Hujjat 10.01.2018 04 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
OZIQ-OVQAT MAHSULOTINING SIFATI VA XAVFSIZLIGI TO‘G‘RISIDA
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonun aholini sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsuloti bilan ta’minlashning
huquqiy
asoslarini belgilab beradi.
Ushbu Qonunning talablari atir-upa, pardoz-andoz mollari va tamaki mahsulotlariga ham
taalluqlidir.
2-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
bolalarbop oziq-ovqat mahsulotlari — bolalar organizmining (uch yoshgacha) fiziologik
xususiyatlariga javob beradigan maxsus oziq-ovqat mahsulotlari;
Oldingi
tahrirga qarang.
sanitariya-epidemiologik xulosa — oziq-ovqat mahsulotining va uni tayyorlash hamda undan
foydalanish uchun mo‘ljallangan uskunalarning
sanitariya qoidalariga, normalariga va gigiyena
normativlariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjat;
(2-moddaning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 18-apreldagi O‘RQ-429-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 16-son, 265-modda)
ovqatga qo‘shiladigan biologik faol qo‘shimchalar — oziq-ovqat xomashyosini qayta ishlash
yo‘li bilan yoki sun’iy usulda hosil qilingan hamda bevosita ovqat bilan birga iste’mol qilishga yoki
oziq-ovqat mahsulotlari tarkibiga qo‘shishga mo‘ljallangan
tabiiy yoxud tabiiyga aynan
o‘xshaydigan biologik faol moddalarning konsentratlari;
oziq-ovqatlar — oziq-ovqat xomashyosidan tayyorlangan hamda natural yoki qayta ishlangan
holida iste’mol qilinadigan mahsulotlar;
oziq-ovqat mahsuloti — oziq-ovqat xomashyosi, (shu jumladan etil spirti), oziq-ovqatlar (shu
jumladan alkogolli ichimliklar) va ularning tarkibiy qismlari, oziq-ovqat
xomashyosi va oziq-
ovqatlarga tegib turadigan moddalar, materiallar, yordamchi va
qadoqlash materiallari hamda
ulardan tayyorlangan buyumlar birga;
oziq-ovqat mahsuloti muomalasi — oziq-ovqat mahsulotini ishlab chiqarish, tayyorlash, xarid
qilish, qayta ishlash, yetkazib berish, saqlash, tashish va realizatsiya qilish bilan bog‘liq faoliyat;
oziq-ovqat mahsulotini realizatsiya qilish — oziq-ovqat mahsulotini ma’lum shartlar bilan
sotish, yetkazib berish va topshirishning boshqa shakllari;
oziq-ovqat mahsulotining sifati — oziq-ovqat mahsulotining iste’mol xossalarini belgilab
beradigan va uning odamlar hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfsizligini ta’minlaydigan mezonlar majmui;
Oldingi
tahrirga qarang.
oziq-ovqat mahsulotining xavfsizligi — oziq-ovqat
mahsulotining sanitariya, veterinariya,
veterinariya-sanitariya, fitosanitariya qoidalari va normalariga mosligi;
(2-moddaning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-416-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)
oziq-ovqat xomashyosi — oziq-ovqatlar ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan o‘simlik,
hayvonot, mikrobiologiya, shuningdek minerallar obyektlari, suv;
oziq-ovqatlarni hamda oziq-ovqat xomashyosini taqqoslash — oziq-ovqatlar hamda oziq-
ovqat xomashyosi aniq turdagi va nomdagi mahsulotga doir normativ va (yoki) texnikaviy hujjatda
belgilab qo‘yilgan muhim mezonlarga mos kelishini aniqlash;
oziq-ovqat mahsulotining yaroqlilik muddati (foydalanish muddati) — bu muddat davomida
oziq-ovqat mahsulotini saqlash, tashish, realizatsiya qilish chog‘ida xavfsizlik normalari va qoidalari
talablariga rioya etilgan taqdirda u foydalanishga yaroqli bo‘lib turadi,
bu muddat tamom
bo‘lganidan keyin esa mahsulot odamlar hayoti va salomatligi uchun xavfli bo‘lib qolishi mumkin;
oziq-ovqat mahsulotini qalbakilashtirish — oziq-ovqat xomashyosining hamda oziq-
ovqatlarning xossalari va mezonlarini ataylab o‘zgartirish yoki ularni almashtirib qo‘yish;
oziq-ovqat qo‘shimchalari — oziq-ovqatlarga belgilangan xossalarni baxsh etish va (yoki)
ularni saqlab qolish maqsadida ataylab qo‘shiladigan tabiiy holdagi yoki sintez qilingan moddalar,
birikmalar;
toksikologiya-gigiyena ekspertizasi — oziq-ovqat mahsuloti ustida amalga oshiriladigan bir
turkum laboratoriya tadqiqotlari bo‘lib, ular mavjud normalar va
qoidalar bilan qiyoslashga
mo‘ljallangan bo‘ladi;
qadoqlash materiallari, yordamchi materiallar va ulardan tayyorlangan buyumlar — oziq-
ovqat mahsulotini muomala jarayonida tashqi ta’sirlardan himoyalash maqsadida ishlatiladigan
vositalar.
Keyingi
tahrirga qarang.