Universiteti iqtisod nazariyasi



Yüklə 414,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/10
tarix28.03.2023
ölçüsü414,65 Kb.
#90845
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
bank ishi1508775596 69429



 
 
 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
MIRZO 
ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY 
UNIVERSITETI IQTISOD NAZARIYASI 
FANIDAN 
MUSTAQIL ISH
 
Mavzu: O’zbekiston Respublikasi bank tizimi va
uning turlari 
 
 

Bajardi: Raimov
Axrorbek
 


Reja:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 
maqsadi va faoliyati asoslari 
2. Markaziy bankning asosiy vazifalari, 
funksiyalari va operatsiyalari
3. Tijorat banklari faoliyatining tamoyillari
4. Tijorat banklarining funksiyalari 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining maqsadi va 
faoliyati asoslari 
Markaziy bank mazkur tizimning bosh banki bo‘lib, pulkredit siyosatini, 
emissiya jarayonlarini olib boradi va milliy pulning barqarorligini ta’minlovchi 
muassasa hisoblanadi. 1995yil 21-dekabrda „O‘zbekiston Respublikasining Markaziy 
banki to‘g‘risida“ gi Qonuni qabul qilindi. Markaziy bank ning maqomi va maqsadlari 
ushbu Qonunning 1-moddasida belgilangan: 
„O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki yuridik shaxs bo‘lib, faqat davlat 
mulki hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki – iqtisodiy jihatdan 
mustaqil muassasa, o‘z xarajatlarini o‘zining daromadlari hisobidan amalga oshiradi, 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan 
muhrga ega“. 
Qonunning 3-moddasida „Markaziy bankning bosh maqsadi milliy valutaning 
barqarorligini ta’minlashdan iborat“, deb qayd qilinadi. Narxlarning barqarorligini 
ta’minlash va milliy pul birligini xorijiy valuta bozorlarida ayirboshlash kursining 
barqaror bo‘lishiga erishishni ko‘zda tutuvchi bu maqsad davlatning iqtisodiy siyosatida 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining o‘rni juda muhim ekanligini belgilaydi. 
Mamlakatda pul muomalasi samarali bo‘lishi va moliya muassasalari 
faoliyatining ishonchliligi pul-kredit, valuta siyosati strategiyasi va taktikasini ishlab 
chiqish hamda amalga oshirishda uning mustaqilligini huquqiy jihatdan mustahkamlash 
zarurligini taqozo etadi. Mamlakat xalq xo‘jaligini kreditlash ko‘rsatkichlarini tijorat 
banklarini qayta moliyalashga doir kred it hajmlarini va foiz stavkalarini belgilash yo‘li 
bilan tartibga sol ish, valuta-kredit siyosatini amalga oshirish, tijorat banklari faoliyatini 
nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining mustaqil siyosiy sohasi 
hisoblanadi. Mustaqil siyosat esa pul va valuta bozorida yuzaga kelayotgan vaziyatni, 
ichki bozordagi makroiqtisodiy shart-sharoitni, tashqi omillarni tahlil qilish asosida 
amalga oshiriladi. Bu holat Qonunning 6-moddasida „Markaziy bank o‘z vakolatlari 
doirasida qaror qabul qilishda mustaqildir“, deb tasdiqlangan. O‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy banki O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga hisobot beradi. Oliy Majlis 


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tavsiyasi bilan O‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy banki Raisini tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi. 
Qonunning 2-moddasiga muvofi q O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 
yuridik shaxs sifatida ko‘chmas mulk va moliyaviy resurslarga egalik qiladi. Bu hol 
uning moliyaviy mustaqilligini mustahkamlaydi va mustaqil pul-kredit siyosatini 
samarali o‘tkazish imkoniyatini beradi. 
Narxlarga va ayirboshlash kurslariga ta’sir ko‘rsatadigan hamda O‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy bankining bevosita nazorati va ta’sirida bo‘lmagan turli omillar 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy maqsadiga erishishini 
murakkablashtirishi mumkin. Shunga qaramay, chet el tajribasi shuni ko‘rsatadiki, 
aynan Markaziy bank makroiqtisodiy jarayonlarning rivojlanish yo‘nalishini, birinchi 
galda pulning qadrsizlanish sur’atini va valuta kursini belgilashni idora qiladi. 
Qonunda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga vakolatlar berish bilan bir 
qatorda, uning uchun taqiqlangan faoliyat turlari ham aniq belgilab berilgan. Masalan, 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga tijorat faoliyati bilan shug‘ullanish, 
muassasa yoki tashkilotlarga moliyaviy yordam ko‘rsatish taqiqlanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga korxona va tashkilotlar faoliyatida 
bank hamda yuridik shaxslar sifatida ishtirok etishga ruxsat berilmaydi. O‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy banki o‘z vakolatlaridan foydalanishda barcha yuridik shaxslarni 
baravar ko‘rishi lozim. 

Yüklə 414,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin