O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Mahsus Ta’lim Vazirligi Farg’ona Davlat Universiteti Tabiy Fanlar Fakulteti Biologiya Kafedrasi Genetika va Genomika asoslari Fanidan Referat
Bajardi: Polvonboyeva Sh
Mavzu:Genetika fanining asosiy usullari. Reja: 1.Genetikaning shoxobchalari. 2.Genetikaning asosiy metodlari. 1. Hozirgi zamon genetikasi tadqiqot obyektiga ko‘ra kompleks fan boiib,uning bir qancha shoxobchalari bor. Umumiy genetika, mikroorganizmlar genetikasi, odam genetikasi, hayvonlargenetikasi, o‘simliklar genetikasi,molekular genetika, immunogenetika, sitogenetika, tibbiyot genetikasi,populyatsion genetika, pedagogik genetika ana shunday shohobchalardir.Umumiy genetika — irsiy axborot tuzilishini, irsiyat va o‘zgamvchanlikni tiriklikning barcha darajalariga xos boigan umumiy qonuniyatlami ochishdan iborat.Mikroorganizmlar genetikaning tadqiqot obyekti bo‘lib, bakteriyalar,vimslar tuban eukariot organizmlar hisoblanadi.Odam genetikasi — odam populyatsiyalarida irsiyat va o‘zgaruvchanlik hodisalarini, tashqi muhit sharoitlari ta’sirida belgilaming irsiylanishi,ularning o‘zgarishi xususiyatlarini tadqiq qiladi.Hayvonlar genetikasining tekshirish ob’yekti — umurtqasiz va umurtqali layvonlardagi belgi-xossalaming irsiylanishi boflib hisoblanadi.0 ‘simliklar genetikasi — asosan yopiq um gii o ‘simliklarda belgi,tossalarning avloddan-avlodga berilish qonuniyatlarini ochish bilan shug’ullanadi.Molekular genetika - genotipdagi genlar tuzilishi va ulami ifodalanishi(ekspressiyalanish), mutatsiyalar chastotasi va ulami populyatsiyada tarqalish va molekular darajadagi evolyutsion jarayonlarning ro‘y berish qonuniyatlarini kashf etadi.Immunologik genetika esa antigen omilning irsiylanishi va immun reaksiyalarining genetik sabablari, qonuniyatlarini tadqiq qilish bilan mashg‘ul boiadi.Sitogenetika — odam, hayvon va o‘simlik xromosomalarining tashqi va ichki tuzilishi ob’yekti boiib sanaladi.Tibbiyot genetikasining vazifalari odam irsiy kasalliklarini tashxis qilish,javolash va profllaktika usullarini ishlab chiqish.Radiatsion genetikaning fazifasi rentgen, gamma nurlanishning tirik organizmlarga ko‘rsatgan ta’sirini tekshirishdan iborat.Filogenetika — organizmlar va ular populyatsiyalari o‘rtasidagi genetik qarindoshlik darajasini, evolyutsion divergensiya va tur paydo bo‘lish genetikasini tadqiq qiladi.Populyatsion genetika hayvon va o‘simlik populyatsiyalarida genlar va genotiplar, evolyutsiyaning boshlangich omillari: mutatsiyalar, genlar dreyfi, migratsiyalar, tanlanish ta’sirida qanday 0‘zgarishini o‘rganadi.Pedagogik genetikaning mavzusi oliy nerv faoliyati bilan bogiiq bo’lgan aql-idrok, qobiliyat, iste’dod, nutq kabi xususiyatlaming genetik asoslarini tadqiq etishdan iborat. 2. Boshqa tabiiy fanlar singari genetika ham o‘z tadqiqot metodlariga ega.Bularga quyidagi metodlar kiradi: Duragaylash metodi orqali ayrim belgi-xossali ota-ona oiganizmlarini chatishtirish natijasida olingan duragaylaming bir qancha avlodlarida rivojlanishi o‘rganiladi. Olingan natijalaming muqarrarligi matematik statistika metodi orqali aniqlanadi.Sitogenetik metod yordamida xromosomalar o‘zgarishi bilan aloqador boigan organizmning irsiyati va 0‘zgaruvchanligi 0‘rganiladi.Binobarin sitogenetika irsiyat va o‘zgamvchanlikning sitologik asoslarini tadqiq etadi.Egizaklar metodi bilan organizmdagi belgi xossalarning rivojlanishda genlar va tashqi muhit omiUarining qay darajada ko‘rsatgan ta'siri o‘rganiladi.Molekular genetik metod bilan irsiyat va o ‘zgaruvchanlikning moddiy asoslari bo‘lgan nuklein kislotalarnin g, xususan,dezoksiribonuklein — DNK va ribonuklein - RNK kislotalaming tuzilishi va funksiyasi aniqlanadi.Populyatsion statistik metod populyatsiyalardagi irsiyatni o‘rganishda qo’laniladi. U populyatsiyalardagi dominant va retsessiv allellarni takrorlanish darajasini, populyatsiyalardagi tabaqalanish va qarindoshlik darajasini aniqlash bilan shug‘ullanadi.Filogenetik metod genlar allellari chastotalari uchrashiga asosan organizmlar yoki ulaming populyatsiyalari o‘rtasidagi genetik qarindoshlik darajasini, ulaming kelib chiqish shajarasini o‘rganadi.