Teshiklarni jilvirlash. Teshiklarni xoninglash. Teshiklarni ishqalash (dovodkalash)



Yüklə 65,54 Kb.
səhifə1/3
tarix19.12.2023
ölçüsü65,54 Kb.
#185558
  1   2   3
Маъруза №5


MA`RUZA № 5
TESHIKLARGA ABRAZIV ASBOB BILAN ISHLOV BERISH.
Reja:



  1. Teshiklarni jilvirlash.

  2. Teshiklarni xoninglash.

  3. Teshiklarni ishqalash (dovodkalash).

  4. Kichik diametrli teshiklarni hosil qilish usullari

  5. Qirindi olmasdan teshiklarga ishlov berish usullari.

  6. Teshiklarni toza pardozlash usullarini qo’llanilishi.

Ichki jilvirlash dastgohlarida teshiklar quyidagi usullarda jilvirlanadi:


1. Patronga mahkamlangan holda detalni aylantirib jilvirlash (11.1-rasm).

11.1.- rasm

2. Shpindelning planetar harakatiga ega bo`lgan dastgohda detal qo`zg`almas holatda jilvirlash (11.2.-rasm,a).


3. Detal mahkamlanmagan va aylanib turgan holda markazsiz jilvirlash (11.2.-rasm,b).

11.2. – rasm.
Birinchi usul keng tarqalgan. Bu usulda ishlov beriladigan detal sozlanadigan kulachokli o`zi markazlovchi patronga yoki dastgoh shpindeliga o`rnatilgan maxsus moslamaga maxkamlanadi. Shunday usulda maxkamlangan detal aylanadi, o`z o`qi atrofida katta chastotada aylanadigan dumaloq jilvirtosh ilgarilanma-qaytma va ko`ndalang harakatlanadi. Dumaloq jilvir toshning ko`ndalang va bo`ylama harakatlanishining har bir yurishida teshik sirtidan yupqa qatlam ko`chadi. 11.1.-rasmda ichki jilvirlashda dumaloq jilvir tosh 2 va detal 1 joylashishi ko`rsatilgan. Toshning va detalning aylanish yo`nalishi bir-biriga teskari bo`lishi kerak. Toshning diametri teshikning diametrini 0,8-0,9 qismiga teng qilib olinadi. Teshikning ishlov berilayotgan qismiga toshning tegish yoyining uzunligi tosh va teshik diametrlari nisbati bog’liq. SHuning uchun toshning mumkin bo`lgan katta diametrida ishlov berish unumdorligi yuqori bo`ladi, lekin shpindelga ta`sir qiluvchi radial kuch ham ortadi. Buning natijasida ishlov berish aniqligi pasayadi.
Kichik diametrli teshiklarni jilvirlashda, kesish tezligini ta`minlash uchun, tosh katta aylanish chastotasiga ega bo`lishi kerak, biroq ichki jilvirlash dastgohlari hamma vaqt ham talab qilingan aylanish chastotasini ta`minlay olmaydi. SHunga ko`ra kichik diametrli teshiklarni jilvirlashni past tezliklarda olib borishga to`g’ri keladi. Ichki yuzalarni tozalab jilvirlashda ko`ndalang surish teshikning diametriga, aniqligiga va yuzaning sifatiga bog’liq bo`lib, 0,003¸0,015 mm atrofida bo`ladi. Teshik diametri qancha kichik bo`lib, aniqligi yuqori bo`lsa surish shuncha kichik bo`ladi.
Bo`ylama surish tosh balandligining ulushlarida ifodalanadi va toza jilvirlashda toshning 0,2-0,3; xomaki jilvirlashda 0,6-0,8 balandligiga teng qilib olinadi.
Toshning bo`ylama ichki surishi bilan ichki jilvirlashda asosiy vaqt quyidagi formula orqali hisoblanadi:

Bu erda a– tomonga qo`yilgan quyim, mm;
ndv.x.– dastgoh stolining bir minutdagi ikkilangan yurishlari soni;

sdv.x.– stolning bir martalik ikkilangan yurishiga mos keluvchi
ko`ndalang surish (kesish chuqurligi), mm;
k – jilvirlash aniqligini hisobga oluvchi koeffitsient;
vpr.x.– stolning bo`ylama yurish tezligi, m/min.

