Pedagogika instituti



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə1/58
tarix07.01.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#78698
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58
O’zbekiston respublirasi oliy va




O’ZBEKISTON RESPUBLIRASI OLIY VA
O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


MUQIMIY NOMIDAGI QO'QON DAVLAT
PEDAGOGIKA INSTITUTI
FAKULTETLARO O‘ZBEK VA RUS TILI KAFEDRASI
SOHADA O’ZBEK TILINING QO’LLANISHI

Ы
O'QUV-USLUBIY МAJMUA



Bilimsohasi:

100000 – Gumanitar soha



Ta’limsohasi:

110000 – Pedagogika



Bakalavr yo’nalishi:

Barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun



QO‘QON-2021

Ushbu o’quv-uslubiy majmua Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 -yil


14-avgustdagi 418-sonli buyrug‘i bilan (buyruqning 1 - ilovasi) tasdiqlangan “Sohada o’zbek tilining qo’llanishi” fan dasturi asosida ishlab chiqilgan.



Tuzuvchilar:

H.Ahmedova, katta o’qituvchi

Taqrizchilar:

A.Hasanov, dotsent




M.Ergashova, dotsent

Ushbu o’quv-uslubiy majmua Muqimiy nomidagi Qo’qon davlat pedagogika instituti Kengashining 2021-yil -avgustdagi 1-sonli majlis bayonida ko’rib chiqilgan va tasdiqlangan



MUNDARIJA:

I.

O’QUV MATERIALLAR




1)

Amaliy mashg’ulotlar






2)

MUSTAQIL TA’LIM MASHG‘ULOTLARI




II.

GLOSSARIY




III.

ILOVALAR




1)

Fan dasturi




2)

Ishchi fan dastur




3)

Tarqatma materiallar




4)

Testlar




5)

Baholash mezonlari




6)

Boshqa ma’lumotlar (fan bo’yicha boshqa materiallar mavjud bo’lsa keltiriladi)




7)

O’UMning elektron varianti (CD yoki DVD diskda)












Amaliy mashg‘ulot ishlanmalari


1-mavzu. O‘zbek tilini sohaga yonaltirib oqitishning maqsadi, vazifalari.
Reja:
1. Tilning jamiyatda tutgan o‘rni. O‘zbek tilini sohaga yo‘naltirib o‘qitishning maqsadi, vazifalari.
2. Til va tafakkur, til va madaniyat munosabati.
3. “Davlat tili” tushunchasi.
4. Davlat tili haqidagi hujjatlar va ularning mazmun-mohiyati.

Davlat tili qonun yo‘li bilan tasdiqlanadi. Mamlakatning ichki va tashqi ishlari davlat tilida olib boriladi. Mamlakatda bir yoki bir-necha til davlat tili sifatida qabul qilinishi mumkin. Masalan: O‘zbekistonda davlat tili - o‘zbek tili, rus tili esa millatlararo aloqa vositasi hisoblanadi. Adabiy til umumhalq tilining qayta ishlanib normalashtirilgan shaklidir. Bu til mamlakatning ijtimoiy faoliyatida og‘zaki va yozma tarzda xizmat qiladi. Adabiy tilga asos qilib shu millatga mansub bo‘lgan dialektlar olinadi. Masalan: o‘zbek tili uchun qarluq-chigil-uyg‘ur lahjasi asos qilib olingan. O‘zbek adabiy tiliga fonetik jihatdan Toshkent shevasi, morfologik jihatdan esa Farg‘ona shevasi asos qilib olindi. Respublikamizda Davlat tili maqomiga ega bo‘lgan o‘zbek tili o‘qitishni bugungi davr talablariga javob beradigan darajaga yetkazish muhim vazifadir.


Mustaqil davlatimizda o‘zbek tilining ijtimoiy mavqeyi tobora ortib borayotganligi, lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbek alifbosi va imlo qoidalarining joriy etilganligi, ish yuritishda to‘liq davlat tiliga o‘tilayotganligi barcha mutaxassislarning millatidan qat’iy nazar o‘zbek tilini puxta egallashlarini taqozo etmoqda. Shuningdek, uzluksiz ta’limning barcha bosqichlarda, jumladan, oliy o‘quv yurtlarining o‘qish boshqa tilda olib borilayotgan guruhlarida ham o‘zbek tilini o‘rgatish yo‘lga qo‘yildi.
“O‘zbek tili” fanini rus tili va adabiyoti ta’lim yo’nalishi talabalariga o‘qitish talabalarning davlat tilini puxta egallashiga, milliy, madaniy qadriyatlarni o‘rganishiga va ularga hurmat bilan munosabatda bo‘lishiga, barcha sohalarda erkin fikr almashishiga hamda mutaxassislik doirasida muloqot yuritishiga zamin yaratadi.
“O‘zbek tili” fani davlat tilida og‘zaki va yozma muloqot yuritish, adabiy til me’yorlari, tilning orfoepik va imlo qoidalari, sohaviy terminologiya, mutaxassislik tili, monologik va dialogik matn tuzish, nutq uslublari, sohaviy hujjatlarni tayyorlash va rasmiylashtirish masalalarini qamrab oladi.
“O‘zbek tili” fanining asosiy maqsadi talabalarning kundalik, ilmiy va kasbiy sohalarda faoliyat olib borishi uchun o‘qitishning kommunikativ-nutqiy tamoyili asosida ularda fan bo‘yicha egallangan bilim, ko‘nikmalarni muloqot va ish faoliyati jarayonida qo‘llash malakasini shakllantirishga qaratiladi.
Fanning vazifalari:
– nutqiy kompetensiyani rivojlantirish;

  • og‘zaki va yozma nutqda sohaviy terminlarni samarali qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirish;

  • ixtisoslikka oid matn tuzish, uni tahrir va tahlil qilish malakalarini hosil qilish;

– sohaviy hujjatlarni tuzish, shu jumladan, hujjatlarni to‘ldirish va rasmiylashtirish ko‘nikmalarini shakllantirish.
Til jamiyat uchun xizmat qilganligi, tuzilishi jihatdan murakkab hodisa
bo‘lganligi uchun ham turli fanlarning tadqiqot obyekti hisoblanadi. Har bir
fan vakili tilni o‘z nuqtayi nazaridan tadqiq qiladi. Shuning uchun ham turli
fan vakillari tilga turlicha ta’rif berganlar.
Ulardan ayrimlarini keltiramiz:
- Til insonning so‘zlash, gapirish qobiliyatidir. (psixolog).
- Til fikr ifodalash va o‘zaro aloqa quroli bo‘lib xizmat qiladigan tovushlar,
so‘zlar va grammatik vositalar tizimidir. (psixolingvist).
- Til nutqning o‘ziga xos xususiyatlari va ifoda vositalari bilan ajralib turadigan bir turi, stil, uslub. Mas.: Badiiy adabiyot tili. So‘zlashuv tili. Gazeta
tili. Bola tili. Navoiy tili. (adabiyotshunos).
- Til fikr ifodalashda, o‘zaro aloqa jarayonida yuzaga keladigan ibora, gap, so‘z, nutq.(tilshunos).
- Til ijtimoiy hodisa. Inson jamiyati mavjudki, til ham mavjuddir. U jamiyatning tug‘ilishi va rivoji bilan tug‘iladi va rivojlanadi. Jamiyat o‘lishi
bilan til ham o‘ladi. Jamiyatdan tashqarida til yo‘qdir. (faylasuf).
-Til dil kaliti, bilimlar kaliti, haqiqat quroli.
Til inson ruhining nafasidir. (Y.Grimm).
- Til o‘tganlarni, yashayotganlarni va yashaydiganlarni bir - biri bilan
bog‘laydigan eng hayotiy va eng mustahkam vositadir. (K.D.Ushinskiy).
- Til xalq tarixidir. Til - rivojlanishga va madaniyatga yo‘ldir. (A.I.Kuprin).
- Til muomala jarayonida har qanday fikrni ifodalay oladigan quroldir.
(L.Uspenskiy).
- Axborot nazariyasiga muvofiq til muomala tizimining kodidir. (Injener-
psixolog).
- Til so‘z va grammatik qoidalar, qoida-tushunchani ifodalaydigan ramziy
ishoradir.(V.F.Humboldt).
-Til o‘ziga xos strukturaga ega bo‘lgan sistemadir. (F.de Sossyur).
- Til ma’no bilan bog‘langan va akustik-artikulatsion birikmalar va ularning psixik obrazlaridan tarixiy yo‘sinda tashkil topgan ijtimoiy aloqa
vositasidir.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin