O’zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish milliy tizimi, milliy idoralar va ularning vazifalari



Yüklə 27,28 Kb.
səhifə1/8
tarix02.05.2023
ölçüsü27,28 Kb.
#106085
  1   2   3   4   5   6   7   8

O’zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish milliy tizimi, milliy idoralar va ularning vazifalari


Reja:


1. O’zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish milliy tizimi tushunchasi, maqsadi va vazifalari
2. Sertifikatlashtirish qonuniy asoslari, asosiy atamalari
3. Sertifikatlashtirish bo’yicha milliy idoralar va ularning vazifalari
4. Sinov laboratoriyalari akkreditatsiyasi, mahsulotlarni sertifikatlashtirish


1. O’zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish milliy tizimi tushunchasi, maqsadi va vazifalari
Sertifikatlashtirish deb, mahsulot yoki xizmatlarni muayyan standart yoki texnik shartlarga mos kelishini tasdiqlash maqsadida o’tkaziladigan faoliyatga aytiladi.
«Sertifikatlashtirish» iborasi lotincha so’zdan olingan bo’lib, «to’g’ri qilingan» degan ma’noni bildiradi. Mahsulot, xizmat yoki jarayonning to’g’ri qilinganligi yoki bajarilganligi, ularning me’yoriy hujjatlarda belgilangan talablarga mos kelishini ishlab chiqaruvchi va iste’molchilarga tobe bo’lmagan uchinchi tomon yordamida tekshirish orqali aniqlanadi. Shuning uchun ham me’yoriy hujjatlar talablariga to’liq mos keladigan mahsulot, xizmat yoki jarayon sertifikatlashtirishdan bemalol o’tadi. Amalda mahsulotdan tashqari, shu mahsulotni ishlab chiqarayotgan korxonaning sifat tizimlari ham sertifikatlashtirishdan o’tkaziladi. Sertifikatlashtirishdan asosiy maqsad – mahsulot ishlab chiqarayotgan korxonaning me’yoriy hujjatlar talablari yoki iste’molchilar bilan to’zilgan shartnomalarda ko’rsatilgan talablarga mos keladigan mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatiga ishonch hosil qilishdan iboratdir. Shyning uchun ham korxonalarning mahsulotlari va sifat tizimlarining sertifikatlashtirishdan o’tkazilishi milliy mahsulotimizni jahon bozorida raqobatbardoshligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasining «Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to’g’risida»gi Qonuni va O’zRST 5.0:1998 (O’zbekiston sertifikatlashtirish milliy tizimi. Asosiy qoidalar)da mahsulot, xizmat, jarayon yoki boshqa ob’ektlarni sertifikatlashtirish bo’yicha huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslari hamda sertifikatlashtirishda qatnashuv-chi tomonlarning huquqlari, vazifalari va javobgarliklari belgilab berilgan.
Sertifikatlashtirish milliy tizimi – bu sertifikatlashtirish bo’yicha o’zining boshqaruv va ijro idoralari (organlari) hamda tartib-qoidalariga ega bo’lgan va davlat miqyosida amal qilinadigan tizim. Respublikamizda sertifikatlashtirish milliy tizimi to’liq, shakllangan va u amalda. Uning qoida va tartiblari ISO/MEK va ISO xalqaro stan-dartlari, EN 45000 Evropa standartlari, sertifikatlashtirish bilan shu-g’ullanuvchi boshqa xalqaro me’yorlar hamda qoidalarga muvofiq to’zilgan. Bunday choralar, o’z navbatida sertifikatlashtirish idoralari tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatlari va belgilarini chet mamlakatlarda ham tan olishini ta’minlaydi.
O’zbekiston Respublikasining sertifikatlashtirish milliy tizimi qoidalari va «Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikalashtirish to’g’risida»gi qonun birgina respublikada ishlab chiqarilayotgan mahsu-lotlargina emas, balki chetdan keltirilgan mahsulotlar uchun ham taal-luqlidir.
Sertifikatlashtirish sohasidagi asosiy atama va tushunchalarning mazmuni, respublikada sertifikatlashtirish jarayonlarini o’tkazish tartib va qoidalarini belgilash, sertifikatlash milliy tizimining asosiy maq-sadi hisoblanadi. Sertifikatlashtirishning asosiy maqsadi esa, inson hayoti va sog’ligi va atrofmuhitni turli zararli ta’sirlardan saqlash ham-da tovarlar o’zaro almashuvi va muvofiqligi bo’yicha iste’molchilar manfa-atini himoya qilish, xalqaro tijorat ishlarida to’siqlarni bartaraf etish va milliy mahsulotning raqobatbardoshligini oshirishdan iborat. Shular-ni etiborga olgan holda, sertifikatlash milliy tizimi quyidagi masala-lar bo’yicha ish olib boradi:

  • sertifikatlashtirish faoliyatida ishlatiladigan va me’yoriy hujjatlarda qo’llaniladigan asosiy atama va tushunchalarning nomlari va mazmunini belgilash; - bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish bo’yicha umumiy qoida va tartiblarini belgilash;

  • sertifikatlashtirish bo’yicha sinovlar o’tkazish qoida va tartiblarini aniqlash;

  • sertifikatlashtirish jarayonida qo’llaniladigan me’yoriy va rahbariy hujjatlarni belgilash;

  • bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish bo’yicha idoralar va sinov laboratoriyalari (markazlari)ning akkreditlash qoidalarini belgilash;

  • sertifikatlashtirish qatnashchilarining davlat boshqaruv idoralari (organlari) bilan o’zaro hamkorlik qilishini tashkil etish.

Sertifikatlashtirish mahsulotlar, xizmatlar va jarayonlarni me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiqligini ta’minlaydi. Muvofiqlik turlari esa, O’zbekiston sertifikatlashtirish davlat tizimida belgilangan.
Mahsulotlarni sertifikalashtirish bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish bo’yicha akkreditlangan idoralar tomonidan amalga oshiriladi. Sertifikatlashtirish sinovlarini akkreditlangan sinov laboratoriyalari (markazlari) o’tkazadi.
Yuqorida ta’kidlagandek, sertifikatlashtirishning vazifalari ham uning asosiy maqsadidan kelib chiqadi va bu vazifalar quyidagilardan iborat:

  • inson hayoti va sog’ligi, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki hamda atrof-muhit uchun zararli yoki xavfli bo’lgan mahsulotlar ishlab chiqarish va sotish ustidan qat’iy nazorot o’rnatish;

  • jahon bozorida milliy mahsulot raqobatbardoshligini oshirish;

  • milliy va qo’shma korxonalar hamda tadbirkorlarning xalqaro tijorat ishlarida qatnashishi uchun zarur bo’lgan sharoitlarni yaratish;

  • iste’molchini mahsulot ishlab chiqaruvchi (sotuvchi, bajaruvchi)ning noinsofligidan himoya qilish;

  • iste’molchilarning talablarida ko’rsatilgan talablarni mahsulot sifati orqali ta’minlash.


Yüklə 27,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin