Taom va ichimliklar kartalarini tashkil etish ishlari.
Reja:
Restoranda foydalaniladigan taomnomalarning mohiyati va ularning ahamiyati.
1 Taomnomani tuzish tartibi va uning turlari.
2 Xorijiy turistlar uchun mo‘ljallangan taomnomaning o‘ziga xos xususiyatlari.
3 1. Restoranda foydalaniladigan taomnomalarning mohiyati va ularning ahamiyati. Fransiyada 1571 - yilda Karl IXning saroyidagi ziyofat uchun
«1 - Taomnoma» ishlab chiqilgan.
Haqiqiy taomnoma 100 yil o‘tgach, ya’ni XIV asrning 60 - yillarida Lyudovik XIV ning saroy oshxonasiga tushlik buyurtmasi uchun taomlar ro‘yxati sifatida ishlab chiqilgan.
Fransiyada «A la carte» - “Menyuga muvofiq” deb nomlangan taomnomadan foydalanilgan. XIX asr o‘rtalaridan «A la carte» taomnomasidan foydalanila boshlangan.
Mijoz taklif qilingan ro‘yxatdan o‘ziga ma’qul taomni tanlash imkoniyatiga ega bo‘lgan.
1831 - yilda Nyu - Yorkda ochilgan mashhur «Delmoniko» restorani AQShdagi birinchi restoran xisoblanadi. O‘sha davrda AQShda restoran ishining rivojlanishiga fransuz an’analari katta ta’sir ko‘rsatgan. 1852 - yilga kelib AQShning birinchi klassli har bir mehmonxonasi o‘z fransuz bosh oshpaziga ega bo‘lgan.
«Delmoniko» restoranining sohiblaridan biri Jon Delmonikoning sa’y-harakati bilan birinchi marta ikki tilli taomnoma joriy qilingan. Unda taomlarning fransuz va ingliz tilidagi nomlari qarama - qarshi joylashtirilgan. Bu an’ana saqlanib qolib, yillar o‘tib butun duyoga keng tarqaldi.
Biz «taomnoma»deb atagan so‘z rus tilidagi «Menyu», asli fransuzcha «tet» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, uning tub ma’nosi «Nonushta, tushlik, kechki taomlar jadvalidir». Xalqaro amaliyotda taomnomaning klassik, an’anaviy ikki turi mavjud:
«A la carte» (from the card) taomnomasi har qaysisi alohida narxga ega porsiyali taomlardan iborat. Bu taomnomani buyurtmali deb atash mumkin (taomlarni erkin tanlash mumkin). A la carte - narxi qimmat restoranlarda qo‘llaniladi;
«Table d’hôte» (table of the host)taomnomasi har bir taomning bir yoki bir necha variantlarini belgilangan narxlarda taklif etadi. Taomnomaning bunday turi Yevropa mehmonxonalarining restoranlarida ko‘p qo‘llaniladi. Afzalligi shundaki, mehmonlar uni tejamliroq deb xisoblashadi;
«Du jour» taomnomasi navbatchi yoki kundalik doimiy taomlarni taklif etadi. Ya’ni odatda tez tayyorlanadigan arzon va mashhur kunduzgi taomlardan iborat bo‘ladi.
Xizmat ko‘rsatish turi va sifati hamda mijozlar jamoasidan kelib chiqqan holda taomnoma quyidagi ko‘rinishlarda taqdim etiladi:
taomlarni mustaqil tanlash - ushbu taomnoma turi ko‘proq barcha tashrif buyurishi mumkin bo‘lgan ovqatlantirish korxonalarida amalda qiladi (restoran, kafe, oshxona va b.). Qoidaga ko‘ra, sho‘rvalar yarim porsiya va porsiya qilib narxlanadi;
mustaqil tanlashda taomlarning keng qamrovi turi «A la carte» taomnomasi xisoblanadi;
turistlar uchun taomnoma - turistlar uchun maxsus tayyorlanadi va bahosi uncha qimmat bo‘lmaydi;
majmuali ko‘rinishdagi tushlik (nonushta, kechki taom) avvaldan tashkil etilgan jamoa (ishchilar, talabalar, maktab o‘quvchilari uchun), shuningdek, restoranlarda kunduzgi paytda foydalaniladi.
Taomnomada mijozlar uchun hamma taomlar nomi aniq yozilishi kerak (taom nomlari, ichimliklar, qandolat mahsulotlari nomlarini qisqartirib yozish mumkin emas.
Bolalarga mo‘ljallangan taomlar taomnomasi ham bo‘lishi va taomnoma tuzilganda taomning sifati yuqori, vitaminlarga boy mahsulotlardan tayyorlanganligi, yoqimli va mazzali bo‘lishi ham talab etiladi.
Taomnoma ochilganda o‘ng tomonining yuqori qismi tez ko‘zga tashlanadi, demak xuddi shu joy estetik did bilan bezatilishi kerak. Yangi taomlar, gazak va ichimliklar nomi chiroyli qilib yoziladi. Taomnomaning pastki chap tomonida taom haqida kishini o‘ziga jalb qiladigan tarixiy ma’lumotnoma qismlari rasm bilan berilishi ham mumkin. Bosmaxonada chop etiladigan taomnomalarning har bir bo‘limida qo‘shimcha taomlar yoziladigan joy bo‘lishi kerak, chunki unda yangi taom, gazak va ichimliklar kiritilishi lozim.
Xorijiy turistlarga xizmat ko‘rsatadigan restoran va kafelarning taomnomalari chet tillarda (ingliz, nemis, fransuz, yapon, koreys) beriladi.
Luks toifasidagi restoranlar taomnomalarida 15 tagacha sovuq, 3 tagacha issiq gazak, 5 ta suyuq taom, 30 ta ikkinchi issiq taom, 6 tagacha shirin taomlar bo‘ladi.