RESEARCH AND EDUCATION ISSN: 2181-3191 VOLUME 1 | ISSUE 1 | 2022
https://t.me/ResearchEdu_Journal
Multidisciplinary
Scientific Journal April, 2022
335
INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA RITORIK SO‘ROQ GAPLARNING
STRUKTUR-SEMANTIK XUSUSIYATLARI
Gulchehra Mashraf qizi Hoshimova
BuxDU Xorijiy tillar fakulteti
“Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik” yo‘nalishi magistranti
gulchehrahoshimova1991@gmail.com
ANNOTATSIYA
Maqolada o‘zbek va ingliz tillarining og‘zaki va
yozma nutq janrlarida keng
tarqalgan ritorik so‘roq gaplarning xususiyatlari ko‘rib chiqiladi. So‘roq
gaplarning
turlari tahlil qilinadi va eng keng tarqalgan ritorik savollar ham muhokama qilinadi.
Kalit so‘zlar:
so‘roq gap, ritorika, ritorik savol, stilistik shakllar
STRUCTURAL AND SEMANTIC FEATURES OF RHETORICAL
QUESTIONS IN THE ENGLISH AND UZBEK LANGUAGES
ABSTRACT
This paper analyses some structural-semantic features of rhetorical questions in
English and Uzbek, which are widely used in both oral and written speech. Types of
questions, as well as, common rhetorical questions are reviewed.
Keywords:
interrogative questions, answer-eliciting, rhetorical question, stylistic
figures.
KIRISH
Kommunikativ nutq tizimida so‘roq gaplar alohida o‘rin tutadi. So‘roq
gaplar
so‘zlovchi uchun noma’lum bo‘lgan haqiqatni anglashga qaratilagan savoldir. Bunday
gaplar maxsus asosga qurilgan bo‘lib, alohida talaffuz qilinadi va gap oxirida so‘roq
belgisi qo‘yiladi. So‘roq gaplar ko‘pincha dialogik shaklda qo‘llaniladi.
So‘roq gaplar ularda ifodalangan savol mazmuniga ko‘ra 3 turga bo‘linadi.