Reja: Tabiat bilan o’yin masalasi



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix27.04.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#103411
  1   2   3
6 Tabiat, tavakkalchilik



Mavzu: Tabiat bilan o’yin masalasi. Tavakkalchilik sharoitida yechim qabul 
qilish. Laplas, Minimaks, Sevidj va Gurvits kriteriyalari.
 
Reja: 
1. Tabiat bilan o’yin masalasi.
 
2. Tavakkalchilik sharoitida yechim qabul qilish
3. Laplas, Minimaks, Sevidj va Gurvits kriteriyalari 
Ixtiyoriy jarayonni tadqiq etish davomida yechim (qaror) qabul qilishga to'g'ri
keladi. Bunda, yechim qabul qilish qanday vaziyatda: m a’lumotlar to'la yoki 
to'la emas bo'lishligi muhim bo'lib, ular ikki qarama-qarshi holatlarni ifodalaydi.
Bularning o'rtasida bo'lgan yana bir holat borki, u tavakkalchilik deb ataladi.
Bunda ro‘y berishi mumkin bo'lgan holatlarning ehtimolligi, yoki ularning 
taqsimot funksiyalari berilgan bo'lishi ham mumkin. Masalan, bozorda biror
mahsulotga bo'lgan narx aniqlik sharoitida o'zgarmasdan turadi, tavakkalchilik
sharoitida esa u tasodifiy miqdor bo'lib, o'zgarish qonuni taqsimot funksiya orqali
berilgan bo'ladi, aniqmaslik sharoitida esa u tasodifiy miqdor bo'lib, uning
o'zgarish qonuniyati yoki berilmagan, yoki umuman aniqlab bo'lmaydi. Lekin
aniqmaslik sharoitida m a’lumot yo‘q degani, bu faqat tasodifiy miqdorning
berilish qonuniyatiga nisbatan aytilgan bo'lib, uning qabul qiladigan
qiymatlari (holatlar majmuasi, holatlar to'plami) oldindan ma’lum bo‘ladi.
Ma’lumotlarning berilish darajasiga qarab, berilgan masala ham turlicha
formallashtiriladi. Masalan, yuqoridagi misolda: aniq sharoitda, qabul qilingan
yechimning sifatini ketgan xarajat orqali (kriteriya) ifodalash mumkin,
tavakkalchilik sharoitida esa narx tasodifiy miqdor bo'lib, uni hisobga olgan
holda kriteriya tuzish kerak bo‘ladi, aniqmaslik sharoitida esa, narx haqida 
ma’lumot mutlaqo noma’lum bo'lib, yuqoridagi aniq kriteriyalarni, umuman,
qo'llab bo‘lmaydi. Bu mulohazalar ko'rsatadiki, ma’lumotlarning aniqmasligi
ortib borishi kriteriya tanlashni ham, yechim qabul qilish masalasini ham 
qiyinlashtirib, umuman, qat’iy ishonchli natijalarga olib kelmaydi. Shunday 
qilib, aniqlik sharoitida kriteriyani tuzish hech qanday qiyinchilik tug'dirmaydi,


ammo tavakkalchilik va aniqmaslik sharoitlarida esa turli kriteriyalar ishlatiladi.
Ularning hech biri bekami-ko‘st, kamchiliksiz hisoblanmasdan, faqat turli
ko'rinishda bo‘lgan talablarni qanoatlantirishi bilan cheklanadi. 
Ko‘rilayotgan masala ikki ishtirokchili o‘yinga keltirilgan bo'lib, ikkinchi
ishtirokchi "ongsiz" raqib sifatida qabul qilinsa, bunday o'yin tabiat bilan
o‘yin deb ataladi. Bunday o'yinning eng muhim tomoni: tabiat turli holatlarni
keltirib chiqarish bilan, u bu holatlarning qaysi biri ro'y berishidan
manfaatdor emas. Tabiat bilan o'yin masalasidagi asosiy muammo-maqsadga 
yo'naltirilgan kriteriyani aniqlash va unga nisbatan optimal yechimni topishdir.
Agar ko'rilayotgan masalada ikkinchi ishtirokchi ongli raqib, deb faraz qilinsa,
mazkur holat ziddiyatli bo'lib, u bilan o'yinlar nazariyasi shug'ullanadi. 

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin