O‘ZBEKISTONDA
FANLARARO
INNOVATSIYALAR
VA
8-
SON
ILMIY
TADQIQOTLAR
JURNALI
20.05.2022
674
BOSHLANG'ICH SINF TARBIYA DARSLARIDA «BILIM OLISH SIRLARI» MAVZUSINI
O'QITISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH BO‘YICHA METODIK
TAVSIYALAR
Artikova Malohat Mirzayevna
Toshkent viloyati O'rta Chirchiq tumani
54-umumiy o'rta ta'lim maktabining boshlang'ich sinf o'qituvchisi
Bugungi
kunda fan, madaniyat, axborot texnologiyalari jadallik bilan rivojlanib
borayotgan mamlakatimizda ta’limni rivojlantirish
eng asosiy masalaga aylanib
bormoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasi (1997 yil 29 avgust) da
qabul qilingan hamda bugungi kunda g‘oyalari amaliyotga keng ko‘lamda
muvaffaqiyatli tatbiq etilayotgan O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi
Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” mazmunida barkamol shaxs va malakali
mutaxassisni tarbiyalab voyaga yetkazish jarayonining mohiyatini to‘laqonli ochib
berilgandir. Malakali kadrlar tayyorlash jarayonining har bir bosqichi o‘zida ta’lim
jarayonini samarali tashkil etish, uni yuqori bosqichlarga ko‘tarish,
shu bilan birga
jahon ta’limi darajasiga yetkazish borasida muayyan vazifalarni amalga oshirishi
lozim. Chunonchi, mazkur jarayonning uchinchi bosqichi (2005
va undan keyingi
yillar)da “... ta’lim muassasalarini moddiy resurs, kadrlar va axborot bazalarini yanada
mustahkamlash, o‘quv-tarbiya jarayonini yangi o‘quv-uslubiy majmualar, ilg‘or
pedagogik texnologiyalar bilan to‘liq ta’minlash” kabi dolzarb vazifalar ijobiy hal
etilmog‘i lozim.
Mazkur vazifalarning muvaffaqiyatli hal etilishida
yana bir omilning mavjudligi,
ya’ni uzluksiz ta’lim tizimi xodimlari, pedagog-o‘qituvchilar tomonidan zamonaviy
ta’lim texnologiyalarining mohiyatidan xabardorliklari hamda ularni ta’lim jarayonida
samarali qo‘llay olishlari, shuningdek, ta’lim jarayonini tashkil etishga nisbatan ijodiy
yondashuvning qaror topishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Bugun tarbiya kirib bormagan biror soha yo‘q, har bir fan, albatta, tarbiya bilan
uzviy bog‘liq. Ushbu fanga o‘quvchini
qiziqtirish, rejada berilgan mavzularni to‘liq
o‘zlashtirilishini ta’minlash pedagogning vazifasi sanaladi. Pedagog kutilayotgan
natijaga erishish uchun avvalo darsni rejalashtirishi yoki loyihalashtirishi lozim
bo‘ladi. Darsni loyihalashtirishda quyidagi tavsiyalarni berib o‘tamiz.
Pedagogik jarayonni loyihalashda:
1. Pedagogik faoliyat mazmunini tahlil qilish;
2. Natijalarni oldindan ko‘ra bilish;
3. Rejalashtirilgan faoliyatni amalga oshirish loyihasini
yaratish kabi vazifalar
bajariladi. Bu bosqichda o‘qituvchining mustaqil, shu bilan birga o‘quvchi bilan
hamkorlikda o‘quv
jarayonining mazmuni, vositalarini belgilash asosida
loyihalashtirilgan faoliyati yetakchi o‘rin tutadi. Loyihalar predmet va uning