Bu erda s– detalning bir aylanishiga mosl keladigan bo`ylama surish, mm;
s=sd×Bk
Bu erda sdtoshning balandligi ulishiga Bk, mos keluvchi detalning bir
marta aylanishiga to`g’ri keladigan bo`ylama surish, mm;
n – detalning minutdagi aylanishlari soni;
L – stolning yurish uzunligi, mm.
Stolning bo`ylama yurish uzunligi quyidagi formula orqali topiladi:
a) ochiq teshiklarni jilvirlashda L=l0 – (0,2¸0,4)×Bk [mm]
b) yopiq teshiklarni jilvirlashda L=l0 – (0,4¸0,6)×Bk [mm]
Bu erda l0jilvirlanadigan yuzaning uzunligi, mm;
Bk jilvirlash toshining balandligi, mm.

Xoninglashning (xoning-jarayon) mohiyati shundan iboratki, dastlab razvertkalangan, jilvirlangan yoki yo`nib olingan teshik aylanadigan, hamda ilgarilanma - qaytma harakatga ega bo`lgan abrazivli qo`zg`aluvchan oltita (ba`zan undan ham ko`p) brusli maxsus kallak (xon) bilan mexanik usulda pardozlanadi. Abraziv bruslarning radial yo`nalishdagi harakati mexanik, gidravlik yoki pnevmatik qurilmalar yordamida amalga oshiriladi.


Xoninglash natijasida silliq va yaltiroq yuqori sinf aniqligidagi va tozaligidagi sirt hosil bo`ladi. Odatda sovitish kerosin bilan amalga oshiriladi, bunda kerosin ajralib chiqadigan abraziv zarralarni olib ketib turadi.
Xoninglash dastgohlarini gidravlik surgichli bir va ko`p shpindelli (6 ta gacha) qilib tayyorlanadi.
Xoninglash jilvirlashga qaraganda qator afzalliklarga ega:

  1. Teshik yuzasining tsilindrikligini ta’minlaydi. Ichki jilvirlash dastgohlarida kesuvchi asbob yuzani siqib uning shaklini o`zgartiradi;

  2. Ichki jilvirlash dastgohlarida mavjud bo`lgan vibratsiyalarning mavjud bo`lmasligi;

  3. Xonlash kallagining gidravlik surish hisobiga ravon yurishi.

Xoninglash uchun quyim 0,050,1 mm bo`ladi va u 1-2 minutda kesib olinadi.
Xoninglash kallagi cho`yan va bronza uchun 60-75 m/min, po`lat uchun 45–60 m/min tezlik bilan aylanadi; kallak 12–15 m/min tezlikda ilgarilanma–qaytma harkatlanadi. 11.3.– rasmda abraziv brusoklari mexanikaviy siljitiluvchi xoninglash kallagining konstruktsiyasi ko`rsatilgan.

11.3.– rasm. Xoninglash kallagi.
Xoninglash jarayoni uchun asosiy vaqt quyidagi formula orqali xisoblanadi

lx=l0+2ln–lbr [mm] 11.3.–rasm, b
bu erda
a–teshikning tomoniga qo’yilgan quyim, mm;
sp–xoninglash kallagining ikkilangan xarakati davomidagi radial surish, mm;
n–xoninglash kallagining bir minutdagi ikkilangan xarakati, min-1 ;
vb.p.- ilgarilanma-qaytma harakat tezligi, m/min (vb.p.=12÷15 m/min);
lx–xoninglash kallagining yurish yo’li, mm;
l–ishlov beriladigan yuzaning uzunligi, mm;
ln–kallakning chiqish uzunligi, mm (ln=12÷25 mm);
lbr–abraziv brusokning uzunligi, mm (lbr=75÷100 mm).
Xoninglash kallaklarining yangi konstruksiyalarida nisbatan kata yuzali va qattiq abraziv brusoklar qo’llanilmoqda, buning natijasida yuzada beriladigan nisbiy bosim kattalashadi va ishlov berish vaqti qisqarib unumdorlik oshadi.

Xoninglash kallaklarining brusoklarini tayyorlashda turli sun’iy abraziv materiallardan foydalaniladi: elektrokorrund, kremniy karbidi, elbor va boshqalar. Olmosli brusoklar avrazivlarga qaraganda afzalroq, ularning turgunligi yuqori lekin tannarxi qimmat. Xoninglash kallaklari uchun odatda sun’iy olmoslardan foydalaniladi.





Yüklə 65,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin