Talabalarni muammoni ifodalash va maqsadga muvofiq echim izlashga yo‘naltiruvchi, bir guruh insonlar yoki alohida shaxslarning hayotiy vaziyatlaridan olingan ma’lum sharoitlarning bayonli taqdim etilishidir



Yüklə 79,21 Kb.
səhifə1/8
tarix10.04.2023
ölçüsü79,21 Kb.
#95528
  1   2   3   4   5   6   7   8
Keys


Keys - talabalarni muammoni ifodalash va maqsadga muvofiq echim izlashga yo‘naltiruvchi, bir guruh insonlar yoki alohida shaxslarning hayotiy vaziyatlaridan olingan ma’lum sharoitlarning bayonli taqdim etilishidir.
Mazkur texnologiyaning mazmun-mohiyati shundaki, uning asosini aniq vaziyat yoki hodisa tashkil etadi («case» — hodisa). Shuning uchun, birinchidan, tahlil etilayotgan hodisada real hayotiy vaziyat aks etishi kerak, ikkinchidan, bu vaziyatda hali oxirigacha hal qilinmagan, yashirin muammo yoki bir nechta muammolar bo‘lishi zarur.
Keys bilan ishlash jarayonida darsda berilgan ma’lumotlardan tashqari qo‘shimcha axborotlar ham talab etiladi. Bu axborotlar bilan ishlash jarayonida talabalar mustaqil ravishda xulosa chiqaradi, muammoli vaziyatni hal etish bo‘yicha o‘z takliflarini beradi.
Keys texnologiyasi interfaol texnologiyalar sirasiga kiradi. Chunki u o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi “sub’ekt — sub’ekt” munosabatlari orqali amalga oshiriladi. Ya’ni talaba ta’lim olishning faol sub’ektiga aylanadi, unda jamoa bilan hamkorlikda ishlash, o‘z fikrini bildirish va himoya qilish ko‘nikmalari shakllanadi.
Eng muhimi, keys texnologiyasi o‘quv jarayonidan tashqariga qaratilgan bo‘lib, talabalarni o‘zlari egallayotgan kasb bilan bog‘liq muammolarni hal etishga yo‘naltiradi, kasbiy motivatsiyani shakllantiradi.
O‘qituvchi uchun keys texnologiyasini qo‘llash bir qancha qiyinchiliklarni tug‘dirishi mumkin. Eng avvalo, bu texnologiya o‘qituvchidan tanqidiy tafakkur va ijodiy faoliyatni, qolaversa, keyslarni ishlab chiqish ko‘nikmasini rivojlantirish uchun o‘z ustida doimiy ishlash, fan bo‘yicha yangi axborotlarni to‘plash, chet el tajribalarini o‘rganishni talab etadi.
«Keys-stadi» texnologiyasidan ta’lim natijalarini nazorat qilish va tekshirishda ham foydalanish mumkin. Har bir talabaga imtihondan oldin individual keys beriladi. Talabalar keysdagi topshiriqlarni bajarib, hisobot shaklida o‘qituvchiga topshiradilar.
Darsga tayyorlanish jarayonida o‘qituvchi o‘quv maqsadlarini hisobga olgan holda har xil turdagi keyslarni ishlab chiqishi lozim.
Keys asosidagi o‘quv mashg‘ulotlarida talabalar faoliyatini turli shakllarda tashkil qilish imkoniyati mavjud. Masalan, taklif etilayotgan vaziyat sahnalashtirilishi hamda "Aqliy hujum", bahs-munozara, ilmiy bahslashuv metodlari orqali muhokama qilinishi mumkin.

Yüklə 79,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin