Reja: Buxgalteriya hisobida axborot texnologiyalarini qo‘llash. Buxgalteriya hisobini tashkil qilish va yuritish Qishloq xo‘jalik iqtisodiyotida buxgalteriya hisobining vazifalari va funksiyalari



Yüklə 180,2 Kb.
səhifə1/3
tarix29.03.2023
ölçüsü180,2 Kb.
#90994
  1   2   3
м-8 1-С Бухгалтерия дастурида ишлаш

Reja: 1. Buxgalteriya hisobida axborot texnologiyalarini qo‘llash. 2.Buxgalteriya hisobini tashkil qilish va yuritish 3.Qishloq xo‘jalik iqtisodiyotida buxgalteriya hisobining vazifalari va funksiyalari.

“1С:Бухгалтерия” dasturida ishlash.

Buxgalteriya hisobida axborot texnologiyalarini qo‘llash.

  • Axborot tizimda bajariladigan texnologik jarayon uchta bosqichdan iborat:
  • 1-bosqich. Bu bosqich birlamchi hisob, birlamchi hujjatlarni tuzish, ularni ishlab chiqish va hisobning har bir uchastkasi bo‘yicha tahliliy hisobning qaydnomalari tuzilishi bajariladi. Masalan, ish haqini hisoblash bo‘yicha hisoblash to‘lov hujjatlari, qo‘shib hisoblangan va ushlab qolingan ish haqining to‘plamlari hamda boshqalar tuziladi.
  • 2-bosqich. Bu bosqich provodkalarni tuzish, ularni tahliliy va jamlama hisobning turli registrlari, hisobvaraqlarning tartib raqamlari bo‘yicha qayd daftari orderlariga joylashtirishdan iborat bo‘ladi.
  • 3-bosqich. Bu bosqich yig‘ma jamlama hisobni, bosh kitobning hisobvaraqlari bo‘yicha hisobot saldo qaydnomalari va moliyaviy hisobotning shakllarini tuzishdan iborat bo‘ladi, bu "Provodka-Bosh kitob-Balans" mashina dasturining asosiy moduli tomonidan ta’minlanadi.

Buxgalteriya hisobini tashkil qilish va yuritish

  • Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonada buxgalteriya hisobi ishlarining turlarini tashkil qilish g‘oyat muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Korxona va tashkilotlarda buxgalteriya hisobi sodir bo‘layotgan xo‘jalik jarayoni hamda muomalalarini kuzatib va qayd etib qolmasdan, ishlab chiqarish rejasining bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshira borib, rejalashtirish, nazorat qilish va iqtisodiyotni boshqarish ishida asosiy vazifalarni bajaradi. SHu boisdan ham hisob ishlarini tashkil qilish masalalariga katta e’tibor qaratiladi.
  • Hozirgi kunda buxgalteriya hisobi ishlarini tashkil qilishga qo‘yilgan eng asosiy talab — bu uning kam xarajatli va sodda bo‘lishligidir. Korxonada hisob ishlari ana shunday tashkil etilgandagina, buxgalteriya hisobi yuqori samaraga hamda yaxshi natijalarga erishishi mumkin. Buning uchun esa, eng avvalo, har bir korxonaning o‘ziga xos tarmoq xususiyatlarini va boshqa jihatlarini chuqur o‘rganish lozim.
  • Har bir korxonada tashkil etilgan buxgalteriya hisobi xo‘jalik faoliyati jarayonida sodir bo‘layotgan xo‘jalik muomalalarini uzluksiz kuzatish, kuzatish natijalarini son ko‘rsatkichlarida ifodalash, keyin ularni yoppasiga maxsus hujjatlarda aks ettirishni ta’minlash lozim. SHu bilan birgalikda korxona biznes-rejasini va kelgusidagi strategik dasturlarini tuzishda kerakli ma’lumotlar bilan ta’minlashi hamda ularning bajarilishi ustidan amaliy ravishda nazorat olib borishi kerak.

Yüklə 180,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin