Referat kafedra: Fan: Psixiyatriya, Narkologiya



Yüklə 24,55 Kb.
səhifə1/7
tarix20.01.2022
ölçüsü24,55 Kb.
#51420
növüReferat
  1   2   3   4   5   6   7
1 mavzu

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Bajardi

Toshkent Davlat Stomatologiya Instituti






REFERAT

Kafedra:



Fan: Psixiyatriya, Narkologiya

Mavzu: Sezgi va idrok, tafakkur, xotira, diqqat va intellect, hissiy va irodaviy faoliyat, ong psixologiyasi tushunchalarning fiziologiyasi.

Bajardi: Elamonov Aliyor
Tekshirdi: Boboyev Jumabek

Mavzu: Sezgi va idrok, tafakkur, xotira, diqqat va intellect, hissiy va irodaviy faoliyat, ong psixologiyasi tushunchalarning fiziologiyasi.
Sezuvchanligi oshgan bemorlarni xatto arzimas ta`sirlovchilar xam bezovta qiladi, ob`ektiv sababga ega bo`lmagan noxush, halati, azoblovchi va quyiluvchi, kuydiruvchi, tortuvchi, buraluvchi xarakterdagi sezgilarga shikoyat qiladilar (senestopatiyalar). Ayrim bemorlar suhbat chog’ida tez-tez chalg’iydilar, alanglaydilar, nimanidir tinglaydilar, noadekvat jilmayadilar yoki qo`rqadilar; imo-ishoralar qiladilar, pichirlaydilar, bo`shlikga gapiradilar. Gallyutsinatsiyalardan xalos bo`lish maqsadida, bemorlar quloqlarini berkitadilar, boshlarini yostik bilan yopadilar, to`satdan atrofdagilarga "ho`rlash bas qilishni" talab qilib, to`satdan tashlanishlari, duk o`rishlari mumkin.

Ayniqsa imperativ gallyutsinatsiyali bemorlar katta ijtimoiy xavf tug’diradi, chunki ular buyruk beruvchi ovozlarning ta`sirida tajovuzkor harakatlar qilishlari yoki o`zlarini o`ldirishga o`rinishi mumkin (shizofreniyaning paranoid shakli yoki alkogol verbal gallyutsinozida). SHunday qilib, gallyutsinatsiyalar hamshiralik tashhisini q?o`yishda, tibbiyot hamshirasi shu kontingentdagi bemorlarni kelib chiqadigan muammolarini yaxshi tushunishi va kuzatuvlar daftarida aks ettirishi kerak: "psixomotor qo`zg’alish", "bezovtalik", "uyqu buzilishi", "ovqatdan bosh tortish", "o`zini o`ldirish xavfi", "yaqnlariga nisbatan tajovuzkor munosabat" va x.k.

Gallyutsinatsiya (tarjimasida "xato") - bu berilgan vaqt va makonda real ob`ektsiz idrok etishdir. Sezgi a`zolariga ko`ra: ko`ruv, eshituv, xid biluv, ta`m, taktil; ma`nosiga ko`ra: sharxlovchi, buyruk beruvchi, qo`rqituvchi, dialogli turlari farqlanadi. Gallyutsinatsiyalar, shuningdek, elementar, yakka, ko`plab va x. k. lar bo`lishi mumkin.

Illyuziyalar, gallyutsinatsiyalardan farqlanib, real mavjud ob`ektlarni almashtirilgan ko`rinishda noto`g’ri, xato idrok etishdir. Atrof-muhitning ilyuzor idrok etish ko`proq zaharlanish holatlarida, bosh miyaninг jarohatlarida, miyaning tomirlari shikastlanganda, ongning delirioz qorong’ilashuvida (masalan, "ok alaxlash"da) yuzaga keladi. Bunda bemorlar qo`rquv xis etib, ularga soyalarni qaroqchilar bo`lib ko`rinishi, atrofdagilarning neytral suhatlari o`zlariga tegishli g’iybatlar bo`lib eshitilish, devorlardagи rasmlarda fantastik xayvonlar, qushlar va x.k. lar bo`lib idrok etilishi mumkin. Illyuziyalar sezgи a`zolari, ma`nosiga ko`ra turli xil bo`lishi va gallyutsinatsiyalar kabi bemorning notog’ xatti-harakatiga olib kelishi mumkin. Ma`lum bir sharoitlarda, gallyutsinatsiyalardan farq qilib, illyuziya sog’lom odamlarda xam, charchash, emotsional taranglik holatlarida xam kuzatilishi mumkin.

Psixosensor buzilishlar o`z tanasini (autometamorfopsiya) yoki atrofdagi predmetlarning (metamorfopsiya) shakli, o`lchami, kattaligi, masofani noto`g’ri idrok etish yuzaga keladi. Bu xollarda bemor, ostonadan o`tayotib, xudi yuqori tusiqdan oshganday oyog’ini baland ko`taradi, yoki tanasining kichik yoxud katta, qo`l-oyoqlarining qiyshik bo`lib qolganligiga shikoyat qiladi.

Idroki buzilgan bemorlarda ko`pincha tafakkur buzilishlari xam qo`shilib keladi. Bu ruhiy patologiyani aniqlash uchun alohida kuzatuvchanlik talab etiladi. Katta hamshira tibbiyot xodimlariga bemorlarning yuz ifodasi, ko`z xarakatlarini diqqat bilan kuzatishni, shubhakorlikni, o`ziga xos simvolik harakatlar, rituallar, noadekvat, halati ruhan tushunib bo`lmaydigan qiliqlar, ajablantiruvchi xikoyalarni, o`z vaqtida aniqlashga o`rgatish lozim. Xodimlarni bemorlar nutqining tezligi, ketma-ketligi, mantiqan maqsadga yo`nalganligini kuzatishni o`rgatishi kerak.




Yüklə 24,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin