Referat mavzu: Bronxit kasalligini oldini olish va davolash Bajardi: Rafiyeva R



Yüklə 83,7 Kb.
səhifə1/8
tarix02.01.2022
ölçüsü83,7 Kb.
#37266
növüReferat
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bronxit



SIRDARYO VILOYATI BOLALAR KO’P TARMOQLI TIBBIYOT MARKAZI


REFERAT

Mavzu: Bronxit kasalligini oldini olish va davolash




Bajardi: Rafiyeva R.

Qabul qildi: Bazarbayeva F.

Bronxit kasalligini oldini olish va davolash
Reja

  1. Bronxit nima?

  2. Bronxit kasalligi turlari

  3. Bronxit sabablari

Bronxit – nafas yoʻllari patologiyalari ichida eng koʻp tarqalgan oʻtkir kasallik. Bronxit har qanday yoshda uchraydi. Ammo, bolalarda, ayniqsa kichik yoshdagi bolalarda koʻproq uchraydi va kattalarga qaraganda ogʻirroq kechadi. Shu sababli ota-onalar bronxit haqida batafsil bilishlari, uning belgilari va davo muolajalari haqida maʼlumotga ega boʻlishlari zarur. Bolalarda bronxit koʻp hollarda infeksiya natijasida kelib chiqadi, lekin bronxit kelib chiqishiga noinfeksion sabablar ham bor.


Bronxit nima?

Bronxlar – inson nafas olish tizimidagi eng muhim qismlaridan biri. Inson nafas olganda havo halqum va traxeya (kekirdak) lardan oʻtadi, soʻngra bronx tizimiga tushadi va oʻpkalarga kislorod yetib boradi. Inson nafas chiqarganda oʻpkada almashgan gazlar (karbonat angidrid gazi) bronxlar orqali, soʻng traxeyadan oʻtib qayta tashqi muhitga chiqariladi. Bronxlar yuzasi shilliq va sezgir kiprikchalar bilan qoplangan. Bu tuzilmalar bronxlarga tushgan har qanday moddalarni tashqariga chiqarishda ishtirok etadi.

Shunday qilib bronxlar oʻtkazuvchanligi biror bir salbiy omil natijasida buzilsa, bu nafas olish jarayoniga salbiy taʼsir etadi, natijada organizmning kislorod bilan taʼminlanishi pasayadi.

Bronxit – bronxlar shilliq qavatining yalligʻlanishidir. Bu kasallik koʻproq bolalarda uchrashiga sabab bolalarning immun tizimi sust boʻlishi va nafas aʼzolarining toʻliq rivojlanmaganligidir. Statistika boʻyicha har yili 1000 ta bolaning 200 tasi bronxit kasalligiga chalinadi. Koʻproq 5 yoshgacha boʻlgan bolalar kasallanadi. Bronxitlar qish mavsumida koʻpayadi.




Yüklə 83,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin