O’zbekisтon respublikasi



Yüklə 239,5 Kb.
səhifə1/14
tarix19.05.2022
ölçüsü239,5 Kb.
#58652
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
portal.guldu.uz-ishchi oquv dastur


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI







TASDIQLAYMAN”
O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor
_______ H.H.Qo‘shiyev
«___» _______ 2021 yil
__________



EKONOMETRIKAGA KIRISH”




FANINING ISHCHI O‘QUV DASTURI
Bilim sohasi: 100000 – Gumanitar soha;
200000 – Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq
Ta’lim sohasi: 230000 – Iqtisod
Ta’lim yo‘nalishi: 5230100 – Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

Umumiy o‘quv soati:

180

(3-semestr)

Shu jumladan:







Ma’ruza:

34




Amaliy mashg‘ulot:

38




Mustaqil ta’lim:

108






Guliston – 2021 y.
Fanning ishchi o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 20_ yil “__” __ dagi “__”-sonli buyrug‘i bilan (buyruqning ____-ilovasi) tasdiqlangan “Ekonometrikaga kirish” fani dasturi asosida tayyorlangan.

Fan dasturi Guliston davlat universiteti Kengashining 2021 yil “___” ____________dagi ___ - sonli bayoni bilan tasdiqlangan.





Tuzuvchi:




Berdiyev G‘.

GulDU “Iqtisodiyot” kafedrasi katta o‘qituvchisi, PhD





Taqrizchi:




Muxametov A.

GulDU “Iqtisodiyot” kafedrasi dotsenti, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent

GulDU Ijtimoiy-iqtisodiy
fakulteti dekani:
2021 yil “___” “_____________” ___________________ Z.Zikriyayev

GulDU “Iqtisodiyot”


kafedrasi mudiri:
2021 yil “___” “_____________” ____________________ A.Abduvoxidov

GulDU O‘quv-uslubiy boshqarma


boshlig‘i :
2 021 yil “___” “_____________” ____________________I.Xudoyberdiyev



Fan/modul kodi
INTECON6

O‘quv yili
2021-2022

Semestr
3

ECTS - Kreditlar
6

Fan/modul turi
Majburiy

Ta’lim tili
O‘zbek/rus

Haftadagi dars soatlari
4

1.

Fanning nomi

Auditoriya mashg‘ulotlari (soat)

Mustaqil ta’lim (soat)

Jami yuklama
(soat)

Ekonometrikaga kirish

72

108

180



1. O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni

Iqtisodiyotni transformatsiyalash sharoitida o‘zgaruvchan raqobat muhiti va bozor sharoitini ilg‘ab olish, ularning rivojlanish qonuniyatlarini chuqur tahlil qilishda Jahon hamjamiyatida O‘zbekiston o‘z o‘rnini egallashi, raqobatbardosh iqtisodiyotni yaratish hamda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini tashkil qilish orqali bandlik muammosini hal etish, aholining daromadlari va farovonligini oshirishda tobora muhim o‘rin tutayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash, ta’lim tizimida zamonaviy axborot va ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llash – ustuvor masalalar bo‘lib qolmoqda.


“Ekonometrikaga kirish” fani ijtimoiy-iqtisodiy hodisa va jarayonlarning ekonometrik modellarini tuzish, tuzilgan modellarni turli xil mezonlar asosida tekshirish va ularni tadbiq qilish hamda ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni prognoz qilishni o‘rganadi.
Mamlakatimizda banklarning kapitallashuvi va investitsiyaviy faolligini yanada oshirish, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlarning ustuvor yo‘nalishlarini qayta tiklash va kengaytirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga qaratilgan kreditlash hajmini oshirish va bu jarayonlarda ekonometrik modellashtirish usullaridan foydalanish muhim vazifalardan hisoblanadi.
Mamlakatimiz iqtisodiyotida ro‘y berayotgan jiddiy tarkibiy o‘zgarishlar tashqi iqtisodiy ko‘rsatkichlarda o‘zining aniq ifodasini topmoqda. Bunday iqtisodiy o‘sishga erishishda, avvalambor, keng ko‘lamli tizimli bozor islohotlarini joriy etish va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va yangilash, biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirishga qaratilganligi katta ahamiyatga egadir.
O‘quv fanining maqsadi va vazifasi
“Ekonometrikaga kirish” fanini o‘qitishdan maqsad – talabalarda bozor munosabatlari sharoitida milliy iqtisodiyot va uning tarmoqlari kabi murakkab iqtisodiy tizimlarni ekonometrik modellashtirish asoslarini o‘rgatishdan, o‘rganilayotgan jarayonlarga iqtisodiy-statistik va ekonometrik usullarni qo‘llashni, iqtisodiy dinamikani o‘rganishda turli xil funktsiyalar, ekonometrik modellarni kompyuter dasturlari yordamida echish va olingan natijalarni iqtisodiy tahlil qilish bo‘yicha boshqaruv qarorlarini qabul qilishda yo‘nalish profiliga mos bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat.
Fan o‘z ichiga quyidagi vazifalarni oladi:

  • iqtisodiy ko‘rsatkichlarini tahlil qilishda va ushbu sohada vujudga kelishi mumkin bo‘lgan amaliy muammolarni echishda ekonometrik usullar va modellar hamda zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalana olishni o‘rgatish;

  • bozor kon’yunkturasini tahlil qilish yo‘llari va usullarini bilish;

  • turli iqtisodiy ko‘rsatkichlarni ekonometrik modellar yordamida tahlil qilish va istiqbollashni amalga oshirish yo‘llarini;

  • iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilar bozorida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan turli vaziyatlarni iqtisodiy matematik modellar va ekonometrik modellar orqali tahlil qilish va istiqbollashni amalga oshirishni;

  • firmaning bozor strategiyasini tanlash bo‘yicha turli holatlarni tahlil qilish va qarorlar qabul qilishni o‘rganadi.

Shuningdek, “Ekonometrikaga kirish” fani fundamental fanlardan biri bo‘lib, boshqa iqtisodiy fanlarni chuqur o‘rganishda asos bo‘lib xizmat qiladi.



Yüklə 239,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin