1-mavzu: “Ta’lim texnologiyalari” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. Maqtabgacha ta’lim tashkilotlaridagi ta’lim va tarbiya jarayonining o’ziga xos xususiyatlari. Reja: 1.“Ta’lim texnologiyalari” fanining predmeti
2.“Ta’lim texnologiyalari” fanining predmetimaqsadi va vazifalari
3. Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi ta’lim.
4. Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi ta’lim va tarbiya jarayonining o’ziga xos xususiyatlari
Tayanch tushunchalar: texnologiya, texnologik jarayon, pedagogik texnologiya, bixeviorizm, loyihalash, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, tizimli metod, innovatsion yondashuv
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” mazmunida “…o‘quv-uslubiy majmualarning hamda ta’lim jarayonini didaktik va axborot ta’minotining yangi avlodini ishlab chiqish va joriy etish”, “…ta’lim muassasalarining moddiy texnika va axborot bazasini mustahkamlashni davom ettirish, o‘quv tarbiya jarayonini yuqori sifatli o‘quv adabiyotlari va ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash” hamda “…ta’lim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalarini yanada mustahkamlash, o‘quv tarbiya jarayonini yangi o‘quv - uslubiy majmualar, ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan to‘liq ta’minlash” kabi dolzarb vazifalarni ijobiy hal etish lozimligi alohida ta’kidlab ko‘rsatilgan.
Mazkur vazifalarning muvaffaqiyatli hal etilishida yana bir omilning mavjudligi, ya’ni, uzluksiz ta’lim tizimi xodimlari, pedagog o‘qituvchilar tomonidan zamonaviy ta’lim texnologiyalarining mohiyatidan xabardorliklari hamda ularni ta’lim jarayonida samarali qo‘llay olishlari, shuningdek, ta’lim jarayonini tashkil etishga nisbatan ijodiy yondashuvning qaror topishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bo‘lajak o‘qituvchi-pedagoglarning xususiy fanlar asoslarini o‘qitishga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlar jarayonini noan’anaviy shakllarda tashkil etish, ta’lim jarayonini mukammal andoza asosida loyihalashga erishish, mazkur loyihalardan oqilona foydalana olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi ta’lim oluvchilar tomonidan nazariy bilimlarni puxta, chuqur o‘zlashtirilishi, ularda amaliy ko‘nikma va malakalarning hosil bo‘lishining kafolati bo‘la oladi. Zamonaviy ta’limni tashkil etishga qo‘yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt ichida muayyan nazariy bilimlarni o‘quvchilarga yetkazib berish, ularda ma’lum faoliyat yuzasidan ko‘nikma va malakalarni hosil qilish, shuningdek ta’lim oluvchilar faoliyatini nazorat qilishda pedagogik texnologiyalar muhim sanaladi.
Kadrlar tayyorlash va ular malakasini oshirish uzluksiz jarayon sifatida ma’lum didaktik qonuniyatlarga asoslangan pedagogik tizim doirasida ijro etiladi. Bu tizimning samarasi esa o‘qituvchining kasbiy mahoratiga, o‘z ustida tinimsiz ishlashiga, jamiyatda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarga moslasha olish tezligiga bog‘liq. Bir so‘z bilan ifodalaganda o‘qituvchi shaxsi va faoliyati ijtimoiy buyurtma talablariga mos xolda yangilanib, rivojlanib borishi lozim. Ta’lim jarayonini texnologiyalashtirish belgilangan o‘quv maqsadlariga mos xolda samarali didaktik jarayonni qurish demakdir.
Texnologiya - tushunchasi yunoncha «mahorat», «san’at», «tushuncha», «o‘rganish» demaqdir. Texnologiya tushunchasi ishlab chiqarish jarayonidagi texnologik operatsiyalar va mahsulotni tayyorlash mazmuni (sirlari) bilan bog‘langan. Texnologiya so‘zi zamirida jarayonlarni amalga oshirish usullari va vositalar haqida bilimlar yig‘indisi, shuningdeq, ob’eqtda sodir bo‘ladigan sifat o‘zgarishlari tushuniladi.
Ta’lim texnologiyasi ta’lim metodiqasi tushunchasiga qaraganda qengroqdir.
Pedagogik texnologiya- deganda, texnologik (ishlab chiqarishdagi) yondashuvlarga aynan o‘xshash bo‘lgan ta’limda qo‘yilgan maqsadlarga erishish qafolatlangan (yaquniy natijani olish) ta’lim jarayoni tushuniladi. Bunday ta’lim jarayoni texnologiyalashtirilgan deyiladi. Texnologiyalashtirilgan ta’lim jarayonida o‘qituvchi shaxsiga bog‘liq bo‘lmagan faqat o‘quvchi (talaba) ning shaxsi ehtiyojlari, talablari va xislatlariga asoslangan ta’lim jarayonidir. O‘quvchi (talaba) ta’lim jarayoni marqazida turadi. Bunda darsni qim olib borayapti (tajribali o‘qituvchimi yoqi yosh o‘qituvchimi) qat’iy nazar qo‘zlangan yaquniy natija (maqsadga qo‘ra) ga erishish qafolatlanishi lozim. Ta’limda o‘qituvchi faqat ijrochi vazifasini bajaradi.
Pedagogik texnologiya pedagogik (ijtimoiy) va texnologik (ishlab chiqarishdagi, muhandisliq) yondashuvlar integratsiyasidir.
Pedagogik texnologiyaga turli ta’riflar mavjud.
Texnologiya- biror ishda, mahoratda, sanoatda qo‘llaniladigan usullar, yo‘llar yig‘indisi. (izohli lug‘at.)
Texnologiya- ishlov berish, ahvolni o‘zgartirish san’ati, mahorati, qobiliyati, metodlar yig‘indisi.(BM.Shepel.)
Pedagogik texnologiya- o‘qitishning, ta’limning shakl lari, metodlari, usullari, yo‘llari, tarbiyaviy vositalarining maxsus yig‘indisi va qomponovqasi (joylashuvi)ni belgilovchi psixologiq tartiblar (ustanovqa) majmuasi; u pedagogik jarayonning tashkil iy-uslubiy vositalaridan iborat.(B.T.Lixachyov)
Pedagogik texnologiya- o‘qituvchi mahoratiga bog‘liq bo‘lmagan holda pedagogik muvafaqqiyatni qafolatlay oladigan, o‘quvchi shaxsini shakl lantirish jarayonining loyihasidir. (B.P.Bespalko.)