O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi falsafa ma’ruzalar matni



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/191
tarix25.08.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#140467
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   191
Falsafa ma’ruzalar matni

 Faylasuf kim, 
degan savolga javob beraylik. Filosof so’zini, yuqorida aytganimizdek ilk bor buyuk matematik 
va mutafakkir Pifagor qo’llagan. Bu tushunchaning ma’nosini u Olimpiya o’yinlari misolida quyidagicha tushuntirib 
bergan: anjumanga keladigan bir guruh kishilar bellashish, kuch sinashish, ya’ni o’zi va o’zligini namoyon etish uchun, 
ikkinchi bir guruh – savdo-sotiq qilish, boyligini ko’paytirish uchun, uchinchisi esa, o’yindan ma’naviy oziq olish, 
haqiqatni bilish va aniqlashni maqsad qilib oladi. Ana shu uchinchi guruhga mansub kishilar, Pifagor talqiniga ko’ra, 
faylasuflar edi. 
Bu, bir qarashda, oddiy va jo’n misolga o’xshaydi. Ammo uning ma’nosi nihoyatda teran. Chunki, inson umrining 
o’zi ham shunday. «Dunyo teatrga o’xshaydi, unga kelgan har bir kishi sahnaga chiqadi va o’z rolini o’ynab dunyoni 
tark etadi», degan fikr bejiz aytilmagan. Kimdir bu dunyoga uning sir-asrorlari to’g’risida bosh ham qotirmasdan kelib 
ketadi, umrini eyish-ichish, uy-ro’zg’or tashvishlari bilan o’tkazadi. Boshqasi – nafs balosiga berilib, mol-mulkka ruju 
qo’yadi. Uchinchisi esa, olam hikmatlarini o’rganadi, umrini xayrli va savob ishlarga sarflaydi, boshqalar uchun ibrat 
bo’larli hayot kechiradi. 
Qadimgi Sharq va Yunonistonda har tomonlama chuqur bilim va katta hayotiy tajribaga ega bo’lgan, inson 
ma’naviyatini boyitish va haqiqatni bilishga intiluvchi kishilarni faylasuf deb ataganlar. Fozil va komil insonlargina 
falsafa bilan shug’ullanganlar. Aslida, o’sha davrlarda falsafani o’rganish deyilganda, ilmning asoslarini egallash 
ko’zda tutilgan. Grek mutafakkiri Geraklit (eramizdan avvalgi 520-460 yillarda yashagan) shogirdlariga murojaat qilib, 
«Do’stim, sen hali yoshsan, umringni bekor o’tkazmay desang, falsafani o’rgan», deganda aynan ana shu haqiqatni 
nazarda tutgan. 
Boshqa bir buyuk grek faylasufi Epikur (eramizdan avvalgi 470-399 yillarda yashagan) bu haqiqatni quydagicha 
ifoda etgan: «O’z-o’zingni erga urish, tubanlashish nodonlikdan boshqa narsa emas, o’zligingdan yuqori turish esa – 
faylasuflikdir». 
Lev Tolstoy donishmand kishilarning uch xislatini alohida ta’kidlab, shunday yozgan: «Ular, avvalo, boshqalarga 
bergan maslahatlariga o’zlari amal qiladilar; ikkinchidan, hech qachon haqiqatga qarshi bormaydilar; uchinchidan, 
atrofidagi kishilarning nuqsonlariga sabr-toqat bilan chidaydilar». 
Xuddi shuningdek, Sharqda ham Konfutsiy va Moniy, Xorazmiy va Forobiy, imom Buxoriy va imom Termiziy, 
Beruniy va ibn Sino, Naqshband va Navoiy kabi donishmand bobolarimiz o’z hayotiy kuzatishlari va tajribalarini 
umumlashtirish, insonga xos xato va kamchiliklardan saboq chiqarish, bashariyat tomonidan to’plangan bilim va 
tajribalarni o’zlashtirish orqali faylasuf darajasiga ko’tarilganlar. 
Umuman olganda, bilimdon kishilarning barchasini ham donishmand yoki mutafakkir deb bo’lmaydi. Haqiqiy 
faylasuflar hayotda nihoyatda kam bo’ladi. Ular o’z davri va millatining farzandi sifatida insoniyat tarixiga katta ta’sir 
ko’rsatadi. Xudoning o’zi aql-zakovat, iste’dod, kuch-quvvat ato etgan, yorqin tafakkurga ega bo’lgan bunday buyuk 
shaxslar umumbashariy taraqqiyot miqyosida tanilgan, teran insoniy g’oyalar, ma’naviy boyliklarning qadr-qimmatini 
chuqur anglaydigan donishmand odamlar bo’lgan
2

Kezi kelganda shuni alohida ta’kidlash lozimki, hozirgi davrda bizda falsafa ixtisosligi bo’yicha ma’lumot olgan 
mutaxassisni faylasuf deyish odat tusiga kirib qoldi. Aslida, faylasuf so’zi ana shu tarzda ishlatilganida ushbu sohaning 
zamonaviy mutaxassisi, uning asoslarini egallagan, mazkur yo’nalishda tadqiqot olib boradigan yoki ilmiy darajaga ega 
bo’lgan kishilar tushuniladi, xolos. 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin