1
KIRISH
Psixiatriya - ruhiy
kasalliklarning kelib chiqishi, patogenezi, klinik
kо‗rinishi, kechish xususiyatlarining о‗rganadigan
va ularning oldini olish,
davolash va reabilitasiya usullarini ishlab chiqadigan tibbiyot fanidir. Psixiatriya
umumiy psixopatologiya va xususiy psixiatriyaga bо‗linadi. Xususiy рsixiatriya
ruhiy kasalliklarning
simptom va sindromlarini, ularning rivojlanishi, kechishida
umumiy qonuniyatlar va tasnifini о‗rganadi. Ruhiy
kasalliklarni aniqlashda va
bemorning ruhiy holatini tо‗g‗ri baholab, uning oqibatlari, shaxs xususiyatlari,
kasallikning kechish jarayoni haqida ma‘lum bir
xulosaga kelish uchun katta
axamiyat kasb etadi.
Ruhiy kasalliklarning klinikasi, tashhisoti,
davolash choralari va
profilaktikasini bilish katta axamiyatga egadir. Ruhiy kasalliklarning simptom va
sindromlari haqida talabalar yetarli darajada bilimga ega bо‗lishlari lozim.
„ – ў, ғ
2
I BO‟LIM. UMUMIY PSIXOPATOLOGIYA
I BOB. HARAKAT, IRODA VA MAYL BUZILISHLARI
Ta‟rifi. Harakat buzilishlar guruhini harakat akti va faoliyatning buzilishi
tashkil qiladi. Harakat buzilishlari yakka
xolda - simptom yoki boshqa
psixopatologik xolatlar bilan birga sindrom kо‗rinishida kechishi mumkin.
Harakat buzilishlari stupor kо‗rinishida harakatsizlik, nutq va harakat
qо‗zg‗alishlariga ajratiladi.
Iroda –
maqsadli faoliyatga intilish, maqsadga erishishda ongli amalga
oshiriladi va ongsiz ravishda instinktiv faoliyatdir. Tashqi irodaviy faollik
harakatda ifodalangan.
Maylni ba‘zida instinkt deb ham ataydilar. Oziq-ovqatga oid (bulimiya,
anoreksiya, koprofagiya), jinsiy (pasayish, oshishi, parafiliya), о‗zini
saqlash
instinkti, ota-ona, agonistik instinktlar, shu jumladan migrasion, ierarxik, komfort,
о‗yinli, territorial va tadqiqot instinktlari buzilishi ajratiladi.