Referat mavzu: О‘zbekistonda tabiatni muhofaza qilish. Reja



Yüklə 378,71 Kb.
tarix21.06.2023
ölçüsü378,71 Kb.
#133423
növüReferat
REFERAT, O\'zbekistonda tabiatni muhofaza qilish.


REFERAT
MAVZU: О‘ZBEKISTONDA TABIATNI MUHOFAZA QILISH.


REJA:



  1. Tabiatni muhofaza qilishning yo’nalishlari




  1. O’zbekistonda tabiatni muhofaza qilish tadbirlari




  1. Tabiatni muhofaza qilish yutuqlari hamda kamchiliklari.



Yerda odamnish paydo boʻlishi organik dunyo bilan tabiiy muhit oʻrtasidagi oʻzaro munosabatni tubdan oʻzgartirib yubordi. Inson tabiatga mehnat qurollari vositasida yaylovlardan notoʻgʻri foydalanish oqibatida taʼsir koʻrsatadi. U oʻzining tabiat bilan boʻlgan oʻzaro taʼsiri usullarini takomillashtirib boradi. Natijada inson yashay oladigan hudud kengayadi, foydalaniladigan tabiiy elementlar soni va hajmi ortadi, binobarin, insonning tabiatga tazyiqi sifat jiqatidan ham, koʻlam jihatidan gʻam koʻpayadi. Inson oʻzi yashashi va faoliyat koʻrsatishi uchun tabiiy muhitdan tashqari yana sunʼiy muhitni ham bunyod etadi. Mac, shaharlar, turar joy binolari, bogʻlar, suv omborlari, yoʻllar va boshqa Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi, fan va texnikaning taraqqiy etishi bilan, tabiiy boyliklarning ahamiyati, ulardan foydalaniladigan sohalar, ularni ishlatish shakllari ham oʻzgarib boradi. Qadimda bir necha xil kimyoviy elementlardan foydalanilgan boʻlsa, hozirgi vaqtda mavjud barcha elementlardan foydalaniladi. Shu bilan birga koʻpchilik foydali qazilmalar tobora koʻproq qazib chiqarilmoqda. Insonning tabiatga taʼsiri kuchayishidan, antropogen landshaftlar koʻpaymokda. Hayvonot va oʻsimlik olamidan rejasiz foydalanish yoki inson faoliyati bilan bogʻliq boshqa sabablar tufayli 16-asrning oxirlaridan 20-asrning 70y.larigacha umurtqali hayvonlarning 250 turi va kichik turlari butkul yoʻqolib ketdi. 80y.lardan boshlab xar yili oʻrtacha 1 ta hayvon turi va 50 ga yaqin oʻsimlik turi yoʻqolib bormoqda. Qush va sut emizuvchilarning 1000 dan ortiq turi yoʻqolib ketish arafasida turibdi. Yil davomida 1 milliard t yoqilgʻi yoqiladi, atmosferaga yuzlab million t azot oksidi, oltingugurt, uglerod, qurum, chang va boshqa chiqariladi. Tuproq va suvlar sanoat va maishiy chiqindilar (bir necha milliard t), neft mahsulotlari (bir necha million t), mineral oʻgʻitlar (yuz million t ga yaqin), ogʻir metallar, radiaktiv chiqindilar bilan ifloslanadi.

Inson tabiiy sharoit va boyliklardan koʻp maqsadlarda foydalanadi. Bu esa ayni paytda, tabiatni tegishlicha muhofaza qilishni ham taqozo etadi. Bular: xoʻjalik, sogʻliqni saqlash va gigiyena, nafosat (estetik), turizm, ilmiy hamda tarbiyaviy maqsadga muvofiq foydalanish. Maqsadga muvofiq foydalanish deganda, tabiat boyliklaridan mamlakat yoki butun insoniyat manfaati yoʻlida foydalanish tushuniladi. Bunda hozirgi va kelajak avlodning manfaatlarini koʻzlab faoliyat yuritish nazarda tutiladi. Oʻz taraqqiyotini oldindan uzoq muddatga ilmiy asosda rejalashtira oladigan va tabiiy muvozanatni oʻzgartirmasdan foydalana oladigan jamiyatgina taraqqiyotga erishadi.


Tabiiy boyliklardan oqilona foydalanishdan tabiatda roʻy beradigan jarayonlarning oʻzaro bogʻlikligi va rivojlanishi qonuniyatlari haqidagi bilimlar katta ahamiyatga ega. Busiz tabiiy jarayonlarga baho berish, ularni xisobga olish, tabiatga, tabiat komponentlariga koʻrsatilgan har qanday taʼsirning kelajakda qanday oqibatlarga olib kelishini oldindan bilish mumkin emas. Inson tabiatdan foydalanganda va unga taʼsir koʻrsatayotganda bilishi va faoliyatida amal qilish zarur boʻlgan, asosan, 5 qonuniyat mavjud: 1) tabiatdagi barcha komponent va elementlar oʻzaro bir-birlari bilan bogʻlangan, oʻzaro taʼsir etib, muayyan muvozanatda boʻlib, uygʻunlik hosil qilgan. Biron komponent yoki element oʻzgarsa, butun tabiiy kompleksda oʻzgarish roʻy beradi; 2) tabiatda toʻxtovsiz modda va energiyaning aylanma harakati roʻy berib turadi. Bu xayot asosi; 3) tabiiy jarayonlarning rivojlanishida muayyan davriyliklar mavjud (sutkalik, yillik, 12 yillik, 33— 35 yillik va koʻp yillik); 4) zonallik; 5) regionallik.


Insonning tabiat bilan oʻzaro taʼsiri jamiyat taraqqiyoti, ishlab chiqarish usullari mukammallasha borgan sari jadallashadi, tabiatdan, uning boyliklarini, qurilish va ishlab chiqarish teknikasi, aloqa vositalari yirik shaharlarni oʻzgartirib, yirik vohalar, madaniy landshaftlar yaratishga, hosildor ekin hamda mevalar, mahsuldor chorva mollari yetishtirishga imkon beradi. Lekin baʼzan chuqur oʻrganmasdan inson qudratiga ortiqcha baho berib, tabiatga taʼsir koʻrsatish tabiatni foydalanib boʻlmaydigan holatga, uning buzilishi va ifloslanishiga olib kelishi mumkin. Bunday manzara insoniyatning butun tarixi mobaynida kuzatiladi. Pekin 19-asrgacha insonning tabiatdan foydalanish koʻlami uncha katta boʻlmagani uchun inson faoliyatining tabiatga taʼsiri ham kamroq boʻlgan.


20-asrning 2yarmida sanoat ishlab chiqarishning rivojlanishi, qishloq xoʻjaligi.da turli xil kimyoviy moddalarning koʻp qoʻllanilishi, katta maydonlarda muttasil bir xil ekinlarning yetishtirilishi, transport vositalarining ortiqcha koʻpayib ketishi, shaharlarning yiriklashib ketishi, tabiat muhofazasiga yetarlicha eʼtibor berilmaganligi tabiiy muhitning buzilishiga, ayrim joylarning ifloslanib ketishiga sabab boʻldi. Ayrim konchilik sanoati rnlarida tabiiy muhit juda buzilib ketgan. Katta maydonlarni kon chiqindi jinslari egallagan, chuqur ochiq karyerlar yer osti suvi sathini pasaytirishi natijasida oʻsimlik qoplami qurib bormoqda. Rekultivatsiya ishlariga, xususan rivojlanayotgan mamlakatlarda yetarlicha eʼtibor berilmaydi. Hozirgi vaqtda Tabiatni muhofaza qilish muayyan oʻlka yoki mamlakat doirasidan chiqib, umumjahon muammosiga aylanib bormokda. Yerning ozon pardasidagi oʻzgarishlar, dunyoda haroratning koʻtarilib borayotgani, qutbiy va togʻ muzliklarining qisqarib borayotgani ana shunday muammolardan. Ayniqsa, qayta tiklanmaydigan tabiiy boyliklarning kamayib borayotganligi va atrof tabiiy muhitning ifloslanayotgani bir qancha mamlakatlarda, ayniqsa, rivojlangan mamlakatlarda Tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini koʻrishga majbur etdi. Koʻpchilik rivojlangan mamlakatlarda oʻrmonlarni kesish cheklandi, yerdan kadastr asosida foydalaniladigan boʻldi, daryo va koʻllar suvlari tozalanib, baliqlarni koʻpaytirish boshlandi. Ovchilik tartibga solindi, qoʻriqxonalar, muhofaza qilinadigan hududlar koʻpaytirildi.


Biroq 20-asrning oʻrtalaridan boshlab zararli chiqindili ishlab chiqarish korxonalarining rivojlanayotgan mamlakatlarga koʻchirila boshlangani bu mamlakatlarda atrofmuhitning ifloslanishiga sabab boʻlmoqda. Rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiy qiyinchiliklar tufayli tabiatni muhofaza qilishga yetarli mablagʻ ajratishga qodir emas. Tabiatni muhofaza qilish sohasida xalqaro qatʼiy hamkorlikning yoʻqligi ham tabiiy boyliklardan foydalanishda va Tabiatni muhofaza qilishda yetarlicha samara bermayapti.


Hozirgi vaqtda Tabiatni muhofaza qilishni taʼminlash masalalari nazariy jihatdan ishlab chiqilgan. Lekin bularni amalga oshirish juda katta mablagʻ sarflashni talab qiladi. Buning ustiga qirgʻin qurollarini ishlab chiqarish, ularni saklash ham tabiiy muhitning ifloslanishiga olib keladi. Shu nuqtai nazardan qirgʻin qurollarni ishlashni taʼqiklash, borlarini yoʻqotish ham tabiat muhofazasida katta ahamiyatga ega.


Oʻzbekistonda 20-asrda, ayniqsa, uning 2yarmida qishloq xoʻjaligi.da monokultura tizimining qoʻllanishi, gerbitsid va pestitsidlarning haddan tashqari koʻp ishlatilishi, mavjud suv zaxiralaridan notoʻgʻri foydalanish oqibatida atrofmuhit holatida katta salbiy oʻzgarishlar roʻy berdi. Orol dengizi deyarli quridi, uning atrofida choʻllashish kuchayib ketdi, yer osti suvlari shoʻrligi darajasi oshdi. Inson salomatligi uchun zarur sharoit buzildi, kamqonlik, gepatit, zotiljam kabi kasalliklar koʻpaydi. Paxta monokulturasi taʼsirida boshqa hududlarda x.am inson hayoti uchun zarur boʻlgan ekologik vaziyat yomonlashdi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, dastlabki kunlardan boshlab, Tabiatni muhofaza qilishga, respublika hududini ekologik tanazzuldan muhofaza qilishga kirishdi. Tabiatni va uning komponentlarini muhofaza qilish toʻgʻrisida bir qancha qonunlar qabul qilindi. Bular „Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida“ (1992-yil 9-dekabr), „Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida“ (1993-yil 6-may), „Yer osti boyliklari toʻgʻrisida“ (1994-yil 23 sentabr; 2002-yil 12 dekabrda yangi tahrirdagi), „Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida“ (1996-yil 27-dekabr), „Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida“ va „Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida“ (1997-yil 26 dekabr), „Davlat kadastrlari toʻgʻrisida“ (2000-yil 15 dekabr), „Oʻrmon toʻgʻrisida“ (1999-yil 15-aprel), „Chiqindilar toʻgʻrisida“ (2000-yil 5-aprel)gi qonunlardir.


Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50, 54, 55 va 100-moddalarida Tabiatni muhofaza qilishga oid normalar bayon etilgan. Konstitutsiyaning 11bobi 50moddasida „Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda boʻlishga majburdirlar“, deb koʻrsatilgan. 55-moddasida „Yer, yer osti boyliklari, suv, oʻsimlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir. Ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir“, deyilgan. Mamlakatimizda „Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi“ tashkil qilingan (1996-yil 26 aprelda Oliy Majlis tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida faoliyat koʻrsatadi). Qoʻmita quyidagi vazifalarni bajaradi: atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan foydalanish va ularni qayta tiklash ustidan nazorat qilish; Tabiatni muhofaza qilish faoliyatini tarmoklararo kompleks boshqarish; Tabiatni muhofaza qilish hamda resurslarni tejash borasida yagona siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish; atrofmuhitning ekologik holati qulay boʻlishini taʼminlash, ekologik vaziyatni boshqarish.


Oʻzbekiston Tabiatni muhofaza qilish sogʻasida bir qancha xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi va dasturlarda, jumladan, BMTning atrofmuhit boʻyicha dasturi (YUNEP)da ishtirok etadi. YUNEP va ayrim rivojlangan mamlakatlar bilan hamkorlikda Biologik xilmaxillikni saklashning milliy strategiyasi va 10 dan ortiq milliy ekologik qonunlar ishlab chikildi. 1993-yil mart oyida Qozogʻistonning Qiziloʻrda shahrida Oʻrta Osiyodagi 5 davlatning Oliy darajadagi uchrashuvida Orol dengizi muammolari boʻyicha Davlatlararo kengash va uning ijroiya qoʻmitasi hamda Orolni qutqarish xalqaro fondi tashkil etildi. Uning vazifasi Orol dengizi, uning sogʻlom ekologik sharoitini tiklash, mazkur regionni toza ichimlik suvi bilan taʼminlash, hudud sanitariyagigiyena muxitini yaxshilashdir.


Oʻzbekistonda 10 dan ortiq oʻrmon xoʻjaligi, 9 ta qoʻriqxona, 2 milliy bogʻ, bir qancha buyurtma qoʻriqxona mavjud. Ularda tabiat yodgorliklari, kamayib ketgan oʻsimlik va hayvonlar qoʻriklanadi, oʻrganiladi va koʻpaytiriladi. Oʻzbekistonda tabiatni muhofaza qilish respublika jamiyati, 12 ta viloyat va Qoraqalpogʻiston jamiyati, Oʻzbekiston geografiya jamiyati, EKOSAN, bir qancha ilmiyommabop va ilmiy jurnallar, radio va televideniye vaqtli matbuot Tabiatni muhofaza qilish haqidagi bilimlarni targʻib qilmoqda. Aholi oʻrtasida tabiat, undan oqilona foydalanish va muhofaza qilish haqidagi bilimlarni targʻib qilish, aholining geografik, ekologik madaniyatini koʻtarish Tabiatni muhofaza qilishda katta ahamiyatga ega. Tabiatni, uning boyliklarini muhofaza qilish, geografik ekologiya oʻquv kurslari oʻrta maxsus va oliy yurtlarining tabiatshunoslik mutaxassisliklari talabalariga maxsus kurslar sifatida oʻqitilmoqda.Dunyoning barcha mintaqalarida ekologik yo‘nalishdagi turli ko‘rinish, shakl va hajmga ega bo‘lgan kitoblar, jurnallar, risola-yu, maqolalar, o‘quv adabiyotlari millionlab nushada chop etilmoqda. Unga oid yangiliklar va ma’lumotlarni aholiga etkazish tuchun barcha turdagi zamonaviy informatsion texnologiyalar qo‘llanimlmoqda Bularning barchasiga qaramay hanuzgacha «ekologiya nima o‘zi» degan savolga bir hilda javob topish qiyin. Bu esa ilmda va ayniqsa ta’lim-tarbiyada aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan holatdir. Majburiy ta’lim jarayonida, maktablar, litsey kollejlarda hanuzgacha ekologiya mustaqil fan sifatida e’tirof etilmagan. Axir hammamiz birdek go‘zal tabiat qo‘ynida orom olish, hordiq chiqarish va salomatligimizni tiklashni hoxlaymiz. Lekin go‘zal tabiat go‘shalari kundan kunga kamayib, aholi esa aksincha ko‘payib bormoqda. Mazkur holat, muallifni endilikda ekologiya mavzusiga nazariy jihatdan jihatdan yondashishga majbur etdi.


Zamonamizda kompyuter, informatika, huquq, qonun, davlat kabi eng ko‘p ishlatiladigan so‘zlardan biri – ekologiyadir. Xo‘sh, ekologiya nima o‘zi degan savol tug‘ilishi muqarrar. CHunki antik davrda “Falsafa”, o‘rta asrlarda “Teologiya”, ya’ni din haqidagi fan kishilik jamiyatida qanday ommalashgan bo‘lsa, shu kunda “Ekologiya” ham shunday keng tarqalgandir. SHuning uchun bo‘lsa kerak, har bir olim, mutaxassis yoki ijodkor o‘zini «ekologman» deb hisoblaydi. Mayli, nima bo‘lganda ham ekologiyaning tarafdorlari ko‘payaversin. Lekin fanda va, ayniqsa, ta’limda bitta so‘z, atama, iermin yoki so‘zlar birligini turlicha ifoda etilishi, uning mazmun va mohiyatiga turlicha yondashishga sabab bo‘ladi. Bu esa “ekologlar”ning fan yoki ta’limga bergan yordamlaridan ko‘ra zararlari ko‘proq bo‘lishi ham mumkin.
An’anaga ko‘ra, ekologiya – tirik organizmlar o‘zaro va ularni yashash muhiti o‘rtasidagi munosabat haqidagi fan, deb yuritiladi. Bu ma’no uning grekcha atamasidan kelib chiqqan tarzda ifoda etilgan. CHunki grekchada “«oikos”-uy, yashash joyi, yashash muhiti, “logos”-ta’limot degan ma’noni anglatadi. Ushbu atamani birinchi bo‘lib fanga nemis tabiatshunos olimi Ernest Gekkel 1866 yilda chop etilgan o‘zining “Organizmlarning umumiy morfologiyasi” degan kitobi orqali olib kirdi. Uning ta’rifiga ko‘ra, “Ekologiya – tabiatni iqtisodiy jihatdan tadqiq qilish orqali hamma tirik organizmlarning organik va noorganik muhit unsurlari bilan birga, uning ta’sir doirasida turgan antogonistik va noantogonistik aloqadorlikda bo‘lgan o‘simlik va hayvonot dunyosi o‘rtasidagi munosabatlarni ochib berishi»dir.
E.Gekkel buyuk ingliz olimi CHarlz Darvinning tirik organizmlarning evolyusion rivojlanishi to‘g‘risidagi ta’limotini rivojlantirib, har qanday tirik organizm atrof tabiiy muhitga moslashib, o‘zining morfologik(ichki) va morfometrik(tashqi) ko‘rsatgichlarini o‘zgartirib borishi, moslashmagani esa tabiiy tanlash asosida qirilib ketishini isbotlab berdi.
E.Gekkel «ekologiya» so‘ziga ta’rif berar ekan, inson tomonidan «tabiatni iqtisodiy tadqiq qilish» degan iboralari alohida ahamiyat kasb etadi. CHunki tabiatni son jihatdan ifodalanishi inson faoliyati iqtisodiyotiga nechog‘liq bog‘liqligini u ifoda etmoqchi edi. E.Gekkel birlamchi kapital ko‘pincha «tabiatga salb yurish» orqali jamg‘ariladi, degan edi.
YUqorida keltirilgan tushunchada E.Gekkel tomonidan qo‘llanilgan so‘zlar yoki iboralarning ayrimlari tushirib qoldirilgan yoki unga qo‘shimchalar kiritilgan. Masalan, XIX asrning ikkinchi yarmida Evropa uchun «iqtisodning tabiatini anglash» degan ibora o‘ta dolzarb ahamiyat kasb etgan bo‘lsa, hozirga kelib ham u birlamchi ahamiyat kasb etayapti deyish qiyin. CHunki qadimgi qita vakillari ekologik talofat va inqiroz nima ekanlligini allaqachonlar tushinib etganlar.
Nima uchun ekologiya fani aynan Evropada, XIX asrning ikkinchi yaramida va biologlar tomonidan kashf etildi, degan o‘rinli savol tug‘iladi. CHunki XIX asr o‘rtalarida Markaziy Evropada “ilmiy-texnikaviy inqilob” kishilarni tabiatga nisbatan bosimini Germaniyaning Sileziya va Rur sanoati rivojlangan havzalarida, tabiat va jamiyat o‘rtasidagi muvozanatning keskin buzilishi noevolyusion1 tarzdagi buzilgan tabiat tizimlarini yuzaga keltirdi va tegishli iqtisodiy-moliyaviy munosabatlarni shakllantirdi. Bu, o‘z navbatida, organizmlar yashash muhitini, u esa organizmlar turi, populyasiyasi va jamoasiga keskin ta’sir etdi. O‘sha davrdagi Reyn daryosining holatiga nazar tashlagan fransuz jurnalisti “Reyn daryosining suvini XIX asrning ikkinchi yarmidagi tabiat manzarasini aks ettirish bo‘yog‘i o‘rnida ishlatsa bo‘ladi», deb bejiz aytmagan. Bunday holat aynan Evropada ilk bor ekologik dunyoqarashlarni shakllantirishga olib keldi. Ekologiya ushbu davrda biologiya fanlari tizimiga kirgan va tirik organizmlar haqidagi fan tariqasida ilk bor biologlar tomonidan taklif etilgan. Zamonlar o‘tib, XX asrning 70-yillariga kelib (1972 yil “Atrof-muhit muhofazasi”ga bag‘ishlangan Stokgolm konferensiyasidan so‘ng), ekologiya nafaqat mustaqil fan sohasi, balki fanlar tizimiga aylanib ketdi. Hozirgi kunda 80 ziyod ekologik fanlar mavjud bo‘lib, ular deyarli barcha fan tarmoqlariga kirib borgandir (2-rasm).
E.Gekkeldan so‘ng ekologiya atamasi ta’rifiga taqiqotchilar tomonidan ko‘plab o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilgan. Lekin, hanuzgacha, uning birlamchi mazmuni va mohiyati umumiy tarzda saqlanib qolindi. Turli fikrlarni umumlashtirgan holda biz ekologiyani – muayyan tabiat tizimida (ekotizimda) organizmlar o‘zaro va ularni yashash muhiti o‘rtasidagi munosabatlarning turli jihatlarini tadqiq qiluvchi fan tarmog‘i, ularga oid bilimlarni beruvchi ta’lim yo‘nalishi, ularni optimallashtiruvchi xalq xo‘jaligi sohasi, deyishimiz mumkin.
Xalqaro Atrof-muhitni muhofaza qilish kunini nishonlash doirasida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Butunjahon miqyosida dolzarb bo`lgan ekologik muammolar to`g`risida xalqaro jamoatchilikni xabardor etib, shu muammolarni yechishga dunyo xalqlarini chorlaydi. O'sha yillar davomida mazkur kun 100 dan ortiq mamlakatda nishonlandi, hozirda ekologik muammolarni echishga yordam beruvchi muhim bir zamin bo`lib xizmat qiladi. Bundan tashqari, ushbu kunda barcha xalqlar birlashib, atrof-muhitni muhofaza qilishga, ona-yerimizni asrab qolishga o`zining shaxsiy hissasini qo`shish imkoniga ega bo`ladilar.

Xalqaro Atrof-muhitni muhofaza qilish kuni BMT Bosh Assamlbleyasi tomonidan 1972 yil Stokgolmda bo`lib o`tgan Insoniyat muhiti mavzusidagi konferensiyada joriy etilgan.


Ushbu sana nimaga muhim?


- insoniyat farovonligi, atrof-muhit sog`lomligi, iqtisodiyot samaradorligi yerimizda mavjud bo`lgan tabiiy resurslarni oqilona boshqarishimiz, ulardan tejamkorona foydalana olishimizga bog`liqdir.


- hozirgi kunda yer sharidagi ko`plab ekotizimlarning zaxiralari deyarli butunlay tugab, ortiga qaytarib bo`lmaydigan salbiy jarayonlarga yuz tutgan, buning ustiga butun dunyoda aholining o`sib borishi, iqtisodiy rivojlanish kabi omillar mazkur muammoning yanada chigallanishiga olib kelyapti.


- 2050 yilga kelib dunyo aholisining soni 9,6 milliardga etib qolishini inobatga olganda, tabiiy resurslarni hozirgi sur'at va hajmlarda iste'mol etishimizni, mahsulot ishlab chiqarishimizni davom etaversak, kelajakda bizga hozirgi yer sharimizning kattaligidagi yana uchta yer shari kerak bo`ladi


Mazkur sana nafaqat ona-yer tuhfalarini qadrlash, yerimizda mavjud bo`lgan boy biologik xilma-xillikni asrash kunidir. Ushbu kunda biz barchamiz ona-yerimizni qanday qilib muhofaza qilishimiz, uning tabiatini qanday asrashimiz, hozirda dolzarb bo`lib qolgan ekologik muammolarni qanday echishimiz mumkinligi to`g`risida chuqur o`ylashimiz, yer-sharimizni yanada go`zalroq, sog`lomroq qilish yo`llarini izlashimiz lozimdir.


Mazkur sanani nishonlashda butun dunyo bo`ylab 70 ta mamlakatda millionlab odamlar ishtirokida keng ko`lamli tadbirlar o`tkaziladi. Har yili keksa va yosh faollar turli ko`rgazmalar, atrof-muhitni tozalash ishlari, hasharlar, konsertlar, OAV ishtirokidagi bir qator tadbirlar, turli tanlov va musobaqalar tashkillashtirishda qatnashadilar.

BMT ushbu sanani qay tarzda nishonlaydi?


Mazkur sanani nishonlash bilan bog`liq keng ko`lamdagi tadbirlarni muayyan bir shior ostida, yoki mavzuda o`tkazish vazifasi har yili alohida bir mamlakatga yuklatilib, shu mamlakatda 5 iyun kuni to`g`ri keladi, hafta davomida xalqaro ko`rgazmalar tashkil etiladi. 2015-yilda ushbu sana “Etti milliard orzu. Yagona sayyora. Iste'molimizda tejamkor bo`laylik ” shiori ostida nishonlanib, tegishli tadbirlar Italiyada tashkillashtirildi.


Ekologiya nima o‘zi va nima uchun biz XXI asrda uning ham nazariy, ham amaliy echimini topishga harakat qilib qoldik? Nima uchun ushbu muammo deyarli ko‘pgina ta’lim bosqichlarida, madaniy hordiq chiqarayotgan joylarda, xalqaro uchrashuvlarda va hattoki, biznes-shoularda ham qizg‘in muhrokama mavzusiga aylanib qoldi. Tabiatni muhofaza qilish tabiat va uning boyliklaridan oqilona foydalanishga, tabiatni inson manfaatlarini koʻzlab ongli ravishda oʻzgartirishga, tabiat boyliklari va umuman tabiatni, uning goʻzalligi, musaffoligini saqlab qolishga va yanada boyitishga qaratilgan barcha tadbirlar majmuasi. Tabiatni muhofaza qilish tadbirlari majmuasiga davlatlar, xalqaro tashkilotlar, jamoat, ilmiy-texnik, ishlab chiqarish, iqtisodiy va maʼmuriy tashkilotlar, har bir odam tomonidan amalga oshiriladigan tadbirlar kiradi.
Hozirgi vaqtda inson yashab, toʻxtovsiz munosabatda boʻlib kelayotgan tabiiy muhit uzoq geologik davrlar (4,5—4,7 milliard yil) mobaynida bir qancha omillarning birgalikda taʼsirida, yaʼni Quyosh nuri, Yerning massasi, gravitatsiya kuchi, koʻlami, aylanma harakatlari, tektonik harakatlar, havo va suv qobiqlarining vujudga kelishi va oʻʻzgarishi, ekzogen jarayonlar taʼsiri, organik dunyoning paydo boʻlishi va taraqqiyoti taʼsirida tarkib topgan. Tabiiy muhitning holati oʻzaro taʼsir etib turuvchi koʻp omillarning murakkab majmuida tarkib topgan tabiiy muvozanatga bogʻliq. Chunki bir joyning iqlimi Quyosh nurining tushish burchagiga, yaʼni geografik kenglik, yer yuzasining tuzilishi, shamollar, okeanlarning uzoq yoki yaqinligi, oqimlari va boshqalarga; oʻsimliklar qoplami esa iqlim, yer yuzidagi togʻ jinslari, relyef, tuproqlarga bogʻliq. Bu tabiiy omillarning birontasida oʻzgarish roʻy bersa, tabiiy muvozanat buziladi, bu esa tabiiy muhitda oʻzgarishlarga sabab boʻladi. Baʼzan, tabiatning biror komponentiga koʻrsatilgan arzimagan taʼsir hech kutilmagan katta oʻzgarishlarga, xususan, xavfli oʻzgarishlarga olib kelishi mumkin.


Har qanday tirik mavjudot oʻz atrofini oʻrab turgan tabiiy muhit bilan oʻzaro taʼsirda boʻladi, undan oʻziga kerakli narsalarni oladi, shu muhitda moslashadi, muhit tarkibiga, undagi modda va energiyaning aylanma harakatiga maʼlum darajada oʻzgarish kiritadi. Yerning havo qobigʻidagi hozirgi gazlar tarkibi, miqdori, ayrim foydali qazilmalari, mas., ohaktosh, toshkoʻmir, qoʻngʻir koʻmirning hosil boʻlishi, tuproq qoplamining tarkib topishi, rivojlanishi organizmlarning hayot faoliyati natijasidir. Organik dunyoning tabiiy muhit bilan oʻzaro taʼsiri biologik evolyutsiya jarayonida yangi turlarning paydo boʻlishi, raqib turlar sonining koʻpayishi yoki kamayishi va atrof muhitning oʻzgarishi natijasida oʻzgaradi.
Yüklə 378,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin