O‘zbekistonning xorijlik mutaxassislardan ko‘ngli qoldi



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə1/5
tarix27.09.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#149814
  1   2   3   4   5
вазият (1)


“O‘zbekistonning xorijlik mutaxassislardan ko‘ngli qoldi” — Alyona Vladimirskaya mehnat bozoridagi tendensiyalar haqida
HR-mutaxassisi mehnat bozoridagi ishlar qanday kechayotgani, qaysi xorijliklar jalb qilingani, nima uchun ularga ko‘proq maosh to‘langani hamda so‘nggi bir yilda bu tendensiya qanday o‘zgargani haqida Spot’ga so‘zlab berdi.

Foto: Ilya Semendeyev / Spot
Alyona Vladimirskaya — ishga yollash bo‘yicha 20 yildan ortiq tajribaga ega, karyerani o‘stirish bo‘yicha mutaxassis. U “Mail.Ru Grup” kompaniyasida ishga qabul qilish bo‘limi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan.
Alyona O‘zbekistonga 1,5 yil oldin mahalliy ishlab chiqaruvchining taklifiga binoan kelgan. Loyiha ustida ishlayotgan vaqtida mamlakatga mehri tushadi va bu yerda yosh mutaxassislarning kasbiy o‘sishiga qaratilgan “Ustoz” xayriya loyihasini ochishga qaror qiladi.
U “Spot"ga bergan intervyusida O‘zbekiston mehnat bozoridagi tendensiyalar, mahalliy biznes egalarining chet elliklardan ko‘ngli qolgani va o‘z xodimlarini rivojlantirish istagi, ta’lim sifati pastligi va sohadagi boshqa muammo hamda imkoniyatlar haqida so‘zlab berdi.
Реклама
Alyona, O‘zbekistonga qanday kelgansiz va bu yerda nimalar bilan shug‘ullanyapsiz?
Bundan 1,5 yil oldin meni O‘zbekistondagi yirik developerlardan biri kompaniyadagi top-menejerlarning ko‘p qismini almashtirish uchun taklif qilgan. Men va jamoam bu yerga kelib, 5 oyda loyihani yakunladik, buning uchun dastlab 3 oy kerak bo‘ldi. Bu yerdaligimda Toshkentni juda sevib qoldim.
Men ajoyib odamlari va biznes imkoniyatlari bo‘lgan qiziqarli go‘zal shahar, ulkan iqtisodiy salohiyatga ega mamlakatni ko‘rdim. Bularning barchasi 2000-yillardagi iqtisodiy yuksalishdan oldingi Moskvaga juda o‘xshash edi.
Hamkorlarimga shu yerda kompaniya ochmoqchi ekanligimni aytdim. Bu vaqt ichida ko‘plab boshqa mijozlarni orttirdik. Dastlab biz faqat chet elliklarni olib keldik. Keyinchalik, mamlakat bilan tanishar ekanmiz, mahalliy aholidan ham xodimlar topish mumkinligini tushundik.
Hozir O‘zbekistonda faol ishlayotgan rekruting kompaniyamiz bor. “Ustoz” loyihasi bilan ham shug‘ullanyapman. Umid qilamanki, biznesimni yopishim va mamlakatni tark etishim kerak bo‘lgan holatlar bo‘lmaydi.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin