O‘yinlarning bola hayotidagi ahamiyati



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə1/9
tarix16.12.2022
ölçüsü0,77 Mb.
#75712
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Нормаматова


MUNDARIJA:

Kirish........................................................................................................................3


I BOB. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni tarbiyalashda o‘yinchoqlarning ahamiyati va uning pedagogik asoslari....................................................................6

    1. O‘yinlarning bola hayotidagi ahamiyati ………….……………………….6

1.2. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni bilish faoliyati va ularni rivojlantirishda o‘yinlarning ahamiyati................................................................15
II BOB. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni tarbiyalashda o‘yinchoqlarning tarbiyaviy ahamiyati………………………………………………………….24
2.1. O`yinchoqlarga qo`yiladigan talablar……………………………………24
2.2. Maktabgacha ta’lim muassasalarining turli yosh guruhlarida o‘yinchoqlardan ertak qahramonlarini sahnalashtirish…………………………………………27
Xulosa………………………………………………………………………..…35
Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………………….37


KIRISH

Mustaqillik O‘zbekistonimizning ravnaqi bugungi yosh, yangi avlodning har tomonlama to‘llaqonli, barkamol shaxs sifatida shakllanishiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Chunki davlat mustaqil fikrlaydigan, ruhi komil, dili pok insonlar tomonidan quriladi va mustahkamlanadi.


O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.Karimov “Inson manfaatlari ustuvorligini ta’minlash – barcha islohot va o‘zgarishlarimizning bosh maqsadidir” mavzusidagi ma’ruzasida shunday deydi: “Yoshlarimiz qalbida sog‘lom hayot tarziga intilishni, milliy va umumisnoniy qadriyatlarga hurmat –ehtirom tuyg‘ularini bolalik paytidan boshlab, shakllantirishimiz zarur”.
Kelajagimiz poydevori bo‘lgan yoshlarni komil inson qilib tarbiyalashda “Maktabgacha ta’lim muassasalarining” ahamiyati kattadir. Bu o‘z navbatida O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning qabul qilinganligi hamda ushbu xujjatlar mohiyatiga ko‘ra uzluksiz ta’lim tizimining shakllanganligi ta’lim – tarbiya asoslarini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ma’lumki, har bir mustaqil davlatning istiqboli fan-texnika, ilm-maorif taraqqiyoti hamda barkamol milliy kadrlarni tarbiyalab voyaga etkazish bilan bog‘liqdir. SHu bois ham mustaqil davlatimiz ilm-fan hamda maorif rivojiga, salohiyatli milliy kadrlar etishtirishga jiddiy e’tibor bermoqda. Prezident Islom Karimovning tashabbusi bilan qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunda oliy ta’lim malakali mutaxassislar tayyorlashni ta’minlashi kerakligi aytiladi.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratish asosiy maqsad qilib qo‘yildi.
Ta’lim tarbiya ishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish bolalar bog‘chasidagi pedagogik jarayonning har bir faoliyat turini to‘g‘ri tashkil etishga bog‘liqdir.
Bolalar tevarak - atrofdagi hayot va tabiat bilan tanishish, nutq o‘stirish va savod o‘rgatish, matematika, jismoniy madaniyat, tasviriy faoliyat, musiqa bo‘yicha eng oddiy tasavvur va bilimlarni, malaka va ko‘nikmalar sistemasini egallab oladilar. Bolalar egallab olishlari kerak bo‘lgan bilim, malaka va ko‘nikmalar bolalar bog‘chasi dasturida belgilab berilgan bo‘lib, u bolalarning umumiy rivojlanishi va ularni maktab ta’limiga tayyorlashda muhim ahamiyatga ega.
Insoniyat sivilizatsiyasining quyi bosqichlarida shaxsni tarbiyalash, unga talim berishga yo‘naltirilgan faoliyat sodda, juda oddiy talablar asosida tashkil etilgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib talim jarayonini tashkil etishga nisbatan o‘ta qatiy hamda murakkab talablar qo‘yilmoqda.Mazkur vazifalarning muffaqiyatli hal etilishida yana bir omilning mavjudligi, yani,uzluksiz talim tizimi xodimlar, murabbiy-o‘qituvchilar tamonidan zamonaviy talim texnologiyalarini mohiyatidan xabardorliklari hamda talim jarayonida samarali qo‘llay olishlari, shuningdek, talim jarayonini tashkil etishga nisbatan ijodiy yondashuvning qaror topishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu nuqtai-nazardan bizning «Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni tarbiyalashda o‘yinchoqlarning ahamiyati» mavzusidagi kurs ishi ham ushbu dolzarb vazifalarning echimiga yo‘naltirilgandir.
Kurs ishimizning asosiy maqsadi: Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni har tomonlama rivojlantirishda o‘yinchoq choqlarning o‘rni va ularga qo‘yiladigan talablarni zamonaviy shakl, metod va vositalarini ishlab chiqish, hamda ilmiy jihatdan asoslashdir.
Kurs ishimizning obekti: Maktabgacha talim muassasasida mashg‘ulotlar jarayoni
Kurs ishimizning predmeti: Maktabgacha talim muassasasida o‘yinchoq choqlar, ularning turlari, mazmuni va tarbiyaviy ahamiyati
Kurs ishimizning vazifalari: Yuqorida qayd etilgan maqsadlarimizdan kelib chiqib:
1. Tadqiqot uchun tanlangan mavzu bo‘yicha ijtimoiy falsafiy, pedagogik psixologik, ilmiy va o‘quv adabiyotlarni o‘rganib chiqish va umumlashtirish.
2. Pedagog-psixolog olimlarning mavzuga doir adabiyotlari va ilmiy fikrlarini o‘rganish va tahlil qilish.
3. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni tarbiyalash haqida hozirgi zamon pedagogikasiga oid adabiyotlarni o‘rganish va ilmiy-amaliy jihatdan tahlil qilish.
4. Mavzu bo‘yicha qilingan ishlar va o‘tkazilgan tadqiqot natijalarini qiyosiy tahlil qilish va umumiy xulosaga kelish.
5. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning o‘yinchoq faoliyati va uning talimiy - tarbiyaviy ahamiyatini o‘rganish.
6. O‘yinchoq choq asosida bolalarni tarbiyalashning aniq metod va vositalarini ishlab chiqish, hamda,noananaviy o‘yinchoq choqni tasniflash.
Sanab o‘tilgan vazifalarni amalga oshirish uchun pedagogika-psixologiya fani sohasida qo‘llanilib kelayotgan bir qator metodlardan foydalandik. Bu metodlar:
1. Ilmiy adabiyotlar bilan ishlash va ularni tahlil qilish metodi.
2. Bolalarni turli faoliyat jarayonida kuzatish.
3. Statistik ma’lumotlarni analiz va sintez qilish.
4. Anketa so‘rovnomalarini qo‘llash.
5. Ko‘rsatmali metodlar.
6. Bahs-munozara va suhbat metodi.
7. Eksperiment metodi.
8. Tadqiqot natijalarini pedagogik va matematik tahlil qilish.
Tadqiqotlarimizning ilmiy farazi (gipotezasi), agarda biz bolalarni tarbiyalashda o‘yinchoq choqlardan samarali foydalansak va tanlagan mavzu bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy apparat tarkibidagi tadbirlarini maqsadga muvofiq qo‘llab borilsa, bolalarni bilish jarayonlarining taraqqiyot darajasi sezilarli oshishiga xizmat qilishi mumkin.
Ilmiy-tadqiqot ishmizning mazmuni, uning rejasida ko‘rsatilgan tuzilishga ega. U kirish, ikki bob, 4 ta paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.



Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin