Reja: Jismoniy tarbiya nazariyasi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash mazmuni va vazifalari. Jismoniy tarbiyaning asosiy vositalari



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/10
tarix22.12.2022
ölçüsü0,84 Mb.
#77322
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyasining vazifalari ,vositalari.



MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING JISMONIY 
TARBIYASI

Reja: 
1. Jismoniy tarbiya nazariyasi. 
2. Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash mazmuni va vazifalari. 
3. Jismoniy tarbiyaning asosiy vositalari.  
 
Tayanch tushunchalar: 
Iste’dod – har tomonlama rivojlangan, nihoyatda kuchli va takrorlanmas qobiliyat. 
Komil inson – inson aqliy takomillashuvi bosqichlaridan biri. 
Jismoniy madaniyat – bu insonning barcha tabiiy va ijtimoiy qobiliyatlarini ro‘yobga 
chiqaruvchi uni tobora insoniylashtirib, ham jismoniy ham ma’naviy chiniqtirib 
boruvchi jarayondir. 
1. Jismoniy tarbiya nazariyasi. 
Mashxur Yunon donishmandi Aflotun baxt haqida zikr etib: «Inson uchun birinchi 
baxt uning sog‘lig‘i, ikkinchisi - go‘zallikdir» degan ekan. Darhaqiqat, salomatlik 
barcha boyliklar manbaidir. Nasl-nasabi sog‘lom va ma’naviyati yuksak xalqning 
avlodlari ham sog‘lom, baqquvvat, iymon-e’tiqodli va sadoqatli bo‘ladiki, bu baxt ona-
Vatanning shuhrati va qudratining zo‘r omiliga aylanadi. Xalqning ana shunday baxt 
saodati uchun sog‘lom avlod kerak. 
Buyuk hakim Abu Ali ibn Sino «Badan tarbiya – sog‘likni saqlashda ulug‘vor 
usuldir» deydiki, bu fikr «Kimki qilsa harakat – sog‘lig‘ida barakat» degan naqlni 
eslatadi. 
Qadimda xalqimiz badan tarbiyani riyozat deb atashgan. Ibn Sino «Tibbiy doston» 
asarida riyozat – badan tarbiyasi haqida to‘xtalib, uning bir necha xillari bo‘lishi, bu 
jismoniy mashqlar bilan o‘rtacha shug‘ullanish sog‘liqqa foydali ekanligini, jismoniy 
mashqsiz yurish badanda yomon xulqlarning yig‘ilishiga sabab bo‘lishini alohida 
uqtirib o‘tadi. 
Jismoniy mashqlarning sihat-salomatlikka foydasi cheksizligini D.Adisson 
shunday ta’riflaydi: «Mutolaa aql uchun qancha zarur bo‘lsa, jismoniy mashqlar ham 
shuncha zarur». Suqrot hakim esa bunday deydi: «Gimnastika yordami ila men 
badanimning muvozanatini to‘g‘rilab olaman». 
Sog‘lom avlodni tarbiyalashga yuksak umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan 
hayotiy o‘ringa ega bo‘lgan ma’naviy boy, axloqan yetuk, intellektual rivojlangan, 


yuqori bilimli, jismonan baquvvat, har tomonlama kamol topgan shaxsni 
shakllantirishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlarni amalga oshirish 
maqsadida O‘zbekiston Respublikasida 2000 yilni «Sog‘lom avlod yili» deb e’lon 
qilindi. 
Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad – barchamizning tayanchimiz va 
suyanchig‘imiz bo‘lgan farzandlarimizni har jihatdan sog‘lom va barkamol insonlar 
qilib tarbiyalashdan iborat edi. 
Ana shu ezgu maqsadlarga erishish, bu sohadagi ishlarni qat’iy reja asosida 
amalga oshirish uchun maxsus Davlat dasturi qabul qilingan edi. Sog‘lom avlodni 
voyaga yetkazishda jismoniy tarbiya va sprotning nechog‘li ahamiyatga ega ekanligi 
hammamizga ayon. Yurtimizda 2000 yildan boshlab o‘tkazilayotgan «Alpomish 
o‘yinlari», «Umid nihollari», «Universiada», «Sog‘lomjon, polvonjon», «Barkamol 
avlod» musobaqalari fikrimiz dalilidir. Yurtboshimiz tomonidan xukumatga qarashli 
bo‘lmagan «Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya jamg‘armasining tashkil qilinishi 
o‘sib kelayotgan avlod salomatligini saqlash va mustahkamlash ishlariga jahon 
jamoatchiligi e’tiborini jalb qildi. 
Jismoniy tarbiya to‘g‘risidagi ta’limot pedagogikaning tarkibiy qismi hisoblanadi. 
Pedagogika fanining mazkur sohasiga qarashli turli hodisalarga ta’rif berilganda
«Badantarbiya», «jismoniy madaniyat», «jismoniy kamolot», «jismoniy rivojlanish» 
degan asosiy tushunchalardan foydalaniladi. 
«Jismoniy madaniyat» tushunchasi quyidagilardan iborat: 1) mehnat va 
turmushdagi ko‘nikmalarni (tartiblilik, kiyimlarning ozodaligi, xonalarning tozaligi) 
va gigienik rejimga doir odatlarni (faoliyat va dam olishning oqilona tartibi, uyqu, 
ovkatlanish gigienasi va hokazolar)ni; 2) tabiatning tabiiy sharoitlarida organizmni 
chiniqtirish (havo, kuyosh va suv)ni; 3) jismoniy mashqlarni o‘z ichiga oladi. 
Jismoniy rivojlanish – odam organizmining tarkib topishi, uning shakllari va 
vazifalarining o‘zgarishini ifodalaydigan biologik jarayondir. Tor ma’noda bu 
antropometrik va biometrik ko‘rsatkichlar: bo‘yi, tana og‘irligi, ko‘krak qafasi 
aylanasi, o‘pka sig‘imi, qaddi - qomat va boshqalardir. Jismoniy rivojlanish biologik 
hayot konunlari- muhit va organizmning birligi, miqdor o‘zgarishlarining sifat 
o‘zgarishlariga muntazam ravishda o‘tishga muvofiq tarzda amalga oshadi. Zotan, 
turmush sharoitini, jumladan jismoniy tarbiya metodlarini o‘zgartirib, organizmning 
funksional 
imkoniyatlari 
darajasini 
ancha 
oshirish, 
jismoniy 
rivojlanish 
ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish mumkin. 
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning jismoniy tarbiyasi ular hayotini saqlash, 
sog‘lig‘ini mustah kamlash, harakat malakalarini shakllantirish va to‘la ma’nodagi 
jismoniy tarbiya berish, madaniy – gigienik malakalarni shakllantirish, batartib hayot 
kechirish odatini singdirishga qaratilgan.


Bolaga ta’lim – tarbiya berishda amalga oshiriladigan har qanday ishning 
muvaffaqiyatli bajarilishi bolaning sog‘lig‘iga bog‘liq. Shuning uchun ko‘pchilik 
pedagogik ishlar bolaning jismoniy imkoniyati va sog‘lig‘ini e’tiborga olgan holda 
amalga oshiriladi.
Bolaning jismoniy rivojlanishi uning har tomonlama uyg‘un rivojlangan inson bo‘lib 
o‘sishida muhim ahamiyatga ega. 
Sog‘lom, jismonan baquvvat bolaning ish qobiliyati ham yuqori bo‘ladi, sharoitga 
oson moslashadi, har xil topshiriqlarni osonlik bilan tez bajaradi.

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin