O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi falsafa ma’ruzalar matni



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/191
tarix25.08.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#140467
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   191
Falsafa ma’ruzalar matni



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM 
VAZIRLIGI 
 
 
 
FALSAFA 
Ma’ruzalar matni 
O’quv dasturlari, darsliklar va o’quv qo’llanmalarini qayta ko’rib chiqish va yangilarini yaratish bo’yicha 
Respublika 
muvofiqlashtirish komissiyasi tavsiya etgan 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Toshkent – 2000 


Mas’ul muharrir: f.f.d. Q. Nazarov 
Taqrizchilar: f.f.d., prof. B. To’ychiev, 
f.f.d., prof. B. Karimov, f.f.d. A. Mo’minov. 
Mazkur kitobdan falsafa kursi bo’yicha yangi dastur asosida yozilgan ma’ruzalarning qisqa matnlari o’rin olgan. Ushbu to’plamda 
falsafaning asosiy masalalari, baxs mavzulari, falsafiy maktablar, atoqli faylasuflarning ta’limotlari, hozirgi zamon falsafasining oqimlari 
to’g’risidagi ma’lumotlar milliy g’oya va istiqlol mafkurasi talablari asosida bayon qilingan. 
Ma’ruza matnlari O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyatining quyidagi a’zolari tomonidan tayyorlangan: Q. Nazarov (Kirish, I bo’lim 
1,4; V bo’lim 5,8-mavzular), S. Mamashokirov (I bo’lim 2,3; III bo’lim 5-mavzu), Yo. Toirov (V bo’lim 1,2-mavzu), S. Yo’ldoshev 
(II 
bo’lim 1,2-mavzu), H. 
Aliqulov (II 
bo’lim 4,6-mavzu), R. 
Nosirov (II 
bo’lim 3-mavzu), M. 
Usmonov (II 
bo’lim 5-mavzu), 
A. O’tamurodov va D. Po’latova (II bo’lim 7-mavzu), B. To’raev (III bo’lim 1,2,3-mavzu), J. Ramatov (III bo’lim 4-mavzu), A. Ochildiev 
(IV bo’lim 1,2,3-mavzu), Q. Ro’zmatzoda (IV bo’lim 4; V bo’lim 6-mavzu), A. Begmatov (V bo’lim 3-mavzu), A. Ortiqov va S. Choriev 
(V bo’lim 4-mavzu), I. Soifnazarov va T. Karimov (V bo’lim 7-mavzu). Kursiv bilan berilgan joylar mas’ul muharrir tomonidan yozilgan. 
Ma’ruza matnlari falsafani o’rganishga kirishayotgan talabalar uchun mo’ljallangan. 
Bosishga ruxsat etildi ________ Bichimi 60X84
1
/
16
. «TimesUZ» harfida 
terilib, ofset usulida bosildi. Bosma tabog’i 19,5. Nashr hisob tabog’i 18,5. Adadi 5000. Buyurtma 

___ Bahosi shartnoma asosida. 
Qo’lyozma maket oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi 
qoshidagi O’AJBNT markazida tayyorlandi 
«DITAF» bosmaxonasida chop etildi. Toshkent, Olmazor ko’chasi, 171 uy. 


KIRISh
Hurmatli talabalar! 
Mana, siz falsafa fanini o’rganishga kirishdingiz. «Bu qanday fan?», «Uni nima uchun o’rganish lozim?» degan 
savollar bilan kitobni ochdingiz. Haqiqatan ham, falsafa qanday fan? Keling, birgalikda bu savolga javob topishga harakat 
qilaylik. 
Inson bor ekan, olam va odam nima, ular qanday paydo bo’lgan, voqelik qanday qonuniyatlar asosida yashaydi, 
o’zgaradi va taraqqiy etadi, umrning mazmuni nimadan iborat, avlodlar ortidan avlodlar kelib-ketaverishida qanday 
ma’no bor kabi masalalar barchani o’ylantiradi. Ehtimol, o’zingiz ham shu singari bir-biridan murakkab savollarga 
javob topa olmay qiynalgandirsiz? 
Bu masalalar haqida kim bilandir fikr almashib, bahslashgingiz ham kelar? Falsafa ana shunday masalalar bilan 
shug’ullanadi. U nihoyatda qadimiy fan. Olam va odamlar o’rtasidagi munosabatlar, inson qadri va umrning mazmuni
dunyodagi o’zgarishlar, o’zaro aloqadorlik va bog’liqlik hamda taraqqiyotning umumiy qonuniyatlari falsafaning asosiy 
mavzulari hisoblanadi. 
Biz yashayotgan dunyo so’nggi yillarda nihoyatda o’zgarib ketdi. Xususan, Vatanimiz tarixida XX asrning 90-
yillarida olamshumul voqealar yuz berdi: mamlakatimiz mustaqillikka erishib, o’ziga xos taraqqiyot yo’lini tanladi, 
rivojlanishning o’zbek modelini amalga oshirishga kirishdi. Xalqimizning huquqiy demokratik jamiyat barpo etish 
zarurati dunyoqarashni tubdan o’zgartirish, eski aqidalardan tamoman voz kechish, istiqlol mafkurasini shakllantirish, 
xalq ma’naviyatini yuksaltirishni taqozo etmoqda. Bunda ijtimoiy fanlar rivoji ulkan ahamiyat kasb etadi. Prezidentimiz 
Islom Karimov to’g’ri ta’kidlaganlari kabi: «Ko’p asrlik tariximiz shuni ko’rsatadiki, inson dunyoqarashi shakllanishida 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin