Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
TELEKOMMUNIKATSIYALAR TO‘G‘RISIDA
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi telekommunikatsiyalarni yaratish, ishlatish va rivojlantirish
sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir.
2-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
telekommunikatsiyalar — signallar, belgilar, matnlar,
tasvirlar, tovushlar yoki
axborotning boshqa turlarini o‘tkazgichli, radio, optik yoki boshqa elektrmagnit tizimlaridan
foydalangan holda uzatish, qabul qilish, qayta ishlash;
telekommunikatsiyalar tarmog‘i — uzatishlarning bir yoki bir necha turini: telefon,
telegraf,
faksimil turlarini, ma’lumotlar uzatish va hujjatli xabarlarning boshqa turlarini,
televizion va radioeshittirish dasturlarini translatsiya qilishni ta’minlovchi telekommunikatsiya
vositalarining majmui;
telekommunikatsiya vositalari — elektrmagnit yoki optik signallarni hosil qilish,
uzatish, qabul qilish, qayta ishlash, kommutatsiya qilish hamda ularni boshqarish imkonini
beruvchi
texnik qurilmalar, asbob-uskunalar, inshootlar va tizimlar;
telekommunikatsiya inshootlari — telekommunikatsiya tarmoqlari va vositalarining
ishlashi hamda ulardan foydalanishni ta’minlovchi binolar, qurilmalar, telekommunikatsiya
liniyalari,
moslamalar, tayanchlar, machtalar va boshqa inshootlar;
Oldingi tahrirga qar ang.
oxirgi (terminal) asbob-uskunalar — telekommunikatsiyalar tarmoqlari bilan o‘zaro
bog‘lanadigan, telekommunikatsiyalar tarmoqlari orqali uzatiladigan yoki qabul qilinadigan
signallarni hosil qilish, o‘zgartirish, qayta ishlash uchun mo‘ljallangan telekommunikatsiyalar
xizmatlaridan foydalanuvchilarning
texnik vositalari;
(2-moddaning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 30-dekabrdagi O‘R Q-314-
sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT , 2011-y., 52-son, 557-modda)
tarmoqlararo ulanishlar — telekommunikatsiya tarmoqlarining o‘zaro texnologik
hamkorligi bo‘lib, u turli telekommunikatsiyalar operatorlarining foydalanuvchilar o‘rtasida
axborotni uzatish va qabul qilishni ta’minlaydi;
Oldingi tahrirga qar ang.
telekommunikatsiya operatori (bundan buyon matnda operator deb yuritiladi) — mulk
huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida telekommunikatsiyalar tarmog‘iga ega bo‘lgan,
uning ishlashi, rivojlanishini ta’minlovchi va telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatuvchi
yuridik shaxs;
telekommunikatsiya xizmatlari provayderi (bundan buyon matnda provayder deb
yuritiladi) — foydalanuvchilarga operatorlar tarmog‘i orqali tijorat asosida telekommunikatsiya
xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxs;
(2-moddaning sakkizinchi va to‘qqizinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2005-yil 22-
sentabrdagi O‘RQ-7-sonli Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-
y., 37-38-son, 279-modda)
telekommunikatsiyalar xizmatlari — operator va provayderning
signallar hamda
boshqa axborot turlarini telekommunikatsiya tarmoqlari orqali qabul qilish, uzatish, qayta
ishlashga doir faoliyati mahsuli;
raqamlash tizimi —
operatorlar, provaydyerlar va foydalanuvchilarning oxirgi
(terminal) asbob-uskunalari o‘rtasida raqamlarni taqsimlash va ularga raqam (raqamlar yoki
belgilar kombinatsiyasini) berish tartibi;
raqamlash rejasi — operatorlar, provaydyerlar va foydalanuvchilarning oxirgi
(terminal) asbob-uskunalari o‘rtasidagi aniq raqamlarning berilishi;
telekommunikatsiyalar xizmatlaridan foydalanuvchi (bundan buyon matnda
foydalanuvchi deb yuritiladi) — telekommunikatsiyalar xizmatlarining iste’molchisi
hisoblangan yuridik yoki jismoniy shaxs;
universal xizmatlar — umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya tarmoqlari orqali
barcha foydalanuvchilarga ko‘rsatiladigan belgilangan sifatdagi majburiy xizmatlar to‘plami
(foydalanuvchilarning bu tarmoqdan foydalanishini ta’minlash, mahalliy,
shaharlararo va
xalqaro telefon so‘zlashuvlari, telegrammalar jo‘natish va boshqalar).
Oldingi tahrirga qar ang.
domen nomi — axborot resursiga yoki axborot tizimiga berilgan, ularni Internet jahon
axborot tarmog‘ida identifikatsiyalash uchun xizmat qiladigan noyob nom;
(2-modda O‘zbekiston Respublikasini ng 2011-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-314-sonli Qonuniga asosan
o‘n beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT , 2011-y., 52-son, 557-modda)
Oldingi tahrirga qar ang.
domen nomlari tizimi — Internet jahon axborot tarmog‘ida domen nomlarini berish,
ro‘yxatdan o‘tkazish va ulardan foydalanish tartibi;
(2-modda O‘zbekiston Respublikasini ng 2011-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-314-sonli Qonuniga asosan
o‘n oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT , 2011-y., 52-son, 557-modda)
Oldingi tahrirga qar ang.
telekommunikatsiyalar tarmoqlarini attestatsiyadan o‘tkazish — telekommunikatsiyalar
tarmoqlari himoyalanganlik holatining axborot xavfsizligi sohasidagi
davlat standartlari va
normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlashga qaratilgan tashkiliy-texnik
tadbirlar majmui.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasini ng 2011-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-314-sonli Qonuniga asosan
o‘n yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT , 2011-y., 52-son, 557-modda)