O’zbеkitsоn rеspublikasi



Yüklə 117 Kb.
səhifə1/8
tarix09.08.2022
ölçüsü117 Kb.
#63067
  1   2   3   4   5   6   7   8
wgoi4IyXIbcQ9bFK2848yQB1UCJVqzcbPh74ITBQ



Mavzu: Birlashgan Millatlar Tashkiloti va O‘zbekiston


O’zR davlat mustaqilligini qo’lga kiritgan dastlabki kunlaridanoq jahon hamjamiyatiga qo’shilish, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish yo’lini tanladi va og’ishmay shu yo’ldan bormoqda.
O’zR o’zining xohish-irodasi va taklifiga ko’ra 1992 yil 2 martda jahondagi eng nufuzli xalqaro tashkilot - Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qabul qilindi. O’zbekiston BMT Nizomini, xalqaro huquqiy me’yorlarini, davlatlararo muomala qoidalarini, shuningdek BMT tarkibiga kiruvchi xalqaro tashkilotlar talablariga rioya qilishini bildirdi. Mamlakatimiz jahon hamjamiyatining to’la teng huquqli a’zosi bo’ldi.
O’zbekistonning birinchi Prezidenti I.Karimovning BMT Bosh Assambleyasining 1993 yilda bo’lgan 48-sessiyasida ishtirok etishi va unda 11 sentabrda qilgan ma’ruzasi O’zbekistonni jahonga ko’hna va yosh navqiron davlat sifatida namoyon etdi. O’zbekiston Respublikasi nomidan Markaziy Osiyoda xavfsizlik, barqarorlik va hamkorlik masalalari buyicha BMTning Toshkentda doimiy ishlovchi seminarini chaqirish, narkobiznesga qarshi kurashni kuchaytirish, Orol muammosini hal etish va boshka masalalar buyicha bir qator takliflarni o’rtaga qo’ydi.
1993 yil fevralda Toshkentda BMTning vakolatxonasi ochildi va u ish boshladi. O’zR va BMT rahbarlarining sa’y-harakatlari natijasida BMTning Toshkentdagi vakolatxonasi mamlakatimizda BMTning Taraqqiyot dasturi, qochoqlar ishi bo’yicha oliy qo’mita komissari, Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti, Aholi joylashish jamg’armasi, Narkotik moddalarni nazorat qilish dasturi, Sanoat taraqqiyoti dasturi, Bolalar jamg’armasi singari ixtisoslashgan muassasalarni o’z tarkibiga birlashtirishga muvaffaq bo’ldi. 1993-1997 yillarda BMT vakolatxonasiga boshchilik qilgan Xomid Malikning faol ishtirokida O’zbekistonda ko’plab xalqaro tadbirlar o’tkazildi. Chunonchi Toshkentdagi BMTning qochoqlar ishi bo’yicha oliy qo’mitasi komissarining vakili tojik qochoqlarni yurtiga qaytarish, ularga BMTniig insonparvarlik yordamini yetkazish bo’yicha katta tadbirlari amalga oshirdi. 1994 yil oktabrning boshlarida BMT vakolatxonasining yordami va ishtirokida Toshkentda bo’lgan jahon sayyohlik tashkilotining "Ipak yo’li" halkaro yig’ilishi jahon banki va tijoratchilarida O’zbekistonning mavqeini yanada oshirdi.
1995 yil 20 yanvarda Toshkentda BMT vakolatxonasi Bilan hamkorlikda seminar-kengash bo’lib o’tdi, unda O’zbekiston taraqqiyotining strategik muammolari, o’zaro hamkorlikni yanada chuqurlashtirish yo’llari muhokama etildi. O’zbekiston o’zining BMT ishidagi ishtirokini Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik va tinchlikni ta’minlashning keskin muammolariga jahon jamoatchiligi e’tiborini qaratish imkoniyati deb biladi. O’zbekistonning tashabbusi bilan va BMT rahnamoligida 1995 yil 15-16 sentabr kunlari Toshkentda Markaziy Osiyoda xavfsizlik va hamkorlik masalalariga bag’ishlangan seminar-kengash bo’lib o’tdi. Xalkaro kengashda ishtirok etgan 31 davlat va 6 xalqaro tashkilotdan kelgan muxtor vakillar mintaqa xavfsizligining, mojarolarning oldini olish, integratsiyasi jarayonlarini chuqurlashtirishning ishonchli tizimini barpo etish masalalari yuzasidan o’z fikrlarini, takliflarini aytdilar. Kengash yakunlari yuzasidan qabul qilingan Bayonot jahon xalqlarini, xususan Markaziy Osiyo xalqlarini, turli siyosiy kuchlarni mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlashga, iqtisodiy va ekologik hamkorlik tizimlarini barpo etishga chaqirdi. Shuningdek, mintaqadagi mojarolarni bartaraf etish, barqarorlik va hamkorlikni ta’minlash xalqaro tashkilotlarning ham vazifasi ekanligi ta’kidlandi. Negaki, mintaqalar xavfsizligi jahon xavfsizligining garovidir.
O’zbekiston BMTning 50 yilligiga bag’ishlangan tantanalarda faol qatnashdi. O’zbekistonning birinchi Prezidenti I.Karimov BMT Bosh Assambleyasining 1995 yil oktabr-noyabrda bo’lgan yubiley sessiyasida qatnashib, nutq so’zlab, bu nufuzli xalqaro tashkilot faoliyatini yaxshilashga doir takliflarni bayon etdi. Umumjahon xavfsizligi mintaqaviy xavfsizlikka erishishdan boshlanadigan jarayon ekanligi, mintaqalar xavfsizligini ta’minlash yo’li bilangina jahon xavfsizligini ta’minlash mumkinligi alohida ta’kidlandi. Afg’onistondagi urushga barham berish uchun unga tashqi kuchlarning aralashuvini bartaraf etish, qurol olib kirishni ta’qiqlash takliflari ilgari surildi. Shuningdek, ommaviy qirg’in qurollarini tarqatmaslik, qurol savdosini cheklash to’g’risida, Orol dengizining qurib borishi bilan bog’liq ekologik muammoni hal etishga xalqaro moliya tuzilmalarini va rivojlangan mamlakatlarni jalb qilish, BMTning tashkilotchilik ishini faollashtirish to’g’risida bir qator takliflar ilgari surildi. Xalqaro tashkilotlar va nufuzli davlatlar bu takliflarni ma’qulladilar va muammolarni hal qilishga ko’maklashmoqdalar.
O’zbekistonning BMT bilan hamkorligining yorqin sahifalaridan yana biri Markaziy Osiyo mintaqasini yadro qurolidan xoli zonaga aylantirish maqsadida o’z ifodasini topdi. O’zR Prezidenti birinchi I.Karimov BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida so’zlagan nutqida Markaziy Osiyoni yadro qurolidan xoli zonaga aylantirish g’oyasini ilgari surgan edi. O’zbekistonning bu tashabbusi halkaro hamjamiyat tomonidan qo’llab quvvatlandi. Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining 1997 yil fevralda Almatida bo’lgan uchrashuvida mintaqani yadro qurolidan xoli zonaga aylantirishga ahdlashildi va bu ahdnoma mazkur uchrashuvda qabul qilingan. Almati deklaratsiyasida o’z ifodasini topdi. "Markaziy Osiyo - yadro qurolidan xoli zona" shiori ostida halkaro konferensiya o’tkazish taklifi ilgari surildi. 1997 yil 23 iyulda Bishkekda Qirg’iziston, Qozog’iston va O’zbekiston tashqi ishlar vazirlari Kengashining majlisi bo’lib, unda "Tegishli mintaqa davlatlari o’rtasida ihtiyoriy ravishda imzolangan ahdlashuv asosida yadro qurolidan xoli zona tashkil etish" nomli hujjatni tayyorlash, uni BMT va xorijiy vakolatxonalarga tarqatish masalalari muhokama qilindi. Markaziy Osiyo davlatlari diplomatlari halqaro konferensiyani, uning hujjatlarini tayyorlashda faol qatnashdilar. Toshkentda Norvegiya, Rossiya, AKSh ekspertlari bilan ishchi maslahatlari o’tkazildi.
1997 yil 15-16 sentabr kunlari Toshkentda "Markaziy Osiyo -yadro qurolidan xoli zona" mavzusida halqaro konferensiya bo’lib o’tdi. Uning ishida 56 davlat va 16 xalqaro tashkilotdan vakillar ishtirok etdi. Ushbu masala yuzasidan Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi ishlar vazirliklarining bayonoti imzolandi. Unda BMT Xavfsizlik kengashining doimiy a’zolari, barcha davlatlar Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zonani barpo etish tashabbusini qo’llab-quvvatlashga va uni barpo etishga ko’maklashishga chaqiriladi. Markaziy Osiyo mintaqasining yadro qurolidan xoli zonaga aylanishi mazkur mintaqa xavfsizligini mustahkamlaydi.
O’zbekistonning birinchi Prezidenti BMT minbaridan butun Afg’onistonda, Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, Markaziy Osiyoda yadroviy quroldan xoli hududni tashkil etish tashabbusini ilgari surganidan so’ng bu haqda shartnoma 2006 yil sentabr oyida Semipalatinsk shahrida imzolandi. BMT Bosh Assambleyasining 61 va 63-sessiyalarida ushbu tashkilotga a’zo davlatlarning ko’pchilik ovozi bilan "Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli hudud" rezolyutsiyasi qabul qilindi, 2009 yilning mart oyidan boshlab esa, bu haqdagi shartnoma kuchga kirdi.
Bugungi kunda yadrodan xoli hududlar butun yer sharining 70 foizini tashkil etadi. Dunyoning ko’pgina davlatlari yadrodan xoli hududlar haqidagi 6 ta shartnomani qo’llab-quvvatlamoqda.

