Proceedings of International Conference on Modern Science and Scientific Studies
Hosted online from Paris, France.
Date:
19
th
April, 2023
ISSN: 2835-3730
Website:
econferenceseries.com
1 |
P a g e
O’ZBEKISTONDAGI IQTISODIY MUAMMOLAR VA ULARNI TIZIMLI
HAL QILISH YO’LLARI
Sheraliyev Islombek Ravshanbek o’g’li
TMI Andijon fakulteti “Moliya
va moliyaviy
texnologiyalari“ yo’nalishi 1-kurs talabasi
Annontatsiya
Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasining qisqacha iqtisodiy tarixi va yuz
bergan iqtisodiy muammolari hozirgi kundagi muammo
va kamchiliklari hamda
ularni tizimli ravishda halqilish choralari, rivojlangan davlatlarning iqtisodiy tarixi
qo’llagan taktik usullari va soxaga doir berilgan shaxsiy fikr- muloxaza va takliflar
haqida so’z boradi.
Kalit so’zlari:
iqtisodiy inqiroz, iqtisodiy tanglik, bozor iqtisodiyoti, o’zbek modeli,
shok terapiyasi, raqobat muhiti, iqtisodiy obro’, yalpi ichki maxsulot(YIM), AQSH,
Rossiya va Ukraina, moliyaviy savodxonlik.
Kirish
Ma’lumki O’zbekiston Respublikasi tarixiga qarasak rasman davlat deb tan olinib
jahon xaritasiga 1991-yilda kiritilgan. Aynan o’sha yili mamlakatimiz
mustaqilligining ilk yillari hisoblanadi. Albatta sir emaski O’zbekiston
sobiq
“CCCR” tarkibidan chiqishi va mustaqillikni e’lon qilishi bilan ittifoqdosh davlatlar
o’rtasida bo’ladigan iqtisodiy a’loqalar uzulishi aholi uchun kerakli bo’lgan ayrim
oziq-ovqat maxsulotlari birdaniga to’xtab qolishining yuz berishi mamlakatda
ma’lum darajadagi iqtisodiy inqirozni keltirib chiqarishiga sabab bo’ldi.
Buning
oqibatida mamlakatimizda iqtisodiy tanglik holati yuzaga kelib endilikda aholini
yetarli oziq-ovqat, to’qimachilik va sanoat hamda avtomobillarga bo’lgan extiyojini
qondirish uchun to’gri iqtisodiy siyosat olib borish va iqtisodiy aloqalarni yo’lga
qo’shish ayni o’sha davr talabiga aylangandi. Bu borada Respublikaning iqtisodiy
axvoli quyidagicha edi mamlakat yerlarining ketma-ket
paxta ekilishi natijasida
yernining unumdorligini pasayishi va bazi holatlarda zaxarlanishi hamda o’sha va
hozirgi paytdagi asosiy global muammo bo’lgan “Orol”ning qurishi edi. Bunday
holatda qishloq xo’jaligini rivojlantirmasdan iqtisodiy o’sish ko’rsatkichlarini
oshirishning iloji yo’q edi. Bunday holatda mamlakatdagi
iqtisodiy axvolni
yaxshilash va muammolarni bartaraf etishning eng maqbul yo’li bu O’zbekistonni
iqtisodiy kelajagini taminlovchi to’g’ri yo’lni tanlash edi. Bu borada birinchi