MAKTABGACHA TA’LIMDA QO‘LLANILADIGAN O‘YINLAR VA
ULARNI TASHKIL ETISH METODIKASI
Atabekov Fozil O’razali o’g’li
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti
Maktabgacha ta’lim kafedrasi dotsent vazifasi bajaruvchisi,Tulaganova
Munisaxon G’ofurjon qizi
Mirsultonova Qutbixon Maxmudjon qizi
Maktabgacha va boshlang’ich ta’limda jismoniy tarbiya va sport
Rezyume:
Maqolada maktabgacha ta’lim tizimiga yangicha yondashuv
asosida noan’anaviy darslarni tashkil etishning mazmun-mohiyati, bog‘cha
yoshidagi
bolalarga ingliz tilini o‘rgatishda yangi texnologiyalardan
foydalanishning o‘rni va ahamiyati bayon qilingan. Dars jarayonida didaktik
o‘yinlardan foydalanish, uning bolalar tomonidan mavzularni samarali
o‘zlashtirilishiga ta’siri asoslangan.
Tayanch so‘zlar:
bolalar, didaktik o‘yinlar, noan’anaviy, interfaol o‘yinlar,
mantiqiy fikrlash, rivojlantirish, faollik.
Maktabgacha ta’lim muassasasi uzluksiz ta’limning birinchi qadami
bo‘libgina qolmay, balki faol, ijodkor va ma’naviy jihatdan boy shaxsni
shakllantiruvchi ilk pog‘ona hamdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2017 yil 30 sentyabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni hamda “O‘zbekiston
Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi
Qarori bunga dalildir. Maktabgacha ta’lim muassasa (MTM)larida ta’lim-tarbiya
jarayonini yuqori saviyada tashkil etish tarbiyalanuvchilarga ta’limning keyingi
bosqichlarida qiynalmasdan davom ettirishga imkoniyatlar yaratadi.
Bugunga kelib xorijiy mamlakatlarda, maktabgacha ta’lim muassasasi
tarbiyachilarini ingliz tiliga o‘rgatish borasida ko‘plab ta’lim dasturlari ishlab
chiqarilmoqda. Masalan, Rossiya mutaxassislari M.N. Yevseyeva, T.V.
Zemchenkova, L.L. Likova, I.A. Shishkova va boshqalar tomonidan maktabgacha
ta’lim muassasasi bolalariga ingliz tilidan saboq beruvchi dastur ishlanmalari
taklif etildi. Ushbu dasturlar o‘zida bolalarga mo‘ljalangan ingliz tilidagi so‘z va
iboralarni, she’rlar, qo‘shiqlar va turli xil interfaol o‘yinlarni mujassamlashtirgan.
Kitobdagi mavzular ko‘proq fonetika va leksikaga qaratilgan.
Dastur ishlanmasi “Firststeps” (“Birinchi qadam”) deb nomlangan va u
2007–2010 yillari tahrirlangan “Step by step” nomli o‘quv dasturini amalga
oshirishga asoslangan. “Step by step” o‘quv dasturi 5–7 yoshli maktabgacha ta’lim
muassasasirirg tarbiyachilariga mo‘ljalangan. Rossiyaning «Pchelka» nomli
bog‘chasida amalda sinovdan o‘tgan ushbu o‘quv dasturi bolalarga ingliz tilini
o‘rgatishda yuqori ko‘rsatkichlarga erishish mumkinligini isbotladi.
“Firststeps” (“Birinchi qadam”) dasturining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri
– unga asoslangan ta’lim jarayoni ingliz ertak qahramonlari (Winnie the Pooh,
Tiger, Piglet, Donkey) bilan sirli o‘rmoniga sayohat tarzida tashkil etilgan. Har bir
mavzu qiziqarli hikoyalarga boy bo‘lib, avvalgi darsni mantiqan davom ettiradi.
Bolalarda ingliz tiliga kuchli qiziqish uyg‘otish maqsadida, turli ko‘ngilochar
o‘yinlar, qiziqarli topishmoqlar, she’rlar, qo‘shiqlar, dialogli suhbatlar ishlatilgan.
Bolalar sonining 5-8 tadan 10-12 tagacha bo‘lishi talab etiladi. Muallifning dasturi
doirasida 4-5 daqiqa davomida tanaffus e’lon qilinib, qo‘shiq kuylash, raqsga
tushish majburiy hisoblanadi.
Undan tashqari xorijiy tajribadan kelib chiqib quyidagi tartibni keltirish
mumkin. O‘yin qoidasini bolalar o‘zlari o‘yin jarayonida belgilashadi. Qoidali
o‘yinlarning mazmuni va qoidasi kattalar tomonidan belgilanadi.
Qoidali o‘yinlarga quyidagilar kiradi: didaktik o‘yinlar, harakatli o‘yinlar,
musiqaviy o‘yinlar, ermak o‘yinlar.
Bolalarga ta’lim-tarbiya berish maqsadida kattalarning o‘yinni tanlay bilishi,
unga to‘g‘ri rahbarlik qilish "Bolajon"da belgilangan vazifalarni muvaffaqiyatli
amalga oshirishni ta’minlaydi.
O‘yin bolalarni rivojlantirish va tarbiyalash vositasidir. Psixologlar o‘yinni
maktabgacha yosh davrida etakchi faoliyat deb hisoblaydilar. O‘yin tufayli
bolaning yuqori rivojlanish bosqichiga o‘tishini ta’minlovchi sifatlar shakllanadi,
uni ruhiyatida sezilarli o‘zgarishlar yuz beradi.
O‘yinda bola shaxsi ning hamma tomoni bir-biriga o‘zaro ta’sir etgan holda
shakllanadi. O‘ynayotgan bolani kuzatayotib uning qiziqishlarini, tevarakatrof
to‘g‘risidagi tasavvurini, kattalarga va o‘rtoqlariga bo‘lgan munosabati ni bilib
olish mumkin.
Shaxsdagi biron sifatni tarbiyalash uchun uning boshqa tomonlarini ham
rivojlantirish kerak. Masalan, bolaning o‘yiniga qiziqishini, tashqilotchilik
qobiliyatini rivojlantirish uchun mazmun jihatidan boy o‘yinlar yaratilishi kerak.
Bolalarning ijodiy o‘yinlarini rivojlantirish uchun esa o‘z navbatida yaxshi tashkil
etilgan bolalar jamoasi zarur bo‘ladi.
O‘yin bolalarni jismoniy tomondan tarbiyalash sistemasida, MTMning
ta’limtarbiya ishida, axloqiy, mehnat va estetik tomonlama tarbiyalashda katta
o‘rin tutadi.
O‘yinda bola organizmiga xos bo‘lgan talab va ehtiyojlar qoniqtiriladi,
hayotiy faollik ortadi, bardamlik, tetiklik, guvnoqlik tarbiyalanadi. Shuning uchun
ham bolalarni jismoniy tarbiyalash sistemasida o‘yin munosib o‘rin egallaydi.
O‘yin ta’lim va mashg‘ulotlar bilan, kundalik hayotdagi kuzatishlar bilan
uzviy bog‘liq bo‘lib juda katta ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatga ega. Ijodiy o‘yinlarda
muhim bilim egallash jarayoni yuzaga keladi. bu bolaning aqliy kuchini ishga
soladi, tafakkurini, hayolini, diqqatini, xotirani faollashtirishni talab qiladi, bola
masalalarni mustaqil hal qilishga o‘rganadi, o‘ylagan narsasini amalga oshirish
uchun yaxshiroq va osonroq usul o‘ylab topadi, o‘z bilimlaridan foydalanish va
uni so‘z bilan ifodalashga o‘rganadi.
O‘yinda aks ettirlayotgan narsani bili bolishga qiziqish uyg‘onadi.
Ko‘pincha o‘yin bolalarga yangi bilim berish va ularning fikrini. bilim doirasini
kengaytirish uchun hizmat qiladi. Ijodiy o‘yi nni tor didaktik maqsadlarga
bo‘ysindirib bo‘lmaydi, bu o‘yin yordamida juda katta vazifalar hal qilinadi.
Qoidali o‘yin bolaning sensor rivojlanishini, taffakkur va nutqini, ixtiyorsiz
diqqatini va xotirasini, har xii harakatlarini muntazam ravishda mashq qildirib
borish imkonini beradi. Har bir qoidali o‘yin ma’lum didaktik maqsadga ega
bo‘lib, bolani umumiy rivojlantirishga qaratilgan bo‘ladi. Ta‘limning o‘yin
shaklida bo‘lishi muhim ahamiyaiga ega bo‘lib bolaning umumiy rivojlantirishga
qaratilgan bo‘ladi. Ta’limning o‘yin shaklida bo‘lishi muhim ahamiyatga ega
bo‘lib, bolaning yosh xususiyatlariga mos keladi. Qiziqarli o‘yin bolaning aqliy
faolligini oshiradi, o‘yinda bola mashg‘ulotdagiga nisbatan murakkabroq
masalani hal qilishi mumkin. Bu ta’lim butunlay o‘yin shaklida bo‘lishi kerak
degan gap emas. Ta’lim turli usullar va metodlarni qo‘llashni talab etadi. O‘yin
ta’limning shakllaridan biri bo‘lib, boshqa bir metod bilan qo‘shib olib
borilgandagina yaxshi natija beradi, bular kuzatish, suhbat, so‘zlab berish va
hakozolar.
Bola o‘ynayotib o‘z bilimidan foydalanishni, uni har xil sharoitda ishlata
bilishni o‘rganadi. Ijodiy o‘yinlarda bolalarning fantaziyasi, buyum yasashi,
tajriba qilishiga keng yo‘l ochiladi.
O‘yinda aqliy rivojlanish bilan birga axloqiy sifatlar ham shakllanadi. O‘yin
jarayonida yuz bergan kechilmalar bola ongida chuqur iz qoldiradi, shuning uchun
o‘yin bolada yaxshi hislarni, ulug‘vor orzular va intilishlarni, qiziqishlarni
tarbiyalashga yordam beradi.
O‘yin mustaqil faoliyat bo‘lib, bu jarayonda bolalar o‘z tengdoshlari bilan
aloqa qilishga kirishadilar. Ularni umumiy maqsad, unga erishishdagi umumiy
kechilmalar birlashtiradi. Shuning uchun o‘yin do‘stona munosabatlarni
tarbiyalashda,
jamoa
hayoti
malakalarini,
tashkilotchilik
qobiliyatlarini
shakllantirishda muhimdir. Birgalikdagi o‘yin bilan birlashgau kichik bolalar
jamoasida murakkab munosabatlar vujudga keladi. Tarbiyachining vazifasi har bir
bolani faol o‘yinga jalb qilish, bolalar o‘rtasida do‘stlikka, haqqoniylikka,
o‘rtoqlarini javobgarligini sezishga asoslangan munosabatlar o‘rnatishdan iborat.
O‘yin mehnat tarbiyasi vazifasini bajarishga ham yordam beradi. Bolalar o‘z
o‘yinlarida har xil kasbdagi qishilarni aks ettiradilar. Bu bilan ular kattalarning
harakatlariga taqlid qilib qolmay, shu bilan bir qatorda ularning ishiga mehnatiga
bo‘lgan munosabatlarini ham aks ettiradilar. O‘yin bolada ko‘pincha mehnat qilish
xoxishini uyg‘otadi, o‘yin uchun keraqli narsalarni tayyorlash va yasashga majbur
qiladi. Bolalar har xil mashinalar yasaydilar va texnik o‘yinchoqlar bilan
o‘ynaydilar.
O‘yin estetik tarbiyaning muhim vositasidir. O‘yinda ijodiy hayol, fikrlash
qobiliyati yuzaga keladi va rivojlanadi. To’g’ri tanlangan o‘yinchoq badiiy didni
tarbiyalashga yordam beradi. Harakatli o‘yinlarda harakatning go‘zalligi va
maromi bolalarni o‘ziga maftun qiladi.
O‘yinning katta tarbiyalovchi ahamiyati o‘z-o‘zidan amalga oshmaydi.
O‘yin befoyda, hatto zarali bo‘lishi, ba’zan yomon hislarni qo‘zg‘atishi mumkin.
Tarbiyachi o‘yin yordamida bolalarni har tomonlama rivojlantirish vazifasini
amalga oshirish uchun unga muntazam ravishda ta’sir etib borishi zarur.
Bu vazifani hal etishda o‘yin bolalar bog‘chasidagi ta’lim-tarbiyaviy
ishning hamma tomonlari bilan bog‘langan bo‘lishi kerak. O‘yinda bolalarning
mashg‘ulotlarda olgan bilim va malakalari aks etadi va rivojlantiriladi, ular orqali
esa bola hayotga o‘rgatiladi. Ikkinchi tomondan, o‘yinda tarbiyalangan sifatlar
faoliyatning boshqa turlariga ko‘chi riladi.
Bolalarning narsalar, ularni sifati to‘g‘risida bilimlarni mustaxkamlash
uchun har xii o‘yinchoqlar, suratlar, uy-ro‘zg‘or buyumlaridan foydalaniladi.
O‘yinchoqlar bilan o‘ynaladigan o‘yinlar. "Xaltachada nima bor?"
o‘yinning maqsadi o‘yinchoqlaring nomlari bilan tanishtirish va bu o‘yinchoqlar
to‘g‘risida bilimlarni mustaxkamlash, tovushlar talaffuzini mashq qildirishdir. "Bu
nima?" o‘yinida bolalar qo‘ g‘irchoqqa har xii narsalar va ularni ishlatilishi to‘
g‘risida gapirib beradilar. Bunday o‘yin guruhda, bog‘cha maydonchasida, uxlash
xonasida o‘tkazilishi mumkin.
Didaktik o‘yinlarda tarbiyachi bolalarni faqat narsalarning nomi va ular
nimaga keraqligi bilan tanishtiribgina qomay, balki shu narsalarning shakli, rangi,
katta kichikligi, fazoda tutgan o‘rni xaqida ham tanishtiradi.
Har bir buyum va o‘yinchoq o‘zining aniq tashqi ko‘rinishiga ega bo‘lishi
kerak, o‘yinda esa qo‘yilgan maqsad narsaning asosiy begisini ajrata bilishga
imkon tug‘dirishi lozim.
Bunday talabga xalq o‘yinlari o‘z shakliningi aniqligi, rangining tiniqligi
bilan ko‘proq javob bera oladi.
Bolalarni aqliy vazifalanii bajarishga undaydigan o‘yinlar ham katta
ahamiyatga ega.
Bolalarning rang xaqidagi tushunchalarini mustaxkamlash va aniqlash
uchun quyidagi o‘yinlar o‘tkaziladi: sharlarni rangiga qarab to‘plash,
"Dumaloqni dumalatish", xalqachalarni ipga o‘tkazish, "Shu rangdagi dumalaoqni
dumalatish", "Kimda mana bu rangdagi xalqacha bor", "Kim mana bu rangdagi
xaltachani topa oladi" va x.k ..
Qo‘g‘irchoq bolalarning eng sevimli o‘yinchoqlaridan biri. Har bir
bolalar bog‘chasida didaktik jixozlangan o‘yinchoq bo‘lishi kerak. Qo‘g‘irchoq
jixozlariga kiyim, ichki kiyim, poyafzal, idish-tovoq, mebel o‘yinchoqlar kiradi.
Qo‘g‘irchoq bilan quyidagi o‘yinlarni o‘tkazish mumkin:"Qo‘g‘irchoqni
kiyintirarniz", "Qo‘g‘irchoqni sayrga otlantiramiz", "Qo‘g‘irchoqni
mexmon qi lamiz". "Qo‘g‘irchoqlar bayrami", Qo‘g‘irchoqning tug‘ilgan kuni",
"Qo‘g‘irchoqni uxlatamiz".
O‘yinlar topishmoqlar bilan qo‘shib olib borilganda qiziqarli bo‘ladi.
Masalan, "Qo‘g‘irchokni uxlatamiz" o‘yinida qo‘g‘irchoqqa karovat
tayyorlayotganda tarbiyachi "Uzun , yumshoq, yo‘l-yo‘l... .." (matras), "Oq, toza,
to‘rt burchak ..." (yastiq), "Paxtali issiq ..." yoki "junli issiq"(adyol) va boshqa
topishmoqlarni aytishi mumkin. Qo‘g‘ichoqning karovati tayyor bo‘lgandan keyin
qo‘g‘irchoqni yotqizib, "alla aytadi.
Mebellarning nimaga ishlatilishi, o‘yinchoqlarning nomini mustaxkamlash
uchun "Qo‘g‘irchoqqa xona yasatamiz", "Qo‘g‘irchoqqa o‘yinchoq sovg‘a
qilamiz" kabi o‘yinlarni o‘tkazish mumkin.
Tarbiyachi bolalarni narsalar, ularning nomlari, belgi sifatlari, nimaga
ishlatilishi bilan tanishtiribgina qolmay, muyyan predmetlar orqali ularni oddiy
turlarga ajratishni o‘rgatib boradi; ayiq, qo‘g‘irchoq , quyon-o‘yinchoqlar;
kastryulka, tarelka, choynak-idish-tovoq.
O‘yinlarni narsa va buyumlarni tasvirlovsi rasmlar orqali ham o‘tkazish
murnkin. Bo‘ larga "Bu narsa o‘zi to‘g‘risida nirna deydi?", "Kim birinchi bo‘lib
aytib beradi?" (bolalarni diqqatini rivojlantirishga qaratilgan qo‘ g‘ irchoq, narsa
va ularning shakli, rangi to‘g‘risida), "Kim bo‘ladi?" "Qaysinisi bir xil ?" kabi
o‘yinlarni ko‘rsata bo‘ladi.
Bolalarning tabiat to‘ g‘risidagi bilirnlarini mustaxkarnlash uchun "Hidiga
qarab top", "Mazasiga qarab top, "Ushlab ko‘rib top "!Kim nimani eshityapti"
kabi o‘yinlarni o‘tkazish maqsadga muvofiqdir.Kichik yoshdagi bolalar bilan
so‘zli o‘yinlar o‘tkazilmaydi
Katta va tayorlov guruhlarida didaktik o‘yinlar o‘zining mazmun va g‘oyasi
jixatidan ancha murakkabdir. Bu yoshdagi bolalar bilan buyum va rasmlar
bilangina didaktik o‘yinlar o‘tkaza qolmay, so‘zli didaktik o‘yinlar ham
o‘tkaziladi. Buyumlar va rasmlar bilan o‘tkaziladigan didaktik o‘yi nlarda
bolalarning narsalar sifati, xususiyati, nimadan yasalgani, qayerda qilingani, nima
uchun keraqligi va xakozolar to‘g‘risidagi bilimi aniqlanadi hamda
mustaxkamlanadi. Bunday o‘yinlaga quydagilarni misol qilib keltirish
mumkin:"Nima nimadan yasalgan?", "Guruh xonasiga sayoxat", "Ovoziga qarab
top" va boshqalar.
Umumlashtirishga o‘rgatish bo‘yicha turlarga ajratishni o‘rgatuvchi o‘yinlar
katta o‘rin egallaydi. "qaysi fabrikada nima ishlar bajariladi?", "Fabrikada nima ish
qilinadi, dalada nima etishtiriladi?", "Kimga nima kerak" "Kim nima bilan
ishlaydi?", "Qayerda o‘sadi?’’, "Sayoxat"(shahar bo‘lab, dalaga maktabga va
hokazo), "Pochta" va boshqalar. O‘yinni tashkil etishda muhim masalalardan biri –
o‘ynovchilarni guruhlarga biriktirishdir. Guruhlarni tuzishda quyidagi talablarga
rioya qilinadi:
1)
guruhlardagi bolalar soni – besh kishidan oshmasligi;
2)
har bir guruhdagi bolalarning bir-birini yaxshi tanishi, o‘zaro
munosabatlarining yaxshi bo‘lishini hisobga olish;
3)
o‘ynovchilarga vazifalarni taqsimlashda ularning qiziqish va
qobiliyatini hisobga olish.
Xulosa chiqaruvchi yoki hakamlik qilayotgan tarbiyachi o‘yin tugagandan
so‘ng natijalarni umumlashtiradi, yakunlaydi va xulosalarini bayon qiladi.
Xullas, maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim berishda didaktik
loyihalashtirish keng qamrovli yaxlit muammo va uni o‘rganish, amaliyotga tatbiq
qilish lozim. Chunki, yoshlar uchun mo‘ljallangan mashg‘ulotlar bolalarda
jarayonga qiziqish uyg‘otishi hamda sog’lom shakillanishi uchun zamin bo’lishi
lozim.
Dostları ilə paylaş: |