  1. Antarktida shartnomasi 1959 yil 1 dekabrda qabul qilindi va 1961 yil 3 iyunda kuchga kirgan.

  2. Lotin Amerikasi va Karib havzasida yadro qurolini taqiqlash haqidagi Tlatelolko shartnomasi 1967 yil 14 fevralda qabul qilindi va 1969 yil 25 aprelda kuchga kirdi.

  1. Tinch okeanining janubiy qismini yadrodan holi hududga aylantirish haqidagi Raroton shartnomasi 1985 yil 6 avgustda qabul qilindi va 1986 yil 11 dekabrda kuchga kirgan.

  2. Janubi-Sharqiy Osiyoni yadro qurolidan holi hududga aylantirish haqidagi Bankok shartnomasi 1995 yil 15 dekabrda qabul qilindi.

  3. Afrikani yadro qurolidan holi hududga aylantirish haqidagi Pelindab shartnomasi 1999 yil 11 aprelda qabul qilindi.

  4. Markaziy Osiyoda yadro qurolidan holi hudud tashkil etish to’g’risidagi Semipalatinsk (Qozog’iston) shartnomasi 2006 yil 8 sentabrda qabul qilindi va Markaziy Osiyodagi 5 ta davlat rahbarlari tomonidan imzolandi.

Demak, dunyoning 110 mamlakati, ya’ni jahon hamjamiyatining yarmidan ko’pi yadro qurolidan butunlay voz kechish tarafdoridir. Bundan ko’zlangan maqsad yadro quroli mavjud bo’lgan hududlarni cheklash, yadro urushi xavfini kamaytirish dir.
O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda yadrosiz hudud barpo etish haqidagi tashabbusi BMT va jahon jamoatchiligi tomonidan to’la qo’llab-quvvatlanmoqda. Bu taklif BMT Bosh Assambleyasining sessiyalarida muhokama qilindi va u bo’yicha maxsus rezolyutsiya qabul qilindi.
Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli hudud barpo etish faqat mintaqada emas, balki butun jahonda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
2017 yil sentabr oyida O’zbekistonning Prezidenti Sh.M.Mirziyoev BMT 72-sammitida nutq so’zladi. O’zbekistonning Prezidenti o’z nutqida jahon hamjamiyatchiligini Markaziy Osiyo yadro qurolidan xoli zona ekanligi, Orol muammosi, ishsizlik masalasi va uni bartaraf etish chora-tadbirlari, Afg’oniston masalasi, yoshlar siyosatiga yana bir bor e’tibor qaratishga chaqirdi.
Ushbu Axborot markazi – BMTning O`zbekistondagi vakolatxonasi qoshida 1995 yilda ochilgan edi. U BMTning 70 dan ortiq mamlakatlardagi axborot markazlari va xizmatlarning butunjahon tarmog`iga kiradi. Uning markaziy mutasaddi tashkiloti – 1946 yilda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan "dunyodagi barcha xalqlarning Birlashgan Millatlar to`g`risida imkon qadar to`liqroq ma`lumot olishlari maqsadida" tashkil etilgan Nyu-Yorkdagi BMTning Jamoat axboroti departamentidir. Rezolyutsiyada ta`kidlanganidek, "Birlashgan Millatlar Tashkiloti o`z vazifalarini, faqat dunyo xalqlari uning maqsad va faoliyatidan to`liqroq xabardor qilingandagina yaxshiroq amalga oshirishi mumkin bo`ladi". Xuddi shu vazifa BMT fikrlari ifodachisi bo`lgan va shu bilan birgalikda mahalliy jamoatchilik e`tiborini global ahamiyatga ega muammolarga jalb etishga yordam beradigan Jamoat axborot departamentining joylardagi Axborot markazlariga yuklatilgan. Toshkentdagi Axborot markazining asosiy vazifasi – BMT maqsad va vazifalarini yanada yaxshiroq tushunib olishga yordamlashish va odamlarni uning O`zbekistondagi faoliyatini qo`llab-quvvatlashga safarbar etishdir. Bunga axborotlar tarqatish va ommaviy axborot vositalari, hukumat va nohukumat tashkilotlar, ta`lim-tarbiya berayotgan muassasalar va boshqa mahallaiy hamkorlar bilan birgalikda tadbirlar o`tkazish yordamida erishiladi. Markaz Jamoat axborot departamentining joylardagi boshqa bo`limlari singari, BMT tizimi uchun O`zbekistonda jamoatchilik bilan aloqa qilish xizmati rolini ham bajaradi.
O`zbekiston rasmiy doiralari bilan muloqot
Axborot markazi O`zbekiston davlat hokimiyat organlari, vazirliklar va idoralar, mahalliy hokimiyat organlari (hokimliklar) va boshqa davlat muassasalari bilan yaqin hamkorlikda ish olib boradi. Markaz ularning talab-ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda BMT faoliyati to`g`risida axborotlar taqdim etadi va ularning BMTga taalluqli tashabbus va tadbirlarining amalga oshirish uchun ko`maklashadi. Axborot direktori vazifasini ham bajaruvchi, BMTning O`zbekistondagi Doimiy Vakili tez-tez rasmiy tadbirlarda, bayramlarda va uchrashuvlarda BMT nomidan qatnashib turadi.
Ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik
Axborot markazi BMT faoliyati to`g`risida butun dunyoda va mamlakatda axborot materiallari e`lon qilishlari uchun O`zbekistondagi noshirlik va elektron ommaviy axborot vositalariga har tomonlama yordam beradi. Markaz – BMT rasmiy shaxslar va expertlari ishtirokida matbuot konferensiyalari, brifinglar va davra suhbatlari tashkil etadi. Shuningdek, BMT vakili BMTning O`zbekistondagi faoliyati masalalarida, shu singari BMTning global ahamiyatga ega bo`lgan tashabbuslari va loyihalari borasida O`zbekiston televideniesi, radiosi va matbuot organlarida chiqishlar qiladi. Axborot markazi ommaviy axborot vositalariga nashr etilgan, audio va video materiallar taqdim etadi va radio hamda televidenieda BMT to`g`risida muntazam ruknlar, dasturlar tashkil etilishini qo`llab-quvvatlaydi. Markazning matbuot uchun ma`lumotnomalarni tarjima qilishi va Jamoat axborot departamentining matbuot uchun ma`lumotnomalarini va boshqa axborot ma`lumotlarini tarjima qilishi va tarqatishi odatdagi amaliyotga aylanib qolgan, shuningdek, Markazning o`zi ham ro`y berayotgan voqealar hamda Tashkilot loyihalari va uning O`zbekistondagi ixtisoslashtirilgan muassalari to`g`risida matbuot ma`lumotnomalari mustaqil chiqarmoqda. Ommaviy axborot vositalarida BMT faoliyatini yoritishni kengaytirish maqsadida Axborot markazi mahalliy matbuotda BMT mavzui bo`yicha eng yaxshi maqolalar konkursi o`tkazmoqda.
Nohukumat tashkilotlar va o`quv yurtlari bilan hamkorlik
Axborot markazi O`zbekiston nohukumat tashkilotlari va o`quv yurtlari bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda. Mazkur hamkorlik doirasida Markaz BMT xodimlari va ekspertlarining chiqishlarini tashkil etmoqda, axborot bilan ta`minlashda yordam ko`rsatmoqda, BMT nashr etgan ma`lumotlarni taqdim etmoqda. Shuningdek, Axborot markazi Tashkilotning BMT kuni, Inson huquqlari kuni, Xalqaro xotin-qizlar kuni singari nishonlanadigan kunlari to`g`ri kelgan maxsus tadbirlarini o`tkazmoqda, nohukumat tashkilotlariga, ularning BMTga taalluqli o`z tadbirlarini o`tkazishlariga yordamlashmoqda.
Markaz O`zbekiston maktablari va oliy o`quv yurtlari bilan to`g`ridan-to`g`ri muloqotga kirishishni qo`llab-quvvatlaydi, bu hol viktorinalar, BMT "modeli" kabi hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirish imkoniyatini beryapti. Bundan tashqari Axborot markazi yoshlar davrasiga mo`ljallangan hujjatlar, matbaa mahsulotlari va videodastarlarni tarqatmoqda.
Ayni paytda Markaz O`zbekiston nohukumat tashkilotlari bilan BMT Jamoat axborot departamenti o`rtasida rasmiy hamkorlik munosabatlarini o`rnatish uchun BMT bosh qarorgohiga ma`lumotalar va tavsiyalar taqdim etadi.
Markaz kutubxonasi
Axborot markazi O`zbekistondagi BMT rasmiy hujjatlari va boshqa axborot materiallari, jumladan, plakatlar rasmlar statistik hisobotlar va audiviuzal materiallarning asosiy manbai hisoblanadi. Markaz kutubxonasi barcha talabgorlar uchun ochiqdir. Kutbxona fondida Bosh Assambleya, Xavfsizlik Kengashi, Iqtisodiy va Ijtimoiy kengashi, Vasiylik kengashi va Xalqaro sud majlislarining rasmiy protokollari, shuningdek, BMTning xalqaro tinchlik va xavfsizlik, barqaror taraqqiyot, inson huquqlari, atrof muhit muhofazasi, demografiya, ijtimoiy taraqqiyot, jahon iqtisodiyoti, qishloq xo`jaligi va boshqa mavzulardagi nashrlari mavjud. Shuni ta`kidlab o`tish kerakki, Axborot markazi va uning kutubxonasi BMT axborot markazlari butunjahon elektron tarmog`iga ulangan va bu erda BMTning Internetga joylashtirilgan axborot manbaalaridan ham foydalanish imkoniyati mavjud.
Markaz kutubxonasi BMT hujjatlari va nashrlarini O`zbekiston kutubxonalariga, oliy o`quv yurtlariga va boshqa muassasalariga muntazam ravishda taqdim etmoqda. U haftaning payshanba, shanba va yakshanba kunlaridan tashqari soat 14.00dan 17.00ga qadar har doim keluvchilar uchun ochiq. Muloqot uchun telefonlar: (998-71) 1394835, 1391462.
Axborot markazi televideniega nohukumat tashkilotlarga va o`quv yurtlariga ularning talablariga binoan berishi mumkin bo`lgan BMT videodasturlari kolleksiyasiga ega. Videodasturlar tomoshasi bevosita Markazning o`zida ham tashkil etilishi mumkin. Bu erda shu kabi seminarlar va boshqa tadbirlar ham tez-tez o`tkazilib turiladi.
Noshirlik faoliyati
Axborot markazi faoliyatining muhim yonalishlaridan biri – BMT nashrlarini o`zbek tilida qayta nashr etishdan iboratdir. Keyingi yillarda o`zbek kitobxonlari BMTning "BMTni bilasizmi?", "BMT yurtida" kabi taniqli kitoblarni qo`llariga oldilar. Makaz, shuningdek, Bosh Assambleyaning maxsus sessiyalariga bag`ishlangan, BMTning muhim butunjahon konferensiyalariga to`g`ri keladigan axborot materiallarini o`zbek tiliga tarjima qilmoqda va tarqatmoqda. Bundan tashqari, Axborot markazi BMTning O`zbekistondagi dasturlari va agentliklariga ularning davriy hisobotlari va boshqa nashrlarini tayorlashda ko`maklashyapti.

Yüklə 117 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin