1
6-MODUL. OʻQUVCHILARNI PIRLS TOPSHIRIQLARI ASOSIDA
BADIIY ASARNI TAHLIL QILISHGA OʻRGATISH.
2-mavzu. Oʻqish darslarida matn ustida ishlashda PIRLS topshiriqlaridan
foydalanish.
REJA:
1. Boshlangʻich sinflarda badiiy asar matnini tahlil qilish usullari.
2. Badiiy asar matni ustida ishlashda tanlab oʻqish matnni tasvirlash usullaridan
foydalanish.
3. Har xil janrdagi asar matnlarni oʻqitish metodikasi.
4. Oʻqish darslarida matn ustida ishlashda PIRLS topshiriqlari.
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan soʻng boshlangʻich sinflar uchun
yangi dastur va darsliklar yaratildi. Oʻqish dasturlarida badiiy asarni tahlil qilishga
koʻproq ahamiyat berilib, matn ustida ishlash yuzasidan xilma-xil topshiriq
turlaridan, texnika vositalaridan foydalanishga koʻproq e’tibor berildi.
Badiiy asar quyidagi muhim metodik qoidalar asosida tahlil qilinadi:
1. Asar mazmunini tahlil qilish va toʻgʻri, tez, ongli, ifodali oʻqish malakasini
shakllantirish bir jarayonda boradi.
2. Asarning gʻoyaviy-tematik asoslarini uning obrazlari, syujet chizigʻi, qurilish va
tasviriy vositalarini tushuntirish oʻquvchilarning
shaxs sifatida umumiy kamol
topishiga, bogʻlanishli nutqning oʻsishini ta’minlaydi.
3. Oʻquvchilarning hayotiy tajribasiga tayanish asar mazmunini ongli idrok
etishning asosi va uni tahlil qilishning zaruriy sharti hisoblanadi.
4.Sinfda oʻqish oʻquvchilarning bilish faoliyatini aktivlashtirish va atrof muhit
haqidagi bilimlarni kengaytirish vositasi hisoblanadi.
Asarni tahlil qilishda uning hissiy ta’sirini ham hisobga olish zarur. Oʻquvchi
matnni oʻqibgina qolmay, muallif hayajonlangan voqeadan hayajonlansin. Matnni
tahlil qilishda oʻquvchilarda fikr uygʻonsin, ularda estetik didni tarbiyalasin.
Boshlangʻich sinflar “Oʻqish kitobi”da turli janrdagi badiiy va ilmiy- ommabop
maqolalar berilgan. Sizga ma’lumki, badiiy asarda hayot obrazlar orqali aks
ettiriladi. Uning markazida inson, uning tabiat va jamiyatga munosabati turadi.
Badiiy asarda borliqni, voqelikni obrazlar vositasida tasvirlash, ob’ektiv mazmun va
sub’ektiv bahoni aniq materialda berish haqidagi qoidalar
metodika uchun katta
nazariy-amaliy ahamiyatga ega. Birinchidan, asar ustida ishlashni muallifning
asarida tasvirlangan voqealarga munosabati oʻqituvchining diqqat markazida turadi.
Oʻquvchilar voqelikni obrazlar orqali tasvirlashning oʻziga xos xususiyatlarini asta
tushuna boshlaydilar. Ikkinchidan, har qanday badiiy asarda aniq tarixiy voqelar
tasvirlanadi. Asardagi voqealarga tarixiy yondoshilgandagina asarga haqqoniy baho
berish mumkin.
Uchinchidan, yozuvchining hayoti va qarashlari bilan
oʻquvchilarning yoshlariga mos ravishda tanishtirish maqsadga muvofiq.
2
Toʻrtinchidan, badiiy asarni tahlil qilishda oʻquvchilami asaming gʻoyaviy
yoʻnalishini tushunishga oʻrgatish muhimdir.
Psixolog olimlarning koʻrsatishicha, badiiy asarni idrok etish uchun uni
tushunishning oʻzigina etarli emas. Asarni idrok etish murakkab jarayon boʻlib,
asarga, unda tasvirlangan voqelikka qandaydir munosabatning yuzaga kelishini oʻz
ichiga oladi. Kichik yoshdagi oʻquvchilar adabiy qahramonga ikki xil munosabatda
boʻladi.
1. Adabiy qahramonga emosional munosabat.
2. Elementar tahlil qilish.
Asarda qatnashuvchi shaxslarga baho berishda oʻquvchilar oʻz shaxsiy
tushunchalaridan foydalanadilar. Qahramonning boshqa
fazilatlarini baholash
uchun ularda soʻz boyligi, tajriba etishmaydi. Oʻqituvchining vazifasi oʻquvchilar
payqay olmagan sifatlarni koʻrsatish va oʻquvchilar nutqiga kiritishdir. YAna bir
narsaga e’tibor berish maqsadga muvofiq:
1. Oʻquvchilar asar qahramoniga munosabatlarini ifodalashda u harakat qilgan
sharoitni hisobga olmaydilar.
2. Qahramonning nima uchun shunday qilishi kerakligini tushunolmaydilar,
uning uchun maqsadga muvofiq ish olib borishlari zarur.
Badiiy asar ustida ishlash murakkab jarayon boʻlib oʻqituvchi oʻqish darslarining
ta’lim-tarbiyaviy vazifalari badiiy asaming oʻziga xos xususiyatlari va
oʻquvchilarning tayyorgarligini hisobga olishni taqozo qiladi.
Badiiy asarda barcha komponentlar oʻzaro bogʻlangan boʻladi. Asarda obrazlar
rivojlanib boradi. Voqealar rivojlanib borgan sari qahramonlarning
yangi- yangi
tomonlari ochila boradi. Bu xususiyatlari asar ustida ishlashda uni yaxlit oʻqishni,
idrok etishni, ya’ni sintezni talab qiladi. Asar boshidan oxirigacha oʻqilgandan soʻng
analiz qilinadi, soʻng yana yuqori sifatli sintezga oʻtiladi. Asarni oʻqishga
kirishishdan oldin oʻquvchilarni badiiy asarni oʻqishga tayyorlash lozim boʻladi.
Demak, tayyorgarlik davri - sintez-analiz-sintez jarayonini beradi.
Oʻquvchilar asar mazmunini toʻgʻri idrok etishlari uchun hayot haqida ma’lum
tasavvurga ega boʻlishlari zarur. Buning uchun tayyorgarlik ishlari oʻtkaziladi.
Tayyorgarlik ishlarining vazifalari:
1. Oʻquvchilarning asarda aks ettirilgan voqea-hodisalar haqidagi tasavvurlarini
boyitish, matnni ongli idrok qilishga ta’sir etadigan yangi ma’lumotlar berish,
badiiy asarda tasvirlangan faktlarni oʻquvchilar oʻz hayotida kuzatishlari bilan
bogʻlay olishlariga sharoit yaratish.
2. Yozuvchining hayoti
bilan tanishtirish, yozuvchiga, uning hayotiga ijodiga
qiziqish uygʻotish.
3. Oʻquvchilarni asarni emosional idrok etishga tayyorlash.
4. Asar mazmunini tushunishga xalal beridigan soʻzlarning lugʻaviy ma’nolarini
tushuntirishdan iborat.
Tayyorgarlik ishlarining shakllari xilma-xil boʻlib, oʻqituvchi asar mazmunini
va sharoitga qarab ish turini tanlaydi. Tayyorgarlik davri uchun 2-5 daqiqa ajratiladi.
Ekskursiya. Bu ish turidan tabiat tasviriga bagʻishlangan
yoki ishlab chiqarish,
qurilish, shahar, qishoq hayotiga doir mavzular oʻrganilganda foydalanish
3
mumkin. Chunonchi, 2-sinfda “Metropoliten”, 1-sinfda “Issiqxonada” kabi
materiallarni oʻrganishdan oldin ekskursiya qilish maqsadga muvofiq. Ekskursiya
uchun reja beriladi va matn oʻrganilishidan kamida bir hafta oldin oʻquvchilarga
e’lon qilinadi.
Film namoyish qilish. Inqilobdan oldingi hayot voqealari tasvirlangan
matnlardan oldin film namoyish qilinsa, oʻquvchilarning
asarni idrok qilishlari
faollashadi. Albatta, hozir oʻquv filmlari etarli emas. Ammo videofilmlardan
foydalanish mumkin.
Oʻqituvchi hikoyasi. Asar muallifi haqida ma’lumot berishda eng samarali
metod
hisoblanadi.
CHunonchi,
4-sinfda
Q.Muhammadiyning
she’ri
oʻrganilayotganda shoirning bolalar uchun yozgan asarlari namoyish etilib, ular
haqida qisqacha ma’lumot soʻzlab berilsa, oʻquvchilarning asarni oʻqishga
qiziqishlari ortadi. Tayyorgarlik davridan soʻng 1 -bosqich amalga oshiriladi. Bu
bosqichning asosiy matnni yaxlit idrok etish jarayonida asarning aniq mazmuni
bilan, uning syujet chizigʻi bilan tanishtirish, asarning emosional ta’sirini
aniqlashdir.
Matn ifodali oʻqib beriladi. (2-sinfda oʻrganiladigan “Mehribon qiz” matni
magnitofon
orqali
oʻqib eshittiriladi).oʻqituvchi oʻquvchilarga umumiy
taassurotlarini aytishni talab qiladigan savollar beradi.
1. Hikoyani qaysi oʻrni sizga yoqdi?
2. Qahramonlardan qaysi biri sizga ayniqsa yoqdi?
3. Hikoya oʻqilganda siz qaysi oʻrinda juda xursand boʻldingiz? kabi savollar
beriladi.