Тошкент ахборот технологиялари университети Фарғона филиали ассистенти
Каримов Сардор Илхом ўғли
Reja:
Modullik, maxsus rejim, virtuallashtirish, mobililik, mutanosiblik, ochiqlik, xisoblashlarni ximoyalash printsiplari.
Mikroyadroli operatsion tizim. Operatsion tizimlarga qo’yilgan talablar.
Birinchi dasturlar bevosita mashina kodlarida yaratilgan. Buning uchun, mikroprotsessor arxitekturasini va uning asosidagi tizimni mukammal bilish zarur. Hisoblash texnikasining rivojlanishi borasida, ko`p uchraydigan amallarni (operatsiyalarni) ajratib, ular uchun dasturiy modullar yaratilib, keyinchalik ulardan dasturiy ta’minotda foydalana boshladilar. Shunday qilib, 50-chi yillarda, birinchi dasturlash tizimlarini yaratishda kiritish chiqarish amallari uchun, keyinchalik matematik amal va funktsiyalarni hisoblash uchun modullar yaratildi.

Zamonaviy OT asosiy tashkil etuvchilari – bu yadro, kiritish-chiqarish tizimi, komanda protsessori, fayl tizimi. Yadro masalalar va resurslarni boshqarish, sinxronlashtirish va o`zaro bog`lanishi bo`yicha asos funktsiyalarni ta’minlaydi. Komanda protsessori, komandalarni qabul qilish va ularga ishlov berish, foydalanuvchi talabi bo`yicha mos xizmatlarni chaqirishni ta’minlaydi.

Kiritish va chiqarish tizimi, tashqi qurilmalar bilan ma’lumotlarni kiritish va chiqarish masalasini ta’minlaydi.
Monolit tizimlar (monolit yadro). Umumiy holda, monolit tizim “strukturasi” uning strukturasi yo`qligidir. OT, har biri zarur vaqtda bir-birini chaqirishi mumkin bo`lgan protseduralar toplamidan iboratdir. Bu holda, tizimning har bir protsedurasi yaxshi yo`lga qo`yilgan interfeysga egadir. Bunday monolit tizimni ko`rish uchun, hamma alohida protseduralarni kompilyatsiya qilib, keyin ularni yagona ob’ekt fayliga birlashtiriladi (komponovkachi yordamida). Bunday tizimlarga, UNIX ning ilk versiyalari va Nowell Net Ware misol bo`la olishi mumkin. Har bir protsedura bir-biri bilan bog`lana oladi. Modulli strukturadan farqli ravishda, modulli strukturada har bir protsedurani maxsus kirish nuqtalari orqali chaqirish mumkin.
Ko`p sathli tizimlar. OT ni sathlar (qatlamlar) ierarxiyasi sifatida tashkil etishdir. OT funktsiyalari qatlamlarni tashkil etadi, m-n, fayl tizimi, jarayonlarni va qurilmalarni boshqarish va x.k. Har bir qatlam, faqat o`zining bevosita qo`shnisi, yuqorisidagi yoki pastdagi qatlamlar bilan aloqa qila oladi. Amaliy dasturlar yoki OT ning modullari so`rovni, shu qatlamlar bo`yicha yuqori va pastga uzatish mumkin.
Shu taxlitda qurilgan birinchi tizim, Deykstra va uning talabalari tomonidan 1968 yilda qurilgan bo`lib, THE tizimi deb ataladi.
Tizim 6 ta qatlamdan iborat edi, 0-chi qatlam, protsessor vaqtini taqsimlash bilan mashg`ul bo`ladi, u jarayonlarni uzilishi bo`yicha yoki vaqt o`tishi bilan boshqa jarayonlarga o`tkazadi.
Klient-server va mikroyadro modeli
Klient-server modeli – OT ni strukturalashtirishga yana bir yondashishdir. Keng ma’noda klient-server modeli, biror-bir servis (xizmat) istemolchisi- mijoz (klient) – dastur komponentasi, va bu servisni ta’minlovchi – server-dastur komponentasi mavjudligini taqazo (nazarda tutadi) etadi.
Klient va server o`rtasidagi o`zaro aloqa shunday standartlashtiriladiki, server har xil usullar bilan amalga oshirilgan va, balki ishlab chiquvchi korxonalari turli bo`lgan klientlarga xizmat qilishi mumkin. Bunda asosiy shart, ular so`rovlarni serverga tushunarli usulda berishlari kerak.
Mikroyadro texnologiyasi, muntazam ravishda rivojlanadigan modulli tizimlarga asos bo`lgan bo`lsa ham, u to`liq ravishda tizimni kengaytirish imkonini tahminlay olmadi.
Hozirgi vaqtda, bu maqsadga eng to`g`ri keladigan ob’ektga mo`ljallangan yondashish, bu holda dasturni har bir kom`onentasi funktsiya jihatdan bir-biridan (boshqalaridan) ajratilgandir.
Bu yondashishning asosiy tushunchasi “ob’ekt”dir. Ob’ekt-dastur va ma’lumotlarning birligi bo`lib, u boshqa ob’ektlar bilan axborot uzatish va qabul qilish orqali bog`lanadi. Ob’ekt aniq buyum, amaliy dastur yoki xujjatni yoki bahzi abstraktsiyalar-jarayon, hodislarni aks ettirishi mumkin.
Ob’ekt dasturlari funktsiyalari shu ob’ekt ma’lumotlari ustida bajariladigan amallar ro`yxatini belgilaydi. Ob’ekt-mijoz, ob’ekt-server funktsiyasini bajarilishini so`rab boshqa ob’ektga habar yuborishi mumkin.
Эътиборингиз учун рахмат!