Umumta'lim maktablarida bolalar folklor to'garagi asosida folklor ansamblini tuzish uchun birinchi galda ansamblga badiiy rahbar tayin etilib so'ngra zarur shart-sharoit va imkoniyatlar yaratiladi. Bunda ansambl mashg'uloti uchun maxsus xona ajratiladi hamda milliy cholg'u (dutor, g'ijjak, nay, doira va boshqalar) jamlanadi. Keyingi bosqichlarda esa ansambl ishtirokchilari uchun sahna liboslari, ovoz taratishga qaratilgan texnika vositalari hozirlanishi nazarda tutiladi. Badiiy rahbar ansamblda ishtirok etish uchun qabul e'lon qiladi. Unda to'garak qatnashishi mumkin bo'lgan o'quvchilarning yoshi yoki nechanchi sinfda o'qishi, mavjud cholg'u, aytim va raqs ijrochilari hamda mashg'ulotlar kuni qachon va qaerda bo'lishi haqida xabar beriladi. Folklor ansambli badiiy rahbari uchun belgilangan ish soati va boshqa shart-sharoitlarga muvofiq holda turli ko'rinishlarda faoliyat ko'rsatadi.
Badiiy rahbarning ish soati bo'lgan ixcham maktablarda folklor ansambli boshlang'ich va o'rta yoki yuqori sinf o'quvchilaridan tashkil topishi;
Rahbar uchun ish soati etarli yoki o'qituvchilar soni ko'p bo'lgan katta maktablarda esa 3 guruhdan ya'ni boshlang'ich, o'rta va yuqori sinf o'quvchilari guruhlaridan iborat bo'lishi mumkin.
Bunday ansambl jamoasini badiiy rahbar va raqs muallimi boshqarib boradi. Folklor to'garagidagi ansambllar turli guruhlardan tuzilishi mumkin. Shulardan folklor yoki aytimchilar, cholg'uchilar guruhlari maktablarda ommabop hisoblanadi. Bu to'garakdagi ansambllar tarkiban o'zaro bog'liq bo'lgan 3 guruh cholg'uchilar qo'shiqchilar, aytimchilar va raqschilar jamoasidan iborat bo'ladi. Mazkur guruhlarga esa ularning har biriga muvofiq musiqiy qobiliyat egasi bo'lgan o'quvchilar qabul qilinadi. O'z navbatida esa rahbar har bir guruh ijrochiligi xususiyatlarini yaxshi bilishi va bu soha mutaxassislari maslahatlaridan foydalanib borishi maqsadga muvofiqdir. Cholg'uchilar guruhlarini shaklantirishda esa qo'yidagi soz ijrochiligiga ishtiyoqmand yokm malakali o'quvchilar tanlab olinadi:
Doira-1-2
Dutor-2-4
Qashqar rubobi-2-3
Afg'on rubobi-1-2 yoki ud
Nay-1
Qo'shnay-1
G'ajjak-1
Chang-1
Ushbu so’zlar mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda tanlanib ansambl tarkibidan o'rin oladi. Shuningdek cholg'uchilarning soni ham muayyan vaziyat va imikoniyatlar asosida aniqlanadi. Bundan tashqari qo'shimcha tarzda do'mbira, sibizg'a, safoil, qo’shiq, shiqildoq, chanqobuz kabi folklor so’zlaridan ham unumli foydalaniladi. Imkoniyat mavjud joylarda esa bir cholg'u turidagi masalan, dutorchilar, changqobuzchilar kabilardan ham ansambllarni tuzish mumkin. Aytimchilar, qo'shiqchilar bo'yicha tanlov o'tkazilganda o'quvchilarning ovoz sifatlari ya'ni ovoz tarovati, kuchlanishi, hajm doirasiga alohida e'tibor beriladi. Natijada, 10-15 yoki 15-20 o'quvchi aytimchilar guruhiga qabul qilinadi. O'z navbatida esa bu guruh orasidan yakkaxon qo'shiqchilar ajratib olinadi. Bunda o'quvchining ovoz diapazoni ohang pardalari va ritm harakatlarini yaxshi his etishi, keng doirali va yorqin ovozga ega bo'lishi kabi omillar hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Raqs to'garaklarida esa shu soha mutaxassislari ya'ni baletmestrlardan foydalanib turish lozim bo'ladi. Bunda mahalliy raqs uslublariga va ularning kiyim bezaklariga alohida e'tibor berish maqsadga muvofiqdir. Shunday qilib musiqa to'garagi ansambllarida 10 tadan 25 tagacha va undan ortiq ishtirokchilar bo'lishii mumkin.
Dostları ilə paylaş: |