Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali



Yüklə 79,03 Kb.
səhifə1/4
tarix28.03.2023
ölçüsü79,03 Kb.
#90793
  1   2   3   4
Reja Kriptografik xesh funksiyalar haqida dastlabki ma’lumotlar


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
SAMARQAND FILIALI
Iqtisodiyot fakulteti 121- guruh magistranti Rajabov Jaxongirning “Blokcheyn va Kompyuter texnologiyalari” fanidan

MUSTAQIL ISHI

Mavzu: Kriptografik xesh funksiyalar.


Samarqand 2023

Kriptografik xesh funksiyalar.




Reja:
1. Kriptografik xesh funksiyalar haqida dastlabki ma’lumotlar.
2. Standart sifatida foydalanilayotgan xesh funksiyalar va ularning algoritmlari.
3. MD 5 Xesh funksiyasining kriptotahlili haqida
Tayanch iboralar: Xesh funksiya, Kalitli xesh funksiya, Kalitsiz xesh funksiya, SHA, MD, ГОСТ Р 34.11-94, Kolliziya.

1. Kriptografik xesh funksiyalar haqida dastlabki ma’lumotlar


Elektron hujjatli ma’lumotlarni ochiq turdagi aloqa tarmog‘i orqali uzatishda ularning to‘laligini ta’minlash (o‘zgarmagan holda bir foydalanuvchidan ikkinchi foydalanuvchiga yetkazish) va ma’lumot manbaini autentifikatsiya qilish (qabul qilingan elektron hujjat aynan ko‘rsatilgan manba tomonidan yaratilganining tasdig‘ini olish) muhim masalalardan biri bo‘lib, bu masalani faqatgina kriptografiya usullarini qo‘llagan holda hal qilish qulay va samarali ekanligi, ya’ni bu masalani hal qilishda maxsus kriptografik algoritm– xesh funksiya algoritmlaridan foydalanilish maqsadga muvofiqdir.
Mamlakatimizda axborot xavfsizligini ta’minlashga doir ko‘p qonun va farmoyishlar qabul qilingan bo‘lib, ular qatorida “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi qonun, “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi qonun, Vazirlar Mahkamasining “Elekron raqamli imzodan foydalanish sohasida normativ huquqiy bazani takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorlari kabi meyoriy hujjatlarni misol qilib keltirishimiz mumkin. Ularning amaliy ijrosi sifatida O‘z DSt 1092:2009, O‘z DSt 1105:2009, O‘z DSt 1106:2009 kabi milliy standartlarni, E-Kalit, E-Xat, E-Hujjat tizimlarini misol qilib keltirishimiz mumkin. Elektron hujjat almashishini amalga oshirishda axborot xavfsizligining mukammal bo‘lishi talab qilinadi. Buning uchun konfidensiallikni ta’minlashda asosan shifrlash algoritmlaridan tuzilgan vositalardan, autentifikatsiya jarayonlarini olib borishda elektron raqamli imzo algoritmlari va ma’lumot butunligini nazorat qilishda xesh funksiyalardan foydalaniladi.

Yüklə 79,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin