Parxez ovqatlanish taomnomasi erkin tanlash taomnomasi yoki majmuali taomnoma kabi tuziladi. Assortimenti va parxez raqami bo‘yicha turlicha parxez taomlari taqdim etiladi.
Bolalar uchun taomnomada assortimenti qisqartirilgan, taomlarga turli xildagi ertaklardan nomlar qo‘yilishi mumkin. Og‘ir xazm bo‘luvchi taomlar olib tashlanadi (qovurilgan va yog‘li taomlar).
Kunlik ratsion taomnomasiturli xildagi festival, tashriflar, forumlar, turistlar hamda delegatsiya a’zolari uchun tuziladi. Ovqatlanish uch yoki to‘rt martalik bo‘lishi mumkin (qo‘shimchasiga tushlik vaqti yoki ikkinchi nonushta qo‘shilishi mumkin).
Kunlik ratsion taomnomasining kaloriyasi 2000 dan 5000 kkal gacha bo‘lishi mumkin.
Biznes - lanchtaomnomasi alohida ajratilgan vaqtda (soat 12 dan 16 gacha) tez xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallanadi. Agarda biznes - lanch uchta taomlardan tashkil topgan bo‘lsa, unda mijoz to‘rtta kursni tanlaydi: birinchi kurs bu bir necha turdagi yaxna va issiq gazaklar, ikkinchi kurs - sho‘rvalar, uchinchi kurs - asosiy issiq taomlar, to‘rtinchisi esa dessertlardir. Kurs narxiga qo‘shimcha ravishda qora qahva yoki choy ham berilishi mumkin. Qoidaga ko‘ra, biznes - lanch taomnomasi bir haftalik qilib tuziladi, uni narxlari ham o‘zgarmaydi va alohida buyurtmadan arzonroq bo‘ladi.
Yakshanba kungi branchtaomnomasi yakshanba kunlari soat 12 dan 16 gacha oilaviy ovqatlanishda foydalaniladi.
Kafelarning namunali taomnomasi Issiq ichimliklar
Sovuq ichimliklar
Sut-qatiqlar mahsulotlar
Qandolat mahsulotlari
Sovuq gazaklar
Issiq gazaklar
Sho‘rva, suyuq taomlar
Ikkinchi issiq taomlar
Shirin taomlar
3. Xorijiy turistlar uchun mo‘ljallangan taomnomaning o‘ziga xos xususiyatlari. Xorijiy turistlar taomnomasida restoran nomi, ovqatlanish klassi, taomlar nomi, taomga sarflangan mahsulotlar va taomlar bahosi ko‘rsatiladi. Turistlar guruhi uchun belgilangan narxdan yuqori yoki past baho qo‘yish, shuningdek, taomnomaga spirtli ichimliklarni kiritish ta’qiqlanadi.