O‘zbekistOn Respublikasi Oliy



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/65
tarix15.05.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#58032
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65
Madaniyatshunoslik-asoslari.2006
2-амелий кк.docx


O‘zbekistOn Respublikasi Oliy 
va O‘Rta maxsus ta’lim vaziRligi
MADANIYATShUNOSLIK
ASOSLARI
(Oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun qo‘llanma)
TOShKeNT — 2006


M u a l l i fl a r: 
M. Abdullayev, e. Umarov, A. Ochildiyev, A. Yo‘l doshev, A. 
Abdullayev.
Taqrizchilar: 
G.  hamidova  —  falsafa  fanlari  doktori,  professor, 
A. ergashev — filologi ya fanlari nomzodi, dotsent 
M a s ’ u l   m u h a r r i r: 
Yo. Toirov — falsafa fanlari doktori, professor.
O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  va  o‘rta  maxsus  ta’lim  vazirligining  Oliy  o‘quv 
yurtlariaro muvofiqlashtiruvchi kengashining 2004-yil 31-yanvaridagi 4-sonli qaroriga 
binoan tavsiya etilgan.
© «Turon-Iqbol» nashriyoti, 2006-y.


3
KIRISh
Zamon  talablariga  har  tomonlama  javob  beradigan  yuqori  malaka li, 
barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish mustaqillik yo‘lidan borayotgan 
jamiyatimizning eng oliy maqsadidir. Zero, barkamollikning yuksak mezoni 
insonning chinakam ma’naviyat va ma’rifat sohibi bo‘la olishi bilan belgilanadi. 
Respublikamiz taraqqiyotining hozirgi bosqichi jamiyat hayotining barcha 
sohalarida tub sifat o‘zgarishlarini amalga oshirishni taqozo etadi. Bu vazifani 
hal etish ko‘p jihatdan fuqarolarning madaniy-ma’rifiy faolligini tinmay oshirib 
borish va kamol toptirish bilan uzviy bog‘liqdir. Kishilarning yaratuv chanlik 
qobiliyatini,  axloqiy  fazilatlarini,  ijodiy  ko‘tarinkiligini,  iste’dodlarini  to‘la 
namoyon eta olish fazilati madaniy faoliyat asosida ro‘yobga chiqadi. Inson 
omili tushunchasi tarkibiga kiradigan bu fazilatlar jamiyatning ham, alohida 
shaxsning ham barkamolligini ta’minlashga xizmat qiladi. Bularsiz kishilarning 
ijtimoiy hayot va tarixiy jarayonda ongli, samarali ishtirok etishi, umuman, 
ma’naviy shakllanishi va kamol topishini tasavvur etib bo‘lmaydi. Darhaqiqat, 
«buyuk davlat, buyuk kelajagimizga erishish uchun oqil, ma’rifatli, ayni paytda, 
o‘zining o‘tmishi, ulug‘ qadriyat lari, millati bilan faxrlanadigan va kelajakka 
ishonadigan insonlarni tarbiyalashimiz kerak. Bunday insonni tarbiyalash 
esa ijtimoiy fanimizning muqaddas burchidir... Vatan tarixi va madaniyati, 
jug‘rofiyasi va iqtisodini, qadimiy urf-odatlarimizni har tomonlama o‘rganish 
dolzarb aha miyatga ega. Bog‘chalardan tortib oliy o‘quv yurtlarigacha bo‘lgan 
ta’lim-tarbiya tizimlarida mazkur fan va bilimlarni o‘qitishga muhim siyosiy 
vazifa sifatida qaralmog‘i lozim»

.
So‘z  inson  haqida  bo‘ladimi,  madaniylashuv  jarayoniga  tegishlimi, 
tafakkurning boyligi to‘g‘risidami, qadriyatlarning boyib borishi xususidami, 
bulardan qat’iy nazar, jamiyat ma’naviy hayotining mana shu tomonlarini 
chuqur va har tomonlama egallash va o‘rganish ma’naviy mustaqillikning asosiy 
masalalaridan hisoblanadi. Bu jarayonlarni nazariy jihatdan umumlashtirish 
hamda madaniyat mavjudligi va uning rivojlanish qonuniyat larini chuqur 
o‘rganish milliy istiqlol mafkurasini anglab yetishning muhim qirralaridandir.
1
  I. A. Karimov. Vatan  sajdagoh  kabi  muqaddasdir.  — T.:  «O‘zbekiston»,  1995,  55, 
204-b.


4
madaniyatshunOslik asOslaRi
O‘quv yurtlarimizda o‘qitilayotgan ijtimoiy-gumanitar fanlar zimmasiga 
talaba-yoshlarning  ma’naviy  dunyosini  milliy  istiqlol  g‘oyalari  ruhida 
shakllantirish hamda ularning erkin fikrlashi va madaniy-ma’rifiy faolligini 
oshirish, barkamol avlodga xos fazilatlarni tarkib toptirish mas’uliyati yuklanadi. 
e’tiboringizga  havola  etilayotgan  risola  shu  maqsadda  yaratildi.  Unda 
respublikamizda keyingi yillarda yaratilgan madaniyat nazariyasi va tarixiga 
oid asarlarda ilgari surilgan fikrlardan ijodiy foydalanildi.
Qo‘llanma falsafa fanlari doktorlari, professorlar M. Abdullayev, e. Umarov 
(«Kirish», «Madaniyatshunoslikning bahs mavzui va funksiyalari», «Madaniyat 
to‘g‘risida ilmiy-nazariy konsepsiyalar», Ikkinchi bob, Ilova),  A. Ochildiyev 
(«Madaniyat tushunchasi, uning mohiyati va funksiyalari»), A. Yo‘ldoshev 
(«Madaniyat va tabiat», «Jamiyat va madaniyat», «Madaniyat va sivilizatsiya», 
«Shaxs  va  madaniyat»),  iqtisod  fanlari  nomzodi,  dotsent  A.  Abdullayev 
(«Iqtisodiy madaniyat»)lar tomonidan tayyorlandi.

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə