Reja kirish I. Bob



Yüklə 493,32 Kb.
səhifə1/30
tarix25.09.2023
ölçüsü493,32 Kb.
#148596
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Voleybolchilarning harakatlarini tahlil qilish


Voleybolchilarning harakatlarini tahlil qilish


REJA
Kirish
I. Bob. Voleybolchilarning harakatlarini tahlil qilish……………………..
1.1. Vоlеybоlchining taktik tayyorgarligini oshirish omillari...........................
1.2. Voleybol o‘yinida hujum texnikasining o‘rni……………………………
II. Bob. Voleybolda jamoani taktik hujumga o‘rgatish……………………
2.1. Voleybolchilarni taktik tayyorgarligiga ta’sir etuvchi omillar va shart- sharoitlar........................................................................................................
2.2. Voleybolda jamoani hujum qilish texnikasini ishlab chiqish…………
III. Bob. Voleybol o‘ynash texnikasini takomillashtirish metodlari
3.1. Voleybolchilarning taktik tayyorgarligini yaxshilash...........................
3.2. Vоlеybоlchilarning harakatlanish texnikasini o‘rgatish………………..
Xulosa………………………………………………………………………..
Fodalanilgan adabiyotlar……………………………………………………
Kirish
Prezidentining 2021 yil 30 oktyabrdagi “Sport-ta’lim muassasalari faoliyatini 2025 yilgacha rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi, 2021 yil 5 noyabrdagi “Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi, “2024 yil Parij shahrida (Fransiya) bo‘lib o‘tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to‘g‘risida”gi, “Sport ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish orqali olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha sportchilar zahirasini shakllantirish sifatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari mamlakatimiz sportini yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etayotir. Shuningdek, sohada yosh va tajribali mutaxassislarni tayyorlash, ularning mamlakat, Osiyo hamda xalqaro sport musobaqalarida faol ishtirokini ta’minlashda dasturilamal va huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Yuqoridagi qarorlar va dasturdan kelib chiqib malakat miqiyosida jismoniy tarbiya va sport ta’limini yanada yuksaltirish, sportchilar zaxiralarini maqsadli tayyorlash, 2024 yil Parijda bo‘lib o‘tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o‘yinlariga alohida tayyorgarlik ko‘rish, aholi salomatligini jismoniy tarbiya va sport orqali mustahkamlashga alohida e’tibor qaratish zarur.
Buning uchun kadrlar salohiyatini yanada oshirish, sport tayyorgarligi eng muvaffaqiyatli tizimga ega bo‘lgan xorijiy mamlakatlar tajribasini o‘rganish, yangicha fikrlaydigan mutaxasis hamda murabbiylarni tayyorlash uchun eng yangi sport texnologiyalaridan foydalanish, sport ixtisosligidagi xorijiy oliy ta’lim muassasalari va sportchilarni tayyorlash markazlari faoliyatini qiyosiy tahlil qilish lozim.Natijada so‘ngi yillarda ushbu sohada to‘planib qolgan muammolarni bartaraf etish orqali o‘zbek sportining jahondagi nufuzini yanada oshirish, barcha aholi qatlamlari, ayniqsa yoshlarning sog‘lom turmush tarziga intilishlarini ta’minlash, ularni mardlik, sadoqat, Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashga keng imkoniyatlar yaratiladi.Mamlakatimiz qudratini belgilaydigan omillar ko‘p. Biroq ularning eng asosiylaridan biri shu yurtda voyaga etayotgan yuksak ma’naviyatli, jismoniy sog‘lom, har tomonlama barkamol avloddir.
Zero, el-yurtning kelajagi bugun kamolga etayotgan yoshlar qo‘lida. “Vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro‘-e’tiborini avvalambor farzandlarimizning unib-o‘sib, ulg‘ayib, qanday inson bo‘lib hayotga kirib borishiga bog‘liqdir” deb ta’kidlaydi birinchi Prezidentimiz Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat-engilmas kuch” kitobida.
Shahar va qishloqlarimizda bolalar sportini yanada rivojlantirish maqsadida o‘nlab zamonaviy sport majmualari va stadionlar bunyod etildi.2011yilda manzilli qurilish dasturida bolalar sporti ob’ektlari, musiqa va san’at maktablari barpo etish, rekonstrukstiya qilish va kapital ta’mirlash bo‘yicha belgilangan topshiriqlar to‘la bajarilda. 1715 ob’ekt, jumladan, 1405 sport inshooti, 133 suzish havzasi sport maktablari qurilib, foydalanishga topshirildi. Sport yoshlarimiz hayotiga tobora chuqur kirib borayotgani, minglab yigit-qizlar sport bilan shug‘ullanishni kundalik vazifasiga aylantirgani ularning jismoniy holatiga, salomatligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Jumladan 2005-2016-2017 yillarda mutlaq sog‘lom bolalar mamlakat bo‘yicha 52,7 % dan 96,3%gacha o‘sdi, surunkali kasalliklarga chalingan bolalar soni esa keskin kamaydi. O‘g‘il va qiz bolalarning o‘rtacha bo‘yi va vazni oshmoqda. Harbiy xizmatga chaqirilgan yoshlar orasida xizmatga loyiq deb topilganlar sezilarli darajada ortgani ham bu boradagi ishlarning amaliy natijasidir.
Haqiqattan ham sog‘lom avlod tarbiyasini keng jamoatchilikning ishtirokisiz amalga oshirib bo‘lmaydi. Mutaxasislarning tasdiqlashlaricha, kelajak avlodning sog‘lom bulishi 50% turmush tarziga, 5 - 20% sotsial va tabiiy sharoitlaga, irsiy va shu singari omillarga bog‘liq ekan. Aholi ko‘pchilik qismining sog‘lom o‘sishi, asosan, jismoniy tarbiya va sport sohasida amalga oshirayotgan va shu soha hodimlarining olib borayotgan ishlari bilan bog‘liq.
Taraqqiy etgan mamlakatlarda millatning sog‘lomlashtirishga asosan jismoniy tarbiya va sport omillari bilan erishilayotgani hech kimga sir emas. Demak bu ham o‘sib kelayotgan avlodning jismonan har tamonlama uyg‘un kamol toptirish muqaddas burchimizdir.Bolalarning barcha fanlardan chuqur bilimlarga ega bo‘lishlarini ta’minlashning muhim omili, ularning sog‘lig‘ini mustahkamlashdan iborat bo‘lib ,bunda jismoniy tarbiya darsi asosiy vosita bo‘lib xizmat qilmoqda.Sport turlari bilan shug‘ullanish odatda bir bosqichlarga, ya’ni boshlang‘ich tayyorgarlik, o‘quv-mashq hamda sport mahorati bosqichlarga bo‘linadi. Ob - havo qulay bo‘lgan kunlari bolalar faolligini oshirish uchun yaxshi imkoniyat tug‘iladi. Buning uchun qulay, katta va keng bo‘lgan sport anjomlari bilan jihozlangan maydonchani tanlash kerak. Bolalar kuch va chidamlilik faol rivojlanayotganligi tufayli voleybol, basketbol, futbol, engil atletika, kurash, velosport, eshkak eshish va boshqa sport turlari bilan muntazam shug‘ullanmoqdalar.
Ta’lim muassasida bolalarga jismoniy tarbiya darsini olib borishda quyidagi maxsus jismoniy sifat va qoidalarga e’tibor beriladi: yugirish, sakrash, uloqtirish, irg‘itish, ushlab olish muvozanatini saqlash kabi jismoniy harakatlarni tartibli bajarish:

  • Sabr chidamga o‘rgatish

  • O‘yinga ruhiy - psixologik jihatdan tayyorlash

  • O‘z - o‘zini tutish va o‘ziga ishonchni tarbiyalash

  • Topqirlik ko‘nikmalarini shakllantirish

  • Hozir javob bo‘lishga tayyorlash

  • Bardamlik va hamdardlik xususiyatini shakllantirishga qaratiladi.

Jismoniy tarbiya darslarida voleybol mashg‘ulotlarini o‘tkazishdan – bolalarni, aqlan, ruhan, jismonan tetiklik, jismoniy sifat, jismoniy tayorgarlik, mustahkam, irodali bo‘lib o‘sishga har bir murabbiy va o‘qituvchi muhim rol o‘ynaydi.

Yüklə 493,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin