.. O‘zbek xalq og‘zaki prozasi. – T.: Fan, 
1981.
12. Imomov K. O‘zbek xalq nasri poetikasi. – Toshkent: 
Fan, 2008.
13. Madayev O. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi. – T.: 
«Mumtoz so‘z», 2010. 
14. Madayev O., Sobitova T. O‘zbek xalq og‘zaki poetik 
ijodi. T., 2005.
15. Mallayev N.M. O‘zbek adabiyoti tarixi. Birinchi 
kitob. – T.: O‘qituvchi, 1971. – B. 41-55.
41
41


16. Musaqulov A. O‘zbek xalq lirikasi. – Toshkent: Fan, 
1995. –168 b.
17. Sarimsoqov B. O‘zbek folklorining tarixiy taraqqiyoti 
(qadimgi davr folklori) / O‘zbek folklori ocherklari. 1-tom. 
– T.: Fan, – B. 25-35.
18. Sarimsoqov B., O‘zbek folklorining janrlar sostavi 
/ O‘zbek folklori ocherklari. 1-tom. – T.: Fan, 1988. – B. 
63-85.
19. Safarov O. O’zbek xalq og’zaki ijodi. – T.: «Musiqa», 
2010. – 368 b. 
20. Umarov S. Rivoyat va hayot. – T.: Fan, 1988.
21. O‘zbek folklorshunosligi masalalari. 1-kitob. – T., 
2006.
22. O‘zbek folklorshunosligi masalalari. 2-kitob. – T., 
2010.
23. O‘zbek folklorshunosligi masalalari. 3-kitob. – T., 
2010.
24. O‘zbek folklorshunosligi masalalari. 4-kitob. – T., 
2011.
25. O‘zbek folklorshunosligi masalalari. 5-kitob. – T., 
2015.
26. 40 rivoyatga 40 sharh. Toshkent: “Noshirlik 
yog‘dusi”, 2016.
27. Eshonqulov J. Mif va badiiy tafakkur. – Toshkent: 
Fan, 2019. – 309 b.
42
42


3-MAVZU. O‘ZBEK MAROSIM FOLKLORINING 
JANRLAR TARKIBI VA BADIIYATI
Reja:
1. Marosim folklori va uning turlari.
2. Mavsumiy marosimlar.
3. Oilaviy marosimlar.
1. Marosim folklori va uning turlari. Marosim folklori 
namunalari folklorning eng qadimiy janrlari sirasiga 
kiradi. Folklorshunoslikda marosim folklori janrlarini ikki 
katta guruhga ajratish an’anasi mavjud. Bu turlar quyidagi 
ko‘rinishga ega : 1) mavsumiy marosimlar folklori. 2) oilaviy 
marosimlar folklori.
Mavsumiy marosimlar yil mavsumlarining almashinuvi 
avvali va oxiri, ma’lum bir xo‘jalik turlarining boshlanib 
yakun topishi, ob-havo bilan bog‘liq mavsumiy marosimlarni 
o‘z ichiga oladi. Mavsumiy marosimlarning aniq vaqti, 
belgilangan o‘tish muddatlari mavjud va ular bir oila yoki 
jamoaga tegishli bo‘lmay butun xalq ommasiga tegishlidir. 
«Mavsum» deganda, asosan, yil fasllari nazarda tutiladi. 
Binobarin, mavsum qo‘shiqlari qish, bahor, yoz, kuz fasllari 
bilan bog‘liq bo‘ladi. Marosim esa diniy yoki an’anaviy 
urf-odatlar munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbir, yig‘in 
demakdir. U bayram umumxalq shodiyonasi, tantana 
kun ma’nosini ifodalaydi. Ma’lum bo‘ladiki, «marosim» 
tushunchasi «bayram» so‘zi ifodalagan ma’nodan kengligi 
bilan farq qilar ekan. Chunki marosim bir shaxs hayotidagi 
muhim voqea bilan bog‘lanishi mumkin. Bu tadbir oila 
chegarasi bilan cheklanadi. Bayramda esa umumxalq 
ishtiroki bo‘lishi lozim. To‘g‘ri, biz ko‘pincha «bayram 
marosimi» birikmasini qo‘llashimiz mumkin, ammo bu 
holatda gap oilaviy marosim haqida emasligi ta’kidlanadi.
43
43


Dunyoda bironta xalq yo‘qki, turli munosabatlar bilan 
ommaviy bayramlarni nishonlamasin. Bayramlar butun 
xalq tayyorgarligi bilan o‘tkaziladi. Katta shodiyonalar 
rejalashtiriladi. Maxsus taomlar pishiriladi, bayram liboslari 
tikiladi, o‘yin-kulgilar, sayillar, tomoshalar, musobaqalar 
uyushtiriladi. Shuning uchun milliy bayramlar tizimida 
xalq tarixi, milliy xususiyatlar haqida tasavvur hosil qilish 
mumkin. Bu tasavvurlarni oilaviy, muayyan hudud aholisi 
o‘rtasidagi marosimlar, qolaversa, milliy urf-odatlar 
to‘ldiradi, mukammallashtiradi.
Oilaviy marosimlar esa aksincha bir oila va oila a’zolari 
hayotidagi barcha mavsumlar o‘zgarishlarni o‘z ichiga 
qamraydi. Oilaviy marosimlar mazmuni tug‘ilish, to‘y 
va motam marosimlaridan iborat va bu marosimlarda ijro 
etiluvchi folklor namunalari oilaviy marosimlar tarkibiy 
qismini tashkil etadi. 
2. Mavsumiy marosimlar. O‘zbek mavsumiy marosim 
folklori o‘z ichiga quyidagi janrlarni qamrab oladi: 
1) yil fasllari bilan bog‘liq marosim folklori janrlari: 
a) Qishki marosimlar folklori janrlari: «Sherda», «Qor 
xat». Xalqimizning qadimiy an’anasiga ko‘ra, yil bo‘yi 
mehnat qilib, kuzda dala ishlarini nihoyasiga yetkazgan 
dehqon va bog‘bonlar, shuningdek, o‘z suruvini qishlovga 
qaytarib kelgan chorvadorlar qishi bilan turli-tuman 
marosimlar orqali vaqtning ko‘ngilli o‘tishini ta’minlaganlar. 
Yoshi teng bo‘lgan kishilar, ya’ni hamteng, jo‘ra, do‘st-
yorlar «teng-tengi» bilan yig‘ilishib, «Gap-gashtak», 
«Dangana», «To‘kma», «Sherda», «Harfona» («Xalpana»), 
«O‘tirishma», «Ziyofat», «Tashkil», «Gurung» kabi turli xil 
marosimlarni tashkil etishgan. Ana shu xildagi o‘tirishlar 
xalq orasida keng ommalashgan bo‘lib, odatda, o‘ziga xos 
marosim tarzida o‘tkazilgan.
44
44


Qish fasli bilan bog‘liq mavsumiy marosim folklorining 
o‘ziga xos qo‘shiqlar silsilasini jonli ijro holatida XX asrning 
80-yillariga qadar saqlab kelgan qadimiy janrlaridan biri 
«Sherda» deb atalgan. 
Xalqimiz orasida «Sherda» atamasining bir necha xil 
talqinlari bor. Samarqand viloyati cho‘ponlari shevasida 
«Sherda» so‘zi «pishirilgan bir butun mol go‘shtini teng 
bo‘laklarga bo‘lib olish» degan ma’noda qo‘llaniladi. 
Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanidagi Eski 
Qamay qishlog‘ida yashovchi Hazratqul baxshi Xudoyberdi 
o‘g‘lining aytishicha, «sherda deganimiz masalan, 20 
kishi birlashib bir qo‘yni bozor kuni so‘yib bir yarim yoki 
ikki kg.dan bo‘lib olish odati. Ular yanagi haftada men, 
undan keyingi haftada siz deb navbat tuzib, dastlab sherda 
boshlaganda qanchadan go‘sht bo‘lib olingan bo‘lsa, ana 
shu davom etib, yigirmasi ham bittadan qo‘y so‘yib bo‘lib 
beradi».
«Sherda» marosimining to‘liq tavsifi 1928-yilda 
etnograf olim M.F. Gavrilov tomonidan Zomin va 
Shahriston tumanlarida istiqomat qiluvchi «qirq», «ming», 
«yuz», «qarapchi», «parchayuz» urug‘laridan yozib olingan. 
An’anaga ko‘ra, «Sherda» marosimi ikki xil yo‘l bilan, ya’ni 
o‘tirish uchun zarur bo‘ladigan masalliqlarni birgalikda, 
qo‘shilishib xarid qilish yoki «to‘kma» usulida (shuning 
uchun ham M.F. Gavrilov bu marosim Toshkent atrofidagi 
qishloqlarda «to‘kma» deb ataladi deb yozgan edi) hamda 
marosim ishtirokchilarining har biri galma-gal xarajat qilishi 
yo‘li bilan tashkil etilgan. «Sherda» qish bo‘yi o‘tkazilishi 
ko‘zda tutilganligi sababli bu marosimda ishtirok etadigan 
jo‘ralar, ulfatlar yoki tengdoshlar o‘zlarining ichidan bir 
kishini «bek» qilib saylaganlar. Bek esa o‘ziga yordam 
beradigan «o‘ng otaliq» va «chap otaliq»ni tayinlagan. Ular 
45
45


biror sabab bilan bek «Sherda»da qatnashmay qolsa, uning 
vazifasini bajaruvchi o‘rinbosar hisoblanishgan.
Odatda qish kirishi bilan o‘tkazilgan birinchi «Sherda»da 
«bek» saylangan. Jizzax viloyatining Forish tumanidagi 
Forish davlat xo‘jaligining 2-bo‘limida yashovchi 70 yashar 
Ortiqvoy Risbekovning aytishicha, bu udum «bek ko‘tarish» 
deyilgan. Bunda «Sherda»ga yig‘ilgan yigitlar o‘zlarining 
eng obro‘-e’tiborli jo‘rasini «bek» qilib ko‘tarishgach, 
hammalari qur to‘kib o‘tirishgan va ulardan biri kosagulning 
qo‘lidan bo‘za quyilgan piyolani olib quyidagi qo‘shiqni ijro 
etgan:
Ey begim, beklikkinangga yona bo‘l, 
Majlisa kirgan yigitlar dono bo‘l!
Do‘st kelib, dushman ketar kundir bugun, 
Ey begim, qo‘sh otaliq, mardona bo‘l, 
Begim allayor, allayor, 
Begim allayor, allayor!
Ey begim, nechada bordir yoshingiz, 
Hamisha davlatda bo‘lsin boshingiz, 
Do‘st kelib, dushman ketar kundir bugun, 
Hamisha Xizr bo‘lsin yo‘ldoshingiz, 
Begim allayor, allayor, 
Begim allayor, allayor!
Qor yog‘mayin ola bo‘lgan tog‘lar-a, 
G‘unchasinda xazon bo‘lgan bog‘lar-a, 
Kuyistonda kuyib o‘tgan bedilxon, 
Ustida qag‘illab o‘tgan g‘ozlar-a, 
Begim allayor, allayor, 
Begim allayor, allayor! 
Forishliklar orasida urf bo‘lgan an’anaga ko‘ra, 
46
46


«Sherda»da ba’zan hatto 50-60 nafar ulfatlar ishtirok 
etgan hollar ham bo‘lgan ekan. Ana shunday ko‘p kishilik 
«Sherda»ni boshqarish, tashkil qilish va tartibli o‘tkazish 
bekdan alohida mahorat, tajriba va qattiqqo‘llikni talab 
qilgan. Odatda bunday «Sherda»ning «bek ko‘tarish» 
udumida yigitlar «Sallamno» qo‘shig‘ini ijro etib, bekning 
sifatlarini ta’rif-tavsif qilganlar. Xususan, Forish tumanidagi 
Uchma qishlog‘ilik Yusuf degan yigitni bek qilib ko‘targanda 
jo‘ralari quyidagi qo‘shiqni ijro etishgan:
Yusufbek Uchma soyidan, 
Suhbat qurib jat
1
oyidan, 
Ellik yigitga bosh bo‘lib, 
Yusuf begimga sallamno!
Ellik yigitniyam ozi, 
Yarashiqqa oltin qozi, 
Aning o‘zi bo‘lib sozi, 
Bahushyoringga sallamno!
Yana keldik Yusufbekka, 
Erkavoyning bo‘yi tikka, 
Kosani sunganda bekka, 
Daroz bo‘yingga sallamno!
Yasavuli Erkavoydir, 
Minganlari qilich toydir, 
Aning o‘zi yakka boydir, 
Bahushyoringga sallamno!
Bu marosimning o‘ziga xos jihati shundaki, unda 
ishtirok etuvchi yigitlarning barchasi «Sherda»da aytiladigan 
an’anaviy xalq qo‘shiqlarini shirali ovoz bilan ijro etishgan. 
Ishtirokchilardan biri tomonidan ijro etilgan to‘rtlik boshqa 
1
«Jat» - forishlik cho‘ponlar yanvar oyini shu nom bilan ataydilar.
47
47


kishi tomonidan qaytarilmagan. «Sherda» boshlangach, 
kosagul bo‘za quyilgan kosani ulfatlardan biriga tutar ekan:
Alyor bo‘lsin-ay, 
Xo‘jam yor bo‘lsin-ay, 
Xo‘jam bergan bu davlatga
Dushman zor bo‘lsin-ay! – deb qo‘shiq aytgan. Kosani 
olayotgan kishi bunga javoban odatda «Ollo yor bo‘lsin-
yey!» degan bo‘lsa-da, ko‘pincha javob to‘rtliklari ham 
aytilgan:
Oyga o‘xshaydir yuzing, 
Cho‘lponga o‘xshaydi ko‘zing, 
Muncha ham yaxshi bo‘lurmi, 
El ichinda yulduzing.
Turkiston, Qarnoq, Iqon, Sayram, Qorabuloqda «Sherda» 
marosimida ijro etiladigan an’anaviy xalq qo‘shiqlari 
«Haqqonalar», «Ko‘nalar», «Bo‘zagarlar qo‘shig‘i» deb 
atalgan. Bu joylarda urf bo‘lgan an’anaga ko‘ra, bekning 
amri bilan bo‘za to‘la kosani olgan kishi childirma jo‘rligida 
«Haqqona» qo‘shig‘ining ikki to‘rtligini ijro etishi, binobarin, 
birinchi to‘rtlik qaysi so‘z bilan boshlangan bo‘lsa, ikkinchi 
to‘rtlikni ham aynan o‘sha so‘z bilan boshlash qoidasiga 
rioya qilishi lozim bo‘lgan. «Sherda» marosimining qadimiy 
an’analari o‘tgan asr o‘rtalariga qadar yashab kelgan bo‘lsa-
da, xalqimiz turmush tarzi va qadriyatlarining izchil rivoji 
davomida saqlanib qolmadi. Ammo bu marosimda ijro etilgan 
xalq qo‘shiqlari keksa avlod xotirasida saqlangan bo‘lib, 
folklor ekspeditsiyalari chog‘ida «Haqqona», «Ko‘hna» deb 
ataluvchi bu tafakkur durdonalarining ko‘plab namunalari 
yozib olingan. 
b) Bahorgi marosimlar folklori janrlari: «Boychechak 
xabari» yoki «Boychechak sayli», «Qozon to‘ldi», Navro‘z, 
«Sumalak sayli», «Lola sayli», «Guli surx» sayli «Qizil gul 
48
48


sayli», «Shox moylar», yomg‘ir yog‘dirish va uni to‘xtatish 
marosimi folklori («Sust xotin», «Chala xotin», «So‘z xotin», 
«Chayla qozoq» va h.k.).
Mamlakatimiz hududida an’anaviy tarzda o‘tkazib 
kelingan gul sayllarining eng qadimiysi va keng tarqalgani 
«Boychechak sayli» yoki «Boychechak xabari» marosimi 
hisoblanadi. Tarixan magik xarakterdagi «Boychechak 
sayli» yoki «Boychechak xabari» marosimi qadimdan 
Navro‘zoldi shodiyonalardan biri sifatida o‘tkazib kelingan. 
Ba’zi joylarda bolalar bir dasta boychechakni uzun xodaning 
uchiga bog‘lab olganlar va uni ko‘tarib qishloq aylanganlar. 
Qadimda o‘tgan «Boychechak» marosimida qish va 
ko‘klamning kurashini ifodalovchi sahnalar bo‘lgan. Bunda 
qish va yoz tomon ramziy jang qilib, aytim-qo‘shiq kuylab 
bahslashganlar.
Boychechak chiqqanligi – qish-qirovli kunlar ortda 
qolib, ko‘klam yaqinlashganligini anglatgan. Shuning uchun 
keksa va kasal odamlar bolalar olib kelgan boychechakni 
yuz-ko‘zlariga surtib, undan yaqinlashayotgan bahor hidini 
tuyganlar. Sog‘-omon Navro‘zga yetib kelganliklariga 
shukrona aytib, «Omonlik, omonlik, hech ko‘rmaylik 
yomonlik, yanagi yil shu kunlarga eson-omon yetaylik! 
Og‘irligim yerga, yengilligim o‘zimga», – deganlar.
Xalqimiz tafakkurining betakror mo‘jizasi – Navro‘z 
bayrami qadim zamonlardan bizgacha yetib kelgan 
muhtasham qadriyatlarimizdan biridir. Tabiat va jamiyatdagi 
yangilanishni o‘zida ajoyib tarzda mujassam etgan Navro‘z 
sayli xalqimiz dunyoqarashi, turmush tarzi, o‘ziga xos 
milliy an’analari va badiiy tafakkurining har bir yutug‘idan 
kuch olib, asrlar davomida yanada to‘lishib, yangilanib, 
barkamollashib kelgan umrboqiy shodiyonadir. Navro‘z 
bayrami sayllari yilning eng farog‘atli va saodatli davrida, 
49
49


ya’ni butun olam ko‘klam tarovatidan yashnab ketadigan, 
tabiatda ham, inson ko‘nglida ham yangilanish, yasharish 
mavsumi boshlanadigan damda bo‘lib o‘tadi. Odamlar qalbiga 
cheksiz quvonch, mehr-oqibat, ezgu umidlar baxshida etadigan 
yilboshi sayllari g‘oyatda hayotbaxsh va ayni paytda, bunday 
muhtasham qadriyatlarni ijod qilgan ulug‘ xalqimizning o‘zi 
kabi umrboqiydir. 
Navro‘z sayli tantanalari o‘ziga xos tarzda boshlanadi. 
Barcha shahar, tuman markazlari, qishloq guzarlari va 
mahallalar bahoriy kayfiyat, ruhiy yangilanish, mehr-oqibat, 
yaratuvchilik va bunyodkorlik g‘oyalarini o‘zida aks ettirgan 
shiorlar, lavhalar, suratlar bilan bezatiladi. Sayildan bir kun 
oldin gul-chamanlar bilan bezatilgan mashinalarga o‘rnatilgan 
ovoz kuchaytirgich moslamalari yordamida jarchilar 
yurtdoshlarimizni yilboshi shodiyonalariga taklif etadilar. Bu 
ezgu tantana targ‘ibotida ommaviy axborot vositalari, radio 
va televideniye xodimlari ham faol ishtirok etadilar. Xalq 
o‘yinlari, ko‘pkari, kurash, arg‘imchoq uchish, varrak uchirish 
an’analari bilan birga folklor-etnografik jamoalari, lapar, 
o‘lan, alla ijrochilari, hunarmandlarning ko‘rik-tanlovlari, 
askiyachilarning bellashuvlari, mahalla-ko‘y obodonchiligi, 
oilalar farovonligi, mehr-oqibatlilik bilan bog‘liq ko‘rik-
tanlovlar o‘tkaziladi.
Xalqimizning ko‘hna e’tiqodlaridan biri bo‘lmish 
yilboshini sumalaksiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ota-
bobolarimiz Navro‘zga tayyorgarlikni ham sumalak pishirish 
uchun maysa undirishdan boshlaganlar. Navro‘z bamisoli tan 
bo‘lsa, sumalak uning joni, ularni bir-biridan ajratish mumkin 
emas. Ajdodlarimiz asrlar bo‘yi Navro‘z oqshomi katta-katta 
doshqozonlarda sumalaklarni qaynatib, kelayotgan yangi yil 
barakali, qutli va serhosil bo‘lishiga umid bog‘laganlar. Sumalak 
pishirayotgan onaxonlarimiz qadimiy xalq qo‘shiqlarini, bayt-
g‘azallarni aytib, bayram fayziga fayz qo‘shganlar. 
50
50


Xalqimiz orasida sumalak pishirish bilan aloqador g‘oyat 
qiziqarli an’ana va udumlar, e’tiqod va inonchlar bo‘lgan. 
Ana shunday qadimiy an’analardan biri sumalak pishirish 
bilan aloqador «Ashshadarozi» marosimidir. Amudaryo 
sohillariga xos bu qadimiy marosim va u bilan bog‘liq o‘yin 
Xorazm xalq teatri an’analarini o‘rgangan san’atshunos 
T.Qilichev tomonidan aniqlangan. Olim 1974-yilning 
10-noyabrida To‘rtko‘l tumanidagi «Qirqqizobod» jamoa 
xo‘jaligida yashovchi 70 yashar Bibi momo Qoziyevadan 
sumalak pishirish paytida o‘ynaladigan «Ashshadarozi» 
nomli xalq o‘yinining etnografik tavsifi va qo‘shiqlarini 
yozib olgan. 
Ma’lum bo‘lishicha, «Ashshadarozi» marosimi (Bu 
o‘yinning etnofolkloristik tavsifi T.Qilichevning «Xorazm 
xalq teatri» (Toshkent, Adabiyot va san’at nashriyoti, 1988, 
70-75-betlar) kitobidagi ma’lumotlar asosida bayon qilindi) 
sumalak pishirilayotganda tashkil etilgan. Buning uchun ikki 
yarim - uch metrlar chamasi uzunlikdagi tayoqning uchidan 
yarim metrlar pastrog‘idan ko‘ndalang qilib kichikroq 
bir tayoqcha bog‘langan. Tepa qismida qo‘l shakli hosil 
qilingan ana shu tayoqqa uzun bo‘yli bir ayolning ko‘ylagini 
kiygizishgan va uning uchiga bir ro‘molni ham tang‘ib, 
odam boshiga o‘xshatib qo‘yganlar. Uzun bo‘yli yog‘och 
qo‘g‘irchoqning boshiga xorazmcha duziy do‘ppi kiygizib, 
ustidan oq ipak ro‘mol tashlaganlar. Uzun ko‘ylakli bu 
qo‘g‘irchoq «Ashshadarozi» deb atalgan. Ayollardan biri 
qo‘g‘irchoqqa kiygizilgan uzun ko‘ylakning ichiga kirib 
olib, Ashshadarozini ko‘tarib, sumalak pishirilayotgan joyga 
olib borgan. 
Odatda, so‘zga chechan, xalq qo‘shiqlarini mahorat 
bilan ijro eta oladigan ayolga Ashshadarozi roli topshiriladi. 
U uzun ko‘ylakli sarvqomat qo‘g‘irchoq – kelinchakni 
51
51


ko‘targancha davraga kirib borar ekan, sumalak sayliga 
yig‘ilgan ayollardan biri erkakcha kiyinib o‘rtaga chiqadi-
da, shunday qo‘shiq boshlaydi:
Ashshadarozi mevaram, 
Vaqti namozi bevaram, 
O‘n barmog‘ini o‘ynatib, 
Boqqan onangga bir salom!
Shunda Ashshadarozi, avval, sumalak sayliga bosh 
- qosh bo‘lib turgan tabarruk momolarga, katxudo - 
kayvonilarga, so‘ngra barcha davra ahliga ta’zim qilib, 
salom soladi. Qiz-juvonlar uning tavoze bilan egilib salom 
berishini zo‘r xursandchilik bilan olqishlaydilar. Erkakcha 
kiyingan xotin bilan Ashshadarozi rolini bajarayotgan 
ayol o‘rtasidagi aytishuv esa davom ettiriladi. Keltirilgan 
barcha marosimlar mag‘zida xalqimizning qadim qish va 
yoz haqidagi dunyoqarashlari, mifologik tasavvurlar tizimi 
turadi. Quyidagi jadvalda ushbu tizim aniq aks etgan:
Tavsifi
Yoz (ko‘klam)
Qish (kuz)
Marosimi
«Boychechak» 
marosimi
Ko‘k bo‘ri (ko‘pkari, 
uloq xalq o‘yini)
O‘simlik 
timsoli
Boychechak
Urug‘ (tariq, 
bug‘doy)
Zoomorfik 
timsol
Echki (uloq)
Bo‘ri
Insoniy 
timsol
Qiz
Yigit
52
52


Asosiy 
qo‘shiqlari
«Boychechak»,
«Ashshadorozi», 
«Qoshingni qaro 
deydilar» o‘yin 
raqslari
«Kichkinajon 
kichkina», «Gurgak».
Muqaddas 
taomi
Sumalak
Yorma (halim)
Yulduzlari
Qambar
Hulkar
Xalqimizning bahor fasli bilan bog‘liq an’anaviy 
marosimlaridan biri «Halinchak uchish» yoki «Arg‘imchoq 
uchish» marosimidir. An’anaga ko‘ra, bayram kunlari 
qiz-juvonlar to‘planishib, bog‘ sayriga chiqqanlar. Azim 
o‘riklarning baquvvat shoxlariga arqon tashlab, arg‘imchoq 
– halinchaklar yasashgan, hamma navbati bilan arg‘imchoq 
uchgan. Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanidagi Tangachar 
qishlog‘ida yashovchi Yaxshigul momo Mulla Niyozberdi 
qizining aytishicha, kimki Navro‘zda arg‘imchoq uchsa, yil 
bo‘yi bilib-bilmay qilgan gunohlari «to‘kilarmish». Shu bois, 
keksa momolar ham «Arg‘imchoq uchsak, savob bo‘ladi! 
Og‘irligimiz yerga to‘kiladi, qushdek yengil bo‘lamiz!» – 
deyishib, hazil-huzul bilan arg‘imchoq uchishgan. Nabiralari 
esa «momolarimizning yoshiga yetaylik» degan ezgu niyatda 
arg‘imchoqning ipidan tutib harakatlantirganlar.
Xalqimizning Navro‘z bayrami bilan aloqador 
marosimlari sirasiga kiradigan an’anaviy «Qizil gul» 
sayli agrar kultlar va hosildorlik g‘oyasini o‘zida 
mujassamlashtirgan qadimiy umumxalq tantanalaridan 
biridir. «Qizil gul» sayli o‘ziga xos qo‘shiqlar tizimiga ega 
bo‘lgan qadimiy mavsumiy tantanalardan biri bo‘lib, har 
yili bahorda qizil gullar ochilgan paytda an’anaviy tarzda 
53
53


o‘tkazib kelingan. U o‘z tarkibiga xalq qo‘shiqchilik san’ati, 
o‘yin folklori, raqs, xalq teatri, hunarmandchilik, urf-odat 
va marosimlarni qamrab olgan ma’naviy qadriyat namunasi 
sanaladi.
Yomg‘ir chaqirish bilan bog‘liq marosimlarning 
keng tarqalgan ko‘rinishi «Sust xotin» deb atalgan bo‘lib, 
bu marosimga oid ilk ilmiy qayd muallifi o‘lkashunos 
G.Arandarenkodir. U o‘zining 1877-yilda yozilgan 
Zarafshon vohasi aholisining metereologik qarashlariga 
oid bir maqolasida yomg‘ir yog‘dirish marosimi bilan 
bog‘liq «Susxotin» marosimi qo‘shig‘ining bir namunasini 
keltirgan. Unga ko‘ra, mazkur marosimda quyidagi qo‘shiq 
ijro etilgan:
Yomg‘ir yog‘sin, Susxotin, 
Arpa pishsin, Susxotin, 
Sigir iysin, Susxotin.
Ko‘klam qurg‘oq kelib lalmiga ekilgan bug‘doy o‘smay 
qolsa, o‘n-o‘n besh chog‘li yigit-yalanglar yig‘ilishib, bir 
bolani eshakka teskari mindirib, qo‘liga suv to‘lg‘azilgan 
kadini tutqazib qo‘yishadi. Ikkita toshbaqani tutib kelib, 
oyog‘iga ip bog‘lab, eshakka osishadi. Joni og‘rigan 
jonivorlar zorlanib ovoz chiqaradi. Eshak ustidagi bola 
esa qo‘lidagi kadiga solib qo‘yilgan naychani aylantirib, 
toshbaqa ovoziga monand holda «g‘urr-g‘urr» deb baqiradi. 
Shunday qilib, yigitlar uyma-uy yurishar, har uyga borganda 
eshak mingan bola: «Voy, jonim! Kuydim-ey! Kuydim-
ey!» - deb qichqiradi. Xonadon sohibi bo‘lsa bir chelak 
suv chiqarib haligi bolaning ustiga sepadi. Yigitlar uy egasi 
bergan don-dun yoki boshqa biror yegulikni olib qo‘shiq 
aytgancha boshqa hovli tomon yurishadi:
Havo yog‘mas bo‘larmi, 
Tomchi tommas bo‘larmi, 
54
54


Saksondagi kampirlarni, 
Suv oqizmas bo‘larmi, 
Sust xotin-o, sust xotin, 
Ko‘ylaklari bo‘z xotin.
Dehqonlarni g‘am bosdi, 
Omochlarni chang bosdi, 
Havo yog‘sin zarchalab, 
Bug‘doy bo‘lsin shoxchalab, 
Sust xotin-o, sust xotin, 
Ko‘ylaklari bo‘z xotin.
Ko‘lbuloqlik Sa’dulla Mirsaparovning xotirlashicha, 
«Sust xotin» marosimini o‘tkazayotganda dehqonlar 
omochlarining uchini tepaga qaratib qo‘yishgan. Omochning 
tig‘iga bitta toshbaqani osib qo‘yib qiynaganlar. Go‘yo 
jonivorning qiynalganini ko‘rib rahmi kelgan Xudo yomg‘ir 
yuboradi deb umid qilganlar. Ayollar esa uyma-uy yurishib, 
«Sust xotin» qo‘shig‘ini aytishgan. Uy egasi bug‘doy chiqarib 
bersa, xotinlar: «Oblohu akbar! Guldur momo, Jaldir momo 
kelsin, yomg‘ir yog‘sin, hammamiz seroblikka chiqaylik!» 
– deb niyat qilisharkan. Marosim nihoyasida yig‘ilgan don-
dundan osh pishirib, elga tarqatadilar.
v) Yozgi marosimlar folklori janrlari: shamol chaqirish 
(«Yo Haydar») va shamol to‘xtatish marosimlari («Choy 
momo», «Yalli momo»), «Haqullo». Marosimning uchinchi 
lokal varianti Sayram tumanining Pushkin nomli jamoa 
xo‘jaligida qayd qilingan. Axborotchilarning ma’lumotiga 
qaraganda, qattiq shamolning oti «Choymomo» bo‘lib, 
olmapishar vaqtida kuchli shamol esib, mevalarni to‘kib, 
zarar yetkazadigan bo‘lganda shamolni to‘xtatish maqsadida 
mazkur marosim o‘tkazilar ekan. Marosimning barcha 
rituallari, asosan, uchta kampir tomonidan bajarilgan: 
55
55


ulardan biri o‘qlog‘ini minib olsa, ikkinchisi, supurgi ushlab 
olgan, uchinchi, kampir esa yig‘iladigan masalliqlarni 
to‘rvaga solib ko‘tarib yurgan. Uch kampir ana shu holatda 
qishloqdagi har bir uy oldiga borib Choymomo qo‘shig‘ini 
aytganlar. Uy egalari xayr-sadaqa qilib chiqarib bergan 
narsalarni to‘plab, xudoyi qilib berganlar. Axborotchi Jahon 
opa Imomrashidovaning eslashicha, ularning qishlog‘ida 
istiqomat qilgan Bodomgul momo degan kampir ana shunday 
marosimlarda doim qatnashib kelgan bo‘lib, u quyidagi 
qo‘shiqni aytgan ekan:
Choymomo, choy, choy, choy, 
Chayilib qolsin quv shamol, 
Bosa-bosa beringlar, 
Bosilib qolsin quv shamol!
Uga-uga beringlar, 
Ugilib qolsin bu shamol.
Choymomolar o‘libdi, 
O‘g‘li yetim qolibdi, 
Choymomoning onasi, 
Amakimga boribdi, 
Choymomo, choy, choy, 
Chayilib qolsin quv shamol, 
Bosa-bosa beringlar, 
Bosilib qolsin quv shamol!
Uga-uga beringlar, 
Ugilib qolsin quv shamol.
O‘zbeklarning shamol chaqirish bilan bog‘liq irim-
sirimlari va bu e’tiqodiy inonchlar tizimi bilan aloqador magik 
aytim matnlarida shamolning afsonaviy homiysi – Haydar 
yoki Mirhaydar nomi tilga olinadi. Xirmon sovurayotganda 
havo dim bo‘lib, somon yurishmasa, sopol yoki chinni 
56
56


idishlarni taqillatib, hushtak chalishgan. Shundayam shamol 
esavermasa, hushtak chalib turib:
Shamolingni qo‘yvor, 
Somoni sendan, 
Bug‘doyi mendan, 
Haydaro, Haydar, 
Bolang suvga oqdi, 
Yugur ushlab ol!
O‘rta Osiyo turkiy xalqlari folkloridagi shamol 
homiysining nomi sifatida qo‘llaniluvchi «Haydar» 
atamasining kelib chiqishi «Avesto»da nomi tilga olingan 
shamol xudosi «Vata» - «Vata» atamasiga bog‘lanadi.
O‘zbek dehqonlarining an’anasiga ko‘ra, bug‘doyni 
o‘rib-yig‘ib olgandan keyin, yanchiq paytida «Chosh 
qurdi», «Chosh oshi», «Xirmon oshi», «Choshning belini 
bog‘lash», «Haqullo» kabi marosimlar o‘tkazilgan. Bug‘doy 
o‘rilgach, dehqonlar arava-ulov bilan g‘aramlarni xirmon 
joyiga tashiganlar. G‘alla tashishda ishtirok etadigan 
yigitlar aravalarda g‘aramlarni tashiyotib, «Havvor-havvor» 
qo‘shig‘ini ijro etishgan:
Ko‘z tegmasin sayrog‘ingga, havvor-havvor, 
Tosh tegmasin tuyog‘ingga, havvor-havvor, 
Asta-asta jebalagin, havvor-havvor, 
Quvvat bersin oyog‘ingga, havvor-havvor, 
Uzoq yo‘lda hamrohim, havvor-havvor, 
Og‘ir yukdan hinqillab, havvor-havvor, 
Sola bersam cho‘qqingga, havvor-havvor, 
Yo‘rg‘alagin zing‘illab, havvor-havvor.
Bir joyga to‘plangan bug‘doy g‘aramlarini yanchish 
ishi boshlanadigan kunni qashqadaryolik dehqonlar «ayaq 
57
57


qo‘shdi» deb atashgan. Xirmonga uyulgan g‘aramlarni 
yanchgandan keyin choshni somondan ajratish uchun 
xirmon sovurayotgan dehqonning yoniga kelgan kishilar 
xirmonchining ishi yengillashsin uchun «Xirmonga baraka, 
xirmonga!», «Mo‘lchilik-ko‘lchilik», «Ko‘p bersin, kam 
qilmasin» deydilar.
g) Kuzgi marosimlar folklori janrlari: «qovun sayli». 
Xalqimizning kuzgi mavsumiy marosim folklori tizimida 
polizlarda turfa qovunlar g‘arq pishgan paytda o‘tkaziladigan 
«qovun sayli» alohida o‘rin tutadi. Chunki o‘lkamizda 
qovunning xilma-xil navlari o‘stirilgan bo‘lib, mirishkor 
dehqonlar bunday sayillarda o‘zlari yetishtirgan yangi 
navlarni, eng mazali qovunlarni namoyish etishgan. 
«Qovun sayli» mamlakatimizning deyarli barcha 
viloyatlarida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelingan. Bu 
sayilda turli-tuman qovunlar namoyish etilgan, yigitlar 
va o‘smir bolalar «qovun-qovun» o‘yinini o‘ynaganlar. 
Bunda o‘yinchilar ikkiga bo‘linib, bir-birlariga qovunlarni 
otib, ularning shirinligi, tilimi tilni yorishini qo‘shiq qilib 
kuylashgan. Aytishuv shaklidagi bu qo‘shiqning har bir 
to‘rtligi «Qovun-qovunlar dedim» an’anaviy takrorlanuvchi 
misra bilan boshlanib, keyingi misralarda istalgan qovun 
nomini qo‘shib ijro etilavergan:
Qovun-qovunlar dedim, 
Mazali qovunlar dedim, 
Ey shirinnovvot dedim, 
Gurvak qovunlar dedim.
Qovun-qovunlar dedim, 
Shirin qovunlar dedim, 
Oq bekzodi, ko‘k bekzodi, 
Qariqiz qovunlar dedim.
58
58


Shirinnovvot qovunimiz, 
Mazasidan tomadi bol, 
Farhod bo‘lib bellashamiz, 
Shirin bo‘lib ko‘nglimiz ol.
O‘ynang qizlar, o‘ynang qizlar, 
Bog‘da gulday yashnashaylik, 
Shirin novvot bir bahona, 
Oshiq ko‘nglin xushlashaylik.
Xorazm viloyati tumanlarida esa «Qovun sayli»da 
an’anaviy «Shirinnovvot» o‘yini o‘ynalgan. Bu o‘yinni 
o‘ynash uchun katta ayvoni bor uy tanlangan va yigit-
qizlar har xil qovunlarni olib shu uyga yig‘ilishgan. Yigitlar 
qovunlarni ko‘tarib tomga chiqishgan va ayvon tepasidan 
ipga bog‘langan qovunlarni pastda turgan qizlar tomonga 
tushirishgan. Qizlar ilib olish uchun qo‘l cho‘zishganda ular 
ipni yuqori tortganlar. Shu tariqa o‘yin davom ettirilgan va 
yigit-qizlar tomonidan lapar usulida qo‘shiq aytilgan.
3. Oilaviy marosimlar. Oilaviy marosimlar tizimi ham o‘z 
navbatida ikki katta guruhga ajralardi. 1) To‘y marosimlari 
folklori. 2) Motam marosimlari folklori. 
To‘y marosimi folklori. To‘y dunyoning barcha 
xalqlariga xos marosimdir. «To‘y» atamasi «to‘ymoq», 
«el-yurtga ziyofat bermoq» ma’nolari orqali muayyan kishi 
hayotidagi muhim burilish nuqtasini anglatadi. Binobarin, 
to‘y ham moddiy, ham ma’naviy oziqlanish marosimidir.
O‘zbek to‘y marosimlari nikoh to‘ylari bilangina 
chegaralanib qolmay, balki xatna (sunnat), beshik to‘yi 
kabilardan ham tashkil topgandir. Bu marosimlar turli 
munosabatlar bilan o‘tkazilganligi tufayli ularda ijro 
etiladigan folklor janrlari ham xilma-xillik kasb etadi.
59
59


Beshik to‘ylari folklori, odatda, beshik to‘yi oiladagi 
birinchi (to‘ng‘ich) farzand uchun o‘tkaziladi va u tantanali 
kechadi. Ba’zan oilaning moddiy turmush darajasi bilan 
bog‘liq holda bu tartib o‘zgarishi ham mumkin.
Sunnat to‘yi folklori. Xalqimizda o‘g‘il bolalarning 
«qo‘lini halollash», ya’ni sunnat qilish marosimining o‘ziga 
xos folklor an’analari mavjud bo‘lgan. «Sunnat» so‘zi aslida 
arabcha bo‘lib, Payg‘ambarimiz bajargan va boshqalarga 
ham tavsiya qilgan amallardir. Bu marosim ko‘pgina joylarda 
«xatna to‘yi» deb ham ataladi. Zero, «xatna» atamasi arab 
tilidagi «kesmoq», «qisqartmoq» ma’nolarini anglatuvchi 
«xatnun» so‘zidan olinganligi uchun o‘g‘il bolalar jinsiy 
a’zosi uch qismi terisini kesish bilan bog‘liq marosim ham 
«xatna to‘yi» deb yuritiladi. 
Bolani xatna qilish an’anasining tarixiy ildizlari ibtidoiy 
jamoa davridagi sinov-initsiatsiya rituallari, xususan, 
bolalarni bir yosh-jins mansubiyatidan boshqasiga o‘tkazish 
bilan bog‘liq qadimgi udumlarga borib taqaladi. Xatna qilish 
odati qadimiy Misr, Indoneziya, Avstraliya, Afrika xalqlarida 
ham kuzatilgan. Sunnat qadimiy Bobilda yashagan somiy 
xalqlar o‘rtasida ham keng tarqalgan. Xatna O‘rta Osiyoda 
qadimdan mavjud bo‘lgan degan taxminlar bo‘lsa-da, biroq 
u islom dini kirib kelgandan (VIII asr)dan so‘ng keng 
tarqalgan.
Bu marosim mamlakatimiz viloyatlarida «xatna to‘yi», 
«sunnat to‘yi», «ummat qilmoq», «huydo-huydo qilmoq», 
«chuk to‘yi», «to‘yi pisar», «chukburon», «gula qildirish», 
«kestirish», «chukron to‘yi», «o‘g‘il to‘yi», «nevara to‘yi», 
«qo‘l halollash to‘yi» kabi nomlar bilan ataladi. 
Mamlakatimizning turli viloyatlarida o‘tkaziladigan 
xatna to‘yi o‘z tarkibiga mansub udumlari bilan bir-biridan 
farqlanib turadi. Xorazm vohasida istiqomat qiluvchi 
60
60


aholi orasida xatna to‘yi «maslahat palovi», «ko‘rpa 
iyma», «bug‘doy artish», «un artish», «idish tayyorlash», 
«xo‘nayo‘g‘ich yo‘nish», «chopon bichish», «po‘ssiq 
pishirish», «potiya olish», «bola gizlash», «qo‘l bog‘lash», 
«bog‘lov puli olish», «ko‘vish gizladi», «suyunchi puli», 
«usta haqqi», «bola ko‘rdi», «emish», «usta yo‘qlov», 
«hormasin», «pul tutar», «xalta to‘ldirar», «pul sanar», «oltin 
qovoq», «ko‘rpa yig‘ar» kabi udumlarni o‘z ichiga oladi.
Surxon vohasi «o‘g‘il to‘yi» marosimining tarkibi 
«ko‘rpa tikdi», «kichik maslahat» yoki «kichik to‘y», 
«maslahat oshi», «o‘tin oshi» yoki «o‘tin yig‘ar», «qozon 
qurish», «non pishirar», «Bibi mushkul», «kiyit pichar», 
«xatmi Qur’on», «nahor oshi», «bola keldi» yoki «hayyor 
do‘st», «bola kiyintirar», «chanki», «katta to‘y», «qo‘noq 
berish», «gula qilish», «supra qoqdi», «bola ko‘rar», «xizmat 
oshi», «usta yo‘qlandi» kabi uzvlardan tashkil topgan. 
Andijon viloyatida esa «sunnat to‘yi»ning tarkibida 
«bug‘doy tozaladi», «eshik tozaladi», «supra yozdi», «o‘tin 
oshi», «supra soldi», «supra ochdi», «maslahat oshi», 
«tandir qurdi», «un eladi», «novvoy soldi», «devonai 
Bahovaddin noni», «qozon qiyshaydi», «so‘qim oshi», 
«so‘qim yiqilmayapti», «xatmi Qur’on», «sabzi archdi», 
«ertalabki osh», «ko‘rpa yig‘di», «jiyan tovoq», «lakki», 
«to‘polon oshi», «to‘qqiz tortdi», «ot chopdi», «osh yedi», 
«peshdasturxon», «oqsoqol tovoq», «yigit og‘a tovoq», 
«ot yasatti», «ulush», «bola berkitdi», «qo‘l bog‘ladi», 
«bog‘landi puli», «chukron», «chukron oshi», «chukron 
noni», «keskilik», «kulola», «kalish berkitdi», «sovrin haqi», 
«to‘ylik», «o‘pka urushtirdi», «xo‘roz so‘ydi», «kurash», 
«bola ko‘rdi», «shavla yedi», «ketar shavla», «mehmon 
oshi», «usta yo‘qladi», «hormasin» singari udum, marosim, 
rasm-rusum va odatlar mavjud. 
61
61


Sunnat to‘yida maxsus jarchi tomonidan qishloq-mahalla 
ahlini to‘yga chorlash udumi «jar» deb atalgan. Chortoq 
tumanidagi Hadikent qishlog‘ida yashagan Qo‘yvoshboy 
polvon degan kishining o‘g‘liga qilgan sunnat to‘yiga jarchi 
shunday deb chaqirgan:
Qo‘yvoshboyning oshi bor, 
Oltmish qo‘yning boshi bor, 
Bola-chaqang ola bor, 
Qil jo‘rjinni sola bor.
Boysun tumanining To‘da qishlog‘ida uzoq yillar 
mobaynida jarchilik qilgan Boynazar Mustafoqulovdan 
yozib olingan ma’lumotga ko‘ra, xatna to‘yidan avval to‘y 
egalari jarchini mehmonga chaqirib, kichikroq ziyofat 
berib, sarpo (odatda, chopon) kiygiziladi. To‘ydan bir kun 
burun jarchi otga minib yurib, qishloqni aylanib chiqadi va 
quyidagi jar aytimini ijro etib, odamlarni to‘yga chaqiradi:
Odamlar-o, odamlar, 
Bog‘da bitgan bodomlar, 
Chupron to‘yi chachalab, 
To‘y qilarlar kechalab, 
To‘ydan keltirdim xabar, 
Kelinglar xeshu tabar!
Yer o‘choqlar o‘yildi, 
Chorqirra qo‘ylar so‘yildi, 
Ko‘pkarining solimiga, 
Qo‘shalab qo‘chqor qo‘yildi, 
Kimning bo‘lsa tulpori, 
Qolmasin, kelsin bari!
62
62


Odamlar-u, odamlar, 
Eshitmadim demanglar.
Qani, naqshni olib chiqinglar, 
«Naqsh» bazmini boshlaymiz, e-he-hey! – deb hammani 
bazmga chorlagan ovozi boshlab bergan. 
Nikoh to‘ylari folklori. Balog‘atga yetgan yigit bilan 
qizning o‘zaro roziligi bilan oila qurishi, bir yostiqqa bosh 
qo‘yishi, kelin va kuyovning nikohini nishonlash marosimi 
nikoh to‘yidir. Nikoh umuminsoniy qadriyatlarni o‘zida 
mujassamlashtirgan urf-odat bo‘lib, ibtidoiy jamiyatning 
so‘nggi davrida yuzaga kelgan va keyinchalik yozma tarzda 
qonunlashtirilgan marosim shaklini olgan. «Nikoh» arabcha 
so‘z bo‘lib, «er-xotinlikni shariat yo‘li bilan qonuniy 
rasmiylashtirish», degan ma’noni bildiradi. («O‘zbek tilining 
izohli lug‘ati», 38). Nikoh to‘yi marosimi tuzilishiga ko‘ra 
uch bosqichni o‘z ichiga oladi. Birinchi bosqich – «to‘y 
tayyorgarligi» deb nomlanadi va bir necha xil marosimlarni 
o‘z ichiga oladi, ya’ni «beshik kerti», «etak yirtar», «quloq 
tishlatar», «atab qo‘yar», «qiz tanlash», «ro‘mol o‘rar», 
«lali yuborar», «sovchilik», «qiz sinov», «unashtirar», 
«non sindirar», «qonjig‘a tovoq», «jaloq qizartirar», «fotiha 
to‘yi», «yo‘l to‘sar», «shox uloq», «buqcha ochar», «hadya 
tovoq», «ulush yoki non-u sochiq», «qalliq o‘yin», «paxta 
solar» kabi uzvlardan iborat.
Ikkinchi bosqich – «katta to‘y» deb nomlanib, kelin-
kuyovni nikohlash va kelinni kuyovning uyiga olib 
ketishdan iborat marosimdir. Bu bosqich «vakil so‘rash», 
«kuyov sinov», «o‘tin yorar», «kuyov kiyintirar», «kuyov 
yor-yori», «oriyat yo‘li», «to‘qqiz tovoq», «qari ilik», «to‘n 
kiygizar», «uzangi bardor», «chavqi qilar», «o‘t yoqar», «ota 
sinov», «olovdan aylantirar», «kampir o‘ldi», «ipak iluv», 
«soch siypatar», «oyna ko‘rsatar», «oyoq bosar», «shirin 
63
63


suv ichirar», «it irillatar» kabi qator uzvlarni o‘z ichiga 
oladi va turfa rasm - rusumlarga boyligi bilan alohida ajralib 
turadigan asosiy tantana hisoblanadi.
Uchinchi bosqich – «to‘y yakuni» deb ataladi va «bet 
ochar», «kelin salom», «kuyov salom», «eshik iluv», 
«chimildiq uzar», «chaqiruv» kabi marosimlardan iborat. 
Bu marosimda, asosan, kelin-kuyovning yaqin qarindosh-
urug‘lari ishtirok etadilar. Kelin-kuyov qirq kun chilla 
saqlaydi va chilladan chiqqach, kelinning ota-onasi o‘z qizini 
va kuyovini «chaqirdi» qiladi. Bu marosim xalq orasida 
«chaqiruv» deb yuritiladi. Ana shu marosim nikoh to‘yining 
yakunlovchi qismi hisoblanadi. 
Sovchilarning o‘ziga xos aytim-so‘zlari ham mavjud 
bo‘lganki, bu ulardan so‘zamollikni, chechanlikni, xush-
muomalalikni talab qilgan. Xususan, Boysun tumanining 
Qizilnov qishlog‘ida yashovchi Qatag‘on urug‘iga mansub 
o‘zbeklarda sovchilikni «elchilik» deyiladi. Sovchilar qiz-
nikiga borganda 
Elga tushgan elchiman, 
Qizga kelgan sovchiman, 
Bir qorabay cho‘ri so‘rab keldim, – deyishgan.
Shu tumandagi Machay qishlog‘ida esa sovchilikka 
kelgan kishilar «Biz sizning uyingizga kunda yorgani keldik» 
deyishgan. Bu aytim o‘zbek nikoh to‘yi marosimi tizimidagi 
«kuyov sinov» udumi bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, ilgari qiz 
tomon katta daraxtlarning kundasini yordirish orqali bo‘lajak 
kuyovni sinab ko‘rgan. Kuyovga kunda yordirish odati 
Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanida yaqin vaqtlargacha 
saqlanib kelgan. 
Boysun shahrining shundoq yonginasida joylashgan 
64
64


Sariosiyo qishlog‘ida sovchilikka borgan kishilar «Sizlar 
bizning xesh-u taboramiz, shu bois qarindoshlikni 
mustahkamlash uchun sizning uyingizga yovchi bo‘lib 
keldik» – deyishar ekan. Surxondaryo viloyatida sovchilar 
qizning uyiga borganda «qullikka keldik», «eshik yoki hovli 
supurishga keldik», «qarindosh bo‘lish uchun keldik», «bir 
farzandingizning qo‘lini so‘rab keldik», «bir bolangizni 
bizlarga farzandlikka berarsiz deb keldik», «bir farzandimiz 
ikkita bo‘lsin deb keldik», deya gap boshlashar ekan.
Xalqimizning bevosita nikoh to‘yi bo‘lib o‘tadigan 
kunda o‘tkazilgan turli-tuman udum va marosimlari ham 
mavjudki, ularning aksariyati o‘ziga xos qo‘shiqlari, aytim 
va olqishlari bilan alohida ajralib turadi. Kuyov kelinnikiga 
kelganida chimildiq tutilgan va kuyov bilan uning jo‘ralari 
chimildiqli uyga olib kirilgan. Kuyov odob saqlab o‘tirmay 
turganida kelinning otasi bilan onasi: «O‘tiring kuyov, 
o‘tiring, davlatimizning sherigisiz, qizimizni sizga topshir-
dik, sizni Xudoga», – deyishgach, kuyov o‘tirgan. «Kuyov 
o‘tirsin» udumiga ko‘ra, kelinni olib ketish uchun kelgan 
kuyov yigit qaynonasining uyida chimildiqqa kirganida 
odob va hurmat yuzasidan o‘tirmasdan tikka turaveradi. 
Shunda kuyovning qaynonasi kirib kelib:
Ikki tog‘ning orasidan, 
Oy chiqadi lovullab, 
Kuyov to‘ra kirib kelar, 
Sepichlari yalpillab.
O‘tirsinlar, kuyov to‘ra.
Kuyov to‘ra o‘tirmasa, 
Uylarni berdim, 
Qoziqda kishnagan, 
Duldulni berdim.
65
65


Qafasda sayragan, 
Bulbulni berdim, 
O‘tirsinlar, kuyov to‘ra.
Kuyov-kuyov deydilar, 
Mulla kuyov deydilar, 
Qaynotasi bilan qaynonasi
Eshigidan borganda
Xush kelibsiz, deydilar, 
O‘tirsinlar, kuyov, o‘tirsinlar, – deydi. Shundan keyin 
kuyov o‘ziga belgilangan joyda o‘tiradi.
Kuyovnikiga kelgan kelin uyga kirganidan keyin 
chimildiqning ichidagi to‘shak ustiga o‘tirmay tikka turadi. 
Shunda kuyovning onasi yoki buvisi kelinni o‘tirishga taklif 
qilib qo‘shiq aytadi. «Kelin o‘tirsin» nomli bu an’anaviy 
xalq qo‘shig‘i buxoroliklar orasida keng tarqalgan bo‘lib, 
«kelin tushdi» udumining qadimiy uzvlari sirasiga kiradi. Bu 
qo‘shiqda qaynona o‘z keliniga uyning to‘rini, ro‘zg‘oridagi 
barcha ishlarni, bor davlatini baxsh etganligi ifoda etiladi:
Oftobi anvarim, xush keldingiz, 
Ikki diydam, sarvarim, xush keldingiz, 
Siz uchun oy-u kun mushtoqdir, 
Jon bolamning qallig‘i, xush keldingiz.
Oyim kelin o‘tirsin!
Yana kelin o‘tirmasa, uylarni berdim, 
Poygakni qo‘yib, to‘rlarni berdim, 
Bor-u yo‘q davlatimni berdim, 
Jamiki savlatimni berdim.
Oyim kelin o‘tirsin!
66
66


Kelin oyim yashasinlar, 
Taglariga baxmal to‘shasinlar.
Kelin oyim bilan o‘g‘limdan bo‘lgan bolalar
Ota-onalariga o‘xshasinlar.
Oyim kelin o‘tirsin!
Xalqimiz an’anasiga ko‘ra, nikoh to‘yining ertasi va 
undan keyingi kunlarda o‘tkazilgan bir necha marosimlar 
ham mavjud bo‘lib, ular o‘ziga xos qo‘shiqlari, ya’ni verbal 
komponenti bilan alohida ajralib turgan. To‘yning ertasi kuni 
kelinchakning yuzini ochishga bag‘ishlab o‘tkaziladigan 
marosim «bet ochar» deyilgan. Surxon vohasi aholisi 
udumiga ko‘ra, «bet ochar» rasmi nikoh to‘yining ertasi 
kuni bajariladi Bunda kayvonilar bir yosh o‘g‘il bolaning 
qo‘liga o‘qlov yoki mevali daraxt shoxidan sindirib olingan 
novdani tutqazadilar. Ana shu o‘qlovning uchiga oq paxta 
o‘raladi. Yosh bola qo‘lidagi o‘qlov bilan kelinning boshiga 
solingan maxsus yoping‘ich-ro‘molni ko‘tarib, yuzini 
ochadi. Shundan keyin o‘sha o‘qlov kelin betini ochgan 
o‘g‘il bolaning o‘ziga beriladi. Ba’zi joylarda kichkina o‘g‘il 
bolaning qo‘liga mevali daraxtning cho‘pi beriladi va o‘sha 
cho‘pning uchiga paxta yoki doka o‘raladi. Bola shu cho‘p 
bilan kelinning betini ochib yuboradi. 
«Bet ochar» marosimida kayvoni kelinni kuyov tomon 
qarindoshlari hamda qo‘ni-qo‘shnilar huzuriga boshlab 
keladi va «kelin salom» qo‘shiqlarini aytib, hazil-huzul 
bilan kelinga yangi oila a’zolari hamda bu xonadonning 
yaqin kishilarini tanishtiradi. «Kelin salom»da nomi aytilgan 
kishilar kelinga ko‘rmana beradilar. Oltinsoy tumanidagi 
Xo‘jaipok jamoa xo‘jaligidagi Oxun qishlog‘ida yashovchi 
63 yashar Toshxol Jo‘rayevaning aytishicha, ijrochi bundan 
zavqlanib ketib shunday deydi:
67
67


Oq bulutning ostidan, 
Oyday kelin kelibdi.
Ko‘k bulutning ostidan
Kunday kelin kelibdi.
Kelingiz og‘a-inilar, 
Kelin betin ochadi, 
Ko‘rmanani berganlar, 
Tanga-tilla sochadi.
Shundan keyin isiriqqa tuz, qalampir qo‘shib tutadilar 
va isiriqni kelinning atrofidan aylantirib: «Baniyati shifosini 
bersin, senday kelinning insof – topig‘ini bersin», – deyiladi.
«Yuz ochdi» marosimida esa mevali daraxt (ko‘pincha 
behi) novdasi bilan bir yosh bola kelinning yuzidagi ro‘molini 
ochgach, kayvoni yoki yangalardan biri «kelin salom» aytadi. 
Bu qo‘shiqlar qofiyadosh so‘zlar, kulgili hazil-mutoyiba, 
qiziqarli misralarga boyligi bilan o‘ziga xoslik kasb etadi. Ijro 
jarayonida kelin sukut saqlagani holda salom qaratilayotgan 
kishiga egilib, ta’zim bajo keltiradi. Odatda, «kelin salom» 
ijrosi, dastlab, Xudoga, payg‘ambarlarga, aziz-avliyolarga, 
muqaddas joylarga hurmat bajo keltirish bilan boshlanib, 
so‘ngra kuyovning bobosi va buvisi, ota-onasi, aka-ukalari, 
opa-singillari, eng yaqin qarindoshlari, qo‘shnilari, kelinning 
ovsinlari, to‘yda xizmat qilgan kishilar – nonvoy, oshpaz, 
jarchi va boshqalarga ham bag‘ishlanadi. Yengil yumor bilan 
yo‘g‘rilgan bu qo‘shiqdagi hazil-mutoyibalar hech kimning 
ko‘ngliga tegmaydi.
O‘ho‘ - o‘ho‘ yo‘talgan, 
Obdastasin ko‘targan, 
Qaynotasiga salom.
68
68


Oq soqichday eshilgan, 
Mahallaga kerilgan, 
Qaynonasiga salom.
G‘o‘zadagi pechakday, 
Qayrilmachoq gajakday, 
Qaynonasiga salom.
O‘zbek folklorining qadimiy janrlaridan biri hisoblangan 
«kelin salom» qo‘shiqlarida kuyovning ota-onasi, 
qarindoshlari va yaqinlariga chuqur hurmati, izzat-ikromi o‘z 
badiiy ifodasini topgan.
Motam marosimlari folklori. Motam marosimi folklorining 
katta qismini yig‘i va yo‘qlovlar tashkil etadi. Yig‘ilar, 
odatda, dafn marosimi kunidan boshlab to «uch» yoki «yetti» 
marosimigacha azadorlar yoki maxsus yollangan yig‘ichi 
(go‘yanda yoki nahvagar) tomonidan azaxonaga ta’ziya 
bildirib kelganlar oldida yig‘i bilan ritual ijro qilinadi. Yig‘i 
matnlari qat’iy turg‘unlikka ega bo‘lmaydi. Ular, odatda, bir 
martalik ijroga moslashgan. Sababi, yig‘ilar mavjud holatdan 
kelib chiqib, badihatan kuylanadi. Yig‘ilarga xos situativlik 
va improvizatsion sajiya ular ijrosiga yetarli ta’sir ko‘rsatadi. 
Yig‘ichi an’anaviy yig‘ilarni ijro etar ekan, uning qaysidir 
misrasini yoki so‘zlarini tushirib qoldirishi, o‘zgartirishi yoki 
an’anaviy misralar yordamida yangi yig‘i matnlarini yaratishi 
mumkin. Shu tariqa yig‘ilarda variantlashish hodisasi ham 
kuzatiladi.
Yig‘ilar tarkibida, albatta, yig‘ini ifoda etuvchi «voy-voy-
ey», «voy-dod-ey» kabi undov so‘zlar hamda yig‘ining kimga 
kim tomonidan qaratilganligini bildirib turuvchi undalmalar 
mavjud bo‘ladi va ular yorqin ko‘zga tashlanib turadi. 
69
69


Yig‘ilar kimga qaratilganiga, ya’ni marhum bilan 
yig‘ichining qarindoshlik darajasiga qarab, mavzu jihatidan 
farqlanadi va ularning har biri alohida turkumni tashkil 
qiladi. Masalan, otaga, onaga, boboga, buviga, akaga, 
opaga, ukaga, singilga, farzandga, erga, xotinga, ammaga, 
xolaga, amakiga, tog‘aga va boshqa har bir qarindoshlik 
rishtasi bilan bog‘langan kishilarga bag‘ishlangan yig‘ilar 
murojaat obyekti, badiiy vositalari jihatidan o‘zaro farq 
qilinadi. Ularning har biri yakka, mustaqil yashaydi va 
kimning o‘limiga bag‘ishlanganligiga qarab o‘zaro birlashib, 
kattakon yig‘i turkumini hosil qiladi. Jumladan, otaga yig‘i, 
onaga yig‘i, boboga yig‘i, farzandga yig‘i va hokazo kabi 
poetik turkumlar shular sirasini tashkil etadi. Bu turkumlarga 
kiruvchi barcha yig‘ilar ma’lum bir nisbiy mustaqillikka 
ega bo‘lib, jonli an’anada yakka-yakka ijro etiladi. Chunki 
ular bosh qahramonga berilgan baho, hajmi, kim tomonidan 
kuylanishi jihatidan bir-biridan farq qilib turadi. Aytaylik, 
ota yig‘isi turkumiga kiruvchi yuzlab yig‘ilar yaratilganligi 
ma’lum va ular alohida-alohida ijro etilishi kuzatiladi. Biroq 
ular qancha ko‘p bo‘lsa-da, ota o‘limiga bag‘ishlanganligi, 
marhum ota obrazini talqin etishi, unga xos ramziy belgilarni 
tashib kelishiga ko‘ra o‘zaro mantiqan birlashib turadi. 
Lekin ota yig‘ilari otaning oiladagi o‘rniga berilgan bahoga 
va o‘g‘il yoki qiz farzand tilidan kuylanganligiga qarab 
bir-biridan farq qiladi. Binobarin, otaga bag‘ishlangan 
yig‘ilarda ota-quyoshga, ustunga o‘xshatilsa, ona-oyga, 
buloqqa o‘xshatiladi. Bobo eski bog‘ning kundasiga, amma 
eshikning tambasiga, xola gul-u lolaga, farzand gulga yoki 
bulbulga tashbeh qilinadi. Shuningdek, ularga nisbatan 
qo‘llaniladigan sifatlashlar ham o‘zaro farq qiladi. Masalan, 
ona – «sutli ko‘lim», ota – «suyangan tog‘im», uka – «sho‘x 
bulbulim», opa – «sirdoshim», buvi – «uyimning farishtasi» 
deya sifatlanadi.
70
70


Yig‘ilarning mavzu doirasi keng. Yig‘ichining hayotiy 
tajribasi va ruhiy dunyosi bilan shartlangan yig‘ilarda 
o‘limga munosabat maishiy-falsafiy ruhda ifodalanib 
keladi. Yig‘ilarning mavzu doirasi marhumning shaxsiyati, 
oiladagi tutgan o‘rniga qarab belgilanadi. Xuddi shu o‘rinda 
ta’kidlash joizki, mavzu leksik-grammatik takrordan 
ma’lum bo‘ladi. Er o‘lsa – «vo, to‘ram», xotin o‘lsa – «vo, 
gulim» yoki «vo, uyim» deb, qarindoshlarga «jigarim» 
deya yig‘i beriladi.
Ota o‘limida otaga bag‘ishlab ijro etiladigan yig‘ilar 
motam folklori na’munalari orasida alohida turkumni tashkil 
etadi.
Orqamdagi yuksak tog‘im, 
Otajonim, qaydasiz-a?
Bog‘imdagi gul chamanim, 
Qiblagohim qaydasiz-a?
Otaga bag‘ishlab ijro etilayotgan bunday yig‘ilarda 
otaning oiladagi mavqeyi, uning xonadon boshlig‘i sifatida 
bolalariga g‘amxo‘rligi, pushti panoh va himoyachiligi 
alohida tilga olinadi.
Oila boshlig‘i bo‘lgan otaning hurmati yuksak, baland 
toqqa tenglashtiriladi. Zero, otaga hurmat xalqimizning ulug‘ 
qadriyatlaridandir, Xalq orasida ota bilan bog‘liq e’tiqodlar 
juda ko‘p. Shuning uchun bolalar ota o‘tirgan uyning tomiga 
chiqishni gunoh deb biladilar. Shu tushunchalar asosida 
yig‘ilarda ota «qiblagohim» deya ulug‘lanadi. Hatto otaga 
qarata «mehribonim», «boshimdagi panohim» deya murojaat 
qilinadi. 
Ota oilani birlashtirib turuvchi, unga har tomonlama 
bosh-qosh, moddiy ta’minotchi bo‘lgani bois ko‘p hollarda 
71
71


uning o‘limidan so‘ng oila a’zolari qiynalib qolishadi. Buni 
hatto bolalar o‘lim yuz bergan kundanoq his eta boshlaydilar 
va o‘z his-tuyg‘ularini yig‘i matnlarida ifodalar ekanlar, 
«boshidagi posboni», «oldidagi sarboni» o‘limidan qattiq 
aziyat chekayotganliklarini ta’kidlaydilar. Otasiz oilalarda 
yuz beradigan boshboshdoqlik «buzilgan qo‘rg‘on»ga 
qiyoslanadi.
Ona vafoti munosabati bilan aytiladigan yig‘ilar 
ham talaygina. Ularda onaning mo‘tabar zot ekanligi, 
mehribonligi va fidoyiligi madh etilishi orqali ona o‘limiga 
achinish, bundan g‘am chekish holatlari ifoda etiladi. 
Volidam, Makkam, Madinam
Mehribonim, jonim onam. (B.u.g‘., 39-b.)
Yoki:
Oq sutingga rozi bo‘l, 
Azizam - Ka’bam onam. (B.u.g‘., 34-b.)
Ona nomini muqaddas qadamjolar nomi bilan teng 
qo‘yish orqali uning ham mo‘tabar zot ekanligi ta’kidlanadi. 
Onaning mo‘tabarligi esa o‘ta mehribonligi, fidoyiligi, 
g‘amxo‘rligi bilan belgilanadi. Ona vafotiga bag‘ishlangan 
ayrim yig‘ilar hatto kuyga solinib, qo‘shiq qilib kuylanadi.
Onalarga bag‘ishlangan motam yig‘ilarida, asosan, 
onaning beqiyos mehr-muhabbatli ekanligi, farzandlari 
uchun umrbod kuyib-pishganligi, mushfiqligi, shirin so‘zligi, 
bolalarini oq yuvib, oq tarab, oq sut berib boqqanligi tilga 
olinadi. Ayniqsa, uning ro‘zg‘or qiyinchiliklariga sabr-toqat 
bilan yelka tutib berganligi alohida madh etiladi:
Boriga ham yo‘g‘iga, 
Achchig‘u ham totiga.
72
72


Dardiga ham dog‘iga, 
Sabri ul tog‘im onam. (B.u.g‘., 35-b.)
Ona o‘limi-farzandlar uchun katta yo‘qotish. Shuning 
uchun farzandlar ona o‘limida:
Xayr ketdi sen bilan, 
Ko‘rk ketdi sen bilan.
Bir o‘zing dunyomiding, 
Dunyo ketdi sen bilan, (B.u.g‘., 36-b.) – deya nolish 
qiladilar.
Ayniqsa, onalar qizlarning yaqin sirdoshi, ko‘makchisi 
va maslahatdoshi bo‘lishadi. Lekin ko‘pincha qizlar ham, 
o‘g‘illar ham o‘z ro‘zg‘orlari bilan bo‘lib, onalarini unutib 
qo‘yishadi. Uning holidan kamdan-kam xabar oladilar. 
O‘lim yuz berganda ana shu haqiqat yuzaga chiqib, bundan 
farzandlar qattiq afsus-nadomat chekadilar. Ularning afsus-
nadomati esa boshqalarga saboq bo‘lib yangraydi:
Qiz dedim, o‘g‘il dedim, 
Ro‘z dedim, ro‘zg‘or dedim, 
Hech o‘zimdan ortmadim.
Dilginang tortgan taom-la, 
Bir kuni yod etmadim.
Kiydirgani, xush etgani, 
To‘rt enlik mato topmadim. ( B.u.g‘., 35-b.) 
Xullas, ona-buyuk zot bo‘lib, uning buyukligi 
farzandlariga g‘amxo‘rligida aks etadi. Farzandlar onasini 
«boshdagi tojga», «bog‘ning bog‘boniga», «ro‘zg‘orning 
sultoniga», «taxti ravonga», «mulki jahonga» tenglashtiradilar. 
73
73


Yig‘ilar orasida og‘a-inilarga, opa-singillarga bag‘ishlangan 
namunalar ham mavjud. Ular «akaga», «ukaga», «opaga», 
«singilga» bag‘ishlangan yig‘ilar sifatida alohida-alohida 
turkumni hosil qiladi va o‘ziga xos poetik lug‘ati bilan o‘zaro 
farq qiladi.
Adabiyotlar:
1. Alaviya M. O‘zbek xalq marosim qo‘shiqlari. – 
Toshkent: Fan, 1974. – 222 b.
2. Jo‘rayev M. O‘zbek mavsumiy marosim folklori. 
Pedagogika institutlari filologiya fakulteti talabalari uchun 
o‘quv qo‘llanma. Mas’ul muharrir: A.Musaqulov. – 
Toshkent: Fan, 2008. – 1926.
3. Jo‘rayev M. Navro‘z bayrami. O‘zbek folklorshunosligi 
kutubxonasi. Mas’ul muharrir: T.Mirzayev. – Toshkent: Fan, 
2009, 12 b.t. 
4. Ismoilov H. O‘zbek to‘ylari. – Toshkent: O‘zbekiston, 
1992. – 189 b.
5. Ismanova O. Farg‘ona vodiysi o‘zbek to‘y marosim 
folklorida yor-yor janrining ijro o‘rni // O‘zbek tili va 
adabiyoti. – Toshkent, 2006. – 4–son. - B.68-71.
6. Madayev O. O’zbek xalq og’zaki ijodi. – T.: «Mumtoz 
so‘z», 2010
7. Navro‘z taronalari (Navro‘z bayrami va bahoriy 
udumlar bilan bog‘liq o‘zbek xalq qo‘shiqlari). To‘plab, 
nashrga tayyorlovchi, so‘zboshi va izohlar muallifi: 
M.Jo‘rayev. – Toshkent: Kamalak, 2016.– 96 bet.
8. Navro‘z qo‘shiqlari. To‘plab, nashrga tayyorlovchilar 
va so‘ngso‘z mualliflari: Sh.Turdimov, Jabbor Eshonqul. – 
Toshkent: O‘zbekiston, 2010, 7 b.t.
9. Nurmurodova B. Folklorga oid maqolalar 
74
74


bibliografiyasi. Mas’ul muharrir: M.Jo‘rayev. –Toshkent: 
Fan, 2008, 6 b.t.
10. Ostonasi tillodan. To‘y marosim qo‘shiqlari/ Nashrga 
tayyorlovchilar: M.Mirzayeva, A.Musaqulov. – Toshkent: 
Fan, 1992.
11. Safarov O. «Kelin o‘tirsin» va «Kuyov o‘tirsin» 
marosimi qo‘shiqlari (Buxoro nikoh to‘ylari misolida) // 
O‘zbek tili va adabiyoti. – Toshkent, 1989. – 5-son. – B.35-
36.
12. Safarov O. «Kuyov eltish» va «Kelin eltish» udumlari 
va janrlari // O‘zbek tili va adabiyoti. – Toshkent, 1991. – 
6-son. – B.35-36.
13. Safarov O. O’zbek xalq og’zaki ijodi. Universitetlar 
va pedagogika institutlarining filologiya fakulteti bakalavrlari 
uchun darslik. - Toshkent: 2010.
14. To‘y muborak, yor-yor. O‘zbek xalq nikoh to‘yi 
marosimi qo‘shiqlari. To‘plab, nashrga tayyorlovchi: 
O.Safarov. – Toshkent: Ma’naviyat, 2000.
15. O‘rayeva D. O‘zbek motam marosimi folklori. – 
Toshkent, 2009. 
75
75


4-MAVZU. XALQ DOSTONLARI
Reja: 
1. Doston – xalq og‘zaki ijodining sinkretik janri sifatida.
2. Xalq baxshilari, dostonchilik maktablari
3. Dostonlarning tasnifi.
4. Xalq dostonlarida turkumlik.
1. Doston – xalq og‘zaki ijodining sinkretik janri sifatida. 
O‘zbek xalq og‘zaki ijodi namunalar orasida doston eng 
yirik hajmli va keng tarqalgan janr hisoblanadi. Dostonlar 
xalqning badiiy shakldagi taqdirnomasi, o‘ziga xos qomusidir. 
Har bir xalqning insoniyat tarixidagi o‘rni, xizmati, ijtimoiy-
siyosiy, ma’naviy, madaniy mavqeini eposlari namoyon 
etadi. Xalqning komil inson, adolat, haqiqat, ozodlik, tenglik 
tushunchalari, falsafiy, diniy qarashlari va bu yo‘ldagi ibratli 
qahramonlari, ideallari, ularning kurash yo‘li dostonlar 
mavzuini, g‘oyaviy mazmunini tashkil etadi. Ushbu mazmun 
va mundarija dostonlar syujeti, motivlar tizimi, badiiy 
tasviriy vosita va usullarida o‘z ifodasini topadi. 
Hozirda keng omma orasida va folklorshunoslikda 
qo‘llanib kelayotgan «doston» so‘zi «qissa», «hikoya», 
«tarix»
1
, sarguzasht, ta’rif va maqtov ma’nolarini anglatadi. 
Ammo atama sifatida folklordagi epik turga mansub, she’riy 
va nasriy parchalardan iborat, ma’lum bir qahramonlar hayoti, 
taqdirini tasvirlab beruvchi yirik hajmdagi, maxsus ijrochilar 
tomonidan kuylanuvchi asarga nisbatan qo‘llaniladi. Ayni 
paytda doston atamasiga muqobil ravishda epos termini 
ham ishlatiladi. Epos – yunoncha «epos» – rivoyat, hikoya, 
1
O‘zbek tilining izohli lug‘ati. Birinchi jild. - T.: O‘zbekiston milliy 
ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 2006. – B. 649.
76
76


qo‘shiq so‘zidan olingan bo‘lib, badiiy adabiyotda voqea, 
hodisani bayon qilish, hayotiy lavhaning tafsilotlarini 
ifodalash ma’nosini anglatadi. Taniqli folklorshunos olimlar 
V.M.Jirmunskiy va H.T.Zarifov 1947-yilda Moskvada e’lon 
qilingan katta hajmdagi kitobni «O‘zbek xalq qahramonlik 
eposi» deb nomlangan va unda, o‘zbek dostonlarining tabiati, 
turlari, doston ijrochilari, ijro jarayoni, yetakchi dostonchilar, 
dostonchilik maktablari, doston kuylash tartibi, ustoz va 
shogird munosabatlari, «Alpomish», Go‘ro‘g‘li turkumiga 
oid dostonlar, «Kuntug‘mish» kabi ishqiy-romanik dostonlar 
va boshqa masalalar tahlil etilgan.
Doston atamasi yozma adabiyotda ham katta hajmdagi 
epik asarlarga nisbatan keng istifoda etiladi. Biroq og‘zaki va 
yozma adabiyotdagi dostonlar hayotni tasvirlash vositalari, 
usullari, an’anaga munosabat va boshqa bir qator xossalariga 
ko‘ra jiddiy farq qiladi. V.M. Jirmunskiy va H.T.Zarifovlar 
ta’biri bilan aytganda xalq og‘zaki ijodida doston 
o‘tmish zamonlar to‘g‘risida qahramonlik idealizatsiyasi 
ko‘lamidagi hikoyalar va rivoyatlardir
1
. Professor M.Saidov 
ta’rificha, avvalo, og‘zaki ijoddagi dostonlarda she’riy va 
nasriy parchalardan iborat badiiy manba – matn bo‘lishi 
kerak. Ikkinchidan, dostonning musiqasi bo‘lishi lozim 
(Bu o‘rinda shuni aniqlab olish kerakki, har bir alohida 
olingan doston uchun alohida yirik musiqa asari bo‘lishi 
shart emas). Uchinchidan, dostonni bir kishi ijro etganligi 
tufayli kuylovchi do‘mbira cherta bilishi yoki qo‘biz chala 
bilishi zarur. To‘rtinchidan, dostonni kuylayotgan baxshi 
yaxshi ovozga ega bo‘lishi va qo‘shiq aytish mahoratini 
egallagan bo‘lishi zarur
2
. Folklorshunoslarning bu fikrlari 
1
Жирмунский В. М., Зарифов X. Т. Узбекский народный героический эпос. 
М., с. 303.
2
Saidov M. Doston / Muhammadnodir Saidov – ma’rifat fidoyisi. - T.: MUMTOZ 
77
77


biri ikkinchisini to‘ldiradi va xalq dostonlarining mazmun- 
mundarijasi, qurilish tartibi, ijro o‘rni va boshqa jihatlarini 
qamraydi.
Xalq dostonlarida xalq taqdiri, tarixi, tarixiy voqelik 
xalqning oddiy mushohadalari asosida umumlashma 
obrazlarda o‘z ifodasini topadi. Dostonlarda epik 
umumlashtirish hukmronlik qiladi. Dostonlardagi epiklik, 
monumentallik xos bo‘lib, syujet va kompozitsion qurilish 
jihatidan murakkab voqea-hodisalarni qamrab oladi. Bunday 
voqea va hodisalar mazmunan favqulodda kuch-qudratga 
ega bo‘lgan xalq idealidagi bahodir – alp atrofiga birlashadi. 
Xalqning ozod va hur o‘lka, komil inson haqidagi orzu- 
o‘ylari doston g‘oyasini belgilaydi. 
Doston sinkritik san’at namunasi, bir kishilik o‘ziga 
xos teatr hisoblanadi. Doston aytuvchi ayni paytda sozanda, 
kuylovchi, bastakor, aktyor va rejissyor. U doston ijrosi 
davomida barcha qahramonlar, personajlar obrazini 
tomoshabinga mahorat bilan yetkazib beradi. Doston 
ijrochisiga nisbatan baxshi atamasi qabul qilingan.
2. Xalq baxshilari, dostonchilik maktablari. «Baxshi» 
so‘zining «O‘zbek tilining izohli lug‘ati»da to‘rt xil ma’nosi 
izoh olgan: 1 – donishmand, 2 – dostonlarni kuylovchi, 
3 – dam solib davolovchi tabib, 4 – Buxoro xonligida 
qurilish mablag‘ini nazorat qiluvchi. Yuqoridagi to‘rt 
ma’nodan uchtasi bevosita doston aytuvchi baxshilarga 
tegishli. Chunki xalq orasida baxshi bo‘lish uchun inson 
donishmand, aqlli bo‘lishi kerak, degan fikr qayta-qayta 
ta’kidlanadi. Ikkinchidan, «baxshi» xalq dostonlarining 
ijrochisi. Uchinchidan, ibtidoda baxshi va shomon yagona 
Saidov M./ Muhammadnodir Saidov – ma’rifat fidoiysi. – T. : MUMTOZ SO‘Z, 
2009.– B.7.
So‘z, 2009. – B. 7.
78
78


tizimda qaralgan va so‘zning mo‘jizaviy magik fazilatidan 
foydalanib kishilarni turli xastaliklardan forig‘ qiluvchi 
shaxs hisoblangan. O‘zbek folklorshunosligi asoschisi 
H.T.Zarifovning malumot berishicha, baxshi mo‘g‘ulcha 
va buryatcha «baxsha», «bag‘sha» so‘zlaridan olingan 
bo‘lib, «ustod», «ma’rifatchi» ma’nolarida qo‘llangan. 
Baxshi keng ma’noda xalq dostonlarini kuylovchi, yodda 
saqlovchi va nasldan naslga o‘tkazuvchi san’atkor. Doston 
ijrochilarini Surxondaryo va Qashqadaryoning ayrim 
hududlarida yuzboshi, Janubiy Tojikiston o‘zbeklari 
orasida soqi, ba’zi joylarda sozanda, Farg‘ona vodiysida 
sannovchi, ba’zi joylarda jirov, jirchi, oqin, oxun deb 
ham atashagan. Yetuk baxshilar, badihago‘y, epik an’ana 
doirasida o‘zlarining yangi-yangi variantlarini, hatto yangi 
dostonlarni yarata bilgan ijodkorlarga nisbatan shoir nisbati 
ham qo‘shib aytilgan. Masalan Ergash shoir, Fozil shoir, 
Islom shoir, Po‘lkan shoir, Abdulla shoir kabi.
Baxshilar o‘z dostonlarini do‘mbira, ayrimlari qo‘biz 
yoki dutor jo‘rligida, ichki ovozda ijro qilishgan. Xorazm 
baxshilari o‘z dostonlarini, asosan, dutorda ijro qilishgan, 
ularga ijro jarayonida g‘ijjak va bulomonda sozandalar 
jo‘r bo‘lishgan. XX asrning 30-yillaridan boshlab Xorazm 
baxshilari dostonlarni tor va rubob jo‘rligida ham kuylay 
boshlashdi. Ayrim baxshilar o‘z to‘piga doirachi va 
o‘yinchini ham olib kirishdi. Xususan Bola baxshi to‘pi 
bunga misol bo‘la oladi. Xorazm baxshilari epik asarlar yoki 
ularning parchalarini garmon sozi bilan ijro qilishga o‘tishdi. 
Bunday hollarda ular sozchi deb yuritildi. Masalan: Qurbon 
sozchi, Qodir sozchi va boshqalar. Sozchilar epik asarlarni 
to‘liq ijro qilishdan ko‘ra undan parchalar, termalar, o‘zlari 
yaratgan asarlarni kuylashga alohida e’tibor berishgan
1

1
Qarang: Mirzayev T. Doston. O‘zbek folklorining epik janrlari. - T.: Fan, 1981. 
-B. 21-37 . 
79
79


Xalq dostonlarining kuylash jarayonida, asosan, yakka 
ijrochilik yetakchilik qilsa-da, Xorazmda jamoaviy ijro 
birinchi o‘ringa chiqqanligini kuzatamiz.
Xorazm hududida xalq dostonlari va ulardan saralangan 
parchalarni, termalarni kuylovchi ijrochilikning yana bir 
turi bu – xalfachilikdir. Xalfachilik, asosan, ayollar orasida 
keng urf bo‘lib, ijrochilar ham ayollar hisoblanadi. Xalfa 
san’atining ikki turi mavjud bo‘lib, jamoaviy xalfalar va 
yakka xalfalarga bo‘lingan. Jamoaviy xalfalar uch kishidan 
iborat guruhni tashqil qilib – ustoz xalfa (garmon chalib, 
ashula aytgan), doirachi (ashulaga jo‘r bo‘lgan, ba’zan raqsga 
tushgan) va o‘yinchi (raqsga tushgan, qayroq chalgan, yalla 
va lapar aytgan, ba’zan doira chalgan)dan tashkil topgan. 
Bibi shoira, Xonimjon xalfa, Ojiza, Onajon Safarova, Nazira 
Sobirova kabilar shunday xalfalardir.
Yakka xalfalar doston va qo‘shiqlarni sozsiz ijro etadi. 
Ular dostonlarni yoddan yoki qo‘lyozmalardan ma’lum bir 
ohangda o‘qish, «Yor-yor», «Kelin salom», «Muborak» kabi 
to‘y qo‘shiqlarini ijro etish bilan shuhrat qozonishgan. Roziya 
Matniyozova, Saodat Xudoyberganova, Poshsho Saidmamat 
qizi, Ambarjon Ro‘zimetova, Anorjon Razzoqova kabilar 
yakka holda xalfachilik qilganlar.
Xalfalar ko‘proq «Oshiq G‘arib va Shohsanam», «Oshiq 
oydin», «Aslxon», «Hurliqo va Hamro», «Qumri», «Qissayi 
Zebo», «Tulimbiy», «Bozirgon», «Xirmon Dali» kabi 
dostonlarni, Maxtumquli she’rlarini, turli marosim qo‘shiqlari 
va o‘zlari yaratgan asarlarni ijro etadilar. Ular xalqning 
barcha to‘y-hashamlarida, turli marosimlarda, ayollarning 
yig‘inlari va bayramlarda qatnashadilar, to‘y va marosimlarni 
boshqaradilar. Xalfachilik ayollar san’ati sifatida Xorazm 
vohasida shu kunlarda ham keng davom etmoqda
1
.
1
Qarang: Mirzayev T. Doston. O‘zbek folklorining epik janrlari. - T.: Fan, 1981. 
–B.24-38. 
80
80


O‘tmishda epik asarlarni xalqqa yetkazuvchilar 
qatorida qissaxonlar ham faoliyat yuritishgan. Qissaxonlar 
xalq dostonlarining qayta ishlangan nusxalarini, qiziqarli 
tarjima hikoyalarni, mumtoz adabiyot namunalaridan 
«folklorlashtirilgan» variantlarni, turli jangnomalarni o‘ziga 
xos ohangda o‘qiganlar, hikoya qilganlar. Qissaxonlar 
«Rustami Doston», «Tohir va Zuhro», «Hikoyati Go‘ro‘g‘li 
Sulton», «Bahrom va Gulandom» kabi dunyoviy qissalarni 
ijro etish bilan birga, ko‘proq diniy mazmundagi «Bobo 
Ravshan», «Ibrohim Adham», «Abo Muslim» kabi asarlarni 
o‘qishgan. Ayrim hollarda eng qobiliyatli qissaxonlarning 
o‘zlari qissa tuzishgan, ba’zan yangi asarlar yaratishgan, 
aytilayotgan asarga ijodiy yondashishgan.
Doston kuylashning an’anaviy tartiblari, vaqti mavjud. 
Odatda, dostonlar kech kuzdan erta bahorga qadar 
kechqurunlari ijro etilgan yoki to‘y-tantanalar baxshilar 
ishtirokisiz o‘tmagan. Baxshi taklif etilgan xonadonga 
odamlar yig‘ilib, davra qurib o‘tirishgan. Doston kuylash 
kichik ziyofatdan so‘ng boshlangan. Baxshi dastlab termalar 
kuylagan. Do‘mbira ta’rifi va boshqa turli mavzudagi termalar 
tinglovchi va baxshi o‘rtasida ruhiy yaqinlik, doston kuylash 
uchun maxsus tayyorgarlik vazifasini ham bajargan. Baxshi 
ma’lum muddat termalar aytib, tinglovchilar xohishini bilish 
maqsadida «Nima aytay?» («Doston terish») termasini 
kuylagan. Tinglovchilar ma’lum bir dostonni tanlashgan. 
Baxshi ularning istagiga ko‘ra so‘ralgan dostonni ijro etgan. 
O‘zbek xalq dostonlarining ko‘pchiligi bir kun kuylashga 
mo‘ljallangan, ammo «Alpomish»ga o‘xshash asarlar bir 
necha kunlab kuylangan. Doston voqealarining qancha 
cho‘zilishi tinglovchilarning xohishi, dostonni tinglash 
kayfiyatiga va baxshining badihago‘yligiga bog‘liq. Birgina 
dostonning bir hafta yoki bir oy davomida uzluksiz ijro 
81
81


etilganligi haqida ma’lumotlar mavjud. Masalan: XVIII 
asrning ikkinchi yarmida yashagan Amin baxshi «Alpomish» 
dostonini tinglovchilarni zeriktirmay uch oy kuylagani naql 
qilinadi. XIX asrda yashagan Jumanbulbul «Ravshan» 
dostonini ikki hafta davomida kuylagani el orasida og‘izdan 
og‘izga o‘tib kelgan. Baxshilar ijro davomida dostonning 
har bir tasviriga mos so‘z va kuy topib avjga chiqa boradi, 
ularning o‘zlarining ta’biri bilan aytganda, «qaynaydi». 
Baxshi kuylash davomida tinglovchi auditoriyasini ohangi, 
kuyi, doston voqealari tasviri bilan butunlay sehrlab qo‘yish 
holatlari ko‘p kuzatilgan. Bunday ajib xil alolo holatlarida 
kuylovchi, tinglovchilar bir butun «vujud»ga aylanganlar. 
Xorazm ekspeditsiyasida folklorshunoslar 300 kishidan ortiq 
davrada doston kuylagan Ahmad baxshining ijro davomida 
ilhomlanib, o‘rnidan turganligini, boshqa ijrochilar ham, 
dostonni sel bo‘lib tinglab o‘tirgan tinglovchilarning ham 
gur etib o‘rnidan turishganlarini kuzatishgan. Bu xil holatlar 
baxshi ijrosida ko‘p bor kuzatilgan.
Doston kuylash eng avj nuqtaga yetganida, vaqt yarim 
tundan oshgan paytda baxshi dam olish uchun tanaffus qilgan. 
Bu choqda baxshi eshituvchilarga yoki o‘z do‘mbirasiga 
murojaat qilib, bir nechta qistirma misralar to‘qib, ijroni 
to‘xtatgan:
Seni uydan olib chiqdim bo‘ktarib. 
Sen yuribsan ulfatingni axtarib, 
Men qo‘yayin seni endi to‘nkarib. 
Yarim kecha haddi bo‘ldi, jonivor.
Yig‘ib opsan ulfatingning jamini, 
Egang olsin-da bir oz damini, 
Damin olib aytib berar kamini, 
Ro‘mol yozar vaqti bo‘ldi, jonivor...
82
82


Shundan keyin baxshi choponini, belbog‘ini va 
do‘mbirani to‘nkarilgan holda qoldirib, dalaga (tashqariga) 
chiqib ketadi. Bu payt davradagilardan biri baxshi belbog‘ini 
o‘rtaga yoyadi. Bu odat «ro‘mol yozmoq» deyilgan. Unga har 
kim o‘z imkoniyatiga yarasha pul yoki biror narsa tashlagan. 
Baxshi qaytib xonaga kirguncha, yig‘ilgan pul va narsalar 
belboqqa tugib qo‘yiladi. So‘ng dostonning qolgan qismini 
kuylash davom ettirilgan.
Yetakchi xalq shoirlari bo‘lajak baxshini yetishtirishga, 
shogird tayyorlashga alohida e’tibor berganlar, chunki 
og‘zaki yaratilib, og‘zaki kuylanib kelingan dostonlarni 
avloddan-avlodga faqat shu yo‘l bilangina yetkazish mumkin 
edi. Biroq o‘tmishda baxshilar orasida dostonchilik san’atini 
«sirli» hodisa sifatida tushuntirish, muayyan ustozdan 
o‘tganligini yashirish, professional ta’lim usullarini inkor 
etish hollari keng tarqalgan ediki, ular o‘zlaridagi ijodiy 
qudratni g‘ayritabiiy kuchlarning da’vati bilan birdaniga, 
to‘satdan paydo bo‘lgan qobiliyat, ilgaridan tayyorgarligi, 
shoirlik salohiyati bo‘lmagan kishilarda muayyan sharoit larda 
«g‘oyibdan chaqiriq» tufayli bexosdan yuzaga kelgan ehson 
tarzida izohlash holatlariga tez-tez duch kelinadi. O‘zbek 
baxshilari orasida Ko‘r G‘oyib, Oshiq Oydin, Ovul patta 
kabi baxshilikning pirlari tilga olinadi va ularning ba’zilari 
haqida maxsus dostonlar ham mavjud. Baxshilar afsonaviy 
Murodbaxsh g‘orini baxshilik san’atini o‘rganuvchi ilohiy 
makon sifatida talqin etishadi. Murodbaxsh g‘ori turli 
hududlarda turli manzillarda deb ko‘rsatiladi. Masalan, 
Shahrisabzliklar Kenggo‘zar, Nurota hududida Kanda, 
Chashmai Zirak kabi tog‘ qishloqlarida, deydilar. Bu holat 
xalq orasida so‘z san’ati va baxshilikni ilohiy ne’mat sifatida 
anglash natijasidir.
83
83


Baxshilikni o‘rganish og‘zaki ravishda amalga oshadi. 
Xalq dostonlarini eshitish va kuylashga kirishish ta’limning 
eng birinchi va asosiy shartidir. Dastlab termalar, dostonlardagi 
an’anaviy misralar («Xazon urmay bog‘da gullar so‘ldimi, 
So‘lgan gulga bulbul kelib qo‘ndimi», «Yana bahor bo‘lsa 
ochilar gullar, Gulni ko‘rsa mast bo‘p sayrar bulbullar», «Ot 
chopsa gumburlar tog‘ning darasi, Botirni ingratar nayza 
yarasi» kabi), umumiy o‘rinlar (epik klishelar), ya’ni ba’zi bir 
juz’iy o‘zgarishlar bilan ko‘pchilik dostonlarda takrorlanadigan 
parchalar (qahramonga nasihat, uni kuzatuv, qahramonlarning 
uchrashuvlaridagi savol-javoblari, qahramonlarning 
portretlari, otni egarlash, ot ta’rifi, otda safar, jang tasviri, 
boshlanma, tugallanma, voqealarni bir-biriga bog‘lovchi 
tasvirlar kabi) yodlatilgan. So‘ng ayrim olingan bir doston, 
keyinroq esa, ustoz repertuaridagi barcha asarlar o‘rgatilgan. 
Ustoz shogirdning badihago‘ylik qobiliyatini, ya’ni yodlab 
olingan an’anaviy misralar, epik klishelar asosida yangilarini 
to‘qiy olish salohiyatini, ularni tasvir vaziyatiga qarab turli xil 
stilistik o‘zgarishlar bilan qo‘llay bilish san’atini o‘stirishga 
alohida e’tibor beradi.
O‘rgatishning keyingi bosqichlarida ustoz shogirdni o‘zi 
bilan birga dostonchilik yig‘inlariga, to‘y-hashamlarga olib 
yuradi. Bunday paytlarda shogird ko‘pchilik oldida termalar, 
dostonlardan parchalar kuylaydi. Shogird ancha «pishib» 
qolgach, ustoz o‘zi kuylayotgan dostonning davomini 
unga ayttiradi yoki bir dostonni ustoz va shogird galma-gal 
kuylaydilar. Bunday hollarda ustoz tomoshabinlar reaksiyasini 
hisobga olib, uni shogirdiga uqtira boradi. Shu tariqa o‘rgatish 
va o‘rganish ishlari bir necha yil davom etadi. Ustoz shogirdi 
yetilganligini bilib unga el orasida fotiha bergan va shogird 
baxshi sifatida mustaqil kuylash huquqiga ega bo‘lgan.
84
84


O‘zbek dostonchligida doston kuylash an’anasi qadimda 
uch yo‘nalishda rivojlangan. Birinchidan, Bulung‘ur, 
Qo‘rg‘on, Shahrisabz, Qamay, Narpay, Sherobod, Janubiy 
Tojikistonda yashovchi o‘zbek-laqay dostonchilik 
maktablarida do‘mbira chertib yakka holda, bo‘g‘iz ovoz 
bilan ijro etilgan. Ikkinchidan, Xorazmda tor, dutor, g‘ijjak, 
garmon, 
bulomon
, qo‘shnay, doira jo‘rligida ba’zan yakka, 
ba’zan juft holda, ochiq ovoz bilan ijro etilgan. Uchinchidan, 
Farg‘ona vodiysida dutor jo‘rligida ochiq ovozda aytilgan.
Baxshilar o‘ziga xos poetik yo‘l, uslub, repertuar 
xarakteri, ijro usullari bilan bir-birlaridan farqlanadilar. 
Umumlashgan puxta epik an’ana doirasida ma’lum baxshi 
yoki baxshilar guruhiga xos individual ijodiy xususiyatlar, 
yo‘llar, uslublar o‘zgachaligi, ustoz-shogird munosabatlari 
mavjud. Bunday farqlarni ko‘rsatish uchun Hodi Zarif 
folklorshunoslikda dostonchilik (baxshilik) maktablari ter-
minini qo‘llagan. O‘zbekistonning ko‘pgina yerlarida bir 
qancha dostonchilik maktablari – baxshilik san’atining ajoyib 
markazlari mavjud
1
. Bu maktablar Qo‘rg‘on, Bulung‘ur, 
Nurota, Shahrisabz, Narpay, Sherobod, Qamay, Piskent 
kabi yetakchi baxshilar yetishib chiqqan joylar nomlari bilan 
ataladi. Aslida atamalar nihoyatda shartli bo‘lib, shunday 
maktablar vakillari yetishib chiqqan va ular dostonchilik 
qilib yurgan hudud juda ham kengdir.
Bulung‘ur dostonchilik maktabi vakillari qahramonlik 
dostonlarini ijro etish bilan mashhur bo‘lganlar. Sodda, 
yuksak, o‘ta an’anaviy, nisbatan arxaik bo‘lgan qahramonlik 
eposi uslubi bu dostonchilarning poetik yo‘li hisoblangan. 
Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li Bulung‘ur dostonchilik maktabining 
1

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin